Toshkent viloyati sport boshqarmasi
2.8K subscribers
31.5K photos
3.47K videos
42 files
10.6K links
Toshkent viloyati sport boshqarmasi
Facebook: https://bit.ly/3okUvkj
Instagram:
Youtube: https://bit.ly/3A8wsb0
Telefon: +998 (55) 9010102
E-mail: toshvilsport@mail.uz
e-xat: toshvilsport@exat.uz
Murojaat @tvsportmurojaatbot
Download Telegram
🇺🇿👍Ular Olimpiadaga boradi!

Parij-2024 Olimpiadasi start oldidan O‘zbekiston sharafini ximoya qiladigan velosportchilarimizni tanishtirishda davom etamiz.

Navbatdagi sportchimiz — Yanina Kuskova!

U 2001-yil 5-dekabr kuni Toshkent viloyatida tugʻilgan.

2019-yildan Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlariga terma jamoa bosh murabbiyi Gleb Groysman qoʻl ostida tayyorgarlik koʻrmoqda. Kuskova faoliyati davomida shosse hamda trek yoʻnalishlaridagi Osiyo chempionatlarida 3 ta oltin, 3 ta kumush va 6 ta bronza medallariga egalik qilgan.

Konya-2021 Islom birdamligi oʻyinlarida 3 ta kumush medalni qoʻlga kiritgan. Hozirda Italiyada bo'lib turgan sportchimiz ertaga nufuzli "Giro d' Italia" ko'p kunlik poygasida startga chiqadi.

Yanina O’zbekiston velosiped sporti federatsiyasi Toshkent viloyati bo’limi a’zosi hisoblanadi.

Yanina Olimpiadada guruh poygasi dasturida yurtimiz sharafini himoya qiladi.

Sportchimizga ushbu sharafli yo‘lda omad va zafarlar yor bo‘lishini tilaymiz!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍Olimpiadada debyut qiladigan 🇺🇿Yanina Kuskova haqida video-lavha
Bugun Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida "Besh tashabbusi olimpiadasi" doirasida sportning shaxmat-shashka turi boʻyicha musobaqalarning tuman bosqichi boʻlib oʻtadi.

https://t.me/TOSHVIL_SPORT
Olimpiyachilar Angrеnda.

Ayni kunlarda olimpiyachilarimizni Dukent ko‘chalarida ko‘rib qolsangiz, ajablanmang, chunki ular Angrenda qizg‘in mashg‘ulotlar bilan band.

Sportchilarimiz erta tongdan mashq qilib, bahavo tog‘ havosiga to‘yib, musobaqalarga hozirlik ko‘rishmoqda. Bu tayyorgarliklar bo‘lajak olimpiya o‘yinlarida asqotishiga ishonamiz.

https://t.me/TOSHVIL_SPORT
#Kun_qaxramoni

Fazliddin G'oyipnazarov – 1991-yilda Toshkent viloyati Bekobod shahrida tug‘ilgan, “O‘zbekiston iftixori” faxriy unvoni bilan taqdirlangan (2016 y).

Sport turi: BOKS
2015 yilda Jahon chempionati (Doxa)
2 o‘rin, 2015 yilda Osiyo Chempionatida (Bangkok) 2 o‘rin, 2016 yilda Yozgi Olimpiya O‘yinlarida (Braziliya) 1 o‘rinni qo`lga kiritgan.

https://t.me/toshvil_sport
Ayni damda Islom Karimov nomidagi Oʻzbekiston Xalqaro aeroportida Rossiya Federasiyasida o‘tgan VIII «Osiyo bolalari» xalqaro sport o‘yinlari gʻoliblarini kutib olish jarayoni boʻlib o‘tmoqda.

Gʻoliblar orasida Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahar Sport maktabi tarbiyalanuvchisi Abdullayeva Go‘zal ham borligi bu katta xyrsandchilik.

U ayollar kurashi boʻyicha faxrli uchinchi o‘rinni egalladi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning Yakutsk shahrida “Osiyo bolalari” VIII xalqaro sport o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Ushbu musobaqalarda O‘zbekiston delegatsiyasi sportninng 16 ta turida qatnashdi.

Bizni kuzatishda davom eting!