BMT Bosh Assambleyasi 79-sessiyasining Yuqori haftaligi O‘zbekiston Respublikasi diplomatiyasi uchun juda samarali bo‘ldi.
🇺🇿 Tashqi ishlar vaziri boshchiligidagi delegatsiya 50 dan ortiq ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazdi, 10 dan ziyod xalqaro tashkilotlar ishtirokidagi ko‘p tomonlama tadbirlarda qatnashdi va nutq so‘zladi.
Turli sohalardagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan 15 ta hujjat imzolandi.
7 ta mamlakat bilan diplomatik aloqalar o‘rnatildi.
Buning barchasi Yangi O‘zbekiston diplomatiyasi kengayayotganidan dalolatdir.
@TIVmatbuot

Forwarded from Baxtiyor Saidov
Barchamiz uchun Qadrli Ustozlar!
Sizlarni 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan Tashqi ishlar vazirligi jamoasi va xorijdagi barcha diplomatlarimiz nomidan tabriklaymiz.
Jonajon Vatanimizda o‘sib kelayotgan har bir o‘g‘il-qizni o‘z farzandingizdek sevib, ardoqlab, ularni barkamol insonlar etib tarbiyalashdagi mas’uliyatli va fidokorona xizmatlaringizni yuksak qadrlaymiz.
O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripovning “Rost aytsam, o‘zingsan eng avval daho, Sen hayot ganjida durri bebaho” degan satrlari zamirida ustoz va murabbiylarning bebaho va unutilmas mehnati yuksak darajada to‘g‘ri madh etilganiga yana bir bor guvoh bo‘lamiz.
Haqiqatan ham, biz o‘zimizdagi jamiki yaxshi fazilatlar, hayotda erishayotgan barcha yutuqlarimiz uchun sizlardan umrbod qarzdormiz. Shuning uchun ham siz, azizlarga qancha ko‘p hurmat va ehtirom ko‘rsatsak shuncha ozdek tuyulaveradi.
Qadrli ustoz va murabbiylar!
Ushbu ulug‘ bayram bilan chin yurakdan tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, mas’uliyatli faoliyatingizda katta muvaffaqiyatlar, xonadonlaringizga fayzu baraka tilaymiz.
Sharafli mehnatlaringiz uchun chuqur ta’zimdamiz!
X | Facebook | Instagram | Telegram

Forwarded from ELCHIXONA🇺🇿🇮🇱 | Rasmiy kanal
Исроил Давлатида истиқомат қилаётган Ўзбекистон фуқаролари ДИҚҚАТИГА!!!
Ҳурматли Ўзбекистон Республикаси фуқаролари!
Ҳозирги вақтдаги интенсив ракета отишмалари муносабати билан Ўзбекистон элчихонаси сизлардан яна бир бор тезкор эҳтиёт чораларини кўришни қатъий тавсия қилади:
1. Ракета ҳужумлари пайтида тезлик билан бомба бошпаналарига киринг.
2. Исроил ҳукумати ва Ўзбекистон элчихонаси расмий хабарларини кузатиб боринг. Исроил фронт орти қўмондонлиги билдиришномалари ва огоҳлантиришларига амал қилинг.
3. Шахсингизни тасдиқловчи ҳужжатлар ва Ўзбекистон элчихонасининг алоқа маълумотларини доимо ўзингиз билан олиб юринг.
Агар сизга шошилинч ёрдам ёки маслаҳат керак бўлса, Ўзбекистоннинг Исроилдаги элчихонасига қуйидаги телефонлар орқали мурожаат қилинг:
• Фавқулодда ёрдам телефонлари :
03-672-2466
03-672-2371
03-758-5075
03-758-5076
• Фавқулодда ва шошилинч хабарлар учун:
054 485 1397
• Электрон почта: il.uzembassy@mfa.uz
Ўзбекистоннинг Исроилдаги элчихонаси

OAV vakillaridan kelib tushgan savollarga TIV matbuot kotibining javoblari
Savol: O‘zbekiston delegatsiyasining BMT Bosh Assambleyasi yuqori haftaligidagi ishtirokining asosiy natijalari haqida so‘zlab bersangiz.
Javob:
BMT Bosh Assambleyasining 79-sessiyasining yuqori haftasi O‘zbekiston diplomatiyasi uchun juda samarali bo‘ldi.
Mamlakatimiz tashqi ishlar vaziri boshchiligidagi delegatsiya 50 dan ortiq ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazdi, xalqaro tashkilotlar ishtirokidagi 10 dan ziyod ko‘p tomonlama tadbirlarda ishtirok etdi va ma’ruzalar qildi.
Turli sohalardagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan 15 ta hujjat imzolandi.
Uchrashuv va muzokaralar yakunlari bo‘yicha aniq kelishuvlarga erishilib, ularni amalga oshirish bo‘yicha Tashqi ishlar vazirliklarining tegishli boshqarmalari tomonidan ishlar boshlab yuborildi.
7 davlat (Kabo-Verde, Seyshel orollari, Burundi, Botsvana, Liberiya, Togo, Bagama orollari) bilan diplomatik aloqalar o‘rnatildi.
Bularning barchasi Yangi O‘zbekiston diplomatiyasi kengayib borayotganidan dalolat beradi.
***
Savol: Birlashgan Arab Amirliklari Elchisining Xartumdagi qarorgohiga qilingan hujumga qanday izoh berasiz?
Javob:
Shubhasiz, Birlashgan Arab Amirliklari diplomatik missiyasi rahbarining Sudan poytaxtidagi qarorgohiga qilingan hujum qabul qilib bo‘lmas holat.
Diplomatik vakolatxonalar a’zolarining hayoti va sog‘lig‘iga tahdid soladigan har qanday xatti-harakatlarga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.
Diplomatik vakolatxonalar binolarining daxlsizligini saqlash va diplomatik faoliyatni tartibga soluvchi qoidalarga qat’iy rioya qilish muhimdir.
***
Savol: Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashayotganini ko‘ryapmiz, bu mintaqada fuqarolarimizni himoya qilish uchun qanday choralar ko‘rilmoqda?
Javob:
O‘zbekistonning Isroildagi Elchixonasi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shuningdek, ushbu mamlakatdagi vatandoshlarimiz bilan aloqani mustahkamlab, kuchaytirilgan tartibda ishlamoqda.
Elchixona veb-sayti va uning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida shaxsiy xavfsizlik bo‘yicha tavsiyalar tarqatilmoqda. Xususan, raketa hujumlari paytida bomba boshpanalariga berkinish, rasmiy axborotlarga rioya qilish, shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar va O‘zbekiston Elchixonasining aloqa ma’lumotlarini doimo olib yurish zarurligi bo‘yicha tegishli ma’lumotlar berib borilmoqda.
Yordam yoki maslahatga muhtoj fuqarolar diplomatik missiyaga 24/7 tartibida ijtimoiy tarmoqlar va telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkin.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi vaziyatni doimiy ravishda kuzatib bormoqda.

Forwarded from Tashqi ishlar vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bayonoti
O‘zbekiston Respublikasi Yaqin Sharqdagi vaziyat shiddat bilan keskinlashayotganidan chuqur xavotirdaligini bildiradi.
Tanglik darajasining yanada ortishi keng mintaqada xavfsizlikka nisbatan bo‘lgan xatar va tahdidlarning misli ko‘rilmagan darajada kuchayishiga va butun xalqaro hamjamiyat uchun oldindan aytib bo‘lmaydigan oqibatlarga olib kelishi mumkin, deb hisoblaymiz.
Biz qarama-qarshi tomonlarni vazminlikka va keskinlikning yanada kuchayishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlardan tiyilishga chaqiramiz.
O‘zbekiston tomoni mojaroni xalqaro normalar va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashining qarorlariga muvofiq tinch yo‘l bilan hal etish uchun shoshilinch choralar ko‘rish zarurligini yana bir bor ta’kidlaydi.
***
Statement of the Ministry of Foreign Affairs of the Republic of Uzbekistan
The Republic of Uzbekistan is deeply concerned about drastic aggravation of the situation in the Middle East.
We believe that further escalation can lead to an unprecedented increase in risks and threats to security in a vast region with unpredictable consequences for the entire international community.
We urge the opposing sides to show restraint and refrain from actions that could lead to further escalation of tensions.
The Uzbek side once again reiterates the need to take urgent measures for a peaceful settlement of the conflict in accordance with international norms and resolutions of the United Nations Security Council.
Facebook |YouTube | Instagram | X

Forwarded from Istanbul Boshkonsulxonasi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Истанбулга сайёҳ бўлиб келган ва хужжатлари билан пулларини ўғирлатган 74 ёшли ватандошимиз Ўзбекистонга қайтарилди.
Бугун Бош консулхонага соат тахминан 20:05 ларда 74 ёшли фуқаро К.Г. Истанбулда пулсиз ва хужжатсиз қийин аҳволда қолгани сабабли Ўзбекистонга қайтишда ёрдам беришни сўраб мурожаат қилди.
Маълум бўлишича, жорий йилнинг
27 сентябр куни юртдошимиз Тошкентдан Истанбулга сайёх сифатида учиб келган, ва шу йилнинг 4 октябр куни Туркиядаги савдо шаҳобчаларининг бирида ўзига тегишли бўлган ҳамёнини ўғирлатиб қўйган.
Бош консулхона мурожаатчининг ёши ва қўлида қайтиш чиптаси борлигини инобатга олиб, зудлик билан ватанга қайтиш гувоҳномаси расмийлаштириб фуқарони аэрапортга кузатиб қўйишди.
Ўз ўрнида, Туркиядаги фуқароларимиздан паспортлари ҳамда шахсий буюмларини хавфсиз жойда сақлашлари ва муҳим ҳужжатлардан нусха олиб қўйишлари тавсия этилади.

MDH mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari uchrashuvi boshlanish arafasida.
Moskva, 7-oktabr
@TIVmatbuot
Moskva, 7-oktabr
@TIVmatbuot
Forwarded from Tashqi ishlar vazirligi
Aziz vatandoshlar!
O‘zbek tilimizning xorijdagi do‘stlari!
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi jamoasi 21 oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan barchani samimiy muborakbod etadi.
Mustaqilligimiz asoslaridan bo‘lmish davlat tili nafaqat qadriyatlarimiz, an’analarimiz, ta’limimiz va madaniyatimizni shakllantiruvchi muhim vosita, balki xalqaro maydonda o‘zligimizning yaqqol ifodasidir.
Bugungi kunda o‘zbek tilining rivoji va uning jahon hamjamiyatidagi o‘rnini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
70 ga yaqin xorijiy oliy ta’lim muassasalarida ona tilimiz o‘rganilishi, 30 dan ortiq mamlakatlarda “O‘zbek tili do‘stlari” klublari tashkil qilinganligi, shubhasiz, tilimizning xarqaro darajada mavqei yuksalayotganidan dalolat beradi.
Ona tilimiz – bu milliy iftixorimiz!
O‘zbek tili bayrami barchaga muborak bo‘lsin!
Facebook | YouTube | Instagram | X

Forwarded from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Президент: Она тилимизга эътибор кўрсатиш – миллий мустақиллигимизга, Ватанимизга меҳр ва эътибор кўрсатиш демакдир
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Forwarded from Tashqi ishlar vazirligi
OAV vakillari diqqatiga!
2024-yil 27-oktabr kuni soat 11:00da Markaziy saylov komissiyasining Matbuot markazida Tashqi ishlar vazirligi brifingi o‘tkaziladi. Unda O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari B.A’loyev ishtirok etadi.
Manzil: Alisher Navoiy ko‘chasi, 1-uy, Simpoziumlar saroyi.
Matbuot tadbirlarida Markaziy saylov komissiyasi tomonidan akkreditatsiyadan o‘tkazilgan ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishlari mumkin.

Xorijda ovoz berish jarayonlari boshlandi
Hozirgi vaqtda 40 ta xorijiy davlatdagi mamlakatimiz diplomatik vakolatxonalarida 57 ta saylov uchastkalari tashkil etilgan.
Xorijdagi saylov jarayonlarining dastlabkisi yurtimizning Yaponiya va Koreya Respublikasidagi diplomatik vakolatxonalarida Toshkent vaqti bilan soat 04:00 da boshlandi.
Ovoz berish jarayonlarining soʼngisi Аmerika Qoʼshma Shtatlaridagi vakolatxonalarimizda Toshkent vaqti bilan 28-oktabr soat 05:00 da yakunlanadi.

Live stream finished (1 minute)