O’zbekiston milliy pedagogika universiteti | Rasmiy kanali
7.46K subscribers
12.5K photos
1.16K videos
150 files
3.27K links
Download Telegram
🏛 Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida 9- dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuniga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida oliy ta’lim muassasalari tomonidan o‘z faoliyatlari ochiqligini ta’minlash, korrupsion xatarlarni oldini olish va bartaraf etish, korrupsiyaga qarshi kurashishning zamonaviy tizimlarini joriy etish kabi masalalarga bag‘ishlangan “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi.

⚡️Tadbirda universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, talabalar, ularning ota-onalari, ommaviy axborot vositalari hodimlari ishtirok etdi. Shu bilan birga, talaba-yoshlar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashni targ‘ib qiluvchi mavzularda insholar ko‘rik-tanlovi o'tkazildi. Tanlov g'oliblari pul va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.

🎭 Tadbir davomida universitetning Halollik vaksinasi truppasi tomonidan tayyorlangan "Nafs balosi" nomli spektaklining premyerasi bo'ldi.

🌐 @TDPU_UZ
#Xalqaro_hamkorlik_tashrif

🏛Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori Abdug‘affor Karimjonovich Qirg‘izboyev Xitoy Xalq Respublikasidagi xalqaro konferensiyada o’z ma’ruzalari bilan ishtirok etdi.

☑️ Kunning ikkinchi qismida
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori Abdug‘affor Karimjonovich Qirg‘izboyev Shensi pedagogika universiteti ichida faoliyat olib borayotgan Markaziy Osiyo tadjikov markazi direktori professor Li Si va uning xodimlari bilan uchrashdi.

☑️ Rasmiy bo’lib o’tgan uchrashuvda markaz direktori Li Si honim bilan hamkorlik masalalari kelishib olindi.

🌐
@TDPU_UZ
📌TTJ da yashovchi qizlar xolidan xabar olindi

2023-yil 27-noyabr kuni TDPU universitet va Maktabgacha ta'lim fakulteti xotin-qizlar maslahat kengashi raislari 5-sonli talabalar turar joyida yashovchi talaba-qizlar bilan turli mavzularda yakka tartibda suhbatlar tashkil etildi.

🎤 Talaba-qizlarning yashash sharoitlari, bo'sh vaqtlarida qanday mashg'ulotlar bilan band ekanliklari, umumfoydalanish joylarining saranjomligi va boshqa masalalar o’rganildi.

Universitet ichki odob-axloq qoidalariga rioya qilmay kechikib kelayotgan talabalar bilan tushuntirish ishlari olib borildi.

🌐 @TDPU_UZ
🏛 Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining Boshlang‘ich ta'lim fakultetida targ‘ibot tadbiri o'tkazildi.

Boshlang‘ich ta‘lim fakulteti Yoshlar masalalari, ma’naviy-marifiy ishlar bo’yicha dekan o’rinbosari A.T.Ibragimov tomonidan "Yoshlarning ma‘naviy-axloqiy holatiga salbiy ta‘sir ko‘rsatuvchi huquqbuzarlik, axloqsizlik kabi muammolarni bartaraf etish yo‘llari" mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi hamda talabalarning o’quv  mashg’ulotlarida faollik darajasi va davomati nazorat qilindi.

🔹Tadbirda Yashnobod tumani IIO FMB 4-IIB XPB yoshlar masalasi bo’yicha katta inspektori Mayor Tilapova Bonu Giyasiddinovna hamda Mayor Gulyamova Go'zal Rashidovna, Yashnobod tumani Katta Qo’yliq mahallasi profilaktika inspektori Mirzaxojayev Alisher Ikramovichlar so’zga chiqib hozirgi kunda yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy hayotiga salbiy ta’sir ko’rsatayotgan ya’ni “TREND”lashayotgan omillar bilan kurashish yo’llari haqida tushunchalar berildi.

🌐 @TDPU_UZ