Toshkent viloyati sport boshqarmasi
2.77K subscribers
31.9K photos
3.49K videos
42 files
10.7K links
Toshkent viloyati sport boshqarmasi
Facebook: https://bit.ly/3okUvkj
Instagram:
Youtube: https://bit.ly/3A8wsb0
Telefon: +998 (55) 9010102
E-mail: toshvilsport@mail.uz
e-xat: toshvilsport@exat.uz
Murojaat @tvsportmurojaatbot
Download Telegram
Toshkent viloyati Oʻrta Chirchiq tumani farzandi Shaxnoza Mirzayeva sportning Para kanoe turi boʻyicha Parij Olimpiya oʻyinlariga litsenziya yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.

👍👍👍👍Barakalla Shaxnoza!
Biz sizga ishonamiz. Doim ishonchimizni oqlagansiz. Buyogʻiga ham "BOSING"!👏👏👏👏

https://t.me/TOSHVIL_SPORT
#DXX_kubogi
#Quyi_Chirchiq_tumani

Quyi Chirchiq tumanida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida DXX kubogi mahallalar o'rtasida futbol musobaqalari davom etmoqda.

Bu yil yoshlarimiz juda faol. Bu o'yinda 2 ta mahalla jamoalari o'zaro kuch sinashishdi.

Beshkent -Xo'japiskan MFY jamolari 2-7 hisobida o'yinni yakunladi.

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

https://t.me/TOSHVIL_SPORT
Bugun 12 may - Xalqaro hamshiralar kuni!

Xalqaro ekspertlar prognoziga ko‘ra, 2030 yilga borib dunyoning rivojlangan mamlakatlarida tibbiyot sohasi bo‘yicha 40 millionga yaqin yangi ish o‘rinlari yaratiladi. Albatta, bu — katta o‘sish ko‘rsatkichi!

Fursatdan foydalanib, sport sohasida faoliyat koʻrsatayotgan barcha hamshiralarimizni bugungi kasb bayrami bilan chin yurakdan muborakbod etamiz!


https://t.me/TOSHVIL_SPORT
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Polshada davom etayotgan shaxmat bo‘yicha “Superbet Poland 2024” turniri bahslarida blits bahslarining 3-turida hamyurtimiz grossmeyster Nodirbek Abdusattorov norvegiyalik Magnus Karlsen bilan bahs olib bordi va Nodirbek Magnusni mag'lub etdi.

“Superbet Poland 2024” turniri 12 mayga qadar davom etadi.

Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O'zbekiston kikboksing terma jamoasi sportchilari Turkiyada 15-19 may kunlari bo'lib o'tadigan Jahon kubogi baxslaridan oldin Toshkent viloyati, Yangiobod tumanida o'quv yig'in mashg'ulotlarini o'tkazdilar

Obuna bo'ling 👉https://t.me/TOSHVIL_SPORT
⚡️Shaxnoza Mirzayeva ham Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlariga litsenziyani qo‘lga kiritdi!

Xabar berganimizdek, Vengriyaning Seged shahrida para kanoe bo‘yicha Jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda.

E’tiborlisi, ayollar o‘rtasida KL3 klassida o‘tkazilgan bahslarda hamyurtimiz Shaxnoza Mirzayeva finalda 00:51:36 soniya natija qayd etgan holda Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri litsenziyani qo‘lga kiritdi.

Shu tariqa para kanoe bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolarining Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlariga qo‘lga kiritgan jami litsenziyalari soni 5 taga yetdi:

Haytmurod Sherqo‘ziyev – VL3
Azizbek Abdulhabibov – KL2
Shahzoda Mamadaliyeva – VL3
Irodaxon Rustamova – VL2
Shaxnoza Mirzayeva – KL2


Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube🔥🔥
Xasanboy Qoʻldashev ham Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlariga litsenziyani qo‘lga kiritdi!

Avval xabar berganimizdek, Vengriyaning Seged shahrida para kanoe bo‘yicha Jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda.

E’tiborlisi, erkaklar o‘rtasida KL3 klassida o‘tkazilgan bahslarda viloyatimiz vakili Xasanboy Qoʻldashev finalda Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri litsenziyani qo‘lga kiritdi.

Shu tariqa para kanoe bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi orasida viloyatimiz a’zolari Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlariga qo‘lga kiritgan litsenziyadorlar soni 3 taga etdi:


Xasanboy Qoʻldashev – VL3
Shaxnoza Mirzayeva – KL2
Xayitmurod Sherqoʻziyev – VL3

https://t.me/TOSHVIL_SPORT
Mana bizni qaxramonlar!

Xasanboy Qoʻldashev – VL3
Shaxnoza Mirzayeva – KL2
Xayitmurod Sherqoʻziyev – VL3

https://t.me/TOSHVIL_SPORT
Joriy yilning 6-11 may kunlari Andijon shahrida sportning chim ustida xokkey turidan U-21 yoshgacha bo'lgan yoshlar o'rtasida O'zbekiston chempionati bo'lib o'tdi.

Mazkur musobaqada Toshkent viloyati yoshlari ishtirok etib 3-o'rinni qo'lga kiritdi.

https://t.me/TOSHVIL_SPORT
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kuni kecha Qibray tumaniga qarashli maktablarning birida sportning basketbol turi bo'yicha 2010-2011 yillarda tug'ilgan o'g'il bolalar o'rtasida Osipyan Arsen Rafikovich xotirasiga bag'ishlangan turnir bo'lib o'tdi.

Ushbu musobaqada Toshkent viloyatining Qibray, Chinoz tumanlari, Chirchiq va Yangiyo'l shaharlaridan kelgan jamoalar ishtirok etidi.

Musobaqa yakuniga ko'ra:
1 o'rin Toshkent viloyati SO'T va YA ISM
2 o'rin Yangiyo'l shahar
3 o'rin Chinoz tumani sportchilari egalladi.

G'olib va sovrindorlar musobaqa tashkilotchilar tomonidan diplom, medal va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

https://t.me/TOSHVIL_SPORT
Bugun “9-may - Хotira va qadrlash kuni” bayrami munosabati bilan “Yangi O'zbekiston” bog'ida “Men G’olib” an'anaviy ommaviy yugurish musobaqasi bo'lib o'tdi

Ommaviy yugurish musobaqasida O'zbekiston Respublikasi Sport vaziri A.Ikramov va O'zbekiston triatlon federatsiyasi raisi V.Maxmudov ishtirok etdi.

“Men G’olib” ommaviy yugurish musobaqasini o'tkazishning asosiy maqsadlari O'zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari va kuch ishlatish tuzilmalarining vakillari orasida qo'shimcha jismoniy faollikni oshirish va rivojlantirish, eng kuchli jamoalarni aniqlash va O'zbekiston harbiy-kuch tuzilmalarining jamiyatdagi maqomi va nufuzini oshirishga qaratilgan.

Tadbirda 500 nafardan ortiq mamlakatning qurolli kuchlari vakillari, kuch ishlatish tuzilmalari xodimlari qatnashdi.

Musobaqa 10 km masofalarda o'tkazildi.

Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube