Taqdir bitiklari
2.18K subscribers
1.22K photos
335 videos
5 files
101 links
Nervlarga dam bering 🧠
Psixologik mutolaa va ruhiy sokinlik manzili
Download Telegram
Siz so‘ragan o‘sha go‘zal nashida!

Agar qalbingiz orom olishini istasangiz, albatta buni tinglab uxlang...👇


📹 https://youtu.be/pXDfOCJAH-8
7👍5🤯1
BU KO‘HNA HASRAT

«Yorab, qandoq kunga qoldik, bu nechuk savdo?
Odamlarda na shafqat bor, na mehru vafo.
Yigitlarda odob yo‘qdir, qizlar hayosiz,
Xotin zoti kun o‘tkazmas bir mojarosiz.
Qo‘yib bersa el bir-birin o‘yar ko‘zini,
Ovboshilar esa faqat o‘ylar o‘zini...
Dunyo oxir, birodarlar, yo‘q endi hayot.
Kuni kecha tamom bo‘ldi oxirgi mamont...»
Qadim ajdod o‘kinch bilan cho‘kib soyaga,
Bu so‘zlarni cho‘kich bilan yozdi qoyaga.


O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov

@Taqdir_bitiklari ☕️
👍246😢2👏1
Turli xil dorilar, malhamlarni sotuvchi kompaniya operatorlari jonga tegdi lekin qo'ng'iroq qilaverib.

Bugun ham nimayam bo‘ldi-yu, adashib ko‘tarib qo‘yibman go‘shakni. Gapirishimga izn bermay tushuntira ketdi. Suhbatning 13-daqiqasiga kelganda arang to‘xtatib qoldim.

Emish-ki, dekabr oyida mahsulotlariga instagramda like bosib, qiziqish bildirganmishman. 🤯

Sizda ham hech kuzatiladimi shunaqa holatlar? ))

@Taqdir_bitiklari ☕️
👍17😁16🤯5
Taqdir bitiklari
Turli xil dorilar, malhamlarni sotuvchi kompaniya operatorlari jonga tegdi lekin qo'ng'iroq qilaverib. Bugun ham nimayam bo‘ldi-yu, adashib ko‘tarib qo‘yibman go‘shakni. Gapirishimga izn bermay tushuntira ketdi. Suhbatning 13-daqiqasiga kelganda arang to‘xtatib…
Shunaqa shirin muomala qilishadi-ki akajon deb (xuddi ko'pyillik tanishlardek), qanday qilib dori kerakmas deyishni bilmaysan kishi. 🤣

Bir bahona topib, rad etib ko‘r-chi, ana o‘shanda muomala o‘zgartirish san‘atiga jonli guvoh bo‘lasan.

Bir kesatiq, bir kasal qiladigan so‘zlar gap ostida uchib kela boshlaydi.

Ana shu nuqta sen uchun ahamiyatlisi bo‘ladi: yo olasan, yo... ))

Xullas, o‘zim bilmagan kasallarim bor ekan, bilib oldim.

Aytgancha, faqat menga ulkan chegirma e‘lon qilishibdi. O‘sha omadli inson men ekanman!

@Taqdir_bitiklari ☕️
😁48👍4
⚡️#Rasman: Super xotira kursi uchun CHEGIRMA ERTAGA TUGAYDI.

DTMdagi o‘zgarishlardan keyin ushbu kurs abituriеntlar uchun ham ayni muddao!

Bizda nimalar o‘rgatiladi:


🇺🇸 Haftasiga 1000 ta lug‘at yodlash metodikasi!
📚 Badiiy kitoblarni 3 soatda tushungan holda o‘qib tugatish uslubi!
🧪 Qiyin atamalarni tezkor eslab qolish yo‘llari!
🤵🏻‍♂ Yuz va ismlarni eslab qolish!
Vaqtdan unumli foydalanish!
☎️ Barcha telefon raqamlarini miyada saqlash!
📜 Bir necha yuz xonali raqamlarni ham osongina eslab qolish yo‘llari.
🧠 Miyani keraksiz ma‘lumotlardan tozalash.


Shoshiling, fursat juda oz qolmoqda! Kurs haqida batafsil👇
https://t.me/superxotira/407
👍6🤯1
Dam olish kuni yoqadimi sizga?

(Agar shunday bo‘lsa, siz o‘zingiz
qiziqqan sohada emassiz. "Buvim professor bo‘ladi dedilarmi, bo‘laman!", qabilidagi insonsiz katta ehtimol)

• Nimalar bilan shug‘ullanasiz bu kunda?

@Taqdir_bitiklari ☕️
😁31👍15😢61
​​Nega dilbar ayollar ko‘pincha zerikarli odamlarga turmushga chiqishadi?
— Nega deganda aqlli erkaklar dilbar ayollarga uylanishmaydi.

©Somerset Moem

@Taqdir_bitiklari ☕️
47🤔36😁22👍14👏4😱4😢3🔥2
Sening ishqingda, ey nomehribon, bexonumon boʻldim,
Deman bexonumon ovvorayi ikki jahon boʻldum.

Labing gar bermasa boʻsa nechuk jon elta olgʻaymen,
Bu yoʻldakim, adam sahrosigʻa emdi ravon boʻldum.

Soʻrub ul oy labidin ogʻzining ramzini angladim,
Bir ogʻiz soʻz bila koʻrungki muncha xoʻrdadon boʻldum.

Nechakim qoshi yolar ishqida tuzlukni koʻrsattim,
Vale oxir malomat oʻqlarigʻa-oʻq nishon boʻldum.

Kular erdim burun Farhodi miskin dostonigʻa,
Bu Shirindurki oning birla-oʻq hamdoston boʻldum.

Visoling davlatigʻa yetmasam Bobur kibi, ne tong,
Ki hajring mehnatida asru zoru notavon boʻldum.

©Mirzo Bobur


@Taqdir_bitiklari ☕️
😢14👍9🥰63😁2🔥1
Qayga borsam, boshda do‘ppim,
G‘oz yurarman gerdayib,
Olam uzra nomi ketgan, O‘zbekiston, O‘zbegim.

@Taqdir_bitiklari ☕️
🤩51👍26😁13🔥11👏42🥰2🤷‍♂1
Iltijo etaman — qush qilib yarat,
Tangrim, uchmoqlikka qanot ber, qanot.
Ko‘nglimga, ko‘zimga beparvo qarab,
Meni yer qa’riga tortmoqda hayot.

Shaffof shiddatini dunyoga yoyib,
Shamolli yo‘llarim uzlatga ketdi.
Botib borayapman yerga…
Xudoyim!
Hayotning quyqasi bo‘ynimga yetdi.

Yerga botayapman…
Bu tavqe la’nat —
Keng dunyo degani shuncha tormikan?
Tangrim!
Yolvoraman —
Qush qilib yarat…
Yerga qo‘nmaydigan qushlar bormikan?

©Usmon Azim


@Taqdir_bitiklari ☕️
👍2815
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Joyi kelganda hirgoyini bosaver, degan mashoyiqlarimiz. ))

Lekin hafa bo‘lish yo‘q, ovozni eshik qisgan yoshlikda. 😂
"Ovoz qani" shousida o‘rin olish arafasidaman.

Qaysi qo‘shiq edi bu? 10 dan necha ball berar edingiz? 😁

@Taqdir_bitiklari ☕️
😁23🤯4👍2
#kayfiyat

Aytishlariga qaraganda hamma qizlar oq otdagi shahzodani kutsa, afrikalik qizlar qora otdagi oq shahzodani kutishar ekan. 😁

@Taqdir_bitiklari ☕️
😁99🤯7🤔4👍3😱2🤬2
« J »oningiz sog‘,
« U »mringiz uzoq,
« М »artabangiz ulug‘, 
« А »yyomingiz qutlug‘ bo‘lsin.!

🌙 Juma ayyomingiz muborak bo‘lsin !


@Taqdir_bitiklari
6👏1
#diolog

— 100 so‘mlik pul kabi do‘stlarim bor...
— Ko‘rinmay ketganmi?
— Eski, qadrdon... 😊

@Taqdir_bitiklari ☕️
👍5816🔥2
#bir_yilda_100_kitob

Azizlarim, o‘qishimiz kerak bo‘lgan navbatdagi kitob, "Payg‘ambarlar tarixi" asaridir.

Uni o‘qir ekansiz, Allohning yerdagi elchilari, ularning iymon keltirmagan va ulkan ofatlarga duchor bo‘lgan qavmlari haqida ko‘proq ma‘lumotlarga ega bo‘lasiz.

Maroq bilan o‘qiydigan ajoyib qissalar jamlangan. @Badiy_kitob 📕 kanaliga audiosini ham joylab qo‘yaman. Yoqimli mutolaa sizga!

@Taqdir_bitiklari ☕️
👍18🔥3🥰1🤩1
Statistik ma‘lumotlarga qaraganda, inson yuzining chap qismi, o‘ngiga nisbatan chiroyliroq bo‘lar ekan (Bu simmetriya bilan bog‘liq). Ishinmasangiz, tekshirib ko‘ring.

O‘ylab qolaman, qizlar tug‘ma bilag‘onlik qobiliyati bilan tug‘ilisharmikin-a?

Nuqul yuzining chiroyli tomonini selfi qilishadi. ))

Siz ham shunday qilarmidingiz?

@Taqdir_bitiklari ☕️
😁82👍18🤔5
Deysana
Muhammadziyo
Mana shu qo‘shiq yoqdi negadir ))
To‘g‘ri, ma‘no yo‘q hisob.
Biroq,
Nimasidir o‘zgacha. Zavqli.

@Taqdir_bitiklari ☕️
😁19👍5😱2🤯1
TOSH VA QUM

Toshni maydalab, qumga aylantirish uchun bir daqiqa kifoya. Ammo qumning toshga aylanishi uchun ming yil kamlik qiladi. Do’stlik ham shunga o’xshaydi.

©O‘tkir Hoshimov


@Taqdir_bitiklari – didimiz bir!..
👍33🔥5
Yana mendan tezroq javob yozmayotganim uchun xafa bo‘ladiganlar ham topiladi...

Juma tabriklariga ham javob yoza olmayman ko‘pincha. Imkon qadar ehtimoliy muhim xabarlarni avvalroq ochishim mumkin.

Shunchasiga javob yozgani jismoniy jihatdan ham kuch yetmaydi.

O‘zingiz tushungandirsiz holat qanday bo‘lishini?

@Taqdir_bitiklari ☕️
🤯32😱13👍12😁5👏2🤩1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Erkinjon juda yaxshi yigit, potensiali kuchli shoir.

Uning "Dada", deb nomlangan ushbu she'ridan ham qanchalik mahorat egasi ekanligini sezishingiz mumkin.

Muallif va o‘quvchi Erkinjon HOJIMUHAMMAD

@Taqdir_bitiklari ☕️
👏18👍63