🇺🇿 TIV matbuot kotibi
5.55K subscribers
541 photos
166 videos
347 links
Tashqi ishlar vaziri matbuot kotibi kanali orqali sizlarni Vazirligimiz faoliyatiga oid yangiliklar va ma'lumotlar bilan tanishtirib boramiz.

Murojaat uchun: @mfa_press_bot
Download Telegram
Savol: O‘zbekiston fuqarolari uchun xorijiy davlatlar bilan vizalarni yengillashtirish borasida hozir qanday ishlar olib borilmoqda?
Javob:
Fuqarolarimizning xorijiy mamlakatlarga kirishda qulayliklar yaratish masalasi Tashqi ishlar vazirligining doimiy diqqat markazida. 2025-yilda olib borilgan faol muzokaralar natijasida O‘zbekiston fuqarolari uchun Xitoy va Iordaniya bilan vizasiz rejim joriy etilishiga erishildi. Bugungi kunda O‘zbekiston fuqarolari 35 ta davlatga vizasiz safar qilishi mumkin, shundan 31 ta davlatga to‘liq vizasiz kirish imkoniyati mavjud. Yana 42 ta davlat bilan soddalashtirilgan kirish rejimlari amal qilmoqda – ularning aksariyatida kelganda viza yoki elektron viza tizimi joriy etilgan. Shu bilan birga, Yevropa Ittifoqi va boshqa qator davlatlar bilan ishchi va turistik vizalarni yengillashtirish bo‘yicha muzokaralar izchil davom ettirilmoqda. Bu boradagi ishlar bosqichma-bosqich, aniq natijalarga yo‘naltirilgan.

@TIVmatbuot
🔥7👍4👏2😍211
Azizlar,

Kirib kelayotgan Yangi yil barchamiz uchun yangi umidlar, ezgu niyatlar va yorug‘ istiqbollar yili bo‘lishiga chin dildan ishonamiz.

O‘tib borayotgan yil davomida O‘zbekiston tashqi siyosati ochiqlik, o‘zaro ishonch va konstruktiv muloqot tamoyillari asosida izchil rivojlandi. Bu yo‘lda bizni qo‘llab-quvvatlab kelayotgan barcha hamkorlarimiz va yurtdoshlarimizga samimiy minnatdorlik bildiramiz.

Yangi yil tinchlik, barqarorlik va hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilsin. Har bir xonadonga fayz-baraka, sog‘lik, totuvlik va quvonch olib kelsin.

Yangi yilingiz muborak bo‘lsin!

@TIVmatbuot
54😍3🙏2🔥1
Forwarded from Tashqi ishlar vazirligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yangi yilingiz bilan!

Happy New Year!

С Новым годом!

Facebook | YouTube | Instagram | X
9👍4😍4🔥1
Shveysariyaning Kran-Montana shahrida sodir bo‘lgan, o‘nlab insonlar hayotiga zomin bo‘lgan fojiali yong‘in haqidagi xabarni katta qayg‘u bilan qabul qildik.

Marhumlarning yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz, jarohatlanganlarga esa tez fursatda sog‘ayib ketishlarini tilaymiz.

Mazkur hodisa yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining Germaniyadagi va Shveysariyadagi diplomatik vakolatxonalari mahalliy hokimiyat organlari bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi. Hozirgi vaqt holatiga ko‘ra, vafot etganlar va jabrlanganlar orasida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari aniqlanmagan.

@TIVmatbuot
17🙏6👍3😢3
Rossiya Federatsiyasining Xabarovsk shahrida O‘zbekiston fuqarosining vafoti bilan bog‘liq holat O‘zbekistonning Vladivostokdagi Bosh konsulxonasi va Migratsiya agentligi tomonidan nazoratga olingan.

Bosh konsulxona marhumning yaqinlari bilan doimiy aloqada bo‘lib, ularga zarur konsullik va amaliy yordam ko‘rsatmoqda. Fuqaroning jasadini Vatanga qaytarish bo‘yicha tegishli ishlar olib borilmoqda.

Hodisa yuzasidan O‘zbekiston Bosh konsulxonasi tomonidan Xabarovsk o‘lkasi Prokuraturasi, Tergov boshqarmasi hamda Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligining Xabarovsk o‘lkasidagi vakolatxonasiga notalar yuborilib, holatni har tomonlama xolisona va qonuniy tartibda o‘rganish so‘raldi.

Ayni paytda fuqaroning vafot etish sabablari bo‘yicha rasman tasdiqlangan ma’lumot mavjud emas. Tegishli idoralardan aniq ma’lumotlar kelib tushishi bilan jamoatchilikka qo‘shimcha axborot beriladi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tilga olingan ikkinchi fuqaro haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmadi.

O‘zbekiston diplomatlari xorijdagi har bir fuqaroning huquq va manfaatlarini himoya qilishni ustuvor vazifa deb biladi.

@TIVmatbuot
😢102👍1914🙏142🔥1
O‘zbek tilining xalqaro maydondagi nufuzi, undan keng va samarali foydalanish hamda ona tilimizni jahon hamjamiyatida munosib targ‘ib etish O‘zbekiston tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir va doimiy e’tibor markazimizda bo‘lib kelmoqda.

So‘nggi kunlarda ayrim ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda o‘zbek tilining Afg‘onistonda qo‘llanilishiga go‘yoki cheklovlar joriy etilayotgani haqidagi xabarlar tarqaldi. Mazkur ma’lumotlar jamoatchilikda tabiiy ravishda muayyan xavotir uyg‘otdi.

Mazkur masalaga aniqlik kiritish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining mas’ul vakillari tezkor ravishda Afg‘oniston Tashqi ishlar vazirligi bilan vaziyatga oydinlik kiritdi.

Afg‘onistonlik rasmiylar ushbu xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini, mamlakat hududida o‘zbek tilining ishlatilishiga nisbatan hech qanday cheklov yo‘qligini qat’iy ta’kidlab, Afg‘oniston hukumati va xalqi birodar o‘zbek xalqi hamda tiliga chuqur hurmat bilan munosabatda ekanini alohida qayd etdi.

Afg‘oniston Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili ma’lum qilishicha, hozirgi vaqtda mamlakat bo‘ylab oliy ta’lim muassasalari va umumta’lim maktablari peshtoqlaridagi yozuvlarni yagona standart asosida tartibga solish ishlari olib borilmoqda. Mazkur amaliyotga ko‘ra, ta’lim muassasalari peshtoqlaridagi yozuvlar butun mamlakat bo‘ylab uch tilda — pushtu, dariy va ingliz tillarida aks ettiriladi. Shu bilan birga, mamlakatning shimoliy hududlari, jumladan Samangan universiteti uchun istisno tariqasida yozuvlar pushtu, dariy va o‘zbek tillarida berilishi belgilangan.

Shuningdek, yaxshi qo‘shnichilik, o‘zaro ishonch va do‘stona munosabatlarning yorqin ifodasi sifatida Afg‘oniston hukumati tomonidan tarixda ilk bor Jouzjon davlat universitetida joriy yildan boshlab magistratura bosqichida “O‘zbek tili va adabiyoti” fakultetini tashkil etish rejalashtirilayotgani ma’lum qilindi.

@TIVmatbuot
👍229😍8🔥6💯31😢1🙏1👌1
🇭🇺 Vengriya 2026/2027 o'quv yili uchun Stipendium Hungaricum dasturiga arizalar qabul qilish davom etmoqda

Vengriya hukumati Vengriyaning yetakchi universitetlarida ingliz yoki venger tillarida bakalavriat, magistratura va doktorantura yo‘nalishlarida tahsil olishni xohlovchi o‘zbekistonlik talabalar uchun 200 ta stipendiya ajratadi.
Stipendium Hungaricum dasturining afzalliklari:
🔹 Ta'lim xarajatlarini to'liq qoplaydi
🔹 Oylik stipendiya
🔹 Turar joy: yotoqxonadan joy berish yoki ijara xarajatlarini qoplash (ma'lum miqdor ajratiladi)
🔹 Tibbiy sug'urta: asosiy tibbiy xizmatlarni qamrab oluvchi sug'urta.

📣Batafsil

🌐 Veb-sayt |😎 Telegram |😎 Instagram |😎 X |😎 Facebook |😎 WhatsApp |🎰 LinkedIn |
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😍52👍1🔥1
Ijtimoiy tarmoqlarda Tailand Qirolligining Pxuket orolida sodir bo‘lgan kater halokati va undagi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari haqida tarqalgan xabarlar yuzasidan quyidagilar ma’lum qilamiz.

Joriy yilning 11-yanvar kuni halokatga uchragan katerda 3 nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan. Hodisa oqibatida ularning 2 nafari yengil tan jarohati olib, mahalliy shifoxonaga yotqizilgan. Jabrlangan fuqarolar to‘liq sog‘aygan va belgilangan tartibda shifoxonadan chiqarilgan.

Shuningdek, jabrlanganlarning barcha tibbiy va boshqa zarur xarajatlari katerga egalik qiluvchi kompaniyaning sug‘urta mablag‘lari hisobidan to‘liq qoplab berilgan.

Hodisa yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining Bangkok shahridagi Bosh konsulxonasi mahalliy huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda sog‘liqni saqlash muassasalari bilan doimiy aloqada bo‘lib kelgan.

@TIVmatbuot
85🙏1
Forwarded from Tashqi ishlar vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi jamoasi nomidan yurtimiz tinchligi, xavfsizligi va mustaqilligini himoya qilayotgan barcha harbiy xizmatchilar va huquq-tartibot organlari xodimlarini 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz.

Sizning fidoyiligingiz, sadoqatingiz va yuksak mas’uliyatingiz tufayli yurtimiz osmoni musaffo, xalqimiz hayoti osoyishta. Vatanga bo‘lgan muhabbat va burchga sadoqat yo‘lidagi xizmatlaringiz yuksak e’tirofga loyiq.

Barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt, xizmat faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar va doimo tinch-osoyishta kunlar tilaymiz.

🇺🇿Vatan himoyasi — sharafli burch!

Facebook | YouTube | Instagram | X
14🔥3👍2😍2
Erondagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqdamiz. O‘zbekiston Respublikasining Erondagi Elchixonasi ma’lumotlariga ko‘ra, hozirga qadar namoyishlar davomida jabrlanganlar orasida mamlakatimiz fuqarolari qayd etilmagan.

Shu munosabat bilan, Eronda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolaridan miting va namoyishlarda ishtirok etmaslikni, odamlar ko‘p to‘planadigan joylardan yiroq bo‘lishni hamda shaxsiy xavfsizlik choralariga qat’iy rioya etishni so‘rab qolamiz.

Zarur hollarda O‘zbekiston Respublikasining Tehron shahridagi Elchixonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishingiz mumkin:

+982122299780
+982122832025

@TIVmatbuot
👍13🔥75😍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
ТИВ: Ўзбекистонликлар учун АҚШ визалари олишда ўзгариш йўқ

Баъзи ОАВ ва ижтимоий тармоқларда АҚШ 75 давлат фуқаролари учун визаларни кўриб чиқишни тўхтатгани, улар қаторида Ўзбекистон ҳам борлиги ҳақида хабарлар тарқалди. Рўйхатда Қозоғистон, Қирғизистон, Россия, Эрон, Покистон, Миср, Бразилия, Нигерия каби давлатлар тилга олинган.
Бу масала юзасидан Ташқи ишлар вазирлиги Ахборот хизмати раҳбари Аҳрор Бурҳоновнинг ЎзАга маълум қилишича айни дамда Ўзбекистон фуқаролари учун АҚШ визалари одатдаги тартибда кўриб чиқилаётгани ва ҳеч қандай чеклов жорий этилмаганини билдирди.

@uza_uz
👍10😍51🔥1
Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Tashqi ishlar vazirligi va xorijdagi diplomatik vakolatxonalar faoliyati yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlanadi.

Скоро под председательством Президента Шавката Мирзиёева начнется видеоселекторное совещание по вопросам деятельности Министерства иностранных дел и дипломатических представительств за рубежом.

Facebook|Instagram|X
👍16😍21🔥1
Forwarded from Minbar ortida
Navbatdagi muhim tadbirga tayyorgarlikning so'nggi lahzalari
👍103😍3🔥1