Javoxir Tuxtayev | Telegram Ads
810 subscribers
34 photos
3 videos
15 links
Shunchaki reklama emas, balki brendingizni millionlarga ko'rsatadigan yo'lni tanlang!

Ushbu kanalda Telegram Ads orqali biznesingizni va shaxsiy brendingizni o'stirishni o'rganamiz.

Murojaat uchun: @JavoxirTuxtayev
Download Telegram
📍Jizzaxdagi Ilm Town o'quv markazi uchun yoqilgan reklama natijasi!

Jami Ko'rishlar - 595,283

🔝Jami Bosishlar - 2,966
💲1 ta Click (bosish) narxi: o‘rtacha 0.039 TON.

🎯Jami Qo'shilganlar - 121
💲1 ta obunachi narxi: o‘rtacha 0.96 TON.

💲Jami Sarflangan mablag' - 116 Ton (3.318.000 so'm)
💸Qolgan Budjet - 3 Ton (90 ming so'm)

Agar siz ham Telegram Ads orqali samarali natijalarga erishmoqchi bo‘lsangiz, menga murojaat qiling.

Murojaat uchun: @JavoxirTuxtayev

Ha aytgancha, birinchi xizmatim - BEPUL!
Qilgan ishim yoqsa keyin to`lov qilasiz😊

Join: @Tanitish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍71🔥70🎉64❤‍🔥1💯1
📍SAT 1600 kanali uchun yoqilgan reklama natijasi!

Jami ko'rishlar (Views): 88,909 ta

🔝Jami bosishlar (Clicks): 1,654 ta
💲1 ta Click narxi (CPC) - 0.01 - 0.02 TON

🎯Jami obunachilar (Actions): 541 ta
💲1 ta obunachi narxi (CPA) - 0.03 TON

💲Jami sarf-xarajat (Spent): 16.00 TON

O'rtacha CTR - 1.86%
O'rtacha CVR (Konversiya) - 32.7%

Agar siz ham Telegram Ads orqali samarali natijalarga erishmoqchi bo‘lsangiz, menga murojaat qiling.

Murojaat uchun: @JavoxirTuxtayev

Ha aytgancha, birinchi xizmatim - BEPUL!
Qilgan ishim yoqsa keyin to`lov qilasiz😊

Join: @Tanitish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍81🎉68🔥61❤‍🔥1
Katta davlatlarda ham kichik muammolar boʻlib turadi😊

Lekin tashlim boʻlmaymiz, bu bir oddiy shamol:)

Sizlarda ham kutilmagan voqealar boʻlib turadimi?👇
🔥3🎉2💯2
Xohlab qilmagandan, xohlamay qilgan yaxshi 2-qism!

Ancha vaqtda beri oʻzimni aldab kelayotgan illuziyani bugundan toʻxtatmoqchiman.

Bu muammo aynan Prava imtihoniga tayyorlanish illuziyasi.

Shu paytgacha oʻzimni oʻzim aldab tayyorlandim. Ota onamni ham aldab keldim.

Dadam men ahmoqqa ishonib 2 marta prava imtihonga ham olib bordilar. Ikkalasida ham yiqildim. (Essiz 3.100.000 soʻm)🥹

Ularni ishonchlarini oqlay olmagan boʻlsam ham biror marta menga yomon gapirmadilar. Shunday ota-ona berganiga shukr!

Mendan 2 yosh kichik boʻlaturib ukam 1 urinishdayoq ham nazariy, ham amaliy imtihondan oʻtib keldi. (Shunday ukam borligidan faxrlanaman)

Toʻgʻrisini aytsam ukamga biroz havasim ham keladi. Qilaman dedimi aniq aytgan ishini qiladi. Qilmayman dedim otib oʻldirsangiz ham qilmaydi.

Endi o'zanga qaytsak, men ham pravaga tayyorlanishni bugundan boshlayman. Boshlaganda ham qoʻl uchida emas, borimni berib kirishaman.

Dars qilish jarayonimni manavi kanalda koʻrsatib boraman. Agar sizga ham qiziq boʻlsa kirib kuzatsangiz boʻladi👇

https://t.me/+gA1gyBCc5RRlODdi
https://t.me/+gA1gyBCc5RRlODdi

Men sizga manfaatli dars oʻtib bera olaman demayman. Shunchaki dars qilish jarayonimni aniq ko'rsatib boraman.

Bu menga masʼuliyat yuklaydi. Ahir sizlar meni kuzatib turasizlar.

Shu paytgacha qilingan dangasalikka chek qoʻyish vaqti keldi.

Yana oʻsha gap, ertaga degan yoʻlni tanlasam, u meni hech qachon degan manzilga olib boradi.

Men buni xohlamayman.

🔍 Hurmat bilan Javoxir Tuxtayev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1🔥1🎉1
Ajdahoni tez orada uygʻotamiz!

Garajda chang bosib yotgan mashina bor, lekin haydovchi yoʻq.

Ikki mashina turgan edi: Lacetti va Damas. Ukam pravani olib Lacettini haydab boshladi.

Damas esa hali menga kutmoqda.

Men mashinalarga unchalik qiziqmayman, asosiysi – xohlagan joyimga tinch yetib borish.

Damas yoki Lacetti farqi yoʻq. Baʼzan kechqurun musiqani baland qilib haydashni yaxshi koʻraman, lekin Damasda ham buning sharoiti bor.

Bu haqda nima uchun aytayapman?
Darsdan charchab garajga kirgandim, mashinani koʻrib biroz motivatsiya oldim😊

Sizlarga ham maslahat: charchaganda ishni nima uchun boshlaganini eslang.

Endi yana test yechishni boshlayman, chunki toychogʻim meni kutmoqda.

✈️ Join: @Tanitish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎉2❤‍🔥1🔥1
Qiyinchilik bilan osonchilik bor, degani shu boʻlsa kerak 😊

Shu aytilgan gap kecha yana oʻz tasdiqini topdi. Oxirgi paytlar "Prada" degan soʻzni eshitsam, koʻnglim ayniydigan boʻlib qolgandi.

Sababi juda oddiy. Axir shu paytgacha ikki marta imtihonga kirib yiqilgan edim. Eng qizigʻi, ikkala imtihonga ham tayyorlanib kirgandim.

Lekin harakatni toʻxtatmay, shugʻullanishni davom ettiraverdim. Agar imtihon kunidan bir kun oldin Toshkentga qochib ketganimni hisobga olmasak 😁

Kecha imtihonga borishdan oldin, prava uchun tayyorlagan ustozimning yoniga duo olish uchun bordim. Imtihondan oldin ustozim meni sinovdan oʻtkazdilar.

Chapdagi rasmda natijani koʻrsangiz boʻladi. Rasmda eng yuqori boʻlgan natijani qoʻyganman. Aslida esa 4–5 ta savolda xato qilingan edi.

Ustozim biroz ishonmasdan oq fotiha berdilar. "Hali yana tayyorlanishing kerak", degan gaplari hali ham esimda.

Ichimda bir gap aylanayotgan edi: albatta, qiyinchilik bilan osonchilik bor.

Shu gap ichimda qaytarilaverdi. Qaytarilaverdi.

Oxiri kecha dadam bilan imtihonga bordik. Imtihonga kirishdan oldin dadam: "Sen hech narsani oʻylama, agar yana oʻn marta yiqilsang, oʻn birinchi marta yana imtihonga toʻlov qilishga tayyorman", degan gaplarini eshitdim.

Bu gapni eshitib, oʻzimga boʻlgan ishonchim ikki baravar oshdi.

Imtihon boshlandi. 20 ta savol, 25 daqiqa vaqt. 20 ta savolni 7 daqiqada yechib boʻldim. Va yashil pechat bilan, yorugʻ yuz bilan imtihondan chiqdim.

Asosiy ish tugadi. Endi amaliy imtihonni topshirib olsam, prava qoʻlimda boʻladi.

Undan keyin qolgan ishlarimizni davom etamiz. Aytgancha, oʻsha gap: albatta, qiyinchilik bilan osonchilik bor.

🔵 @Tanitish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2❤‍🔥1🔥1🎉1
Otilganlar sotilmaydi,
Sotilganlar otilmaydi.

Bu gapni maʼnosini koʻpchilik tushunmaydi.

Lekin hammaga tushunarliday tuyuladi.
👍2
Qurbon hayiti muborak boʻlsin ❤️‍🔥
⭐️ Bepulga Telegram Ads reklamangizni yoqib beraman!

Reklama byudjetini bersangiz bo'ldi. Qolgan hamma ishni meni o'zim bepulga qilaman.

Batafsil maʼlumot mana bu postda yozilgan.

Qilingan natijalar bilan bemalol tanishsangiz bo'ladi👇

1. Ona tili ustozi uchun yoqilgan reklama natijasi.

2. Google Sheets bo'yicha ustoz kanali reklama natijasi

3. Ustozlar kanali uchun yoqilgan reklama natijasi.

4. Ilm Town o'quv markazi uchun yoqilgan reklama natijasi!

5. SAT 1600 kanali uchun yoqilgan reklama natijasi

6. STOP DIABET dorisining sotuvi uchun yoqilgan reklama natijasi

Biz haqimizda maqtovni raqamlar gapirgani yaxshiroq🤫

💬 Murojaat uchun: @JavoxirTuxtayev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Javoxir Tuxtayev | Telegram Ads
⭐️ Bepulga Telegram Ads reklamangizni yoqib beraman! Reklama byudjetini bersangiz bo'ldi. Qolgan hamma ishni meni o'zim bepulga qilaman. Batafsil maʼlumot mana bu postda yozilgan. Qilingan natijalar bilan bemalol tanishsangiz bo'ladi👇 1. Ona tili ustozi…
Tekin xizmat koʻrsatyabdi degani, uning ishi sifatsiz degani emas.

Yuqoridagi postda natijalar joylandi. Avval koʻrib chiqing. Qilingan natijalardan koʻnglingiz toʻlsa, keyin yozing.

Kecha va bugun Telegramda menga yozganlar boʻyicha barcha yozishmalarni oʻchirib tashladim.

Bu safar shartlar biroz oʻzgaradi.

Eng kamida 300$ reklama budjetingiz boʻlsa va reklamaga tayyor boʻlsangiz, yozing.

Men sizga ChatGPT yoki Gemini emasman. Men tekin maslahat bergani emas. Tekin maslahatlarni shulardan oling.

Iltimos, na meni, na oʻzingizning vaqtingizni olmang.

Mana shu akkauntga yozsangiz, oʻzim javob beraman👇

@JavoxirTuxtayev
🔥2❤‍🔥1🎉1💯1
Oramizda shunday insonlar ham bor 😁
🤣6💯2👍1😁1
Nima boʻsin, qullugʻ boʻsinmi 😁

Oxir-oqibat, haydovchilik guvohnomasini oldim. Hozircha B toifa, 3-4 kunda C toifani ham qo‘shamiz.

Rostini aytsam, buni olish unchalik ham qiyin bo‘lmadi.

"Juda ko‘p qiyinchiliklarni yengib o‘tdim", yarim tungacha tayyorlanib borimni berib harakat qildim, deb sizlarni ishontirsam ham bo‘ladi.

Lekin aslida unchalik emas. Imtihonga kirdim, 10 daqiqada topshirib chiqib ketdim.

13 yoshimdan beri mashina haydaganda keyin imtihondan yiqilmasligim deyarli aniq edi.

Hech qanday muammo bo‘lmadi. Faqat dadamning 1000 dollardan oshiq xarajatlarini hisobga olmaganda, albatta 😁

O‘zim esa deyarli hech qanday harakat qilmadim. Chunki ishlatadigan pulimning o‘zi yo‘q edi :)

Endi faqat C toifani olib, ISUZU va shunga o‘xshash yuk mashinalarini haydash huquqiga ega bo‘lsam bo‘ldi.

Keyin esa erkin qushga aylanaman. Shu pravani olaman deb ancha ishlarim ortga surilib ketdi.

Masalan, 6-iyun kuni SAT imtihoniga kirishim kerak. Lekin pravaga tayyorlanaman deb SAT ham biroz e'tibordan chetda qoldi.

(SAT - Amerika universitetlarida oʻqish imkoniyatini beradigan sertifikat)

Buning ustiga, dadamning "imtihonni topshirsang 1000 dollar beraman" degan so‘nmas motivatsiyasidan keyin o‘qish ko‘ngilga sig‘adimi 😁

Xullas, shu kungacha harakat qilib, oxiri oldik. Endi C toifani ham olib, 1000 dollarni qo‘lga kiritsak, sekingina Toshkent tomon yo‘l olamiz.

Menda hozircha yangiliklar shular. Kommentariyada bemalol tabriklab ketishingiz mumkin 👇

🕊 @Tanitish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Men oʻsishni rivojlanishni xohlayman.

Pomidorni tagini chopish kerak!

Men online ishlab pul topishim kerak.

Avval pomidorni tagini chopish kerak.

Dada meni oʻqishim qolib ketyabdi, yaqinda imtihonim.

Avval pomidorni tagini chopish kerak.

Umrimiz shu pomidorni tagini chopish bilan oʻtib ketmasa boʻldi 😁
❤‍🔥3😁2🤣2🔥1
Nima boʻsin, muvoro boʻsinmi 😁

Endi buyogʻiga tolka ziyofat. Endi berilgan vaʼdalarni bajarilsa boʻldi.

Kommentda tabriklarni kutaman👇
🎉2👍1🔥1
Javoxir Tuxtayev | Telegram Ads
⭐️ Bepulga Telegram Ads reklamangizni yoqib beraman! Reklama byudjetini bersangiz bo'ldi. Qolgan hamma ishni meni o'zim bepulga qilaman. Batafsil maʼlumot mana bu postda yozilgan. Qilingan natijalar bilan bemalol tanishsangiz bo'ladi👇 1. Ona tili ustozi…
yana 3 kishi bilan bepulga ishlay olaman!

Undan keyin pullik xizmat ko`rsatishni boshlayman.

Shartlar hali ham o`sha-o`sha reklama budjeti kamida 300$ bo`lishi kerak.

Qolgan ma'lumotlarni lichkamga yozib olsangiz bo`ladi👇

Murojaat uchun: @JavoxirTuxtayev
🪙Telegram Ads'da reklama yoqish uchun to'g'ri targetologni qanday tanlash kerak?

Reklama uchun targetolog izlayotgan bo'lsangiz, bu ishni 2-3 ta dars ko'rgan odam emas, tajribali mutaxassis bajarishi kerak.

💲 Yaxshi targetolog auditoriyani to'g'ri aniqlaydi va xarajatlarni sotuvga aylantiradi.

Targetolog tanlashda quyidagi muhim jihatlar e'tiborga olinishi kerak:

1. Ish va portfoliyo
Mutaxassisdan oldingi loyihalarini so'rang.

U qanday strategiya tanlagan va qanday natijaga erishganini raqamlar bilan tushuntirib bersin.

2. Byudjetlar bilan ishlash tajribasi
Mutaxassis 500 yoki 5000 dollarlik byudjetni ham to'g'ri ishlata olishi kerak.

Xarajatlarni to'g'ri taqsimlaydi va imkoniyatga mos strategiya tanlaydi.

3. Tavsiyalar
Oldingi mijozlarning fikrlarini so'rang.

Agar sharhlar anonim yoki loyihalarsiz bo'lsa – shubhali.

Yaxshi mutaxassisda natijadan mamnun mijozlar bo'ladi.

4. Zoom yoki qo'ng'iroq.
Mutaxassis bilan gaplashing.

U sizni tinglay oladimi, biznesingizni tushunadimi va to'g'ri yo'nalish bera oladimi – bilib oling.

5. Hisobotlar va ochiqlik
Targetolog muntazam hisobot berishi kerak: qancha pul sarflandi, qancha natija keldi, qaysi kreativ ishladi.

Bu ishonch hosil qiladi.

6. Soha bo'yicha tajriba
Targetolog sizning nishangizda ishlagan bo'lsa, bu afzallik beradi.

Auditoriyani tezroq tushunadi va reklamani samaraliroq qiladi.

Agar sizga real loyihalar bilan ishlab, foyda olib kelgan Telegram Ads mutaxassisi kerak bo'lsa @JavoxirTuxtayev'ga yozing!

📲Join: @Tanitish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
😁3
⭐️ Bepulga Telegram Ads reklamangizni yoqib beraman!

Reklama byudjetini bersangiz bo'ldi. Qolgan hamma ishni meni o'zim bepulga qilaman.

Batafsil maʼlumot mana bu postda yozilgan.

Qilingan natijalar bilan bemalol tanishsangiz bo'ladi👇

1. Ona tili ustozi uchun yoqilgan reklama natijasi.

2. Google Sheets bo'yicha ustoz kanali reklama natijasi

3. Ustozlar kanali uchun yoqilgan reklama natijasi.

4. Ilm Town o'quv markazi uchun yoqilgan reklama natijasi!

5. SAT 1600 kanali uchun yoqilgan reklama natijasi

6. STOP DIABET dorisining sotuvi uchun yoqilgan reklama natijasi

Biz haqimizda maqtovni raqamlar gapirgani yaxshiroq🤫

💬 Murojaat uchun: @JavoxirTuxtayev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM