Тошкент вилояти Соғлиқни сақлаш бошқармаси
11.4K subscribers
11K photos
1.4K videos
10 files
4.29K links
Тошкент вилояти Ҳокимлиги Соғлиқни сақлаш бошқармаси расмий телеграм канали — t.me/tvhssb
Официальный телеграм канал.
Вилоят Соғлиқни сақлаш бошқармаси Жамоатчилик билан алоқалар хизмати томонидан юритилади.
Download Telegram
#E'lon

Toshkent viloyati aholisi diqqatiga!

3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni
munosabati bilan ertaga Nurafshon shahridagi “Yoshlar markazi”da katta xayriya aksiyasi tashkil etiladi.

Aksiya doirasida viloyatdagi ixtisoslashtirilgan maktab internatlarida taʼlim olayotgan nogironligi boʻlgan oʻquvchilarning qoʻl mehnati bilan yaralgan buyumlarning koʻrgazma-savdo yarmarkasi tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Aksiyadan tushgan mablagʻlar viloyatdagi nogironligi boʻlgan fuqarolarning solomatligini tiklash, nogironlarni protez-ortopediya mahsulotlari va reabilitatsiya vositalari bilan taʼminlash kabi ezgu va savobli ishlarga yoʻnaltiriladi.

Barchani muruvvat va saxovat tadbirida faol boʻlishga chaqiramiz!

Bizga a'zo bo‘ling
http://t.me/tvhssb
#Diqqat
#E'lon

⚡️Jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanish hamda sog‘lom turmush tarzi bo‘yicha hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirish orqali har bir fuqaroda kasallikka qarshi kuchli immunitet hosil bo‘ladi. Zararli odatlardan voz kechish, to‘g‘ri ovqatlanish tamoyillariga amal qilish, jismoniy faollik har birimiz uchun zarur.

Hammani Yangiyo‘l shahar sport maktabida har kuni soat 19:00 dan 22:00 gacha bo‘lib o‘tadigan "Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam" shiori ostida piyoda yurish marafoni hamda badantarbiya mashg‘ulotlariga taklif etamiz.

Shuningdek, ishtirokchilar uchun turli kuy-qoʻshiqlar va koʻngilochar namoyishlar ham tashkil etiladi.

👉 Bizga aʼzo boʻling http://t.me/tvhssb
#e'tirof

Fidoyi xodimlar mehnati e'tirof etildi

9-may- Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan tuman tibbiyot birlashmasi rahbari Z.Abdullayev tomonidan ko‘p yillar davomida soha rivojiga o‘z hissasini qo‘shgan, inson salomatligi yo‘lida sidqidildan mehnat qilgan tibbiyot birlashmasining sоbiq bosh shifokorlari va oilaviy poliklinikalar shifokorlarining xizmatlari e'tirof etildi.

🔹Ular uchun bayram dasturxon tuzalib, tibbiyot birlashmasi tomonidan ularga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirilib, to‘n kiydirildi.

🔸O‘z o‘rnida soha fidoyilari e'tibor va ehtirom uchun o‘z minnatdorchikiklarini bildirdirib, ularning inson salomatligini asrashdek mas'uliyatli ish faoliyatlariga zafarlar tiladilar.

👉 Bizga aʼzo boʻling http://t.me/tvhssb
#e’tirof

🏥Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasi tashabbusi bilan 9-may “Xotira va qadrlash kuni” va 12 may “Xalqaro hamshiralar kuni” munosabati bilan tibbiyot birlashmasida faoliyat yuritib kelayotgan bir guruh o’rta tibbiy hodimlar taqdirlandi.

🔷Tadbirda Nurafshon shahar hokimi o’rinbosari N.Z.Kulbekova,tibbiyot birlashma boshlig’i M.M.Peltabayeva, davolash ishlari bo’yicha boshliq  o’rinbosari Sh.R.Pirmatov so'zga chiqib, tibbiyot birlashmada faoliyat yuritib kelayotgan barcha fidoiy hamshiralarni tabriklab, kelgusi ishlarida ulkan zafarlar tilashdi va kasaba uyushmasi tomonidan estalik sovg’alari bilan taqdirlanishdi.

👉 Bizga aʼzo boʻling http://t.me/tvhssb
#e’tibor

👨‍👩‍👧‍👦Bolalar bizning kelajagimiz, ko’zimiz nuri, qalbimiz quvonchi! Ular bilan hayotimiz yorug’ va bardavom .Shu sababli ham bolalarimiz uchun ularning birgina shirin tabassumi uchun dunyolarni berishga ham tayyormiz.

🔹1-iyun “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasining bolalar bo’limida “Butun olam seniki bolajon” nomli bayram tadbiri ko’tarinki kayfiyatda bo’lib o’tdi.

Tadbirda Nurafshon shahar hokimi o’rinbosari N.Z.Kulbekova,Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasi M.M.Peltabayeva so’zga chiqib bolalarga bayram tabrigi bildirilib bayram sovg’alari topshirishdi.

👉Bizga a’zo bo’ling
http://t.me/tvhssb
#E'lon

📌"1-dekabr - Butunjahon OlTSga qarshi kurash kuni" munosabati bilan "Sog'lom hayot sari birgalikda" shiori ostida targ'ibot tadbirlarini tashkil etish hamda OIV test haftaligi bo'lib o'tadi.

💬Telegram | 🌐Facebook
#E’tibor

🏥Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasi xodimlari tomonidan 9-may “Xotira va qadrlash”kuni munosabati bilan 1941-1945 yillarda ikkinchi jahon urushida front ortida xizmat qilgan yoshi ulug’ faxriylar xolidan xabar olindi.

Ularga tor soha mutaxassislari tomonidan tekshiruvlar hamda laborator diagnostika xizmatlari ko’rsatilib, tibbiyot birlashmasi tomonidan o’z estalik sovg’alari topshirildi.

💬Telegram | 🌐Facebook