🇺🇿 Tashqi ishlar vaziri matbuot kotibi Axror Burxanovning rasmiy kanali
1.77K subscribers
96 photos
32 videos
62 links
Tashqi ishlar vaziri matbuot kotibi kanali orqali sizlarni Vazirligimiz faoliyatiga oid yangiliklar va ma'lumotlar bilan tanishtirib boramiz.

Murojaat uchun: @mfa_press_bot

X.com/AkhrorBurkhanov
Fb.com/AkhrorBurkhanov
Instagram.com/AkhrorBurkhan
Download Telegram
Mamlakatimizning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi:

Joriy yilning 2 aprel kuni soat 13:00 da Istanbul viloyati Shishli tumanidagi 16 qavatli turar-joy binosida yuz bergan yongʼinda 29 kishi halok boʼldi.

Yongʼin binoning birinchi qavatida joylashgan tungi klubda sodir boʼlgan, klub Ramazon oyi munosabati bilan faoliyat yuritmayotgan boʼlib, taʼmirlash ishlari olib borilayotganligi maʼlum qilindi.

Holat yuzasidan mahalliy prokuratura tomonidan jinoiy ish qoʼzgʼatilib, hozirgi vaqtda 5 kishi ushlangan.

Halok boʼlganlarning barchasi tungi klubni taʼmirlayotgan ishchilar boʼlgan. Ularning shaxsiga aniqlik kiritish boʼyicha ishlar olib borilmoqda.

Jabrlanganlar va ushlanganlar orasida Oʼzbekiston fuqarolari aniqlanmagan.

@TIVmatbuot
Президент Шавкат Мирзиёевга миграцияни тартибга солиш ва меҳнат мигрантларини қўллаб-қувватлашга қаратилган таклифлар тақдимот қилинди.

Буюк Британия, Германия, Польша, Венгрия, Япония
даги элчихона ва консулликларда меҳнат миграцияси бўйича атташе, Саудия Арабистонида агентлик вакили лавозими жорий қилинади. Хориждаги фуқароларимиз масалаларини тезкорлик билан ҳал қилиш учун элчихоналар ва тегишли вазирликларда 24 соат ишлайдиган “колл-марказлар” ташкил этилади.

“Хорижга иш – маҳалладан” тамойили йўлга қўйилади. Бунда, ҳоким ёрдамчиси, ёшлар етакчиси хорижда ишлаш истагида бўлган фуқарони аниқлаб, “Онлайн маҳалла” платформасига киритади. Номзодлар хориждаги иш берувчилар танловларига жалб қилинади.

Хорижда ишлаш истагида бўлганлар муайян харажатларга ҳам дуч келади. Шу боис энди мигрантларнинг ишчи виза, йўл чиптаси, хорижий тил ва касб бўйича малакани баҳолатиш харажатлари қисман қопланади. Чет тили бўйича халқаро ёки унга тенглаштирилган сертификат олган фуқарога тил ўрганиш учун сарфлаган харажатининг 50 фоизи қоплаб берилади.

https://president.uz/uz/lists/view/7128
Bir necha insonlarning qurbon bo‘lishi va Eronning Damashq (Suriya) shahridagi diplomatik missiyasi hududida vayronagarchiliklarga olib kelgan Eron konsulligi binosiga uyushtirilgan havo hujumini keskin qoralaymiz.

Xorijiy davlatlarning diplomatik va boshqa vakolatxonalariga hujum qilinishini mutlaqo qabul qilib bo‘lmas holat hamda xalqaro diplomatik huquq asoslari va tamoyillarini eng qo‘pol ravishda buzilishi deb hisoblaymiz.

@TIVmatbuot
Элчихона ахбороти

2024 йилнинг 3 апрелида Актобе вилояти, Алға тумани ҳудудидан ўтувчи “Самара-Шимкент” республика аҳамиятига эга автомобиль йўлида содир бўлган бахтсиз ҳодиса оқибатида вафот этган 8 нафар Ўзбекистон Республикаси фуқароларининг оила аъзолари ва яқинларига чуқур таъзиямизни билдирамиз.

Мазкур масала юзасидан Ўзбекистон Республикасининг Ақтау шаҳридаги Бош консулхонаси Қозоғистон Республикаиснинг тегишли ташкилотлари билан яқиндан ҳамкорликда ишламоқда. Ҳолат алоҳида назоратга олинганган.

Қўшимча маълумотлар бўйича ЎР Ақтау шаҳридаги Бош консулхонасига қуйидаги рақам бўйича мурожаат қилишингиз мумкин +7 (729) 277-71-17.

@uz_embassykz
日本の有名な番組「旅サラダ」のチームが、ウズベキスタンの観光魅力を紹介する番組を撮影するためにウズベキスタンへ出発しました。
****************************************
Yaponiyaning mashhur “Tabi Salad” (Travel Salad) ko’satuvi ijodiy jamoasi O’zbekistonning sayyohlik salohiyatiga bag’ishlangan turkum ko’rsatuvlarni tasvirga olish uchun mamlakatimizga jo’nab ketdi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
- Qozog‘izton Prezidentining Xivaga amaliy tashrifidan nimalar kutilmoqda?
- O‘zbekiston-Qozog‘iston hamkorligining ustuvor yo‘nalishlari qaysilar?
- Savdo-iqtisodiy hamkorlikda duch kelinayotgan muammolar va yechimlar qanday?
- Ikki qo‘shni davlat aloqalari mintaqaning keng ko‘lamli hamkorligiga qanday ta’sir qilmoqda?

Bu savollarning barchasiga O‘zbekiston TIV Xalqaro munosabatlar axborot-tahlil markazi bo‘limi boshlig‘i Muhiddin Hoshimov bilan intervyumizda javob olasiz.

Obuna bo‘ling @iadunyo_uz

Telegram Русский | English | Facebook | Twitter | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Oʻzbekistonlik.Podcast — iste’dodli va mehnatkash insonlar mamlakati boʻlgan Oʻzbekiston hamda mintaqayu dunyo taqdiriga oid eng muhim mavzular muhokamasi.

Oʻzbekistonlik.Podcast loyihasining birinchi epizodida ilm-fan va texnologiyalar mavzusida qiziqarli suhbat.

Moderator - texnika fanlari doktori, KPAEngineers texnik direktori, muhandis Asqarali Karimov. Podkast mehmonlari - IT sohasidagi tadbirkor Bobir Akilxanov va Kolumbiya Universiteti professori Aziza Shonazarova.

Podkast tashkilotchilariga (@uzbekistansclub) kelgusida zafarlar tilab qolamiz.

Juda foydali loyiha, ketgan vaqtga achinmaysiz.

https://www.youtube.com/watch?v=vhDLixiwywM&t=2576s

@TIVmatbuot
Forwarded from Tashqi ishlar vazirligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining 2024-yil mart oyidagi faoliyati to‘g‘risida brifing.

Briefing about the Ministry of Foreign Affairs of Uzbekistan's accomplishments in March of 2024.

🔵Facebook |▶️ YouTube |📷Instagram | 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli kuzatuvchilar,

Mart oyi O‘zbekiston diplomatiyasi uchun ikki va ko‘p tomonlama muzokaralarga boy bo‘ldi.

https://mfa.uz/35640

@TIVmatbuot
O‘tgan oyda yurtimizga 65 dan ortiq xorij rasmiy delegatsiyalari tashrif buyurdi, ulardan 14 tasi yuqori darajada.

Mamlakatimiz delegatsiyalarining esa xorijga 101 ta xizmat safarini tashkillashtirishga amaliy ko‘mak berdik.

O‘tgan oyda xalqaro munosabatlarimizning shartnomaviy-huquqiy asosini mustahkamlash yo‘nalishida 2 ta hujjat kuchga kirdi va 4 ta hujjat imzolandi.

@TIVmatbuot
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri boshchiligidagi delegatsiyaning Turkiya, Yaponiya, Qatar, Afg‘oniston, Vetnam, Koreya Respublikasiga amalga oshirgan tashriflari samarali va sermazmun bo‘ldi, ularning doirasida qator kelishuvlar imzolandi.

Mart oyida O‘zbekiston TIV rahbari Birlashgan Arab Amirliklari, Turkmaniston va Pokiston tashqi ishlar vazirlari bilan telefon orqali muloqotlar o‘tkazdi.

Xorijiy mamlakatlarning O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik vakolatxonalari bilan an’anaviy faol muloqot davom ettirildi.

Shu bilan birga, O‘zbekiston Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili hamda vazir o‘rinbosarlari tomonidan bir oyda 50 dan ortiq uchrashuv va muzokaralar tashkil etildi.

Ko‘p tomonlama diplomatiyaga to‘xtalsak, dunyoning turli shaharlarida bo‘lib o‘tgan 30 dan ziyod xalqaro tadbirlarda davlatimiz idoralari vakillari qatnashdilar.

@TIVmatbuot
Mart oyida:
- 11 947 nafar O‘zbekiston fuqarosiga konsullik xizmatlari ko‘rsatildi;
- 519 nafar hamyurtimizni chet elda ish bilan ta’minlashga ko‘maklashildi;
- xorijda moddiy jihatdan murakkab vaziyatda qolgan 168 nafar fuqaromizga 21 373 AQSh dollari miqdorida moddiy yordam ko‘rsatildi;
- chetda qiyin vaziyatlarda, ya’ni odam savdosi qurboni bo‘lgan yoki ishsiz, boquvchisiz qolganlar va boshqa murakkab ahvoldagi 26 nafar fuqaromiz Vatanimizga qaytarildi;
- 60 nafar fuqaro vaqtincha saqlash muassasalaridan olib chiqildi;
- pasporti ish beruvchilar tomonidan noqonuniy tarzda olib qo‘yilgan 35 nafar fuqaromizga shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar qaytarildi.

Xorijdagi vatandoshlar ishtirokida 149 ta tadbir o‘tkazilib, ularda 10 396 ga yaqin vatandoshlar qatnashdi.

Jismoniy va yuridik shaxslardan umumiy hisobda 10 526 ta murojaat kelib tushgan. Ulardan 1190 tasi Vazirlik Konsullik-huquqiy departamentiga kelgan.
Barcha murojaatlarga nisbatan o‘z vaqtida tegishli konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatildi.

Bir oy mobaynida 12 829 nafar chet el fuqarosiga O‘zbekistonga kirish vizalari Elchixonalar tomonidan rasmiylashtirilgan, shu bilan birga elektron tarzda 15 199 ta viza rasmiylashtirilgan.

@TIVmatbuot
Forwarded from Tashqi ishlar vazirligi
O‘zbekistonning Rossiya Federatsiyasidagi Elchixonasi xabari:

O‘zbekistonning Moskvadagi Elchixonasi 2024-yil 8-aprel kuni Samara viloyatida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa natijasida halok bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.

Hodisa Samara viloyatidagi Ural-Muxanovo trassasida sodir bo‘lgan. Chimkent-Nijniy Novgorod yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanayotgan avtobus yo‘ldan chiqib ketib, ag‘darilib ketgan. Hodisa vaqtida avtobusda 66 yo‘lovchi bo‘lgan. Oqibatda ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi, 20 ga yaqin kishi jarohat oldi va tibbiyot muassasalariga joylashtirildi.

Zarur yordam ko‘rsatish maqsadida O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi va Qozon shahridagi Bosh konsullik xodimlari voqea joyiga yetib borishdi.

Bu borada diplomatlarimiz Rossiya Federatsiyasining Samara viloyatidagi tegishli tashkilotlar bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda. Vaziyat alohida nazorat ostida.

Zarur hollarda, qo'shimcha ma'lumot uchun quyidagi raqamlarga murojaat qilish mumkin:
- O'zbekistonning Moskvadagi elchixonasi konsullik bo'limining call-markazi: +7 499 238-36-20; +7-499 230-00-76
- Oʻzbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulligi: +7 843 526 55 63; elektron pochta manzili: kaz.uzconsulate@mfa.uz.
Yaqinda jahon miqyosida tan olingan BBC media kompaniyasi Navoiy viloyatidagi yovvoyi tabiatini suratga olish bo‘yicha yirik loyihani ishga tushirdi. Filmda qushlar haqida hikoya qilinadi va O‘zbekistonning tabiatni muhofaza qilish borasidagi sa’y-harakatlari haqida so‘z boradi.

@TIVmatbuot
Forwarded from Tashqi ishlar vazirligi
Tashqi ishlar vazirligi jamoasi nomidan barchani Ramazon hayiti bilan chin yurakdan muborakbod etamiz!
***
От имени коллектива Министерства иностранных дел искренне поздравляем всех с праздником Рамазан хайит!
***
On behalf of the team of the Ministry of Foreign Affairs, we sincerely congratulate all on Eid-ul-Fitr!

Facebook | YouTube | Instagram | X
🇺🇿 Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi delegatsiya 11-12-aprel kunlari Belarus poytaxti Minsk shahrida bo‘ladi. Tashrif davomida qator ikki tomonlama uchrashuvlar hamda MDH mamlakatlari va Markaziy Osiyo - Rossiya tashqi ishlari vazirlari formatidagi navbatdagi yig‘ilishlarda ishtirok etish rejalashtirilgan.

👉🏻 @TIVmatbuot
Belarus poytaxti Minsk shahrida MDH mamlakatlari tashqi ishlari vazirlari uchrashuvi boshlanish arafasida.

Mamlakatimiz delegatsiyasiga 🇺🇿 tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchilik qiladi.

👉🏻 @TIVmatbuot
MDH mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari uchrashuvi.

Minsk, 12-aprel.

👉🏻 @TIVmatbuot
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Xalqaro maydonda balans buzildi” — Shavkat Mirziyoyev dunyodagi notinchlik haqida gapirdi

“Xalqaro maydonda balans buzildi, qonun-qoidalar mutlaqo o‘zgardi. Hatto do‘stim deb yurgan davlatlar o‘rtasida ishonch yo‘q bo‘ldi, desak bu ham adolatdan. Ertaga dunyoda bu notinchlik ko‘lami qayergacha kengayishini hech kim bilmaydi”, – dedi prezident.

Telegram Русский | English | Facebook | Twitter | YouTube