🇺🇿 TIV matbuot kotibi
5.55K subscribers
567 photos
166 videos
367 links
Tashqi ishlar vaziri matbuot kotibi kanali orqali sizlarni Vazirligimiz faoliyatiga oid yangiliklar va ma'lumotlar bilan tanishtirib boramiz.

Murojaat uchun: @mfa_press_bot
Download Telegram
“Sizlarning har biringiz davlatimiz va xalqimiz nomidan chet elda ish olib borayotgan, Yangi O‘zbekistonning o‘zgarishlar ruhi va shiddatini namoyon etayotgan ishonchli vakilsiz.

Ayniqsa, sizlar o‘zingizning aql-zakovatingiz, talabchanligingiz, yuksak bilimingiz, olijanob xalqimizning eng yaxshi qadriyat va an’analarini mujassam etganingiz bilan barchaga o‘rnak va namuna bo‘lishingiz kerak.

Endi yangicha ruhda ishlaydigan va aniq natijalarga erishadigan, O‘zbekiston manfaatlarini xalqaro miqyosda qat’iy himoya qiladigan chin vatanparvar diplomatlar davri keldi.

Chunki Yangi O‘zbekistonning yangi qiyofasi va imiji, sha’ni va shuhrati, eng avvalo, sizlarning timsolingizda yaqqol namoyon bo‘ladi. Bu sharafli va mas’uliyatli yo‘lda barchangizga omad va zafarlar tilab qolaman”
,

– dedi Prezidentimiz yig‘ilish yakunida.

Yig‘ilishda xorijdagi elchilarimizning hisobot va takliflari tinglandi.

Facebook|Instagram|X
10👍6🔥2😍1
National Geographic:

Xiva, O‘zbekiston: Bu Ipak yo‘li shahri 2026-yilda soyalardan chiqmoqda

Xivaning boy tarixi va mukammal saqlanib qolgan arxitekturasiga uzoq vaqtdan beri erishish qiyin bo‘lgan - ammo endi yo‘q. Ushbu YUNESKO xazinasi dunyoga qanday ochilayotganiga qarang.

Khiva, Uzbekistan: This Silk Road city is stepping out of the shadows in 2026

Khiva’s rich history and perfectly preserved architecture have long been difficult to reach—but no more. See how this UNESCO treasure is opening up to the world.

By Sophie Ibbotson

https://www.nationalgeographic.com/travel/best-of-the-world-2026/article/khiva-uzbekistan

@TIVmatbuot
4🔥4😍3👍1
🇺🇿🤝🇹🇷

Bugun, 20-yanvar kuni Anqara shahrida ikki muhim tadbir bo‘lib o‘tadi:

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov hamda Turkiya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan raisligida Qo‘shma strategik rejalashtirish guruhining to‘rtinchi yig‘ilishi;

O‘zbekiston va Turkiya tashqi ishlar, ichki ishlar va mudofaa vazirlari hamda xavfsizlik xizmatlari rahbarlari ishtirokida “4+4” mexanizmi doirasidagi yig‘ilish.

@TIVmatbuot
18👍9🔥5😍1
O‘zbekiston delegatsiyasining Anqaraga amalga oshirgan tashrifi sermazmun va samarali bo‘ldi.

Tashrif doirasida delegatsiyamizni Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an qabul qildi. Uchrashuvda O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi ikki va ko‘p tomonlama munosabatlar barqaror hamda izchil rivojlanib borayotgani ta’kidlandi.

Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan bilan birgalikda o‘tkazilgan Qo‘shma strategik rejalashtirish guruhining 4-yig‘ilishi doirasida savdo va investitsiyalar, energetik xavfsizlik, mintaqaviy bog‘liqlik, terrorizm va transmilliy tahdidlarga qarshi kurash, mehnat migratsiyasi, madaniyat, ta’lim va turizm kabi ustuvor yo‘nalishlar muhokama qilindi.

Ushbu yig‘ilish O‘zbekiston va Turkiya Prezidentlari hamraisligida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan Oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining navbatdagi yig‘ilishiga muhim tayyorgarlik bosqichi bo‘ldi.

Shuningdek, O‘zbekiston va Turkiya tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2026–2027-yillarga mo‘ljallangan Harakatlar rejasi imzolandi. Mazkur hujjat keng qamrovli strategik sheriklikni yanada chuqurlashtirishga xizmat qiladi.

Anqarada bo‘lib o‘tgan “4+4” mexanizmi doirasidagi uchrashuv O‘zbekiston–Turkiya hamkorligining yangi sifat bosqichiga ko‘tarilayotganini namoyon etdi. Uchrashuvlar davomida mintaqaviy va global masalalar, shuningdek, fuqarolarimizning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularga eng qulay sharoitlar yaratish masalalari alohida muhokama qilindi.

Anqaradagi muloqotlar O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi qardoshlik va o‘zaro ishonchga asoslangan hamkorlik izchil ravishda amaliy mazmun bilan boyib borayotganini yana bir bor tasdiqladi.

@TIVmatbuot
👍85😍2🔥1
21-yanvar kuni AQSh hududida noqonuniy bo‘lib turgan shaxslarni deportatsiya qilish maqsadida ushbu davlatning vakolatli idoralari tomonidan yana bir charter reysi amalga oshirildi. Ushbu reysda 44 nafar O‘zbekiston fuqarolari Vatanga qaytarildi.

Charter reysi AQShning tegishli hukumat idoralari bilan hamkorlikda tashkillashtirilgan bo‘lib, uning amalga oshirilishi orqali O‘zbekiston fuqarolarining yurtimizga xavfsiz va o‘z vaqtida qaytarilishi ta’minlandi.

Mazkur tadbir O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi hamkorlikning yana bir muhim namunasidir. Yurtimiz fuqarolarining o‘zga davlatlarda xavfsizligini ta’minlash, ularning qonuniy huquqlarini himoya qilish va ularni Vataniga qaytarish borasidagi hamkorlik davom etmoqda.

@TIVmatbuot
👍3121😢10🔥54😍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Davosga tashrifi: Tinchlik borasidagi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash – O‘zbekiston tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri.

Визит Президента Шавката Мирзиёева в Давос: Поддержка мирных инициатив - один из внешнеполитических приоритетов Узбекистана.

Prezident.uz
|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍98😍2🔥1
AQShdan O‘zbekistonga 44 nafar fuqaro qaytarildi. Ular yurtga qaytgach, "Dunyo" AA muxbiriga bergan intervyularida Meksika orqali o‘tgan haqiqiy yo‘llari qanday bo‘lgani, safar qancha vaqt olgani, emigratsiyaga urinish qanchaga tushgani va manzilda qanday qiyinchiliklarga duch kelganliklari haqida so‘zlab berishdi.

«Konsullik xizmati» loyihasining navbatdagi sonida qo‘rquv va ko‘ngil qolish bilan bog‘liq real voqea, shuningdek shaxsiy tajribaning aniq xronikasi taqdim etiladi. Bu material noqonuniy yo‘nalish aslida qanday ko‘rinishda bo‘lishini va chiqib ketish haqidagi qaror barcha oqibatlarni to‘liq anglagan holda qabul qilinishi zarurligini tushunishga yordam beradi.

https://www.youtube.com/watch?v=hLDZiSKPDgQ

@TIVmatbuot
6👍5🔥2🙏2
Ba’zi OAV va ijtimoiy tarmoqlarda Dubaydagi fuqarolarimizning sudlanishiga doir turli xil ma’lumotlar tarqalmoqda. Ushbu xabarlarga aniqlik kiritish maqsadida quyidagilarni ma’lum qilamiz:

2025-yilning aprel oyida Dubayda ommaviy mushtlashuvda ishtirok etgan 8 nafar O‘zbekiston fuqarosiga 21-yanvar kuni sud hukmi bilan umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Shuningdek, bitta fuqaroga 25 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi berildi.

Hozirda, tegishli idoralar va diplomatik vakolatxonalarimiz tomonidan vaziyatni to‘liq o‘rganish va fuqarolarimizning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha barcha zarur choralar ko‘rilmoqda.

@TIVmatbuot
👍20😢1483🔥2
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining o‘ldirilishi holati bo‘yicha rasmiy munosabat

O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi Shishli tumanida vatandoshimiz vafoti to‘g‘risidagi xabarni chuqur qayg‘u bilan qabul qildi.

Aniqlanishicha, 2026-yil 24-yanvar kuni soat 19:40 atrofida Istanbul shahrining Shishli tumanida chiqindilar orasidan buyum to‘plab yurgan fuqaro konteyner ichida o‘ralgan jasadni ko‘rib, bu haqda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar bergan. Ko‘rik jarayonida jasadning bosh qismi mavjud emasligi qayd etilgan.

Bosh konsulxona tomonidan mahalliy huquqni muhofaza qiluvchi organlar, sud-tibbiy ekspertiza markazi hamda prokuratura bilan hamkorlikda o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida marhumaning shaxsi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi Hakimova Durdona ekani tasdiqlandi.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining 2 nafar fuqarosi qo‘lga olingan. Ular Turkiyadan Gruziyaga aviareys orqali qochishga uringan vaqtida ushlangan.

Bosh konsulxona diplomatlari tomonidan marhumaning oila a’zolari bilan aloqa o‘rnatildi hamda ularga tegishli konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Mazkur holat bo‘yicha surishtiruv jarayonlari Bosh konsulxona nazoratiga olingan.

Bosh konsulxona ushbu holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlarni rasmiy manbalar orqali taqdim etib boradi.

O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi marhumaning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.
😢22🙏85
O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Olimjon Abdullayev Rossiya Federatsiyasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Aleksey Yerxov bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida tomonlar Rossiya Federatsiyasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga doir dolzarb masalalarni batafsil muhokama qildi.

Muhokamalarda O‘zbekiston tomonidan Rossiya Federatsiyasining hududlarida faoliyat yuritayotgan O‘zbekiston Respublikasi bosh konsullari ishtirok etdi. Bu esa joylardagi amaliy ish tajribasini inobatga olgan holda ko‘tarilgan masalalarni aniq va atroflicha ko‘rib chiqish imkonini berdi. Rossiya tomonidan esa diplomatik vakolatxonaning konsullik bo‘limi rahbariyati, migratsiya masalalari bo‘yicha mas’ul xodimlar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari qatnashdi.

O‘zbekiston tomoni migratsiya tekshiruvlari va reyd tadbirlari o‘tkazilayotgan jarayonda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining – ham qonunga rioya qilayotgan, ham migratsiya qonunini buzgan fuqarolarning – huquqlari va insoniy qadr-qimmatini kamsitishning har qanday shakliga yo‘l qo‘yilmasligi prinsipial ahamiyatga ega ekanini alohida ta’kidladi.

Uchrashuv tomonlarning migratsiya jarayonlarini tartibga solish, shuningdek Rossiya Federatsiyasida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining qonuniy mehnat faoliyati uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan pragmatik va o‘zaro hurmatga asoslangan muloqotni rivojlantirishga intilishini tasdiqladi.

Shuningdek, tomonlar amaliy hamkorlikni doimiy ravishda takomillashtirish va hamkorlikni mustahkamlash maqsadida muntazam konsullik maslahatlashuvlari hamda ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazish zarurligini ta’kidladi.

@TIVmatbuot
👍24187👏3👌2😍2🔥1
🇺🇿Yangi O‘zbekiston tarixiy va ma’naviy merosi MIT kutubxonasida

Dunyoning birinchi raqamli oliy ta’lim dargohi — Massachusetts Institute of Technology (MIT) markaziy Hayden kutubxonasida O‘zbekistonga bag‘ishlangan maxsus kitob burchagi “Uzbek Books Collection Corner” tashkil etildi.

📚Mazkur burchakda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari, Yangi O‘zbekiston tarixi, jadidchilik harakati, milliy uyg‘onish davri, shuningdek, boy madaniy va ma’naviy merosimizni yorituvchi 120 dan ortiq ilmiy, tarixiy va badiiy asarlar jamlandi.

E’tiborlisi, ushbu to‘plam MIT kutubxonasida xorijiy davlatlarga oid eng yirik jamlanmaga aylandi.

📑Ishonamizki, ushbu loyiha O‘zbekistonning ko‘p asrlik tarixi, milliy qadriyatlari va bugungi taraqqiyot yo‘lini xalqaro akademik hamjamiyatga keng tanitishga xizmat qiladi.

@TIVmatbuot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍133🔥3😍32
Janubiy Koreyadagi yong‘inda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgani haqidagi xabarlar o‘z tasdig‘ini topmadi

🔺 TIV Konsullik-huquqiy departamenti maʼlumotiga ko‘ra, O‘zbekiston elchixonasi Koreya Respublikasining vakolatli organlari bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi

🔺Batafsil
🔺Батафсил

#RasmiyXabar #Raddiya #Fuqarolar

Рус | Eng | Facebook | X | YouTube | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5🙏3😍3👌2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Menimcha” teleloyihasida bugun tahlil qilinadigan mavzular:

- Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida jamoat xavfsizligi boʻyicha yigʻilish oʻtkazdi;
- Oʻzbekiston Prezidenti Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh assambleyasida ishtirok etdi;
- Oʻzbekiston yetakchisining Turkiyaga amalga oshirgan tarixiy tashrifi.


Ko‘rsatuvni bugun, 31-yanvar kuni soat 20:00 da “O‘zbekiston 24” telekanalida tomosha qilishingiz mumkin.

Ertaga, 2-fevral kuni soat 12:20 va 17:20 da takroran namoyish etiladi.

Facebook|Instagram|X
😍43🔥1
4-fevral kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi AQSh poytaxti Vashington shahrida tashrif bilan bo‘ladi.

Tashrif doirasida Muhim minerallar bo‘yicha vazirlar yig‘ilishida ishtirok etish, shuningdek, qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

@TIVmatbuot
👍1451😢1😍1