Texnikumlar | Rasmiy xabarlar
4.11K subscribers
271 photos
68 videos
92 files
418 links
Янги профессионал таълим тизими–шахс, жамият ва иқтисодиёт манфаатлари интеграцияси.

Саволлар бўлса: texnikumlar@bk.ru почта манзилига юборинг

Реклама бўйича мурожаат: @analytic_22
Download Telegram
⚡️ Kollej, texnikumlar mandati chiqdi

2024–2025-o‘quv yili uchun professional (kollej yoki texnikum) ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi.

📌 Abituriyentlar tanlov natijalarini my.uzbmb.uz saytida shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda bilishlari mumkin.

@TEXNIKUMLAR
Texnikumlar | Rasmiy xabarlar pinned «⚡️ Kollej, texnikumlar mandati chiqdi 2024–2025-o‘quv yili uchun professional (kollej yoki texnikum) ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi. 📌 Abituriyentlar tanlov natijalarini my.uzbmb.uz saytida shaxsiy…»
⚡️Maktablarda huquq sinflari tashkil qilinadi

Hukumat qaroriga ko‘ra, 2024/2025-o‘quv yilidan bosqichma-bosqich umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “Huquq sinflari” tashkil etiladi.

⚡️Umumta’lim muassasalari huquq fanidan dars beradigan oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lmagan pedagog xodimlarni bepul asosda 2026-yil yakunigacha bosqichma-bosqich yuridik mutaxassislik bo‘yicha qayta tayyorlanadi.

🔍“Huquq sinfi”ga o‘quvchilar “Davlat va huquq asoslari” faniga qiziquvchi 8-sinf o‘quvchilari orasidan saralab olinadi.

✔️ 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab “maktab-lisey-texnikum-universitet” uzluksiz ta’lim tizimi asosida akademik liseylarni muvaffaqiyatli tugatgan o‘quvchilar test sinovlarisiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuridik texnikumlarga qabul qilinadi.

@TEXNIKUMLAR
🇺🇿Бугун мактаб, академик лицей, касб-ҳунар мактаби, коллеж ва техникумларда дарслар бошланади

2024/2025 ўқув йили:
Мактабларда – 4 сентябрь;
Олий таълим муассасаларида – 9 сентябрь;
Академик лицейларда – 4 сентябрь;
Касб-ҳунар мактабларида – 4 сентябрь;
Коллеж ва техникумларнинг 2- ва ундан юқори курслари учун – 4 сентябрь кунидан бошланади.
Мактабларда «Биринчи қўнғироқ» тадбирларин соат 8:00 да «Бир бўлсак – ягона халқмиз, бирлашсак – Ватанмиз!»  шиори остида ташкил этилади.

@TEXNIKUMLAR
#Ҳушхабар

Oлийгоҳ, коллеж ёки техникумга киришда грант учун етарли баллни 80 фоизини тўплаган камбағал оила фарзандларига қўшимча грант ажратилади.

Бундан ташқари, молиявий мустақил бўлган олийгоҳларни ҳар бири йилига камида 1 миллиард сўмлик грант эълон қилади.

Бу грантлар ҳисобидан, фанларни ўзлаштиришидан келиб чиқиб, камбағал оила фарзандлари контрактининг 20 фоиздан 80 фоизгача қисми қоплаб берилади.

@TEXNIKUMLAR
#rasmiy_xabar

⚡️Kollej va texnikumlarda o‘qishni xohlovchilarga qo‘shimcha imkoniyat berilmoqda. Buning uchun 25-sentyabrga qadar my.uzbmb.uz orqali onlayn yoki bevosita ta’lim muassasasining o‘ziga murojaat qilishlari lozim

🔰Ota-onalar va abituriyentlarning murojaatlarini inobatga olib, shuningdek, kasb egallash istagida bo‘lgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2024/2025-o‘quv yili uchun kollej va texnikumlarga qabul qilish bo‘yicha quyidagi imkoniyatlar taqdim etilmoqda:

bo‘sh o‘rinlari (vakant) mavjud bo‘lgan kollej va texnikumlarga abituriyentlar test natijalari asosida ikkita mutaxassislik fani (fanlar ketma-ketligidan qat’i nazar) mos bo‘lgan tegishli kasb (mutaxassislik)ni tanlashlari mumkin;

abituriyentlar ta’lim tilini o‘zgartirgan holda kollej va texnikumlarning tegishli kasb va mutaxassisliklarini tanlashlari va tanlovda ishtirok etishlari mumkin;

kirish imtihonlarida ishtirok etib, my.uzbmb.uz elektron platformasi orqali professional ta’lim muassasalarini tanlamagan abituriyentlar ish beruvchilar bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq kollej va texnikumlarga dual ta’lim shakli bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri qabul qilinadi;

my.uzbmb.uz elektron platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tmagan yoki kirish imtihonlarida ishtirok etmagan, biroq kollej va texnikumlarda kechki yoki sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qish istagidagi fuqarolarga yozma imtihonlar orqali to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi.

⚠️ Diqqat! Kollej/texnikumlarning kunduzgi ta’lim shakli kasb va mutaxassisliklari uchun tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lganlar my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn, kechki va sirtqi ta’lim shakllarida o‘qish istagidagilar bevosita kollej va texnikumning o‘ziga murojaat qilishlari lozim.

✔️Shu munosabat bilan, kollej va texnikumlarning 1-kurslari uchun o‘quv jarayoni 2024-yil 2-oktyabrdan boshlanadi.

@TEXNIKUMLAR
Texnikumlar | Rasmiy xabarlar pinned «#rasmiy_xabar ⚡️Kollej va texnikumlarda o‘qishni xohlovchilarga qo‘shimcha imkoniyat berilmoqda. Buning uchun 25-sentyabrga qadar my.uzbmb.uz orqali onlayn yoki bevosita ta’lim muassasasining o‘ziga murojaat qilishlari lozim 🔰Ota-onalar va abituriyentlarning…»
Ҳурматли коллеж ва техникум раҳбар ходимлари!

🏢 Таълим даргоҳингизга ўқувчиларни таклиф этмоқчимисиз?

Унда бу таклиф айнан сиз учун!

Ёшларнинг ижтимоий тармоқларда фаоллигини ҳисобга олган ҳолда тарғибот ишларини айнан ижтимоий тармоқларда олиб борган жуда катта фойдасини беради.

📣 Бизнинг каналда реклама бериб, ўқишга бўлган тарғиботингизни кучайтиринг.

Коллеж ва техникумингизда бўлган қулайликларни телеграмм каналимиз орқали абитуриентларга етказинг.

Сиз учун жуда мақбул бўлган нархларда реклама беринг.

Мурожаат учун: @analytic_22

@TEXNIKUMLAR
Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti huzuridagi
Shahrixon agrotexnologiyalar texnikumiga

QABUL DAVOM ETADI!!!

Texnikumda o'qishni xohlovchilar uchun
2024-yil 25-sentabr kuniga qadar qo‘shimcha imkoniyat berilmoqda.

💥💥💥Sizda byudjetda o'qish imkoni bor. Foydalanib qolish kerak.⚡️⚡️⚡️

📌📌 Quyidagi yo'nalishlar bo'yicha kunduzgi shaklda :
O'qish muddati 2 yil.
Buxgalteriya hisobi va audit (davlat grantiva kontrakt)
Kompyuter injenering (davlat granti)
Avtomobik transportiga texnik xizmat ko‘rsatish va ta'mirlash (davlat granti)
Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va servis texnik texnologi (davlat granti)
Qishloq xo‘jaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish  (davlat granti)
Veterinariya meditsinasi  (davlat granti)

📌📌 5- darajali yo‘nalishidagi dual ta'lim
O‘qish muddati 2 yil
❇️ Avtomobil transportiga texnik xizmat ko‘rsatish va ta'mirlash (davlat granti)
❇️ Qishloq xo‘jaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish (davlat granti)
❇️ Veterinariya meditsinasi  (davlat granti)

📌📌 Sirtqi ta'lim (1.5-2.5 yil)
✴️ Qishloq xo‘jaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish (kontrakt)
✴️ Sug'oriladigan yerlari melioratsiya tizimlari (kontrakt)

Buning yo‘nalishlarni 25-sentabrga qadar my.uzbmb.uz orqali onlayn tanlashingiz yoki
📞+998931514327 (Mamatqulov A)

📞+998907656453 (Atajanova H)

📞+998999871900 (Nazrullayev I)
👆👆👆👆👆 Shu nomerlar bn bog‘laning

🏢🏫Manzil: Shahrixon tumani Nazarmahram ko‘chasi 2- uy
Shahrixon-Quva yo‘nalishi

Реклама

@TEXNIKUMLAR
#rasmiy_xabar

⚡️Kollej va texnikumlarda o‘qishni xohlovchilarga qo‘shimcha imkoniyat berilmoqda. Buning uchun 25-sentyabrga qadar my.uzbmb.uz orqali onlayn yoki bevosita ta’lim muassasasining o‘ziga murojaat qilishlari lozim

🔰Ota-onalar va abituriyentlarning murojaatlarini inobatga olib, shuningdek, kasb egallash istagida bo‘lgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2024/2025-o‘quv yili uchun kollej va texnikumlarga qabul qilish bo‘yicha quyidagi imkoniyatlar taqdim etilmoqda:

bo‘sh o‘rinlari (vakant) mavjud bo‘lgan kollej va texnikumlarga abituriyentlar test natijalari asosida ikkita mutaxassislik fani (fanlar ketma-ketligidan qat’i nazar) mos bo‘lgan tegishli kasb (mutaxassislik)ni tanlashlari mumkin;

abituriyentlar ta’lim tilini o‘zgartirgan holda kollej va texnikumlarning tegishli kasb va mutaxassisliklarini tanlashlari va tanlovda ishtirok etishlari mumkin;

kirish imtihonlarida ishtirok etib, my.uzbmb.uz elektron platformasi orqali professional ta’lim muassasalarini tanlamagan abituriyentlar ish beruvchilar bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq kollej va texnikumlarga dual ta’lim shakli bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri qabul qilinadi;

my.uzbmb.uz elektron platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tmagan yoki kirish imtihonlarida ishtirok etmagan, biroq kollej va texnikumlarda kechki yoki sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qish istagidagi fuqarolarga yozma imtihonlar orqali to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi.

⚠️ Diqqat! Kollej/texnikumlarning kunduzgi ta’lim shakli kasb va mutaxassisliklari uchun tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lganlar my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn, kechki va sirtqi ta’lim shakllarida o‘qish istagidagilar bevosita kollej va texnikumning o‘ziga murojaat qilishlari lozim.

✔️Shu munosabat bilan, kollej va texnikumlarning 1-kurslari uchun o‘quv jarayoni 2024-yil 2-oktyabrdan boshlanadi.

@TEXNIKUMLAR
#Диққат

⚡️Ўзбекистонда касб-ҳунар мактаблари ва коллежлар техникумларга айлантирилади

Мамлакатда техникумлар тармоғи ташкил этилади, улар Олий таълим, фан ва инновациялар вазирлигига ўтказилади.

@TEXNIKUMLAR
⚡️ Rasman: xotin-qizlar kollej, texnikumlarda grant o'qiydigan bo'ldi

📄 Bunga oid hukumat qarori bor.

Unga koʻra, kollej va texnikumlarga qurilish, transport, kommunal, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalarida o'qiydigan xotin-qizlar davlat granti asosida taʼlim oladi.

Kollej va texnikumlarga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilingan xotin-qizlar 10-oktyabrga qadar muassasa direktori nomiga davlat granti asosida taʼlim olish uchun ariza bilan murojaat qiladi.

Davlat granti asosida taʼlim oladigan xotin-qizlarga ajratiladigan pullar maqsadli sarflanishi uchun direktorlar shaxsan javobgar bo'ladi.

@TEXNIKUMLAR
#bilasizmi

⚡️ESLATMA! Kollej va texnikumlarning ayrim kasb(mutaxassislik)lariga to‘lov-kontrakt asosida tavsiya etilgan xotin-qizlar to‘liq davlat granti asosida ta’lim olishi mumkin

Ushbu imkoniyatdan foydalanish bo‘yicha nizom Vazirlar Mahkamasining 516-son qarori (29.09.2023-y.) bilan tasdiqlangan.

Unga ko‘ra:
🔠kollej va texnikumlarga qurilish, transport, kommunal, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalaridagi kasb (mutaxassislik) bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilingan xotin-qizlar o‘quv yilining 10-oktyabriga qadar ushbu kollej yoki texnikum direktori nomiga davlat granti asosida o‘qish uchun ariza bilan murojaat qiladilar.

🔠arizalar taalluqliligi bo‘yicha kollej va texnikumlar tomonidan uch ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi hamda umumlashtirilgan holda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmalariga taqdim etiladi.

🔠hududiy boʻlinmalar umumlashtirilgan maʼlumotlarni 15-oktyabrga qadar Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga yuboradi.

@TEXNIKUMLAR
⚡️ Xotin-qizlar kollej, texnikumlarda grant o'qiydi. Bugun — buning uchun ariza berishning oxirgi kuni

📄 Bunga oid hukumat qarori bor.

Unga koʻra, kollej va texnikumlarga qurilish, transport, kommunal, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalarida o'qiydigan xotin-qizlar davlat granti asosida taʼlim oladi.

Kollej va texnikumlarga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilingan xotin-qizlar 10-oktyabrga qadar muassasa direktori nomiga davlat granti asosida taʼlim olish uchun ariza bilan murojaat qiladi.

Davlat granti asosida taʼlim oladigan xotin-qizlarga ajratiladigan pullar maqsadli sarflanishi uchun direktorlar shaxsan javobgar bo'ladi.

@TEXNIKUMLAR
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Kadrlar tayyorlaydigan yagona texnikumlar tarmog‘i tashkil etiladi

“Kasbiy ta’limda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro ta’lim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-158-son, 16.10.2024 y.) qabul qilindi.

🔰Farmonga ko‘ra, kasbiy ta’lim tashkilotlarining amaldagi turlari maqbullashtirilib, kasbiy ta’limning barcha darajalari bo‘yicha kadrlar tayyorlaydigan yagona texnikumlar tarmog‘i tashkil etiladi.

🎓 Texnikumlarda:

kadrlar tayyorlash Ta’limning xalqaro standart tasniflagichi va O‘zbekiston milliy malaka tizimi talablariga mos ravishda tashkil etiladi;

boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus kasbiy ta’lim dasturlari bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi, shuningdek, malaka va kompetensiyalar bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslari tashkil etiladi;

boshlang‘ich kasbiy ta’lim dasturlari bo‘yicha kadrlar tayyorlash umumiy o‘rta ta’lim tashkilotining 9-sinfini tamomlagan o‘quvchilar uchun – davlat granti asosida amalga oshiriladi;

o‘rta va o‘rta maxsus kasbiy ta’lim dasturlari bo‘yicha kadrlar tayyorlash davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida tashkil etiladi;

o‘rta maxsus kasbiy ta’lim dasturlarining bitiruvchilariga o‘zlashtirgan modullari, to‘plagan kreditlari va oliy ta’lim tashkiloti tomonidan belgilangan ballar o‘rtacha qiymatidan (GPA) kelib chiqib, bakalavriatning tegishli bosqichidan o‘qishni davom ettirishga ruxsat etiladi.

@TEXNIKUMLAR
#Brifing

Texnikumlarning direktor va direktor o‘rinbosari lavozimlariga talabgorlar ochiq tanlov asosida tanlab olinadi

Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi axborot xizmati rahbari Nazokat Abduqunduzova maʼlum qildi. Shuningdek:

2026-yil 1-yanvardan o‘rta bo‘g‘in kadrlariga bo‘lgan talab “Kasbiy ta’lim” platformasi orqali shakllantiriladi.

2025/2026-o‘quv yilidan belgilangan texnikumlarda xalqaro ta’lim dasturlari joriy qilinadi.

Xalqaro ta’lim dasturlari asosida ta’lim olgan va imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan o‘quvchilarga xalqaro ta’lim dasturlari bo‘yicha diplom (sertifikat) hamda kasbiy ta’lim to‘g‘risida davlat namunasidagi diplom beriladi.

2025-yil 1-yanvardan texnikumlarning direktor va direktor o‘rinbosari lavozimlariga talabgorlarni ochiq tanlov asosida tanlash tartibi joriy qilinadi.

Kasbiy ta’lim tizimida yagona davlat siyosatini yuritish bo‘yicha mas’ul organ etib Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi belgilandi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/24874

@TEXNIKUMLAR
#ТЕЗКОР #ТАРҚАТИНГ
⚡️❗️Коллежлар тўлиқ тугатилиб, техникумлар тармоғи ташкил этилади

Президент Фармони (ПФ-158-сон, 16.10.2024 й.) қабул қилинди.

Фармонга кўра,  касбий таълим ташкилотларининг амалдаги турлари мақбуллаштирилиб, касбий таълимнинг барча даражалари бўйича кадрлар тайёрлайдиган ягона техникумлар тармоғи ташкил этилади.

@TEXNIKUMLAR
Texnikumlar | Rasmiy xabarlar pinned «#ТЕЗКОР #ТАРҚАТИНГ ⚡️❗️Коллежлар тўлиқ тугатилиб, техникумлар тармоғи ташкил этилади Президент Фармони (ПФ-158-сон, 16.10.2024 й.) қабул қилинди. Фармонга кўра,  касбий таълим ташкилотларининг амалдаги турлари мақбуллаштирилиб, касбий таълимнинг барча даражалари…»
#TEZKOR #ТАРҚАТИНГ

Hozirga qadar professional ta’lim tizimi 3 ta turdagi jami 672 ta muassasa: 333 ta kasb-hunar maktabi, 112 ta kollej va 227 ta texnikumdan iborat bo‘lib, ushbu muassasalar tabaqalashgani va dasturlari o‘rtasida uzviylik bo‘lmagani natijasida, ularning quvvatlaridan unumli foydalanilayotgani aniqlangan.

Endilikda Prezident farmoni bilan 3 ta turdagi muassasalarni optimallashtirilib, ularning negizida barcha darajalar va yo‘nalishlar bo‘yicha kadr tayyorlaydigan yagona muassasa turi – texnikumlar tashkil etiladi. Bunda, 672 ta professional ta’lim muassasalari negizida 600 ta texnikum tashkil etiladi, 71 ta ta’lim muassasalari maktablarga berilib, 42 mingta yangi o‘quvchi o‘rinlari yaratiladi.

@TEXNIKUMLAR
🇺🇿333 та касб-ҳунар мактаби ва 112 та коллеж тугатилади

   333 та касб-ҳунар мактаби ва 112 та коллеж тугатилиб, 600 та техникум ташкил этилади. Мақбуллаштириш натижасида бўшайдиган 71 та муассаса биноси мактабларга айлантирилиб, 42 мингта янги ўқувчи ўрни яратилади. Бундан ташқари, бу тизимда бошқарув, ташкилий ва методик жиҳатдан ягона давлат сиёсати Олий таълим, фан ва инновациялар вазирлиги томонидан юритилади. Техникум битирувчиларига 70 та давлатда тан олинадиган диплом берилади ҳамда 200 дан ортиқ хорижий университетларга кириш имкони яратилади.

🇷🇺333 ПТУ и 112 колледжей будут закрыты

   Будут закрыты 333 профессиональных училища и 112 колледжей, и будет создано 600 техникумов. В
результате одобрения 71 здание учреждений будет переоборудовано в школы, создано 42 тысячи новых ученических мест. Кроме того, в этой системе единую государственную политику в плане управления, организации и методологии осуществляет Министерство высшего образования, науки и инноваций.
Выпускники техникума будут награждаться дипломами, признаваемыми в 70 странах мира, и иметь доступ к более чем 200 зарубежным университетам.

@TEXNIKUMLAR