TUIT ONLINE | Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (norasmiy kanali)
7.36K subscribers
6.93K photos
1.51K videos
397 files
9.74K links
#qiziqarli_texnologiya
#motivatsiya
#talaba_yoshlar_hayoti
#hazillar
#TATU_hayoti
#tanqidiy_fikrlar

@TATU_topilmalar_idorasi - yo'qolgan va topib olingan buyumlar kanali

👨‍💻Faqat reklama uchun: @TUIT_reklama

🔜Savol va takliflar: @NodirUz

Perfluence
Download Telegram
#DIQQAT, #DIQQAT, #DIQQAT

⚡️⚡️ Kelayotgan dushanba, 16- noyabr kunidan davlat oliy ta’lim muassasalarida darslar an’anaviy shaklda boshlanishi kutilayotgan ekan.

Yana bir yaxshi tomoni shul erurki, kim xohlasa online, kim xohlasa offline o'qishni davom ettirishi mumkin☺️. GIBRID ta'lim g'alaba qozondi.

🌧 ☂️ Ob-havoga mos issiq kiyimlarni, daftar-kitob va ruchkalarni tayyorlash esdan chiqmasin-a, o‘rtoq talabalar.

Talabalarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEJkS8Idlq1q52q7KQ
#DIQQAT

Yotoqxona masalasida O'zbekiston yoshlar ittifoqi TATU Boshlang'ich tashkilot yetakchisi Abilov Umidbek oydinlik kiritib o'tdi!

Barcha talabalarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEJkS8Idlq1q52q7KQ
#DIQQAT KANALIMIZDA BIRINCHI E'LON QILGAN XABARIMIZ TASDIQLANDI!☺️

An'anaviy darslarga majburlash holatlari bo'lmaydi.

Faqat darslarga qatnashishga imkoni bor talabalargina an'anaviy darslarga jalb qilinadi.

https://telegram.me/joinchat/AAAAAEJkS8Idlq1q52q7KQ
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Diqqat!

Аziz yoshlar, “Toshkent yoshlar forumi — 2020” sizlarni kutmoqda

18-21-dekabr kunlari Toshkent shahrida “Toshkent yoshlar forumi — 2020” boʼlib oʼtadi.

Forum Toshkent shahar hokimligi tomonidan Yoshlar ishlari agentligi hamda Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi hamkorligida tashkil etilmoqda. Loyiha “Toshkent yoshlarni sevadi!” shiori ostida oʼtkazilgan “Yoshlar oyligi”ga oʼziga xos yakun yasaydi.

🔷 Sizni bir-biridan qiziqarli loyihalar, tanlovlar aksiyalar taqdimotlari, iqtidorli yoshlarni izlab topish va kadrlar zaxirasini yaratish maqsadida vazirlar va yoshlar uchrashuvlari boʼlib oʼtadi. Yoshlar elektron portali ishga tushuriladi. Turli koʼrgazmalar namoyish etiladi.

Hoziroq ro'yxatdan o'ting. Biz sizni kutamiz.

Do'stlarga ham ulashing👇👇

https://telegram.me/joinchat/AAAAAEJkS8Idlq1q52q7KQ
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tezkor #Dolzarb

#Diqqat❗️O‘chirib tashlang! Mashhur android-ilova xavfli ekan.

«Google Play»da eng ommalashgan ilovalardan biri "SHAREit" android-smartfonlar uchun xavf tug‘dirmoqda, deb yozmoqda «Profil».

Do‘stlaringizni ham ogohlantiring!
TUIT ONLINE | Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (norasmiy kanali)
Bizning qudratimizga shubha qilsangiz, biz chiroqlarini o'chirgan teleminoraga boqing😂😂😂 Qoyil haqiqiy hakkerda bu TATUdagilar😉 https://telegram.me/joinchat/AAAAAEJkS8Idlq1q52q7KQ
#Diqqat_tarqalamiz 😂

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Toshkent teleminorasi bilan bog‘liq videolar bo‘yicha munosabat bildirildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent teleminorasi tungi illyuminatsion chiroqlarini turli xildagi tashqi omillarga ko‘ra o‘chirib yoqilganligi aks ettirilgan video lavhalar tarqatildi.

Toshkent teleminorasida o‘rnatilgan illyuminatsion yoritish chiroqlari Internet yoki boshqa tizimlarga ulanmagan va ular orqali boshqarish imkoniyati mavjud emas.

Agarda texnik sabablar bilan o‘chish holati yuz bergan vaqtda illyuminatsion yoritish chiroqlari to‘liq o‘chadi va navbatchi xodimlar tomonidan qayta yoqiladi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent teleminorasi to‘g‘risidagi tarqalgan video lavhalar o‘z tasdig‘ini topmaganligini ma’lum qilamiz, deb yozadi «Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi» DUK ma’muriyati.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEJkS8Idlq1q52q7KQ
#Tezkor #Diqqat

⚡️Bugun 13-mart telegramda yangi FIRIBGARLAR paydo boʻldi, ular sizga “Bepul sovgʻalar yutib oling” degan link joʻnatishadi

Soʻrovnomadan oʻtasiz, 4-ta savol Keyin Samsung S 21 yutdingiz deydi nomer yozasiz va tasdiq bosqichida kartangizdan pul yechib oladi!!!

Siz ham bunday xabarlarni tarqatmasligingizni sòrab qolamiz.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEJkS8Idlq1q52q7KQ
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Diqqat
❗️1 maydan O‘zbekistonda karantin kuchayadi

O‘zbekistonda 1 maydan ommaviy tadbirlarni yopiq madaniyat saroylarida o‘tkazish taqiqlanadi.
Oshxonalar 50% rejimda ishlaydi.

Talabalarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEJkS8Idlq1q52q7KQ
#DIQQAT

"Talaba yoshlarning iltimoslariga binoan, yozgi semestrdan oldin yetarli kredit to'play olmagan talabalar uchun BEPUL qayta topshirish qo'yib beriladi." deb xabar beradi Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti prorektori Mansur Eshov.

TATUda vaziyat har doimgidek. Havotir olmanglar))) Bizda imkoniyat bo'lmaydi yoki iltimoslar qabul qilinmaydi. Bu talabani dangasa qilib qo'yadi🙂

Talabalarga ulashamiz👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEJkS8Idlq1q52q7KQ
#DIQQAT

❗️Amaliyot o'tamoqchi bo'lganlar diqqatiga! Aldanib qolmang.

Bugun menga bir talabadan g'alati bir xabar kelib tushdi. Uni o'z holicha sizlarga havola qilaman.


"❗️Hamma o'qisin.

Men 2021-yili aprel oyida *** nomli kompaniyaga ish so‘rab bordim, suhbat bo‘ldi kichkina, suhbatdan o‘tdim keyin menga shartnoma berishdi shartnoma 10 varaqdan ko‘p edi men o‘qib o‘tirmadim va qo‘l qo‘ydim. Keyin ish joyiga borsam ish deb ham bo‘lmaydi hamma norozi ishdan, o‘z soham bo‘yicha ishlamoqchi bo‘lsa, ish bermasdan boshqa ish beryapti, men norozi bo‘ldim va qarshilik bildirdim.

-- Men ishdan ketaman - dedim.

Endi foydasi yo‘q ketolmaysan sen bilan shartnoma qilganmiz dedi. Oddiy ishga kirganim haqida shartnoma nima bo‘pti desam uni ichida har xil menga minusga ishlaydigan shartlar bor ekan.

Men siqilib nima qilishni bilmay yurdim akamlardan maslahat so‘radi va ketishga qaror qildim. Ketishimdan oldin bordim men ketaman dedim. Meni yuridik tanishlarimni maslahatiga ko‘ra diktafon yoqib ol har ehtimolga qarshi deyishdi.

Men diktafonni yoqib kirdim aytganidek menda shartnomi yo‘q qilish uchun pul talab qilishdi keyin men ho‘p dedimda zapisni yo‘qolmaydigan joyga qo‘ydimu u yerdan surdim.


Bugun menga bitta tanishim shunday firmaga duch kelib, xuddi meni xolimga tushib qolgani haqida aytishdi. U ham men borgan odam tomonidan ochilgan lekin nomi o‘zgartirilgan ekan. Nomini o‘zgartirib bollarni qo‘rqitib majburlab ishlatishar ekan. Men ham ishga borgan paytimda bollardan so‘rasam hammasi norozi, qo‘rqib ishlab yurishardi, chunki shartnomada katta jarima summasi yozilgan edi.

Aytmoqchi bo‘lganim shuki darrov shartnomaga shoshilmang 1 2 hafta ishlab ko‘ring yoqmasa shartnoma qilmang. Qadriyatlarini o‘rganing, kompaniya haqida ma‘lumot to‘plang, tanishlaringizdan maslahat oling.

Bunday kompaniyalarni eng katta minus tomoni bollarni IT dan sovitib ham qo‘yishyabdi, shuning uchun har doim e‘tiborli bo‘ling o‘zingiz yoqmagan ishda ishlamang."

P.s: Bu firma haqida batafsil ma'lumot olib, bu bo'yicha post qilamiz. Shuni unutmang, shartnomaga qo'l qo'yishdan oldin uni o'qib chiqing. Aldanib qolmang!

Talabalarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEJkS8Idlq1q52q7KQ
#DIQQAT

Universitetga Respublika qon quyish markazidan ko'chma donorlik punkti keldi. Hohlovchilardan kelib qon topshirishingiz so'raladi!

Onkologiyada yotgan bemor bolalar uchun
Og'ir ahvoldagi insonlarga quyish uchun
Ijtimoiy ahvoli og'ir insonlar uchun ushbu qonlar yetkaziladi!

Qon topshirganlar 8 ta kasallik uchun bepul natijalar taqdim etiladi.

Siz topshirgan qon kimningdir hayotini saqlab qolishini unutmang!

https://telegram.me/joinchat/AAAAAEJkS8Idlq1q52q7KQ
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Diqqat
O'qishga kirolmagan abituriyentlarga eslatma

Agarda siz test natijalaridan norozi bo'lsangiz besh kun ichida DTM ga qayta apellatsiya berishingiz mumkin va sizning test natijangiz qayta ko'rib chiqiladi.

https://telegram.me/joinchat/AAAAAEJkS8Idlq1q52q7KQ
#Diqqat #Eslatma

❗️ Toshkentda o‘qiyotgan andijonlik talabalarga uyiga qaytish uchun bepul taksilar:

27-dekabr kuni 12:00 da poytaxtdagi “O‘zbekiston” mehmonxonasi oldidan Andijonga jo‘naydi.

Toshkentdagi Andijonlik talabalarga yuboring👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEJkS8Idlq1q52q7KQ
#Diqqat
⚡️Firibgarlar o‘ljasiga aylanmang – Kiberxavfsizlik markazi ogohlantirdi


Telegram‘da tarqalayotgan, go‘yo aksiya boshlangani va endi Telegram Premium hamma uchun bepulligi haqidagi xabarlarga ishonmang.

Eʼtiborli bo‘ling, firibgarlar Siz orqali Telegram messenjerida havolani boshqalarga tarqatishga urinmoqdalar.

❗️Yaqinlarni ham ogohlantirib qo‘ying!

https://telegram.me/joinchat/AAAAAEJkS8Idlq1q52q7KQ
#diqqat

❗️O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan ekstremizm va terrorizm g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan deb topilgan O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, tayyorlash, tarqatish va namoyish etish taqiqlangan materiallar ro‘yxati (2023-yil 17-may holatiga ko‘ra)

Oxirgi vaqtlarda juda ko'p yoshlar bilib, bilmay shu materiallarni tarqatib qamalmoqda. Ushbu ro'yxat bilan yaxshilab tanishib chiqing va bu materiallardan yiroq yuring. Qolganlarni ham ogohlantirib qo'ying.

https://telegram.me/joinchat/AAAAAEJkS8Idlq1q52q7KQ
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#diqqat #mandat

🔥 Mandat 21-avgust, ya'ni ertaga e'lon qilinishi mumkin!

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori abituriyentlar uchun yakuniy mandat natijalari 20-avgustdan keyin e’lon qilinishini aytmoqda

Abituriyentlarga yuborib qo'ying 👇
https://t.me/+JD5n_YmBeMY5NDUy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#diqqat #tezkor #daxshat

O'zbekistonda yangi kasallik qayd etildi. Mandatvirus deb nomlangan. Ushbu kasallikka  1 mlndam kishi chalingan. Alomatlari bosh og'rig'i, sabrsizlik, jizzakilik. Iloji boricha abituriyentlardan uzoqroq yurishlariz so'raladi. Yuqish tezligi haqida aniq ma'lumot yo'q.

Eh mandatvirus 😄
(Hazil)

Abituriyentlarga ulashing 👇👇
https://t.me/+JD5n_YmBeMY5NDUy
#DIQQAT #TEZKOR

📝MANDAT NATIJALARI E'LON QILINDI

2023/2024 o'quv yilida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o'qishga kirish uchun o‘tkazilgan test sinovlarining yakuniy natijalari e'lon qilindi.

Tanlov natijalarini 2 xil usulda bilish mumkin.

↪️ Abituriyentning shaxsiy kabinet orqali:

Buning uchun mandat.uzbmb.uz saytiga pasport seriyasi va raqamini yoki abituriyent ID sini kiritish kerak.

↪️Test natijalari qaydnomasi orqali:

Natijalar e'lon qilingandan so'ng test natijalari qaydnomasi oliy ta'lim muassasalariga taqdim etiladi. Abituriyentlar oliy ta'lim muassasalariga borgan holda qaydnomadan tanlov natijalarini ko'rishi mumkin.

Abituriyentlarga ulashing👇👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM