O’zbekiston milliy pedagogika universiteti | Rasmiy kanali
7.47K subscribers
12.7K photos
1.16K videos
150 files
3.3K links
Download Telegram
🔊Uchta universitetda tajriba tariqasida masofaviy oʼqitish shakli joriy etiladi, ular orasida TDPU ham bor

2020-2021-oʼquv yilidan boshlab Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti va Toshkent davlat pedagogika universitetida tajriba tariqasida bosqichma-bosqich masofaviy oʼqitish shakli joriy etiladi.

Аxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish, Аdliya hamda Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirliklari tomonidan 2020 yil 1 avgustga qadar:

👉 masofaviy oʼqitish shaklini amalga oshirish tartibi belgilanadi,

👉 dasturiy-apparat kompleksi yaratiladi;

👉 tegishli OTMlarning oʼquv jarayoniga masofaviy oʼqitish platformasini joriy etiladi va zarur boʼlgan uskunalar bilan jihozlanadi.

Shuningdek, 2020-yilda matematika, kimyo-biologiya, geologiya kabi yoʼnalishlarda fundamental va amaliy tadqiqotlar faollashtirilib, olimlarga barcha shart-sharoitlarni yaratish choralari koʼriladi. 2020-yil 1-sentyabrga qadar ilm-fanning ishlab chiqarish bilan faol integratsiyalashuvini taʼminlash maqsadida fundamental va innovatsion tadqiqotlar uchun maqsadli grant mablagʼlarini ajratish mexanizmi tubdan qayta koʼrib chiqiladi.

🌐 Facebook | Twitter | Instagram
🔊2020-yilning 2-mart kuni universitet anjumanlar zalida “Eng yaxshi guruh murabbiysi” ko‘rik tanlovi bo‘lib o‘tdi. Tanlovda Texnologik ta’lim fakultetidan Bagbekova Laylo Kadirbergenovna faol ishtirok etib “Eng sadoqatli, irodali va matonatli murabbiy" nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib deb topildi.

Laylo Kadirbergenovnaga bundan keyingi faoliyatlarida ham ulkan zafarlar tilab qolamiz.

🌐 Facebook | Twitter | Instagram
🔊Yangi o‘quv yilida kontrakt to‘lovlarini oyma-oy bo‘lib to‘lash imkoni yaratiladi

Yangi o‘quv yilida kontrakt to‘lovlarini oyma-oy bo‘lib to‘lash imkoni yaratiladi. Prezident farmoni bilan «Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili» davlat dasturi tasdiqlandi.

Davlat dasturiga binoan, 2020-2021-o‘quv yilidan boshlab respublika oliy ta’lim muassasalari talabalariga o‘quv yili davomida teng ulushlarda kamida to‘rt marotaba o‘qish uchun to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati taqdim etiladi.

Shuningdek, mas’ul vazirlik va idoralar tomonidan mahalliy hokimliklar bilan birgalikda kasbga o‘qish istagini bildirgan yolg‘iz va ko‘p bolali ayollar, ishsizlar, yoshlar uchun kundalik hayotda ehtiyoj yuqori bo‘lgan sohalar, xususan tikuvchilik, pazandalik, sartaroshlik va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha kasbga o‘rgatish kurslari tashkil etiladi.

🌐 Facebook | Twitter | Instagram
#Расмий

Тўлов-контракт маблағларини тўлаш муддати жорий йилнинг 20 мартига қадар узайтирилди

Ўзбекистон Республикаси таълим муассасаларига ўқишга қабул қилиш бўйича Давлат комиссиясининг 2020 йил 28 февралдаги 13-сон баёни билан 2019/2020 ўқув йилининг биринчи ярим йили учун тўлов-шартнома шартларини бажариш муддати узайтирилди.

Унга кўра, 2019/2020 ўқув йилида:

👉 ОТМлар бакалавриат таълим йўналишлари (кундузги, сиртқи, кечки, махсус сиртқи таълим шакллари)га ҳамда магистратура мутахассисликларига тўлов-контракт асосида талабаликка тавсия этилган (шу жумладан, табақалаштирилган тўлов-контракт асосида ўқиш истагини билдирган) абитуриентлар;

👉 ўқиши кўчирилган ва қайта тикланган талабалар;

👉 хорижий фуқаролар ўқиши учун тўлов-контракт маблағларини биринчи ярмини ўтказиш ва уларни талабалар сафига қабул қилишни расмийлаштиришнинг сўнгги муддати 2020 йил 20 март (шу куни ҳам киради) этиб белгиланди.

Олий ва ўрта махсус таълим вазирлигининг расмий телеграм каналига уланиш👇👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEX5-AudocFp7PIMcQ
📢Universitet va maktablar hamkorligi

#Maxsuspedagogika_fakulteti

Maktabni tugatayotgan o'quvchi oldida "qaysi kasbni egallasam ekan?", "qaysi oliygohga hujjat topshirsam ekan?" degan savolllar turadi. Shu mazmunda mart oyi boshlanishi bilan maktab bitiruvchilar o'zlari qiziqqan soha bo'yicha Universitetlarga borib, turli soha o'qituvchi va talabalari bilan tanishib, kelajak kasbini belgilashga harakat qilishadi.

Shu asnoda Nizomiy nomidagi TDPU Maxsus pedagogika fakultetida ham 17- va boshqa umumiy o'rta ta'lim maktablarida bo'lishdi. Maktab va universitetning bu taqlid hamkorligi kelajak avlodning maqbul kasb tanlashida muhimdir.

Universitetimiz talabalari o'qish jarayonlari bilan birgalikda amaliy ish faoliyati ko'nikmalarini ham o'rganish bilan bandlar.

TDPU ijtimoiy tarmoq sahifalari:
🌐 Facebook | Twitter | Instagram
🔊Shu yilning yanvar oyida Belorus davlati poytaxti Minsk shahrida bo'lib o'tgan xalqaro «Звёздному походу» xalqaro tadbirlarida universitetimiz talabalari ham qatnashishgan edi. Ushbu tadbirlar Ikkinchi jahon urushi g'alabalariga bag'ishlangan bo'lib har yili davomli tartibda o'tkazib kelinadi.

https://www.youtube.com/watch?v=4dr0QwW9Xi0

TDPU ijtimoiy tarmoq sahifalari:
🌐 Facebook | Twitter | Instagram
🔊Har bir qiz bo'lajak ona, bo'lajak uy bekasi...

Turmushning kerakli sohalarda qizlarning mahorati 4-mart kunida tashkil etilgan tadbirda ham sinovdan o'tkazildi.

Qatnashchilar fakultetimizning 303 va 306-guruh talaba qizlari. Ular 4 ta
1. Tanishtiruv,
2. Kitob bilimdoni,
3. Bahoriy salat tayyorlash,
4. Erkin mavzu
shartlari bo'yicha o'z mahoratlarini namoyish etishdi. Kuzatuvchi va hakam sifatida logopediya kafedrasi o'qituvchi professorlari ishtirok etishdi. Hisob durrang bilan yakunlandi.

Maxsuspedagogika fakulteti jamoasiga o'ziga xos tadbirlar uchun minnatdorchilik bildirib qolamiz.
⭕️#education_quotes

TDPU
ning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalariga a'zo bo'ling:

🌐 Facebook | Twitter | Instagram
🔊Ijodkorlar tanlovi


Texnologik ta’lim fakultetida talaba-yoshlarning qobiliyati, iste’dodini rivojlantirish, bilim olishga va shaxs sifatida shakllanishga to‘liq safarbar etish, ularni hayotga har tomonlama tayyorlash, talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning amaliy-ijodiy qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash hamda eng yaxshi to‘garak rahbarlarini rag‘batlantirish maqsadida, to‘garak rahbarlari o'rtasida “Eng yaxshi to‘garak rahbari” ko‘rik – tanlovini fakultet bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tanlovda 400 dan ortiq ijodiy ishlar namoyish etildi.

TDPU ijtimoiy tarmoq sahifalari:
🌐 Facebook | Twitter | Instagram
🔊"Talabalar turar joyi malikasi" ko'rik-tanlovi bo'lib o'tdi

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetiga qarashli 7-sonli talabalar turar joyida 8 mart Xalqaro xotin – qizlar kuniga bag‘ishlab “Talabalar turar joyi malikasi” ko‘rik-tanlovi o‘kazildi. Tanlovda olti nafar aql-zakovatli, odob-axloqli va zukko qizlar ishtirok etishdi.

Ko‘rik-tanlovda “Texnologik ta'lim” fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari B.Yo'ldoshev va professor-o‘qituvchilar hakamlik qilishdi.

Ko‘rik tanlov natijalariga ko‘ra;
1-o‘rin Texnologik ta'lim fakul'teti talabasi –Yo'ldoshova Odina
2-o‘rin Rus tili va adabiyoti fakul'teti talabasi – Madriyeva Faridaxon
3-o‘rin Texnologik ta'lim fakul'teti talabasi Ro‘ziboyeva Oygulga nasib qildi ya'na uch nafar ishtirokchilar nomenasiyalar bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi.

Ishtirokchilarning barchasi tarbiyachi-pedagog M.Xasanova tomonidan tayyorlangan badiiy kitob, faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

TDPU ijtimoiy tarmoq sahifalari:
🌐 Facebook | Twitter | Instagram
Bugun Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti anjumanlar zalida universitetimiz rektori Alisher Yusubjanovich "StartUp" tanlovining universitet bosqichida ishtirok etuvchi iqtidorli talaba-yoshlar va tayanch doktorantlar bilan uchrashuv bo'lib o'tmoqda.
🔊Talabalar bilan Startap-loyihalarga bag'ishlangan uchrashuv

Bugun, 5-mart kuni universitetimiz anjumanlar xonasida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Bosh prokuratura departamenti vakillari ishtirokida “START UP” loyihalarini yaratishga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbir avvalida uchrashuv ishtirokchilari "StartUp" tanlovining universitet bosqichida ishtirok etuvchi iqtidorli talaba-yoshlar va tayanch doktorantlarning taklif etayotgan loyihalari bilan tanishdilar.

Uchrashuvda startap-loyihalar nima ekanligi, ularni yaratish, tanlovda qatnashish shartlari haqida ma'lumotlar berildi. Universitet talabalari orasidan o'z startap-loyihalariga ega bo'lgan bir necha nafar yoshlarning ishlari o'rganildi. Yosh startaper talabalarning o'z loyihalarini yaxshi darajada yoritib berishdi.
Rektor tomonidan talabalarga “Korreksion psixologiya markazi”, “Talabalar klinikasi”, “Bolalar uchun animatsion muzey” kabi START UP g‘oyalarini yaratish kabi bir qator takliflar berildi.

Tadbir so‘ngida Bosh prokuratura huzuridagi departamentning mutaxassisi, Toshkent davlat pedagogika universitetiga START UP loyihalarni ishlab chiqish bo‘yicha biriktirilgan mas’ul xodim O.Mamatmurodov ishtirokchilarga tanishtirildi. Biznes g‘oya va startaplarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun o‘zaro hamkorlikda faoliyat olib borishga kelishildi.

Startap tanlovida ishtirok etish niyatidagi talabalarimizga ideal g'oyalarining muvaffaqiyatli amalga oshishini tilab qolamiz.

🔴-startaper do'stlarimizga omad
🔵-TDPU yanada rivoj topsin

TDPU ijtimoiy tarmoq sahifalari:
🌐 Facebook | Twitter | Instagram