Javoxir Tuxtayev | Telegram Ads
814 subscribers
34 photos
3 videos
15 links
Shunchaki reklama emas, balki brendingizni millionlarga ko'rsatadigan yo'lni tanlang!

Ushbu kanalda Telegram Ads orqali biznesingizni va shaxsiy brendingizni o'stirishni o'rganamiz.

Murojaat uchun: @JavoxirTuxtayev
Download Telegram
Qiyinchilik bilan osonchilik bor, degani shu boʻlsa kerak 😊

Shu aytilgan gap kecha yana oʻz tasdiqini topdi. Oxirgi paytlar "Prada" degan soʻzni eshitsam, koʻnglim ayniydigan boʻlib qolgandi.

Sababi juda oddiy. Axir shu paytgacha ikki marta imtihonga kirib yiqilgan edim. Eng qizigʻi, ikkala imtihonga ham tayyorlanib kirgandim.

Lekin harakatni toʻxtatmay, shugʻullanishni davom ettiraverdim. Agar imtihon kunidan bir kun oldin Toshkentga qochib ketganimni hisobga olmasak 😁

Kecha imtihonga borishdan oldin, prava uchun tayyorlagan ustozimning yoniga duo olish uchun bordim. Imtihondan oldin ustozim meni sinovdan oʻtkazdilar.

Chapdagi rasmda natijani koʻrsangiz boʻladi. Rasmda eng yuqori boʻlgan natijani qoʻyganman. Aslida esa 4–5 ta savolda xato qilingan edi.

Ustozim biroz ishonmasdan oq fotiha berdilar. "Hali yana tayyorlanishing kerak", degan gaplari hali ham esimda.

Ichimda bir gap aylanayotgan edi: albatta, qiyinchilik bilan osonchilik bor.

Shu gap ichimda qaytarilaverdi. Qaytarilaverdi.

Oxiri kecha dadam bilan imtihonga bordik. Imtihonga kirishdan oldin dadam: "Sen hech narsani oʻylama, agar yana oʻn marta yiqilsang, oʻn birinchi marta yana imtihonga toʻlov qilishga tayyorman", degan gaplarini eshitdim.

Bu gapni eshitib, oʻzimga boʻlgan ishonchim ikki baravar oshdi.

Imtihon boshlandi. 20 ta savol, 25 daqiqa vaqt. 20 ta savolni 7 daqiqada yechib boʻldim. Va yashil pechat bilan, yorugʻ yuz bilan imtihondan chiqdim.

Asosiy ish tugadi. Endi amaliy imtihonni topshirib olsam, prava qoʻlimda boʻladi.

Undan keyin qolgan ishlarimizni davom etamiz. Aytgancha, oʻsha gap: albatta, qiyinchilik bilan osonchilik bor.

🔵 @Tanitish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2❤‍🔥1🔥1🎉1
Otilganlar sotilmaydi,
Sotilganlar otilmaydi.

Bu gapni maʼnosini koʻpchilik tushunmaydi.

Lekin hammaga tushunarliday tuyuladi.
👍2
Qurbon hayiti muborak boʻlsin ❤️‍🔥
⭐️ Bepulga Telegram Ads reklamangizni yoqib beraman!

Reklama byudjetini bersangiz bo'ldi. Qolgan hamma ishni meni o'zim bepulga qilaman.

Batafsil maʼlumot mana bu postda yozilgan.

Qilingan natijalar bilan bemalol tanishsangiz bo'ladi👇

1. Ona tili ustozi uchun yoqilgan reklama natijasi.

2. Google Sheets bo'yicha ustoz kanali reklama natijasi

3. Ustozlar kanali uchun yoqilgan reklama natijasi.

4. Ilm Town o'quv markazi uchun yoqilgan reklama natijasi!

5. SAT 1600 kanali uchun yoqilgan reklama natijasi

6. STOP DIABET dorisining sotuvi uchun yoqilgan reklama natijasi

Biz haqimizda maqtovni raqamlar gapirgani yaxshiroq🤫

💬 Murojaat uchun: @JavoxirTuxtayev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Javoxir Tuxtayev | Telegram Ads
⭐️ Bepulga Telegram Ads reklamangizni yoqib beraman! Reklama byudjetini bersangiz bo'ldi. Qolgan hamma ishni meni o'zim bepulga qilaman. Batafsil maʼlumot mana bu postda yozilgan. Qilingan natijalar bilan bemalol tanishsangiz bo'ladi👇 1. Ona tili ustozi…
Tekin xizmat koʻrsatyabdi degani, uning ishi sifatsiz degani emas.

Yuqoridagi postda natijalar joylandi. Avval koʻrib chiqing. Qilingan natijalardan koʻnglingiz toʻlsa, keyin yozing.

Kecha va bugun Telegramda menga yozganlar boʻyicha barcha yozishmalarni oʻchirib tashladim.

Bu safar shartlar biroz oʻzgaradi.

Eng kamida 300$ reklama budjetingiz boʻlsa va reklamaga tayyor boʻlsangiz, yozing.

Men sizga ChatGPT yoki Gemini emasman. Men tekin maslahat bergani emas. Tekin maslahatlarni shulardan oling.

Iltimos, na meni, na oʻzingizning vaqtingizni olmang.

Mana shu akkauntga yozsangiz, oʻzim javob beraman👇

@JavoxirTuxtayev
🔥2❤‍🔥1🎉1💯1
Oramizda shunday insonlar ham bor 😁
🤣6💯2👍1😁1
Nima boʻsin, qullugʻ boʻsinmi 😁

Oxir-oqibat, haydovchilik guvohnomasini oldim. Hozircha B toifa, 3-4 kunda C toifani ham qo‘shamiz.

Rostini aytsam, buni olish unchalik ham qiyin bo‘lmadi.

"Juda ko‘p qiyinchiliklarni yengib o‘tdim", yarim tungacha tayyorlanib borimni berib harakat qildim, deb sizlarni ishontirsam ham bo‘ladi.

Lekin aslida unchalik emas. Imtihonga kirdim, 10 daqiqada topshirib chiqib ketdim.

13 yoshimdan beri mashina haydaganda keyin imtihondan yiqilmasligim deyarli aniq edi.

Hech qanday muammo bo‘lmadi. Faqat dadamning 1000 dollardan oshiq xarajatlarini hisobga olmaganda, albatta 😁

O‘zim esa deyarli hech qanday harakat qilmadim. Chunki ishlatadigan pulimning o‘zi yo‘q edi :)

Endi faqat C toifani olib, ISUZU va shunga o‘xshash yuk mashinalarini haydash huquqiga ega bo‘lsam bo‘ldi.

Keyin esa erkin qushga aylanaman. Shu pravani olaman deb ancha ishlarim ortga surilib ketdi.

Masalan, 6-iyun kuni SAT imtihoniga kirishim kerak. Lekin pravaga tayyorlanaman deb SAT ham biroz e'tibordan chetda qoldi.

(SAT - Amerika universitetlarida oʻqish imkoniyatini beradigan sertifikat)

Buning ustiga, dadamning "imtihonni topshirsang 1000 dollar beraman" degan so‘nmas motivatsiyasidan keyin o‘qish ko‘ngilga sig‘adimi 😁

Xullas, shu kungacha harakat qilib, oxiri oldik. Endi C toifani ham olib, 1000 dollarni qo‘lga kiritsak, sekingina Toshkent tomon yo‘l olamiz.

Menda hozircha yangiliklar shular. Kommentariyada bemalol tabriklab ketishingiz mumkin 👇

🕊 @Tanitish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Men oʻsishni rivojlanishni xohlayman.

Pomidorni tagini chopish kerak!

Men online ishlab pul topishim kerak.

Avval pomidorni tagini chopish kerak.

Dada meni oʻqishim qolib ketyabdi, yaqinda imtihonim.

Avval pomidorni tagini chopish kerak.

Umrimiz shu pomidorni tagini chopish bilan oʻtib ketmasa boʻldi 😁
❤‍🔥3😁2🤣2🔥1
Nima boʻsin, muvoro boʻsinmi 😁

Endi buyogʻiga tolka ziyofat. Endi berilgan vaʼdalarni bajarilsa boʻldi.

Kommentda tabriklarni kutaman👇
🎉2👍1🔥1
Javoxir Tuxtayev | Telegram Ads
⭐️ Bepulga Telegram Ads reklamangizni yoqib beraman! Reklama byudjetini bersangiz bo'ldi. Qolgan hamma ishni meni o'zim bepulga qilaman. Batafsil maʼlumot mana bu postda yozilgan. Qilingan natijalar bilan bemalol tanishsangiz bo'ladi👇 1. Ona tili ustozi…
yana 3 kishi bilan bepulga ishlay olaman!

Undan keyin pullik xizmat ko`rsatishni boshlayman.

Shartlar hali ham o`sha-o`sha reklama budjeti kamida 300$ bo`lishi kerak.

Qolgan ma'lumotlarni lichkamga yozib olsangiz bo`ladi👇

Murojaat uchun: @JavoxirTuxtayev
🪙Telegram Ads'da reklama yoqish uchun to'g'ri targetologni qanday tanlash kerak?

Reklama uchun targetolog izlayotgan bo'lsangiz, bu ishni 2-3 ta dars ko'rgan odam emas, tajribali mutaxassis bajarishi kerak.

💲 Yaxshi targetolog auditoriyani to'g'ri aniqlaydi va xarajatlarni sotuvga aylantiradi.

Targetolog tanlashda quyidagi muhim jihatlar e'tiborga olinishi kerak:

1. Ish va portfoliyo
Mutaxassisdan oldingi loyihalarini so'rang.

U qanday strategiya tanlagan va qanday natijaga erishganini raqamlar bilan tushuntirib bersin.

2. Byudjetlar bilan ishlash tajribasi
Mutaxassis 500 yoki 5000 dollarlik byudjetni ham to'g'ri ishlata olishi kerak.

Xarajatlarni to'g'ri taqsimlaydi va imkoniyatga mos strategiya tanlaydi.

3. Tavsiyalar
Oldingi mijozlarning fikrlarini so'rang.

Agar sharhlar anonim yoki loyihalarsiz bo'lsa – shubhali.

Yaxshi mutaxassisda natijadan mamnun mijozlar bo'ladi.

4. Zoom yoki qo'ng'iroq.
Mutaxassis bilan gaplashing.

U sizni tinglay oladimi, biznesingizni tushunadimi va to'g'ri yo'nalish bera oladimi – bilib oling.

5. Hisobotlar va ochiqlik
Targetolog muntazam hisobot berishi kerak: qancha pul sarflandi, qancha natija keldi, qaysi kreativ ishladi.

Bu ishonch hosil qiladi.

6. Soha bo'yicha tajriba
Targetolog sizning nishangizda ishlagan bo'lsa, bu afzallik beradi.

Auditoriyani tezroq tushunadi va reklamani samaraliroq qiladi.

Agar sizga real loyihalar bilan ishlab, foyda olib kelgan Telegram Ads mutaxassisi kerak bo'lsa @JavoxirTuxtayev'ga yozing!

📲Join: @Tanitish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
😁3
⭐️ Bepulga Telegram Ads reklamangizni yoqib beraman!

Reklama byudjetini bersangiz bo'ldi. Qolgan hamma ishni meni o'zim bepulga qilaman.

Batafsil maʼlumot mana bu postda yozilgan.

Qilingan natijalar bilan bemalol tanishsangiz bo'ladi👇

1. Ona tili ustozi uchun yoqilgan reklama natijasi.

2. Google Sheets bo'yicha ustoz kanali reklama natijasi

3. Ustozlar kanali uchun yoqilgan reklama natijasi.

4. Ilm Town o'quv markazi uchun yoqilgan reklama natijasi!

5. SAT 1600 kanali uchun yoqilgan reklama natijasi

6. STOP DIABET dorisining sotuvi uchun yoqilgan reklama natijasi

Biz haqimizda maqtovni raqamlar gapirgani yaxshiroq🤫

💬 Murojaat uchun: @JavoxirTuxtayev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Homilador ayollarga va yoshlarga bu postni oʻqish tavsiya etilmaydi 😁

Chunki bu postda faqat pravaga ketgan harajatlarimni yozaman. Qani kettik👇

Oʻquv markazda B,C Pravaga oʻqish narxi - 6,500,000 soʻm

Sogʻliq hujjati (083 forma) - 500,000 soʻm (2marta sotib oldim muddati tugagani uchun)

Nazariy imtihonga qayta tayyorlov kursi - 1,000,000 soʻm

Nazariy imtihondan 2 marta yiqildim - 3,100,000 soʻm

Nazariy imtihon 3-marta topshirish - 1,600,000 soʻm

Oʻquv markazga borib kelish va mayda harajatlar - 1,000,000 soʻm

Avtodronda amaliy imtihonga tayyorgarlik - 500,000 soʻm

Amaliy imtihon - 1,600,000 soʻm

Prava olish narxi - 33,000 +288,400

💸Umumiy xarajat: taxminan 16,1 million so‘m

Yuqoridagi hamma harajatni qoplab bergan dadamga va akalarimga rahmat

🕊@Tanitish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁8
Shu paytgacha prava olaman deb yarim yilni oʻtkazib yubordim 🥹

Qolgan yarim yilni ham bekor oʻtkazish niyatim yoʻq.

Hamma yilni boshida maqsad qoʻysa, men yilni yarmida ham qoʻyaveraman.

Sal keyinroq, shu yil oxirigacha erishmoqchi boʻlgan maqsadlarimni ham yozib oʻtaman. 

Qanday maqsadlar qoʻyishim va ularga erishish jarayonini koʻrsatib borishim sizlarga qiziqmi?
❤‍🔥1👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Umuman futbolga qiziqmaydigan o'zbeklar ham futbol ko'radigan kunga yetib keldik 🤫

Olg'a Uzbekiston❤️‍🔥
❤‍🔥1🔥1💯1
Bugun katta ehtimol bilan O'zbekiston yutadi!

Sababi hamma Portugaliyaga pul tikkan😁
😁2❤‍🔥1👍1💯1
Birinchi marta reklama ko'rib asablarim tinchlanyabdi:)
😁2💯1🤣1
Qaytib futbol ko'rmaydigan bo'ldik 😁

5:0 ga yutqazdik
😁2🔥1💯1
🏆Kecha Portugaliyaga qarshi o’yinda 5:0 ga yutqazdik endi nima qilaman?

Ko’pchlikni xabari bor. Kecha juda qonli jang bo’ldi. Bu nafaqat maydondagi o’yinchilar orasida, balki muxlislar orasida ham esda qolarli bo’ldi.

Shu paytgacha biror marta futbol ko’rib vaqt o’tkazmagandim. Kechagi futbolni esa O’zbekistonning bir muhlisi o’laroq oxirigacha ko’rdim.

To’g’ri kecha ball tomonlama yutqazdik. Lekin o’sha maydonda O’zbeklarni o’ynaganini o’zi biz uchun katta yutuq bo’ldi.

O’zanga qaytsak, uzoq vaqtdan beri rejalashtirib kelingan o’yin kecha bo’lib o’tdi. Rejalashtirilgan o’yin tartibli holatda o’tdi.

Endi buyog’iga o’z hayotimizni ham huddi shu o’yindagidek tartibli va rejali qilib olsak yomon bo’lmasa kerak.

To’g’ri 2026 yilni yarmi ba’zi bekorchi ishlarni qilish bilan va kichik yutuqlar bilan o’tib ketdi. Lekin yarim yillikni sarhisob qilsam aytarlik ish qilmabman.

Kechadan beri buni sabablarini ko’p o’yladim. Nimaga o’zi vaqtim bekorchi ishlar bilan o’tib ketishi kerak ahir men bekorchi ishlarni qilib o’lib ketishga kelmaganmanku degan hayollar meni tinch qo’ymadi.

Uzoq o’ylab oxiri sabablarini topdim. Uni ham sal keyinroq alohida post qilib yozaman. O’zi sizlarga qiziqmi shularni yozishim?

"❤️‍🔥" - Yozing albatta o’qiymiz
"🐳" - Kechagi o`yindan keyin hali ham o'zimga kelmadim

✈️@Tanitish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥3👍1🐳1