Forwarded from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomani taqdim etadi.
Murojaatnomaning to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiyasini soat 11:00 dan boshlab:
“O‘zbekiston 24”, “O‘zbekiston” (surdotarjima bilan), “Mahalla”, “Madaniyat va ma’rifat”, “O‘zbekiston tarixi”, “Mening yurtim”, “Sevimli”, “Milliy”, “Zo‘r TV”, “Renessans TV”;
“Toshkent” va “Dunyo bo‘ylab” (ruscha tarjimasi bilan);
“Yoshlar” va “Uzreport TV” (inglizcha tarjimasi bilan) telekanallarida;
Prezident matbuot xizmatining Telegram, Facebookdagi sahifalari hamda YouTubedagi rasmiy kanalida tomosha qiling.
—
Сегодня Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев обратится с Посланием к Олий Мажлису и народу Узбекистана.
Смотрите прямую трансляцию Послания c 11:00:
на телеканалах «O‘zbekiston 24», «O‘zbekiston» (с сурдопереводом), «Mahalla», «Madaniyat va ma’rifat», «O‘zbekiston tarixi», «Mening yurtim», «Sevimli», «Milliy», «Zo‘r TV», «Renessans TV»;
«Toshkent» и «Dunyo bo‘ylab» (с русским переводом);
«Yoshlar» и «Uzreport TV» (с английским переводом);
на страницах пресс-службы Президента в Telegram и Facebook, а также на официальном канале в YouTube.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

❤1👍1🔥1😍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Aziz kuzatuvchilar va ommaviy axborot vositalari vakillari,
2025-yil davomida yo‘lga qo‘yilgan samarali hamkorlik uchun barchangizga samimiy minnatdorlik bildiramiz.
Faoliyatimizga oid masalalarda ma’lumotlarni bevosita bizdan tasdiqlatib olish amaliyoti jamoatchilikka yetkazilayotgan axborotlarning ishonchliligini oshirib, soxta xabarlar tarqalishini sezilarli darajada kamaytirishga xizmat qildi.
Tashqi ishlar vazirligi kelgusi yilda ham ochiqlik, shaffoflik va o‘zaro hamkorlik tamoyillariga sodiq qolgan holda faoliyatini davom ettiradi.
Kirib kelayotgan yangi yil barchangizga tinchlik, mustahkam sog‘lik va yangi zafarlar olib kelsin!
@TIVmatbuot

❤11😍3👏2🔥1
Forwarded from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev:
—
Президент Шавкат Мирзиёев:
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
"Biz Yangi Oʻzbekistonni barpo etishda hal qiluvchi bosqichga qadam qoʻymoqdamiz. Fargʻona vodiysidan Orolboʻyigacha, Zarafshon vohasidan Qashqadaryo va Surxondaryogacha, Toshkentdan tortib Jizzax va Sirdaryogacha – yurtimizning qaysi hududida yashamasin, har bir fuqaromiz islohotlar natijasini kundalik hayotida yanada koʻproq his qilishi kerak".
—
Президент Шавкат Мирзиёев:
«Мы вступаем в решающий этап строительства Нового Узбекистана. Каждый наш соотечественник, в каком бы регионе страны он ни проживал, – от Ферганской долины до Приаралья, от Зарафшанского оазиса до Кашкадарьи и Сурхандарьи, от Ташкента до Джизака и Сырдарьи, – должен еще полнее ощущать результаты реформ».
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🔥5❤1👏1😍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli kuzatuvchilar!
2025-yil Yangi O‘zbekiston tashqi siyosati tarixida misli ko‘rilmagan faollik, aniq natijalar va global ishonch bilan muhrlangan yil bo‘ldi.
Yil davomida:
✈️ Prezidentimiz tomonidan 28 ta xorijiy tashrif;
🤝 O‘zbekistonda 23 ta oliy darajadagi tashrif;
🌍 20 ga yaqin xalqaro sammit va forumlarda faol ishtirok;
🏛 O‘zbekistonda 10 ta nufuzli xalqaro tadbir.
Diplomatiyamiz geografiyasi va mazmuni kengaydi, strategik sherikliklar mustahkamlandi, yangi kelishuvlar va real mexanizmlar ishga tushdi.
Iqtisodiy diplomatiya yangi bosqichga ko‘tarildi:
— 80+ biznes-forumlar O‘zbekistonda;
— 200 ga yaqin biznes-forumlar xorijda;
— 25 ta “Investorlar kuni”;
— 2000+ xorijiy kompaniyalar bilan bevosita muloqot.
Konsullik faoliyati — inson manfaatlari markazida:
🛂 162 mingdan ortiq fuqaroga konsullik xizmatlari ko‘rsatildi;
🏠 250 nafar yurtdoshimiz Vatanga qaytarildi;
👥 4 mingdan ziyod fuqaroga moddiy yordam ko‘rsatildi,
👤 2000 nafar fuqaroning ozod etilishiga erishildi.
2025-yilda:
📝 310 ta xalqaro shartnoma va hujjat imzolandi;
🌐 9 ta yangi davlat bilan diplomatik aloqalar o‘rnatildi.
Axborot maydonida ham O‘zbekiston ovozi baland yangradi:
— 22 mingdan ortiq rasmiy materiallar;
— 6000+ maqola xorijiy OAVlarda;
— 3400+ xorijiy OAV vakillari akkreditatsiyadan o‘tkazildi.
Xulosa qilib aytganda, 2025-yil ochiq, pragmatik va natijador diplomatiya yili bo‘ldi. Har bir muzokara, har bir kelishuv va har bir himoyalangan fuqaro manfaatlari Yangi O‘zbekistonning mustahkam xalqaro mavqeini yanada kuchaytirdi.
Yangi yil arafasida barchangizni kirib kelayotgan 2026-yil bilan muborakbod etamiz!
Yangi yil tinchlik, barqarorlik va yangi yutuqlar olib kelsin!

🔥12👏5❤4👍2😍2
Yil yakunlari munosabati bilan OAV vakillaridan kelgan savollarga TIV matbuot kotibining javoblari
Savol: 2025-yil yakunlari O‘zbekistonning ko‘p vektorli tashqi siyosati samaradorligini qanchalik tasdiqlaydi? Turli yo‘nalishlarda bir vaqtning o‘zida faol hamkorlik olib borish murakkablik tug‘dirmayaptimi?
Javob:
2025-yil natijalari O‘zbekiston tanlagan ko‘p vektorli tashqi siyosat yo‘lining to‘g‘riligini yaqqol ko‘rsatdi. Yil davomida biz Sharq va G‘arb, yaqin va uzoq hamkorlar bilan o‘zaro manfaatli aloqalarni izchil rivojlantirdik. Bu yondashuv murakkablik emas, aksincha, tashqi siyosatimizning asosiy ustunligidir. O‘zbekiston barcha davlatlar bilan tenglik, suverenitetga hurmat va ichki ishlarga aralashmaslik tamoyillari asosida hamkorlikni mustahkamlashda davom etadi. O‘zbekiston uchun asosiy mezon – hamkorlikning xalqimiz farovonligiga, mintaqaviy barqarorlikka va uzoq muddatli taraqqiyotga xizmat qilishidir. Aynan shu yondashuv mamlakatimizga global miqyosda ishonchli va ochiq hamkor sifatida e’tirof etilish imkonini bermoqda.
Savol: O‘zbekiston Yaman atrofidagi vaziyat bo‘yicha qanday pozitsiyani egallamoqda?
Javob:
O‘zbekiston Yaman Respublikasida keskinlikni pasaytirish va barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan Saudiya Arabistoni Podshohligi va Birlashgan Arab Amirliklari sa’y-harakatlarini olqishlaydi. Mamlakatimiz barcha tomonlarni vazminlikka, umummilliy muloqot orqali mojaroni tinch yo‘l bilan hal etishga chaqiradi hamda Yaman suvereniteti va hududiy yaxlitligini saqlashni muhim deb hisoblaydi.
Savol: O‘zbekistonning G‘azo sektoridagi vaziyatga nisbatan hozirgi aniq pozitsiyasi qanday?
Javob:
O‘zbekiston G‘azodagi vaziyatni insonparvarlik fojiasi sifatida baholaydi. Tinch aholiga qarshi zo‘ravonlikni qat’iyan qoralaydi, o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha erishilgan kelishuvlarga to‘liq amal qilish, gumanitar yordamni to‘sqinliksiz yetkazish va mojaroni “ikki xalq – ikki davlat” tamoyili asosida siyosiy-diplomatik yo‘l bilan hal etishni qo‘llab-quvvatlaydi. Oʻzbekiston jafokash Falastin xalqiga insonparvarlik yordamini ayamay kelmoqda. Xususan, 100 nafar falastinlik bemorlar davolash uchun yurtimizga olib kelindi. Ularga har tomonlama yordam koʻrsatish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan maxsus Farmon qabul qilindi.
Savol: Afg‘oniston masalasida O‘zbekiston 2025-yilda qanday aniq siyosat yuritdi?
Javob:
O‘zbekiston Afg‘onistonni mintaqaviy xavfsizlikning ajralmas qismi deb hisoblaydi. Mamlakatimiz 2025-yilda ushbu davlat bilan iqtisodiy va gumanitar hamkorlikni davom ettirdi, transport va energetika loyihalarini qo‘llab-quvvatladi hamda inklyuziv hukumat va xalqaro majburiyatlarga rioya etish zarurligini izchil ta’kidlab keldi. O‘tayotgan yilning o‘zida 4 marotaba insonparvarlik yordami yuborildi. Kuni kech Hayraton shahrida 390 tonnani tashkil etgan ko‘mak qo‘shnilarimizga topshirildi.

🔥5❤2👍1😍1
Savol: 2025-yilda O‘zbekistonning migrantlar masalasi tashqi siyosatda qanday o‘rin tutdi?
Javob:
O‘zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining huquqi va qonuniy manfaatlarini qayerda bo‘lishidan qat’i nazar, doimiy va izchil himoya qiladi — bu bizning qat’iy va o‘zgarmas pozitsiyamiz. Yil davomida ushbu masala bo‘yicha xorijiy davlatlar bilan to‘xtovsiz va tizimli muzokaralar olib borildi. Imkoniyatlar geografiyasini kengaytirish, yuqori daromadli va ijtimoiy himoya qilingan ish o‘rinlari bilan ta’minlash ustuvor yo‘nalishlarimizdan. Muloqotlar natijasida mehnat migrantlarimizning huquqiy maqomi, mehnat sharoitlari, ijtimoiy himoyasi va qonuniy manfaatlariga xizmat qiladigan 100 dan ortiq aniq kelishuvlarga erishildi. Bu kelishuvlar qog‘ozda qolib ketmadi — ular amalda fuqarolarimiz duch kelayotgan muammolarni hal qilish, ularning huquqlarini tiklash va xavfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlashga qaratildi. O‘zbekiston bu boradagi sa’y-harakatlarini kelgusida ham qat’iyat bilan davom ettiradi.
Savol: Toshkent Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi ziddiyatning rivojlanishiga qanday qaramoqda?
Javob:
Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqdamiz. Ikki mamlakat o‘rtasidagi mojaroni hal etish yo‘lidagi muzokaralar jarayonida kuzatilayotgan ijobiy dinamika va muloqotni tiklashga qaratilgan sa’y-harakatlarni olqishlaymiz. Muzokaralar orqali o‘zaro maqbul yechimlarga erishish, muloqotni davom ettirish va keskinlikni kuchaytiruvchi har qanday qadamlardan tiyilish muhim, deb hisoblaymiz. Tinchlik, barqarorlik va uzoq muddatli yechimga xizmat qiladigan barcha konstruktiv tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlaymiz.
Savol: 2025-yilda Markaziy Osiyo mintaqasining global maydondagi ahamiyati sezilarli darajada oshdi. Ushbu jarayonning asosiy omillari nimalardan iborat va bu o‘zgarishlar qanday oqibatlarga olib kelmoqda?
Javob:
2025-yilda Markaziy Osiyoning global rolining oshishi bir qator o‘zaro bog‘liq omillar bilan izohlanadi. Avvalo, mintaqa davlatlarining o‘zaro ishonchni mustahkamlashga, mintaqaviy integratsiyani chuqurlashtirishga va ochiq, muvozanatli tashqi siyosat yuritishga qaratilgan umumiy sa’y-harakatlari xalqaro hamjamiyat e’tiborini kuchaytirdi. Energetika resurslari, muhim xomashyo zaxiralari hamda yosh va o‘sib borayotgan bozorlar global iqtisodiyot uchun qo‘shimcha qiziqish uyg‘otmoqda. Mazkur jarayonlarning natijalari sifatida Markaziy Osiyoning yirik davlatlar va xalqaro tuzilmalar bilan hamkorligi kengayib, mintaqa uchun yangi imkoniyatlar ochilmoqda. Umuman olganda, Markaziy Osiyoning global rolidagi kuchayish uni xalqaro munosabatlarning tobora muhim subyektiga aylantirmoqda.
Savol: 2025-yilda O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi munosabatlarda sezilarli burilish kuzatildi. Bu o‘zgarishlarning asosiy sababi nimada?
Javob:
2025-yilda O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi munosabatlardagi ijobiy burilish, eng avvalo, ikki mamlakat rahbarlari o‘rtasida shakllangan ochiq, ishonchli va iliq muloqot bilan bog‘liq. Davlat rahbarlari darajasidagi muntazam va mazmunli aloqalar ikki tomonlama hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqdi. Har ikki tomon ham o‘z xalqlarining manfaatlarini ustuvor deb bilgan holda, o‘zaro manfaatli, pragmatik va uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirishga intilmoqda. Shu yondashuv asosida siyosiy muloqot faollashmoqda, iqtisodiy aloqalar kengaymoqda, investitsiya, xavfsizlik, ta’lim va gumanitar sohalarda aniq va amaliy natijalarga erishilmoqda. O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi bugungi munosabatlar o‘zaro hurmat, tenglik va real manfaatlarga tayanib, barqaror rivojlanishda davom etmoqda.

👍3🔥3❤2🙏2😍2💯1
Savol: O‘zbekiston fuqarolari uchun xorijiy davlatlar bilan vizalarni yengillashtirish borasida hozir qanday ishlar olib borilmoqda?
Javob:
Fuqarolarimizning xorijiy mamlakatlarga kirishda qulayliklar yaratish masalasi Tashqi ishlar vazirligining doimiy diqqat markazida. 2025-yilda olib borilgan faol muzokaralar natijasida O‘zbekiston fuqarolari uchun Xitoy va Iordaniya bilan vizasiz rejim joriy etilishiga erishildi. Bugungi kunda O‘zbekiston fuqarolari 35 ta davlatga vizasiz safar qilishi mumkin, shundan 31 ta davlatga to‘liq vizasiz kirish imkoniyati mavjud. Yana 42 ta davlat bilan soddalashtirilgan kirish rejimlari amal qilmoqda – ularning aksariyatida kelganda viza yoki elektron viza tizimi joriy etilgan. Shu bilan birga, Yevropa Ittifoqi va boshqa qator davlatlar bilan ishchi va turistik vizalarni yengillashtirish bo‘yicha muzokaralar izchil davom ettirilmoqda. Bu boradagi ishlar bosqichma-bosqich, aniq natijalarga yo‘naltirilgan.

🔥7👍4👏2😍2⚡1❤1
Azizlar,
Kirib kelayotgan Yangi yil barchamiz uchun yangi umidlar, ezgu niyatlar va yorug‘ istiqbollar yili bo‘lishiga chin dildan ishonamiz.
O‘tib borayotgan yil davomida O‘zbekiston tashqi siyosati ochiqlik, o‘zaro ishonch va konstruktiv muloqot tamoyillari asosida izchil rivojlandi. Bu yo‘lda bizni qo‘llab-quvvatlab kelayotgan barcha hamkorlarimiz va yurtdoshlarimizga samimiy minnatdorlik bildiramiz.
Yangi yil tinchlik, barqarorlik va hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilsin. Har bir xonadonga fayz-baraka, sog‘lik, totuvlik va quvonch olib kelsin.
Yangi yilingiz muborak bo‘lsin!

⚡5❤3😍3🙏2🔥1
Forwarded from Tashqi ishlar vazirligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❤9😍4👍3🔥1
Shveysariyaning Kran-Montana shahrida sodir bo‘lgan, o‘nlab insonlar hayotiga zomin bo‘lgan fojiali yong‘in haqidagi xabarni katta qayg‘u bilan qabul qildik.
Marhumlarning yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz, jarohatlanganlarga esa tez fursatda sog‘ayib ketishlarini tilaymiz.
Mazkur hodisa yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining Germaniyadagi va Shveysariyadagi diplomatik vakolatxonalari mahalliy hokimiyat organlari bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi. Hozirgi vaqt holatiga ko‘ra, vafot etganlar va jabrlanganlar orasida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari aniqlanmagan.

❤14🙏6😢3👍2
Rossiya Federatsiyasining Xabarovsk shahrida O‘zbekiston fuqarosining vafoti bilan bog‘liq holat O‘zbekistonning Vladivostokdagi Bosh konsulxonasi va Migratsiya agentligi tomonidan nazoratga olingan.
Bosh konsulxona marhumning yaqinlari bilan doimiy aloqada bo‘lib, ularga zarur konsullik va amaliy yordam ko‘rsatmoqda. Fuqaroning jasadini Vatanga qaytarish bo‘yicha tegishli ishlar olib borilmoqda.
Hodisa yuzasidan O‘zbekiston Bosh konsulxonasi tomonidan Xabarovsk o‘lkasi Prokuraturasi, Tergov boshqarmasi hamda Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligining Xabarovsk o‘lkasidagi vakolatxonasiga notalar yuborilib, holatni har tomonlama xolisona va qonuniy tartibda o‘rganish so‘raldi.
Ayni paytda fuqaroning vafot etish sabablari bo‘yicha rasman tasdiqlangan ma’lumot mavjud emas. Tegishli idoralardan aniq ma’lumotlar kelib tushishi bilan jamoatchilikka qo‘shimcha axborot beriladi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tilga olingan ikkinchi fuqaro haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmadi.
O‘zbekiston diplomatlari xorijdagi har bir fuqaroning huquq va manfaatlarini himoya qilishni ustuvor vazifa deb biladi.

😢96👍19❤13🙏13⚡2