O’zbekiston milliy pedagogika universiteti | Rasmiy kanali
7.45K subscribers
12.5K photos
1.16K videos
150 files
3.27K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Axborot 24 | Prezident raisligida maktab ta’limi tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi
#15may

mtrk.uz | Instagram | Facebook | Youtube | Telegram
Forwarded from Hilola Umarova
Professor-oʻqituvchilar uchun yangi imkoniyat!

Xabaringiz bor, yaqinda Prezidentimizning tegishli farmoni bilan Toshkent davlat pedagogika universiteti negizida Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti tashkil etildi.

Universitetda 2025-2026-oʻquv yilida xorijiy taʼlim dasturlari asosida Aniq fanlar maktabi tashkil etilib, unda Matematika, Axborot texnologiyalari hamda Sunʼiy intellekt va robototexnika yoʻnalishlarida 400 nafar talaba qabul qilinishi koʻzda tutilgan.

Aniq fanlar maktabida hisob (calculus), dasturlash, fizika, chiziqli algebra, diskrit matematika, maʼlumotlar tuzilmalari va algoritmlar, sunʼiy intellekt va robototexnika, ingliz tili fanlaridan dars beruvchi professor-oʻqituvchilar tanlab olinib, Kembrij universitetida malaka oshirishlari maqsad qilingan.

Kurs yakuni boʻyicha Kembrij universitetining malaka sertifikatiga ega boʻlgan professor-oʻqituvchilar 2025-2026-oʻquv yilidan Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universitetida ish faoliyatini boshlaydi.

Tanlovda ishtirok etuvchi professor-oʻqituvchilarga qoʻyiladigan birlamchi talablar:

– fan nomzodi (PhD) yoki fan doktori (DSc) ga ega boʻlishi;
– 5 yil va undan ortiq pedagogik ish stajiga egaligi;
– ingliz tilini B2 darajada bilishi (til bilish sertifikati);
– Scopus, web of science xalqaro ilmiy jurnallari hamda yuqori indeksga ega ilmiy jurnallarda maqolalar chop etganligi;
– oʻz fani yoʻnalishida turli grant va loyihalardagi ishtiroki.


Tanlov 3 bosqichda amalga oshiriladi. Ishtirok etish uchun talab etiladigan hujjat va maʼlumotlarni tanlov.uzedu.uz havola orqali yuborishingiz mumkin.

Tanlovda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida faoliyat yuritayotgan professor-oʻqituvchilarga ustuvorlik beriladi.

Hurmatli professor-oʻqituvchilar, ushbu imkoniyatlar siz uchun, undan foydalaning!

@hilola_umarova
#Xushxabar

Kuni kecha O’zbekiston Respublikasi sport vazirligi tomonidan o’tkazilgan para yengil atletika sport turi kattalar o’rtasida o’tkazilgan “O’zbekiston Chempionati”da yadro irg’itish yo’nalishi bo’yicha Nizomiy nomidagi O’zbekiston milliy pedagogika universiteti Boshlang'ich ta'lim fakulteti talabasi Ubaydullayev Ozod 2-o'rinni egalladi.

Bundan tashqari 11-14-may kunlari Karate WKF bo’yicha kichik o’smirlar va o’smirlar o’rtasida o’tkazilgan “O’zbekiston Kubogi”da kumite yo’nalishida Boshlanğich ta'lim fakulteti Jismoniy madaniyat yo’nalishi talabasi Ochilova Dinora faxrli 2-o’rinni egalladi.

G’oliblarimizni yutug’lari bilan muborakbod etamiz biz siz bilan faxrlanamiz.

🏛 Nizomiy nomidagi O’zbekiston milliy pedagogika universitetining rasmiy matbuot xizmati sahifalarini kuzatishda davom eting!

✈️ Telegram 🌐 Instagram
📹You Tube 💬Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“To‘maris izdoshlari” sport musobaqasining Toshkent shahri bosqichida Oʻzbekiston Milliy pedagogika universiteti talaba qizlari faxrli 3-o’rinni qo’lga kiritishdi.

Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy pedagogika universiteti talaba qizlaridan tashkil etilgan “Jasorat yulduzlari” jamoasi “To‘marisning kuchi bizda!” shiori ostida o‘tkazilgan sport musobaqasining Toshkent shahri bosqichida ishtirok etib faxrli 3-oʻrinni qo‘lga kiritdi.

Mazkur musobaqaning asosiy maqsadi — yosh avlod, ayniqsa talaba-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish, irodali, faol va yetakchi qizlarni tarbiyalashga ko‘maklashishdan iboratdir.

Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalarini qamrab olgan ushbu bosqichda 33 ta jamoa faol ishtirok etdi. Musobaqa jarayonida talaba qizlar jismoniy tayyorgarlik, jamoaviy hamjihatlik va yetakchilik ko‘nikmalarini namoyon etdilar.

G’oliblarimizni yutug’lari bilan muborakbod etamiz biz siz bilan faxrlanamiz.

🏛 Nizomiy nomidagi O’zbekiston milliy pedagogika universitetining rasmiy matbuot xizmati sahifalarini kuzatishda davom eting!

✈️ Telegram 🌐 Instagram
📹You Tube 💬Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Joriy yilning 13-16-may kunlari o‘tkazilgan Para yengil atletika sport turi bo‘yicha kattalar o‘rtasida “O‘zbekiston chempionati”da sportning nayza uloqtirish yo‘nalishida Tarix fakulteti talabasi Dilshod Muzaffarov hamda 200 metrga yugurish bo‘yicha Tarix fakultetining yana bir talabasi Sardor Arziqulov faxrli
1-o‘rinlarni
qo‘lga kiritdilar.

G’oliblarimizni yutug’lari bilan muborakbod etamiz. Biz siz bilan faxrlanamiz!!!

✈️ Telegram 🌐 Instagram
📹You Tube 💬Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ta’lim menejmenti: xalqaro hamkorlik, istiqbol va imkoniyatlar.
 
Globallashgan dunyoda har qanday oliy ta’lim tashkilotining o‘quv va ilmiy salohiyatini, raqobatbardoshligini oshirishda samarali xalqaro hamkorlik aloqalari dolzarb hisoblanadi. Oliy ta’limda xalqaro hamkorlik innovatsiyalarning asosiy drayveri deb etirof etish mumkin. 

🏛 Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, Tarix fakulteti, Ta’lim menejmenti kafedrasi tomonidan “Xalqaro hamkorlik: istiqbol vaimkoniyatlar” mazusidagi xalqaro seminar o‘tkazildi.

Mazkur seminarda universitetning professor-o‘qituvchilari va iqtidorli talabalari hamda K.D.Ushinskiy nomidagi Yaroslavl davlat universiteti, M.Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti va Hindiston Sunsise universiteti professor-o‘qituvchilari oliy ta’lim tizimida transformatsiya jarayonlari, ilg‘or xorijiy tajribalarni milliy ta’lim tizimida tadbiq etish, ko‘rsatilayotgan ta’lim xizmatlari sifatini xalqaro andozalarga moslashtirish hamda ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan xalqaro hamkorlik va integratsiyalashuv jarayonlari to‘g‘risida o‘zaro fikr va tajriba almashishdi.


🏛 Nizomiy nomidagi O’zbekiston milliy pedagogika universitetining rasmiy matbuot xizmati sahifalarini kuzatishda davom eting!

✈️ Telegram 🌐 Instagram
📹You Tube 💬Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
#tashabbus #ulashing

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi.

Tashabbus 3 asosiy yoʻnalishda amalga oshiriladi:

Al-Beruniy xalqaro maktabi – unga yurtimiz boʻylab eng iqtidorli oʻquvchilar saralab olinadi. Ular uchun dunyoning ilgʻor tajribalari asosida yuqori darajada taʼlim beriladi. Darslarni xorijdan jalb qilingan malakali ustozlar olib boradi.

“Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturi – unga Oʻzbekiston boʻylab 3 000 nafar iqtidorli oʻquvchi tanlab olinadi va oliy oʻquv yurtlariga kirish uchun zarur boʻlgan bilim va koʻnikmalar bilan qurollantiriladi. Har yili “Renessans” oromgohida xorijiy ustozlar bilan 3 haftalik intensiv sessiyalar tashkil etiladi. Ushbu ikki yoʻnalishdagi oʻquvchilar Harvard, Yale, Princeton, UPenn, Cornell kabi yetakchi universitetlarga qisqa muddatli kurslarga yuboriladi. Agar ular shu universitetlarga oʻqishga qabul qilinsa, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi oʻqish xarajatlarini moliyalashtiradi.

Prezident iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash hamjamiyati – u mamlakatning eng salohiyatli intellektuallarini bir joyga jamlaydi. Ularga Oʻzbekistondagi islohotlarda bevosita ishtirok etish, oʻz gʻoyalari va tashabbuslarini ilgari surish imkoniyati yaratiladi. Hamjamiyat aʼzolari vazirliklar, idoralar va yirik kompaniyalar bilan bevosita muloqotda boʻladi.

Aziz yoshlar, aziz vatandoshlar, endi siz kuzatuvchi emas, bu tarixiy jarayonning faol ishtirokchisi boʻlishingiz mumkin.

Agar siz tajribali IT yoki xalqaro aloqalar mutaxassisi boʻlsangiz yoki “TOP-100” universitetda tahsil olib, ushbu oliygohlarga kirish borasida bilim va tajribangiz bilan boshqalarga yoʻl koʻrsata olsangiz Biz aynan sizni qidiryapmiz!

Safimizga qoʻshilishni istasangiz oʻzingiz haqingizdagi maʼlumotlarni ilova qilgan holda @uzedu_vazirbot manziliga yuboring, takliflaringizni ham yoʻllashingiz mumkin.

Iqtidorli, gʻoyalarga boy yoshlar, keling, safimizda qoʻshiling!

@hilola_umarova