Toshkent davlat pedagogika universiteti | Rasmiy kanali
6.12K subscribers
10.4K photos
1.03K videos
142 files
2.92K links
Download Telegram
QS Osiyo Universitetlar reytingida TDPU TOP 1000 talikdagi Osiyoning eng kuchli universitetlari qatoridan joy oldi.

2023-yil uchun QS Osiyo Universitetlar reytingida ilk bor respublikamizning 8 ta oliy ta’lim muassasasi TOP 1000 talikdagi Osiyoning eng kuchli universitetlari qatoridan joy oldi.

Xalqaro reyting tuzuvchi tashkilot Quacquarelli Symondsning bu yilgi reytingi bugungi kunga qadar eng kattasi hisoblanib, o‘z ichiga 760 ta eng kuchli Osiyo universitetlarini qamrab olgan.

QS Asia University Rankings reytingida quyidagi 11 ta koʻrsatkich:

ilmiy (akademik)
obro‘ (PO'larning ovozi) -30%
ish beruvchining bahosi -20%
PO'lar/talabalar nisbati -10%
xalqaro tadqiqot tarmog‘i (Scopusdagi maqolalar soni) -10%
bir maqolaga berilgan iqtiboslar -10%
har bir PO' hissasiga to‘g‘ri keladigan maqolalar soni -5%
PhD darajasiga ega xodimlar soni -5%
xalqaro PO'larning ulushi - 2,5%
almashinuv dasturlari doirasida xorijdan kelgan talabalarning ulushi - 2,5%
va xorijga borgan talabalarining ulushi - 2,5%.

🌐 @TDPU_UZ
Университетимизнинг қадрли профессор-ўқитувчилари ва талабалари!

Барчангизни Низомий номидаги Тошкент давлат педагогика университети QS Осиё Университетлар рейтингида ТОП 1000 таликдаги Осиёдаги энг кучли университетлар рўйхатига киритилганлиги билан муборакбод этамиз.

Ушбу ютуқ, аввало, университетимиз жамоасининг улкан меҳнатлари натижасидир. Шу билан бирга бу ютуқ келгусида биз учун катта масъулият юклайди. Университетимиз учун юқори натижалар доим бардавом бўлаверсин!

Низомий номидаги Тошкент давлат педагогика университети ректори Абдуғаффор Қирғизбоев.

🌐 @TDPU_UZ
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish markazi tomonidan oliy ta’lim muassasalari uchun yaratilgan hamda vazirlikning tegishli buyruqlari asosida markazlashgan mablag‘lar hisobidan nashr etilishi belgilangan o‘quv adabiyotlari o‘rnatilgan tartibda nashr etib kelinmoqda.

Shu munosabat bilan, 2022/2023-o‘quv yili uchun markazlashgan mablag‘lar hisobidan nashr etilgan o‘quv adabiyotlarini tasdiqlangan taqsimot asosida Toshkent davlat pedagogika universiteti Axbrot resurs markaziga jami 1330 dona o‘quv adabiyotlari taqdim etildi. Ushbu o‘quv adabiyotlari bilan Axborot resurs markazining asosiy binosida tanishishingiz mumkin.


@TDPU_UZ
🌏 Сиз энг маҳоратли педагог бўлишни хоҳлайсизми?
🌏 Қобилиятингизни ривожлантиришни-чи?

📚 Унда янги "Олтин фонд" гуруҳлари Сиз учун!

Қадрли талаба! ТДПУ томонидан иқтидорли талабаларга "Олтин фонд" гуруҳларига кириш учун танлов эълон қилинади.

Агар Сиз ТДПУ Математика ва информатика, Амалий психология, Бошланғич таълим ва Биология йўналиши 3-босқичида таҳсил олаётган бўлсангиз ва, албатта, ўз билимингизга ишонсангиз ҳозироқ мотивацион хат-ариза топширинг.

"Олтин фонд" гуруҳида Сиз махсус дастур асосида ўқитиласиз. Келгусидаги ойлик маошингизга устама олиш имконини берувчи халқаро сертификатларни қўлга киритасиз. Республика мактабларида кафолатланган иш жойи ва муносиб иш ҳақига эга бўласиз!

Энг муҳими, махсус стипендияларга даъвогарлик қилишингиз ҳам мумкин.


Мотивацион хат-аризалар жорий йилнинг 1 декабрига қадар, онлайн шаклда tdpu.uz/oltinfond манзилига юборилиши керак. Хат-ариза ректор номига ёзилиб, унда "Олтин фонд" гуруҳига кириш мақсади ва келгусидаги режалар 2 бетда (50 кб) акс эттирилиши керак.
Forwarded from Usmon Sharifxodjayev
Тошкент давлат педагогика университетида таълим жараёнини трансформация қилиш ишлари бошланган. Жорий йилда бу бўйича алоҳида Президент қарори ҳам қабул қилинди.

Албатта бошланган кўп ишларнинг натижаси дарҳол кўринмаслиги, ўзгаришлар секин-аста бўлиши мумкин.

Лекин мактаб таълимини ислоҳ қилиш учун биринчи навбатда педагогика йўналишидаги олий таълимга эътиборни қаратиш вақти келганини барча тушуниб турибди.

Университетда 4 та йўналиш бўйича “Олтин фонд” гуруҳлари ташкил этилмоқда.

Мақсад – иқтидорларни манзилли тайёрлаш. Бунда, талабалар белгиланган ўқув дастури билан бир қаторда индивидуал ривожланиш дастури бўйича ҳам тайёрланади. Талабадан изланиш ва ўқиш талаб этилади. Университет эса буларни барчасини қўллайди.

https://t.me/usmonsharifxodjayev
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
2022 йил 10-11 ноябрь кунлари Самарқандда Туркий давлатлар ташкилотининг биринчи саммити ўтказилади.

🌐@TDPU_UZ
Forwarded from Manaviyat.edu.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi_loyiha

⚡️Talaba va o‘quvchilarning ma’naviy yuksalishiga ko‘maklashish markazi Media jamoasidan yangi loyiha

💠 Endi biz oliy ta’lim muassasalariga tashrif buyurib, talabalarga oliygohdagi ta’lim sifati, o‘qituvchilarning bilim berish saviyasi, darslik va kutubxonadagi kitoblar holati va mavjud muammolar yuzasidan savollar bilan murojaat qilamiz, Bundan tashqari talabalar o‘zi ta’lim olayotgan oliygoh rektori va o‘zlariga biriktirilgan tyutorlarini tanishi, ular bilan so‘nggi marotaba qachon uchrashganligi haqida ham so‘rab ko‘ramiz. Xo‘sh, ko‘raylikchi bu masalalarda talabalarning fikrlari qanday ekan?

📃 Ijtimoiy so‘rovnomani eng birinchi bo‘lib O‘zbekiston Milliy univesiteti talabalar o‘rtasida o‘tkazdik. Talabalarning javoblarini yuqoridagi videolavha orqali ko‘rishingiz mumkin.

🎞 Videoni YouTube orqali ko'rish

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📌Xabaringiz bor, hukumatimiz tomonidan ta’lim sohasini isloh qilishga juda katta e’tibor berilmoqda.

Joriy yilning iyun oyida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risidagi 290-sonli Prezident qarorining o‘zi ham Universitetimizga Hukumat darajasida alohida e’tibor berilayotganini anglatadi.

Mazkur qarorda Universitet faoliyatini takomillashtirish uchun xalqaro tajribaga ega transformasiya jarayonlariga mas’ul bo‘lgan prorektorlik lavozimi kiritilgan. Shuningdek universitetni transformasiya qilish va kompleks rivojlantirish dasturi ishlab chiqilgan.

🔴 Batafsil ushbu videolavha orqali tanishib olishingiz mumkin

🏛 Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti matbuot xizmati sahifalarini kuzatib boring.

✉️ Telegram | 📱 Instagram | 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Туркий давлатлар ташкилоти Давлат раҳбарлари кенгаши йиғилишидаги нутқи

Address by President of the Republic of Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev at the meeting of the Council of Heads of State of the Organization of Turkic States

Выступление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева на заседании Совета глав государств Организации тюркских государств

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
⭕️ #jaholatga_qarshi_marifat

TDPUda "Jaholatga qarshi ma’rifat" mavzusidagi tadbir o'tkazildi


Bugun Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida "Jaholatga qarshi ma’rifat" mavzusida tadbir o'tkazildi. Tadbirda universitetning birinchi prorektori Feruza Madraximova, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo'yicha qo'mita mas'ul hodimi Jahongir Meliqo'ziyev va talaba yoshlar ishtirok etdi.

Ushbu tadbir navbati bilan barcha fakultetlarda tashkil etilmoqda. Bugun Tabiiy, Xorijiy va Boshlang'ich ta'lim fakulteti talabalari ishtirok etishdi. Ularga globallashuv davrida turli mafkuraviy tahdidlar xususan, din niqobidagi tahdidlarni oldini olish va ularga qarshi kurashish masalalari bo'yicha ma'lumotlar berildi.

Ushbu jarayonda fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish har qachongidan ham muhimligi aytib o'tildi.
 
Uchrashuv so'ngida talabalar uchun mavzu yuzasidan tayyorlangan "Mehr" va "Ogoh bo'ling" mavzusidagi videofilmlar namoyish etildi.

🌐@TDPU_UZ