Tushda kechgan umrlar ✍️
24 subscribers
375 photos
253 videos
1 file
17 links
Dilimdan to'kilgan tuyg'ularim!
Download Telegram
Assalomu aleykum Azizlarim. Bugun tunda kelarmish Baxor! Sizni kirib kelayotgan Baxor va Ro'zayi Ramazon oyi bilan tabriklayman. Barcha ezgu niyatingizga yetishingizni tilab qolaman.
👍2
Bugun shuni bilmanki She'r yozishni boshlaganimga 1yil bo'larkan. O'zimdagi bu qobilyatni anglaganimga rosa 1yil boladi. O'tgan yil Baxor bilan bu qobilyat kirib kelgandi menga.
👍2
Yana bir qish o'tib Baxor kelmoqda,
Yana qushlar ketib qaytib kelmoqda.
Yana zaminlarda gullar ochmoqda,
Ammo sen kelmayabsan yosh bolaligim.

Mening Baxorim qaylarga ketdi,
Shodon lolarim o'tmishda endi.
Hammadan ko'p sog'inganimda,
Qaytmas bolaligim yurakda yeri.

Qani endi o'sha sho'x shalolar,
Hech kimga bo'y bermas mitti bolalar
Ortiga hech qaytmas eh giryonalar,
Qaydasan ayt menga ko'zi qoralar.

Beg'ubor Baxorning isi bor senda,
Asli yashillikning rangi bor senda.
Mening qalbimning ruhi bor senda.
Ortiga hech qaytmas umrim bor senda.

Daraxtlar gullasa seni yod olib,
Eslayman yuzimda kulgular yonib.
Yuragimni so'nmas gulhanda yoqib,
Sog'inaman seni hamon ahtarib.

Ortiga hech qaytmas mening hur holim
Hotiramda qolding mening sen zorim.
Umrimning naxori senda joylashgan,
Hech unitilmas mening Baxorim.

Nazokat Muxtor qizi!
👏2🔥1
Assalomu aleykum Azizlarim! Bir necha kundirki Bandman she'r yozishga vaqt ham ilhom ham yo'q. Aslida ilhom vaqtga qarab kelmaydikuya lekin kechqurunga borib uhlab qolyabman ishim kopligidanmi vaqtim yo'q hullas. Bir mavzuda she'r yozishni niyat qilgandim. Ammo vaqt bo'lmayabdi. Yozsam albatta o'qiysizlar.

Rasmdagi gaplar sizlargayam yoqtimi.
😢1
Ayni haqiqat ba'zan his qilgan og'riqlarimni ko'pi tanamdan emas, qalbimdan bo'ladi. Tanamdagi og'riqlarimga shifo ham topa olaman, qalbdagi og'riqlar shifosiz qiynaydi. Vaqt davolaydi deyishadiku, Ammo yolg'on. Vaqt bizni dard bilan yashashga o'rgatadi. Uqtin Uqtin yodimizga solib huddi bot kasaldek bizni qiynab qo'yadi. Kimda shunday bilmadim ammo men insonlar tomonidan qalbimga berilgan ozorni hech ham unitolmayman. Yodimda turadi ba'zan qiynab qo'yadi. U insoni kechirishim qayta gaplashishim u bilan birga kulishim mumkin, Ammo bergan ozori qalbimning bir yerida doim saqlanib qoladi.
Assalomu aleykum Azizlarim kutilmagan paytda kutilmagan sovg'a judayam hursand boldim. Gap sovg'ada yoki kunda emas gap shunchaki etiborda. Bir dona atirgulga ham Juda hursand bolardim. Shunchaki etibori ozi ham yetadi aslida ayollarga🥰
❤3🥰3
Bu sovgani ichi, ichida shunaqa kinderchala boridi!
👍4
Yosh umrimni aylama barbod,
Meni buncha qiynama hayot.
Jon jigarim yeglatma,
Buncha dardlar bermagin hayhot.

Kulmoq ayb bo'lsa bizga,
Ko'zlarimiz yeglatma buncha.
Zarbalar ketida zarbalar berib,
Qadimizni bukmagin shuncha.

Nohaqlar qo'liga tutqizib tillo,
Haq insonlarni ezib yanchmagin.
Bu dunyoda yagona yolgiz
Opamning sen qaddin bukmagin.

Uning qilgan mehnatlarini,
Men hech qachon qila olmayman.
Menga qilgan hizmatlarini,
O'lgunimcha to'lay olmayman.

Farishtadek farzandlarini,
Hech narsaga muhtoj qilmagin.
Mening ko'zim qarolaridan,
Ularni hech kam ham qilmagin.

Uylarini nurga to'ldirib,
Shodliklarin qaytarib bergin.
Bu hayotda yagona bo'lgan,
Tayanchlarin qaytarib bergin.

Yuzlanaman yana sen tomon,
Ko'zlarimda jiqqa yoshim bor,
Sendan boshqa qo'lidan kelmas,
Senga yana iltimosim bor.

Yo allohim buyugim egam,
Barchasiga o'zing qodirsan.
Bandasining qo'lidan kelmas,
Senga bitta iltimosim bor!

Nazokat Muxtor qizi!
🔥3❤2👍2
Assalomu aleykum!
Kanalimda faol bo'lmayabganimni bir sababi, yani kanal adminkasi ishga kirgan😄

Hozircha o'quvchilarim kam lekin Har hafta yengi oquvchi qoshilvoti. Sekin sekin kopeyishib qolamiz. Ishlash bosa shunaqa Mazza. Ayniqsa man ish boshlagan o'quv markazida. Hamma kamfort bor. Bundan tashqari hech qanday ortiqcha majburiyatlarsiz. O'quvchilarga dars bersangiz bo'ldi. Boshqa hech qanday majburiyat yo'q.
👍2
Assalomu aleykum Azizlarim. Yozmaganimga ham ancha vaqt bo'ldi ish uy o'ziga yarasha yumushlar va bolalar bilan ovora bo'lib yuribman.

O'z vaqtida o'qiganim uchun va meni o'qitishgani uchun bugun baxtliman! Ishlash bunchalar yoqimli bo'lishini ilgari bilmasdim lekin judayam Mazza. Kun Ora ishga boraman ozmi ko'pmi o'quvchilarimga dars beraman va dunyo tashvishlaridan 1yarim soatga uzulaman. Ishim hozirgi kundagi mativaysiyamga aylangan.😊

Relax qilish uchun judayam chiroyli joylar ekan.
❤1
Borgim kelmas makoni bor bu dunyoni,
Ochgim kelmas eshigi bor bu dunyoni,
Yana qancha savdosi bor bu dunyoni,
Qalbga nega ozori bor bu dunyoni.

Bosam qadam tikonlari botib ketdi,
Nega baxtlar mendan yana yiroq ketdi.
İzim meni dardlar ahir quvlab yetdi.
Dunyo menga ozorini hadya etdi.

Bozormidi bu dunyoning Asli o'zi,
Dilimdagin sotganlari bari do'stim.
Pulim bo'lsa ololsaydim mehr so'zi,
Soxtalarga bo'lolsaydim oyna o'zim.

Adolatin o'rnatolmay parvonaman,
Ishq dardida kuygan yana devonaman.
Ahir barcha dardga o'zim giryonaman.
Dunyo uchun nega yana men yonaman.

Aybim shudir unitganim yaratgani,
Dunyo uchun sarflaganim oltin vaqtni.
Chidolmayin yozganim shu dard hasratni.
She'rga dardim solganimdir aybim mani.

Mayli Cho'lpon kabi otsalar ham,
Yo dor ostiga olib chiqib ossalar ham,
O'zim qolib she'rlarimni sotsalar ham.
Yaqinlarim dilga nayza otsalar ham,
Bu dunyodan ko'zim yumib o'tar bo'lsam,
Men abadiy she'rlarimda hur yashayman.

Nazokat Muxtor qizi!
🔥5👍2
Kimnidir sevdimmi bilmadim o'zim,
Sevgini ko'rdimi bu ojiz ko'zim?
Yonimdan o'tgani ne hislar bilmam,
Ammo dardlarini nechun tuyaman.

Tushmidi ro'yomi Alla nechukdir
Ne zamon otganin bilmam,
Ruhimda horg'inlik hissi uyg'oqdir,
Bu charchoq nedan tushunmam.

Zulmatga cho'kib boryabti quyosh,
Huddi o'zim kabi bermayin bardosh.
Yer yuzin ustida nurini sochib,
Balki bo'ldimi menga u sirdosh.

Men yonganimda qo'shilib yondi,
Sovib qotganimda isita oldi.
Qanchalar uzoqda bo'lmasin mendan,
Yonimdagilardan ko'proq u bordi.

Ba'zan tobladi u nurini sochib,
Hayotning zarbiga tayorlab berdi,
Ba'zi insonlardan olmagan mehrim,
Olisdagi quyosh bir menga berdi.

Nazokat Muxtor qizi!
❤2
Forwarded from Хадича
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎙 #XADICHABONU


#Tug'ulgan kun tabrigi
#yaqinlari nomlaridan...


Mehringizga ko'z tegmasin🤗


🌺🌺🌺🌺🌺🌺🌺🌺🌺🌺🌺🌺🌺🌺🌺🌺🌺🌺🌺🌺🌺🌺🌺🌺🌺🌺🌺🌺🌺🌺🌺🌺🌺🌺🌺🌺🌺🌺🌺🌺🌺🌺🌺🌺


Siz ham yaqinlaringizni shod qilishni hohlaysizmi unda bizga murojaat qiling @Xadicha_bonu_25_01


☎️Murojaat uchun tel:
+998970162501


BIZ DOIMO SIZ BILANMIZ QADRDONLAR.


t.me/+1Y_n9A_2oe9mN2My
❤3👍2🔥1