O’zbekiston milliy pedagogika universiteti | Rasmiy kanali
7.45K subscribers
12.6K photos
1.16K videos
150 files
3.29K links
Download Telegram
⭕️ #Rahima_Mavlonova

Toshkent davlat pedagogika universitetida olima Raxima Mavlonovaning 90 yillik yubileyi munosib nishonlandi.

Hozirga kunda ham ko‘plap shogirdlariga ilmiy ishlarni olib borishda zarur metodik tavsiyalar bilan yo‘l-yo‘riq ko‘rsatib kelayotgan ustozimizga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt, farzandlar va shogirdlarining iqboli, kamolini uzoq yillar ko‘rib yurish nasib qilishini tilab qolamiz.

(Batafsil tanishish - 3 daqiqa)

TDPU ijtimoiy tarmoq sahifalari:
🌐 Facebook | Twitter | Instagram | Telegram |
​​⭕️ #onlayn_ijodiy_uchrashuv

O‘zbekiston xalq artisti, xalqaro va respublika tanlovlari g‘olibi, Xalqaro musiqa festivallari ishtirokchisi, taniqli el suygan san’atkor, sozanda va bastakor, yuksak ijrochilik mahoratiga ega Abduxoshim Ismoilov bilan 2020-yil 7-oktabr kuni soat 13:30da “Maqom – Sharq xalqlarining mumtoz musiqasi qadriyati” mavzusida ijodiy uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

Manzil:

https://us04web.zoom.us/j/5067663442?pwd=L0x5RmVsbm4wdlRJM08wZlE3MWU3QT09

Sizga ajoyib kayfiyat va motivatsiya baxsh etuvchi ushbu uchrashuvda albatta ishtirok etishingizni tavsiya qilib qolamiz.

TDPU ijtimoiy tarmoq sahifalari:
🌐 Facebook | Twitter | Instagram | Telegram |
​​⭕️ #magistratura_javoblari

Toshkent davlat pedagogika universiteti magistratura mutaxassisliklariga abituriyent sifatida hujjat topshirib, kirish imtihonlarida (onlayn test sinovlarida) ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalari bilan quyidagi havolalar orqali tanishishlari mumkin:

Magistratura natijalari - yuklab olish


Magistratura yo'nalishi bo'yicha o'qishga kirgan barchani chin dildan tabriklaymiz.

TDPU ijtimoiy tarmoq sahifalari:
🌐 Facebook | Twitter | Instagram | Telegram |
⭕️ #videolavha

Respublikamizning turli hududlarida yashovchi 23 nafar xotin-qizlar imtiyoz asosida Toshkent davlat pedagogika universiteti talabasi (grant asosida) bo'lishdek baxtga sazovor bo'ldilar.

Universitet rektori Alisher Umarov ushbu imtiyozning ilk sohibalarini, ularning ota-onalari va yaqinlarini tabriklash uchun ulardan bir qanchasining xonadoniga tashrif uyushtirdi. Xususan, Toshkent viloyatining Olmaliq va Ohangaron tumanlaridan o’qishga qabul qilingan qizlar rektorning shaxsan o'zidan tabrik so'zlarini eshitib, sovg'alarni qabul qilib olishdi.

Bu bo'yicha "O'zbekiston" telekanalining "Assalom O'zbekiston" dasturi orqali ertaga 6 oktabr kuni ertalab soat 07.00 - 08.00 oralig'ida reportaj efirga uzatilgan edi.

Ushbu reportajni e'tiboringizga havola etamiz.

TDPU ijtimoiy tarmoq sahifalari:
🌐 Facebook | Twitter | Instagram | Telegram |
​​⭕️ #1_kurslar_uchun

Toshkent davlat pedagogika universitetiga 2020-yil o'qishga qabul qilingan 1-kurs talabalari diqqatiga.

Universitetga o'qishga kirib, qanday hujjatlarni, kimga topshirishni bilmay yuripsizmi?

Xavotirlanmang, quyidagi havola orqali, o'zingiz o'qishga kirgan yo'nalish bo'yicha, hujjatlarni qabul qilib oluvchi ma'sullarning telefon raqamlarini yuklab olishingiz mumkin:

Yo'nalishlar bo'yicha hujjat qabul qilib oluvchi ma'sullarning telefon raqamlari - yuklab olish.

TDPU ijtimoiy tarmoq sahifalari:
🌐 Facebook | Twitter | Instagram | Telegram |
​​⭕️ #second_education

Toshkent davlat pedagogika universitetiga ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim olish istagida ariza topshirgan talabgorlar uchun suhbat kunlari tasdiqlandi.

Suhbatlar 2020-yilning 15-16-17-oktyabr kunlari tasdiqlangan jadval asosida Toshkent shahri Yakkasaroy tumani Bratislava ko‘chasi 2-uy (Mo‘ljal: Do‘stlik bog‘i) da joylashgan Fizika-matematika fakulteti binosida bo‘lib o‘tadi.

KERAKLI HUJJATLAR:

1) Fuqarolik pasportining nusxasi – 3 dona (turar joy haqidagi ma'lumot sahifasi bilan).

2) Oliy ma’lumotni tasdiqlovchi bakalavr diplom va ilovaning asli.

3) Agar diplom va pasportdagi familiyalar bir xil bo‘lmasa, nikoh guvohnomasi nusxasi – 1 dona

4) Rasm 3,5x4,5 o‘lchamda – 6 dona.

5) Yig‘ma jild uchun bog‘li qog‘oz papka (papka dlya bumag) – 1 dona.

6) Konvert – 2 dona.

Yo'nalishlar bo'yicha suhbat vaqti jadvali bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin - yuklab olish

Arizaning holati bo‘yicha ma’lumotni qabul komissiyaning ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim bo‘yicha mas’ul xodimi I.Raximov (tel: (71)255-98-09) dan olishingiz mumkin.

TDPU ijtimoiy tarmoq sahifalari:
🌐 Facebook | Twitter | Instagram | Telegram |
⭕️ #munosabat

Facebook ijtimoiy tarmog'idagi Potrebitel.uz guruhidagi axborot bo'yicha munosabat

Bugun Facebook ijtimoy tarmog'ida Potrebitel.uz guruhida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat universitetida o'qishga kirgan talabalarni qabul qilish masalalari bo'yicha e'tirozli axborot berildi.

Ushbu masala yuzasidan universitet shuni ma'lum qiladiki, yuzaga kelgan mazkur vaziyatda murojaat bilan kelgan talaba va ularning ota-onalari universitetga navbatsiz va tezroq kirishni xohlashgan. Natijada qisqa muddatga tartibsizlik holati yuzaga kegan. Ushbu jarayon 15-20 daqiqa davom etgan.

Universitet mas'ul xodimlari tomonidan mazkur holat o'z vaqtida bartaraf etilib, murojaat bilan kelgan talaba va ularning ota-onalariga tegishli tavsiyalar berilgan.

Shu o'rinda eslatib o'tamiz, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetiga murojaat qilishni xohlagan talaba va ularning ota-onalariga universitetning call markazi (71-202-44-21) orqali muntazam maslahat va tavsiyalar berib borilmoqda.

Qolaversa, universitetning www.tdpu.uz rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida (Facebook, Twitter, Instagram, Telegram) hamda telegram kanallari orqali o'quv jarayoni bilan bog'liq barcha ma'lumotlar tezkor tarzda joylashtirilmoqda.

Albatta, bugungi sinovli kunlarda universitetga murojaat bilan kelayotgan har bir talaba va ularning ota-onalari bugungi vaziyatga to'g'ri baho berib, o'zaro hurmat hamda ijtimoiy masofa saqlashsa maqsadga muvofiq bo'lar edi.

TDPU ijtimoiy tarmoq sahifalari:
🌐 Facebook | Twitter | Instagram | Telegram |
​​⭕️ #attention

E'lon! TDPU va MPDU hamkorligida tashkil etilgan Rus tili va adabiyoti qoʻshma ta’lim dasturi boʻyicha oʻqishga kirishga talabgorlar diqqatiga.

Hurmatli abiturientlar!

2020-yil 15-oktyabr soat 9:00
da Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida TDPU va MPDU hamkorligida tashkil etilgan Rus tili va adabiyoti qoʻshma ta’lim dasturi boʻyicha oʻqishga kirish uchun roʻyxatdan oʻtgan va uzrli sabablarga koʻra 25-26-sentyabr kunlari kirish imtihonlarida qatnasha olmagan abituriyentlar uchun qoʻshimcha kirish imtihonlari boʻlib oʻtishini ma’lum qilamiz.

Kirish imtihonlariga shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan kelishingiz kerakligini eslatamiz!

Qabul komissiyasi

———————————————————————

Уважаемые абитуриенты!

15 октября 2020 года в 9:00
в Ташкентском государственном педагогическом университете имени Низами будут проведены дополнительно вступительные экзамены для абитуриентов, зарегистрировавшихся для поступления на учебу по совместной образовательной программе ТГПУ и МПГУ Русский язык и литература, которые по уважительным причинам не смогли явиться на вступительные экзамены 25 и 26 сентября.

Напоминаем, что на вступительные экзамены абитуриенты будут допущены по документам, подтверждающим личность.

Приемная комиссия

TDPU ijtimoiy tarmoq sahifalari:
🌐 Facebook | Twitter | Instagram | Telegram |
​​⭕️ #TDPU

Toshkent davlat pedagogika universiteti turdosh bo‘lmagan ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishini ko‘chirish yoki tiklash bo‘yicha murojaat qilgan fuqarolar diqqatiga!

2020-2021- o‘quv yilida turdosh bo‘lmagan ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishini ko‘chirish yoki tiklash bo‘yicha 10 mingga yaqin arizalar onlayn qabul qilindi.

Har bir ariza ko‘rib chiqilishida tegishli oliy ta’lim muassasasining talabalarni qabul qilish imkoniyati, talaba hozirgacha o‘qigan ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha istiqbolda kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj, o‘qishni ko‘chirish yoki tiklash uchun asoslarning mavjudligi va boshqa ma’lumotlar chuqur tahlil qilindi.

Quyidagi havola orqali Toshkent davlat pedagogika universiteti turdosh bo'lmagan ta'lim yo'nalishlariga o'qishi ko'chirilishiga ruxsat berilganlar ro'yxatini yuklab olishingiz mumkin: yuklab olish.

TDPU ijtimoiy tarmoq sahifalari:
🌐 Facebook | Twitter | Instagram | Telegram |
⭕️ #Navoiy #Tanishuv_darslari

Bugun Toshkent davlat pedagogika universitetiga Navoiy viloyatidan o'qishga qabul qilingan talabalar bilan universitet rektori va ma'sul xodimlarining uchrashuvlari tashkil qilinib, tanishtiruv jarayonlari olib borilmoqda.

Navoiylik talabalarga, o'quv jarayoni, universitet faoliyati, masofaviy ta'lim haqida atroflicha ma'lumotlar berilib, ularni qiziqtitrgan savollarga to'liq javob berilmoqda.

TDPU ijtimoiy tarmoq sahifalari:
🌐 Facebook | Twitter | Instagram | Telegram |
⭕️ #TDPU #Navoiy #Tanishuv_darslari

Toshkent davlat pedagogika universiteti mutasaddilari Navoiy viloyatidagi talabalarga "Tanishuv darslari"ni o'tkazibgina qolmay, "Qorako'l" maktab internatining Navoiy viloyatidagi filiali va Beruniy nomidagi xususiy maktabda bo'lishdi.

Shu bilan birga Toshkent davlat pedagogika universiteti va Navoiy davlat pedagogika universiteti o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Batafsil »

TDPU ijtimoiy tarmoq sahifalari:
🌐 Facebook | Twitter | Instagram | Telegram |
​​⭕️ #TDPU #Abituriyent #Suhbat

Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim olish qabuli boshlandi.

Toshkent davlat pedagogika universiteti bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim olish uchun ikkinchitalim.edu.uz platformasi orqali 1500 dan ortiq onlayn arizalar tushgan. Toshkent davlat pedagogika universiteti bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim olish uchun 1143 ta hujjatlar o‘rnatilagan tartibida qabul qilingan.

2020-yil 15-oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan suhbatlarda jami 123 nafar abituriyentlar qatnashdi. Abituriyentlarning hujjatlari o‘rnatilgan tartibda universitet mas’ul xodimlari tomonidan qabul qilib olindi. Shu joyning o‘zida ular to‘lov-shartnoma hujjatlari bilan ta’minlandilar.

Suhbatlar 2020-yilning 21-oktyabriga qadar davom etadi. Eslatib o‘tamiz suhbatlar universitetning fizika-matematika fakulteti binosi (Yakkasaroy tumani Bratislava ko‘chasi 2-uy. Mo‘ljal: Do‘stlik bog‘i)da bo‘lib o‘tmoqda.

TDPU ijtimoiy tarmoq sahifalari:
🌐 Facebook | Twitter | Instagram | Telegram |
⭕️ #TDPU #Hamkorlik

Toshkent davlat pedagogika universiteti va Qorako‘l Xalqaro maktabi qo‘shma memorandum imzoladi.

Toshkent davlat pedagopgika universiteti rahbariyati va mutasaddi xodimlari Buxoro viloyatiga qilgan ishchi tashrifi davomida, Qorako'l tumanidagi Qorako'l Xalqaro maktabida ham bo'ldi.

2019-2020 o'quv yilida Qorako'l tuman Xalqaro matematika maktabini bitirgan 48 nafar o'quvchilarning barchasi (100%) bugungi kunda talabalik safiga qabul qilindi. Undan tashqari, ushbu maktabning ko'plab o'quvchilari xalqaro fan olimpiadalarida munatazam g'oliblikni qo'lga kiritib kelishmoqda.

Prezidentimizning "O'qituvchi va murabbiylar kuni" bayrami munosabati bilan 30-sentyabr kuni qilgan murojaatiga javoban, Toshkent davlat pedagogika universiteti, Qorako'l Xalqaro maktabi tajribasini chuqur o'rganish, amaliyotga keng joriy qilish va hamkorlikda ilmiy-o'quv izlanishlarni olib borish maqsadida ikki tomonlama qo'shma memorandum imzoladi.

Shu bilan birga Qorako'l Xalqaro maktabi ilg'or metodik tajribasini rivojlantirish maqsadida Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshida Ilmiy-metodik laboratoriya faoliyati yo'lga qo'yildi.

Zamonaviy O'zbekiston uchun zamonaviy pedagog kadrlarni yetishtirishni maqsad qilgan universitet jamoasi har tomonlama hamkorlik va izlanishlar orqali ta'lim muassasasida yuqori darajadagi, sifatli ilmiy-o'quv muhitni yaratish ustida muttasil harakatlar olib bormoqda.

TDPU ijtimoiy tarmoq sahifalari:
🌐 Facebook | Twitter | Instagram | Telegram |
Коллектив ТГПУ: на нас клевещут и мы защищаемся

На
интернет сайтах, в социальных сетях распространяется информация о том, что ректор Ташкентского государственного педагогического университета имени Низами Алишер Умаров был привлечен к административной ответственности за неисполнение судебного решения.