⏺🟦🟦🟦 #xayriya_hashari🇺🇿 Joriy yilning 16-mart kuni Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar hududiy Kengashi hamda Oʻzbekiston ekologik partiyasi Toshkent shahar Kengashi bilan hamkorlikda Toshkent shahrida joylashgan Taskin bolalar hospisida
"Saxovat oyida murg'ak qalblar uchun yashil bog'" shiori ostida
xayriya hashari o'tkazildi.
🗣 Hasharda Toshkent shahridagi oliy ta'lim muassasalari yoshlar yetakchilari, fakultet koordinatorlari, ekofaollar va homiylar ishtirokida hospis hududida manzarali hamda mevali daraxtlardan ekologik bog' tashkil etildi.
🟦 Shuningdek, talaba-yoshlar tomonidan Taskin bolalar hospisida davolanayotgan bolajonlar uchun ko'ngilochar bayram dasturi tashkil etilib, turli xil esdalik sovg'alari taqdim etildi.
#poytaxt #yoshlar #hashar #xayriya✈️Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook