TKTI Yoshlar Ittifoqi
2.39K subscribers
16.9K photos
1.66K videos
670 files
3.72K links
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent kimyo-texnologiya instituti boshlang‘ich tashkiloti telegram kanali

Tezkor !
Ishonchli !
Holis !

Yoshlarning sevimli axborot ulashuvchi kanali
Download Telegram
Forwarded from TKTI "Zakovat" klubi (Mayflyman)
#Zakovat_Woman #Zakovatda_Ayollar

Huramtli go'zal va latofatli, dono va bilimdon zakovatchi qizlar, xabaringiz bor kuni kecha "Zakovat ayollar ligasi" boshlandi, bundan ko'rinib turibdiki "Zakovat"da ham xotin-qizlarga keng imkoniyatlar yaratilmoqda, shuningdek bular hozircha boshlanishi...

Biz ham "TKTI Zakovat klubi" bilan kelishgan holda, talaba qizlarimiz uchun "Zakovat Woman" nomli shaxsiy o'yin turnirini tashkil etishga qaror qildik! Shu munosabat bilan barcha talaba qizlarimizni (barcha qizlar, TKTI talabasi bo'lishi shart emas) ushbu turnirda ishtirok etishlarini so'rab qolamiz!

Zakovatda "Shaxsiy o'yin" nomli yo'nalish haqida qisqacha ma'lumot berib o'tsam! "Shaxsiy o'yin" zakovatning sportcha versiyasidan(jamoaviy, odatiy 6 kishilik) farqli bo'lib, bu o'yinda faqat bir kishi qatnashadi va boshqa raqiblariga qarshi kurashib, savollarga to'g'ri va aniq javob berish orqali g'alaba qozoniladi! O'yin "knopka"lar orqali olib boriladi, shuningdek guruhlarga bo'lingan holda o'tkaziladi... Baholash tizimi - savollar paketida mavjud 5 ta savollarning har birigi to'g'ri javob uchun +10 +20...+50, noto'g'ri javob uchun esa aksincha -10-20...-50 kabi ballar berib boriladi! Yakunda esa, o'z guruhlarida yuqori reyting qayd etgan ishitirokchilar orasida final bosqichi bo'lib o'tadi, ushbu final turnir g'olibini aniqlab beradi...

Turnirda ishtirok etish istagida bo'lgan, o'z intellektual salohiyatini sinab ko'rish maqsadida yurgan va albatta zakovatchi bo'laman degan talaba qizlarimizni turnirda ko'rishdan bag'oyatda xursand bo'lamiz! Keling, Qatnashing va G'olib bo'ling!...

Turnir: Faqat qizlar uchun...
Sanasi: 01.11.2023
Boshlanish vaqti: 10:00
Manzil: Mirzo Ulug'bek ko'chasi 41-uy, Kutubxona)

Turnirda ishtirok etish uchun, avvalo salom bergan holda @Hozircha_Tirik profili orqali ro'yxatdan o'tishingizni so'raymiz!

Eslatma: Turnir o'tkazilishi uchun ishitorkchilar soni 20 ta ya'ni 5 ta guruh bo'lishi lozim! Agar ishtirokchilar soni kam bo'lsa tashkilotchilarning kayfiyatiga qaraladi...

@tktizakovat