O’zbekiston milliy pedagogika universiteti | Rasmiy kanali
7.47K subscribers
12.7K photos
1.16K videos
150 files
3.3K links
Download Telegram
#Elchi_tashrifi

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetiga Qozog‘istonning O'zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Beybut Bakirovich Atamqulov tashrif buyurdi. Elchi janoblarini universitet rektori Abdug'affor Qirg‘izboyev mamnuniyat bilan kutib oldilar.

Rektor va elchi hozirgi kundagi ikki davlat, ikki xalq o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar, taьlim bu munosabatlarni yanada mustahkam bo‘lishida o‘z o‘rniga ega ekanligi to‘g‘risida fikr almashdilar.

Hozirgi kunda O‘zbekistonda 367 ta qozoq maktablari faoliyat yuritib, bu maktablarga mutaxassislar tayyorlashda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining o‘rni beqiyos ekanligi, Qozog‘iston hududida ham o‘zbeklar sonining ortib borishi, o‘zbek maktablariga kadrlar tayyorlashda ushbu universitet yetakchi bo‘lishi elchi tomonidan alohida ta’kidlab o‘tildi. Qozog‘iston elchisi universitet qoshida tashkil qilingan Abay xonasi bilan ham tanishdi va o‘zlarining dil so‘zlarini yozib qoldirdilar.

🌐 @TDPU_UZ
Ijodiy jadval.pdf
1.2 MB
#ijodiy_imtihon

⭕️E'LON
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetiga kasbiy (ijodiy) imtihoni mavjud yo'nalishlarga hujjat topshirgan abituriyentlar diqqatiga!

⭕️Kasbiy (ijodiy) imtihonlar joriy yilning 26-Iyul kunidan boshlanadi.

Kasbiy (ijodiy) imtihoni mavjud yo'nalishlarga umumiy 1103 nafar abituriyent hujjat topshirgan bo'lib, shulardan:

Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi yo'nalishida - 144 nafar;

Musiqa ta'limi yo'nalishida - 132 nafar;

Chaqiriqqacha harbiy ta'lim yo'nalishida - 328 nafar;

Maxsus pedagogika: surdotarjimonlik faoliyati - 35 nafar;

Jismoniy madaniyat yo'nalishida - 464 nafar abituriyentlardan imtihon olinadi.

⭕️
Ijodiy imtihon guruhlari va jadvali

📍Ijodiy imtihonlar manzillari

@TDPU_UZB
🟩🟩🟩🟩🟩

🇺🇿 NIZOMIY NOMIDAGI TOSHENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETIDA KASBIY (IJODIY) IMTIHON JARAYONLARI BOSHLANDI.

🌐
@TDPU_UZ
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ijodiy_imtihon

🇺🇿#1_kun

NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETDA KASBIY (IJODIY) IMTIHONLAR BUGUNDAN START OLDI.

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti ayni daqiqalarda 2023/2024-o‘quv yili uchun alohida iqtidor talab qiluvchi ta’lim yo‘nalishlariga kasbiy (ijodiy) imtihonlarning birinchi kuni o‘z ishini boshladi.

Erta tongdan ko‘zlarida umid va ishonch bilan oliygohga tashrif buyurgan abituriyentlarni TDPU qabul komissiyasi aʼzolari hamda universitet rahbariyati iliq kutib oldilar. Ularga imtihon jarayonlari bilan bog‘liq maʼlumotlar va kerakli tavsiyalar berildi.

Bugun quyidagi yo‘nalishlarda jami 387 nafar talabgor kasbiy (ijodiy) imtihonlarda ishtirok etmoqda:

🎨Tasviriy sanʼat va muhandislik grafikasi (kunduzgi)
🎼Musiqa taʼlimi (kunduzgi)
🗣️Maxsus pedagogika: surdotarjimonlik faoliyati (kunduzgi)
⚽️Jismoniy madaniyat (kunduzgi)

Barcha abituriyentlarga omad yor bo’lsin!

🌐 @TDPU_UZ
#ijodiy_imtihon

Аyni paytda Jismoniy madaniyat taʼlim yoʼnalishiga ijodiy imtihonlar boʼlib oʼtmoqda...

🌐
@TDPU_UZ
#ijodiy_imtihon_qabul_2023

NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETIDA OTA-ONALAR UCHUN YARATILGAN QULAYLIKLAR

Toshkent davlat pedagogika universitetida ota-onalarning farzandlarining imtihonda qatnashish jarayonlarini bevosita kuzatib borishlari va dam olib o‘tirishlari uchun maxsus xonalar tashkil qilingan. Ayni daqiqalarda bo‘lib o’tayotgan kasbiy (ijodiy) imtihonlar keng jamoatchilik va ota-onalar tomonidan doimiy kuzatib borilmoqda.

🌐 @TDPU_UZ