Yoshlar Ittifoqi | ToshDavTU
2.57K subscribers
1.6K photos
285 videos
10 files
851 links
Toshkent Davlat tibbiyot universiteti Yoshlar Ittifoqi boshlang’ich tashkilotining rasmiy telegram sahifasi
Download Telegram
⚡️⚡️⚡️⚡️ #Tashrif

📣 Joriy yilning 16-may kuni Toshkent shahrida joylashgan oliy ta'lim tashkilotlaridagi O'zbekiston yoshlar ittifoqining boshlang'ich tashkilot Yoshlar yetakchilari hamda yo'nalish koordinatorlari Olimpiya shaharchasiga tashrif buyurdi.

#ott #olimpiya_shaharchasi #poytaxt_yoshlari

✏️ Bizni kuzatishda davom eting!
🕊 Telegram | 📱 Instagram
📱 Facebook | 📺 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥💙💙💙

🔹 IQTIDORLI YOSHLAR FESTIVALI 🔹

🔺19-may kuni soat 16:00 da barcha san’at ixlosmandlari bo‘lgan yoshlarimizni Toshkent davlat tibbiyot universiteti Talabalar turar joyi maydonida joylashgan muhtasham sahnamizga taklif etamiz!

▶️ Ushbu kuni universitetimizda faoliyat olib borayotgan:
“Estrada xonandaligi”
💃 “Raqs to‘garagi”
🎼 “Nota savodi va garmoniya asoslari”
🥁 “Milliy cholg‘u”
🎶 “An’anaviy maqom”
🎹 “Folklor”
to‘garaklari, “San’at” bo‘limi hamda universitet “Yoshlar ittifoqi” boshlang‘ich tashkiloti hamkorligida “Iqtidorli yoshlar festivali” nomli badiiy havaskorlik to‘garaklari a’zolarining hisobot konserti bo‘lib o‘tadi.

Konsert dasturida sizni:
✔️ jonli ijrolar
✔️ milliy va zamonaviy kuy-qo‘shiqlar
✔️ betakror raqslar
✔️ xalq og‘zaki ijodi namunalari
✔️ tomoshabinlar ishtirokida karaoke
✔️ yosh iste’dod egalari chiqishlari kutmoqda!


San’at va ijod bayramini birgalikda nishonlaymiz!
Barchangizni kutamiz!
💤💤💤💤💤💤💤💤
Tashkilotchi: Ommaviy tadbirlarni tashkil etish va san’at bo’limi
💤💤💤💤💤💤💤💤
#IqtidorliYoshlarFestivali #TashMedUni #Badiiy havaskorlik to’garaklari
#NavoShifo

🇺🇿Bizning ijtimoiy tarmoqlar:
🔵Telegram | 🌐 Instagram| 🌐 Web Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1
Toshkent davlat tibbiyot universiteti talabalari o'rtasida Shaxmat bo'yicha Rektor Kubogi o'tkaziladi.

G'oliblar quydagicha taqdirlanishadi:


🥇 1.000.000 so'm
🥈 750.000 so'm
🥉 500.000 so'm

P.S:
1. O'yinlar qizlar va yigitlar o'rtasida alohida alohida o'tkaziladi

2. O'yinlar vaqti va joyi qo'shimcha tarzda shaxmat guruhida e'lon qilinadi

RO'YHATDAN O'TISH

🇺🇿Bizning ijtimoiy tarmoqlar:
🔵Telegram | 🌐 Instagram| 🌐 Web Sayt|🔵Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥31
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#DigitalAgro26 #YoshFermerlar

🙋 AGROBLOGERLAR DIQQATIGA!

🔎 Oʻzbekistonda ilk bor “DIGITAL AGRO ‘26” Respublika agroblogerlar forumi tashkil etilmoqda. Agar siz qishloq xoʻjaligi sohasida faoliyat yuritayotgan, ijtimoiy tarmoqlarda faol boʻlgan fermer, dehqon yoki agrobloger boʻlsangiz — bu forum aynan siz uchun!

📌 Forumda sizni:
➡️ Kuchli agroblogerlar bilan uchrashuv,
➡️ Sun’iy intellekt orqali kontent tayyorlash,
➡️ Mobilografiya va montaj darslari,
➡️ Nutq bo‘yicha koʻnikmalar,
🎁 Shuningdek, ishtirok etgan barcha mehmonlarni qimmatbaho sovgʻalar kutmoqda!


🗓 Forum joriy yilning 23–24-may kunlari Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumani, “Yoshlar oromgohi”da boʻlib oʻtadi.

👥 Agroblogermisiz yoki qishloq xoʻjaligi yoʻnalishida kontent yuritasizmi? Unda “DIGITAL AGRO ‘26” forumida sizni kutamiz! Ishtirok etish mutlaqo bepul!


✈️ Hoziroq telegramdagi t.me/yoshfermerlarbot orqali roʻyxatdan oʻting!

Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Qaynoq yoz kularida tog' bag'ridagi salqin oromgohda vaqt o'tkazishga nima deysiz!!!

6 kunlik tog' bag'ridagi oromgoh
Mashhur sehrgarlar maktabi hogwarts muhiti
Yangi do'stlar
Wiki-treninglar
Unutilmas taassurotlar sizni kutmoqda! 🔥


🎁 Ishtirokchilar uchun tayyorlangan:
Sertifikat va sovg'alar
Qimmatbaho mukofotlar
Haqiqiy Wiki-muhit

Eng muhimi barchasi mutlaqo BEPUL!!!!!

Hoziroq ishtirok etish uchun ariza topshiring!

🇺🇿Bizning ijtimoiy tarmoqlar:
🔵Telegram | 🌐 Instagram| 🌐 Web Sayt|🔵Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from "YUKSALISH" HARAKATI
Islohotlar jarayonida yoshlarning ishtiroki haqida fikringiz qanday?

🇺🇿 "Yuksalish" harakati Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti bilan hamkorlikda yoshlarning islohotlardagi ishtiroki va ular duch kelayotgan to‘siqlarni o‘rganish maqsadida so‘rov o‘tkazmoqda.

Ishtirok eting, fikringiz islohotlarni yanada samarali qilishga xizmat qiladi!

🔗 So‘rov havolasi

🌐 Telegram sahifamizga obuna bo'ling - @uzbyuksalish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔺🟦🟦 #Hudud

📲O'zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar hududiy Kengashi tomonidan tashkil etilgan "Yangi avlod yetakchilari maktabi" loyihasining 5-o'quv-seminari bo'lib o'tdi.

#ott #oquv_seminar #OAV

✏️ Bizni kuzatishda davom eting!
🕊 Telegram | 📱 Instagram
📱 Facebook | 📺 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
#taqdirlash_marosimi

🗣Namanganda tashkil etilgan respublika tanlovlari g‘oliblari tantanali taqdirlandi!

Joriy yilning 21-23-may kunlari Namangan shahri “Munozara” respublika turniri hamda “Ma’rifat maydoni” ko‘rik-tanlovining final bosqichiga mezbonlik qildi. Mazkur tanlovlarning yakuniy bosqichida qatnashish uchun gullar shahriga respublikamizning barcha hududlaridan 200 dan ortiq talaba-yoshlar tashrif buyurdi.

⭐️Tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi Namangan viloyatidagi Ma’rifat maskanida bo‘lib o‘tdi. Unda Namangan viloyati hokimi o‘rinbosari Otabek Bazarov, Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi direktori Abdumalik Akramov, Namangan davlat universiteti rektori Abdug‘affor Qirg‘izboyev, Namangan davlat texnika universiteti rektori Oybek Ergashev hamda hamkor tashkilotlar mas’ullari, shuningdek, viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Taqdirlash marosimida tanlov g‘oliblari e’lon qilindi va diplom, kubok, esdalik sovg‘alari hamda pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

“Munozara” respublika turniri g‘oliblari:

🥇TIQXMMI Milliy tadqiqot universiteti “Elita” jamoasi;
🥈O‘zbekiston Milliy universiteti “Taraqqiyot yoshlari” jamoasi;
🥉Toshkent davlat yuridik universiteti “Yuristlar” jamoasi.

✔️“The best speaker” nominatsiyasi g‘oliblari:
➡️1-spiker: Asadbek Ibragimov – TDTibU talabasi;
➡️2-spiker: Yunus Normamatov – TIQXMMI MTU talabasi;
➡️3-spiker: Gulsanam Raxmonova – FarDU talabasi.

🏆 Turnir g‘oliblari diplom, mos ravishda , 30, 20 va 15 million so‘m miqdorida pul mukofotlari hamda maxsus kubok bilan, nominatsiya g‘oliblari esa Ozbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tomonidan qimmatbaho sovgalar bilan taqdirlandi.

“Ma’rifat maydoni” ko‘rik-tanlovi g‘oliblari:

↪️1-o‘rin: Andijon davlat pedagogika instituti;
↪️1-o‘rin: Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti;
↪️2-o‘rin: Axborot texnologiyalari va menejment universiteti;
↪️2-o‘rin: Namangan davlat universiteti;
↪️3-o‘rin: Buxoro davlat universiteti;
↪️4-o‘rin: Samarqand davlat universiteti Urgut filiali;
↪️5-o‘rin: O‘zbekiston Xalqaro Islom akademiyasi.

☑️Mazkur tanlov g‘oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan diplom hamda mos ravishda 40, 25, 20, 10 va 5 million so‘m miqdorida pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Shuningdek, taqdirlash marosimida “Jadidlar haqida insholar” tanlovi g‘oliblari ham I, II va III darajali diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

Bizni kuzating:

📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent Davlat Tibbiyot Universitetida talabalar o‘rtasida “Rektor kubogi” shaxmat musobaqasiga start berildi!

🔹 Mazkur musobaqada 500 dan ortiq talabalar ishtirok etib, o‘zlarining intellektual salohiyati, strategik fikrlashi va mantiqiy yondashuvlarini namoyon etdilar.

⬅️Bellashuvlar qizlar va yigitlar o‘rtasida alohida yo‘nalishlarda tashkil etildi. O‘yinlar Olimpiya tizimi, ya’ni “play-off” usulida — yutqazgan ishtirokchi musobaqani tark etish tartibida o‘tkazildi. Har bir uchrashuv keskin va murosasiz bahslarga boy tarzda kechdi.

🔻Musobaqa davomida ishtirokchilar shaxmat bo‘yicha o‘z mahoratlarini namoyish etib, har bir bosqichda murosasiz va qiziqarli bahslar olib bordilar. Tadbir talabalar orasida intellektual sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi.


Yakunda g‘olib va sovrindorlar pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.
“Rektor kubogi” shaxmat musobaqasi talabalar o‘rtasida mantiqiy fikrlashni rivojlantirish, intellektual muhitni mustahkamlash va do‘stona raqobatni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qildi.

🇺🇿Bizning ijtimoiy tarmoqlar:
🔵Telegram | 🌐 Instagram| 🌐 Web Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥21👍1
#TashabbuslarMarafoni

🙋 Yoshlarimizning yangi tashabbus va g‘oyalari uchun navbatdagi katta maydon

👋 Yoshlar oyligi doirasida barcha hududlarda “Tashabbuslar marafoni”ga start berilmoqda. Marafon tadbirkorlik, kitobxonlik, volontyorlik, xorijiy tillarni ommalashtirish, madaniyat va san’at, sun’iy intellekt va startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlashni o‘z ichiga oladi. Marafon g‘oyasi bor, yangi do‘stlar va kuchli jamoa izlayotgan yoshlar uchun kreativ muloqot maydoni bo‘lib xizmat qiladi. Shuningdek, dastur davomida tajribali mutaxassislar hamda ijodkorlar bilan yaqindan muloqot qilish, hamkorlik o‘rnatish imkoniyati yaratiladi. Ushbu yirik marafon yurtimizning so‘lim maskanlari, istirohat bog‘lari va diqqatga sazovor joylarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.


🖋 Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang. Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting!
➡️ https://yoshlar.gov.uz/marathon

Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM