Toshkent davlat pedagogika universiteti | Rasmiy kanali
7.44K subscribers
11.3K photos
1.07K videos
147 files
3.09K links
Download Telegram
Toshkent davlat pedagogika universiteti TTJlarining ma’naviy-ma’rifiy, ijtimoiy holatlari o‘rganildi

Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi Talabalarning ma'naviy yuksalishiga ko'maklashish markazi mas'ul xodimlari ishtirokida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetiga qarashli talabalar turar joylari, u yerlarda istiqomat qilayotgan talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar o'rganildi.

Talabalar turar joylaridagi ma'naviy-ma'rifiy ishlar yaxshi yo'lga qo'yilganligi holati aniqlandi.
Oshxonalar va xonalarda sharoitlar yaxshi, isitish tizimlari ishga tushirilgan.

Talabalar turar joylarida ariza va shikoyatlar daftarlari tashkil etilgan bo'lib, ushbu daftarga talabalar tomonidan mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha arizalar yoziladi va mas'ullar tomonidan arizalar o'rganilib, kamchiliklar bartaraf etib boriladi.

🌐@TDPU_UZ
#VAZIR_KUBOGI

Olg'a TDPU yoshlari!

Oliy ta'lim muassasalari talabalari o'rtasida voleybol sport turi bo'yicha ayollar o'rtasida o'tkazilgan "Vazir kubogi" musobaqasining Toshkent shahar bosqichida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti jamoasi 1-o'rinni egalladi.

G'oliblarni tabriklaymiz!

🌐@TDPU_UZ
Forwarded from Edu.uz
#XUSHXABAR

⚡️Ilk bor respublikamizning 8 ta OTM Osiyodagi TOP 1000 talikdan joy oldi

🔰
Nufuzli xalqaro QS reyting tashkiloti Osiyo Universitetlarining 2023-yil uchun reyting (QS Asia University Rankings 2023) natijalarini e’lon qildi.

🏛 Unga ko‘ra, ilk bor respublikamizning 8 ta oliy ta’lim muassasasi TOP 1000 talikdagi Osiyoning eng kuchli universitetlari ro‘yxatiga kiritildi.

📌 QS ning bu yilgi reytingi bugungi kunga qadar eng kattasi hisoblanib, o‘z ichiga 760 ta eng kuchli Osiyo universitetlarini qamrab olgan.

✔️ Shuningdek, reytingni shakllantirishda asosiy koʻrsatkichlar sifatida akademik va ish beruvchining obroʻsi, PhD darajasiga ega boʻlgan xodimlar soni hamda xalqaro talabalar ulushi kabi me’zonlar birinchi marotaba kiritildi.

➡️ Batafsil ushbu havolada

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
QS Osiyo Universitetlar reytingida TDPU TOP 1000 talikdagi Osiyoning eng kuchli universitetlari qatoridan joy oldi.

2023-yil uchun QS Osiyo Universitetlar reytingida ilk bor respublikamizning 8 ta oliy ta’lim muassasasi TOP 1000 talikdagi Osiyoning eng kuchli universitetlari qatoridan joy oldi.

Xalqaro reyting tuzuvchi tashkilot Quacquarelli Symondsning bu yilgi reytingi bugungi kunga qadar eng kattasi hisoblanib, o‘z ichiga 760 ta eng kuchli Osiyo universitetlarini qamrab olgan.

QS Asia University Rankings reytingida quyidagi 11 ta koʻrsatkich:

ilmiy (akademik)
obro‘ (PO'larning ovozi) -30%
ish beruvchining bahosi -20%
PO'lar/talabalar nisbati -10%
xalqaro tadqiqot tarmog‘i (Scopusdagi maqolalar soni) -10%
bir maqolaga berilgan iqtiboslar -10%
har bir PO' hissasiga to‘g‘ri keladigan maqolalar soni -5%
PhD darajasiga ega xodimlar soni -5%
xalqaro PO'larning ulushi - 2,5%
almashinuv dasturlari doirasida xorijdan kelgan talabalarning ulushi - 2,5%
va xorijga borgan talabalarining ulushi - 2,5%.

🌐 @TDPU_UZ
Университетимизнинг қадрли профессор-ўқитувчилари ва талабалари!

Барчангизни Низомий номидаги Тошкент давлат педагогика университети QS Осиё Университетлар рейтингида ТОП 1000 таликдаги Осиёдаги энг кучли университетлар рўйхатига киритилганлиги билан муборакбод этамиз.

Ушбу ютуқ, аввало, университетимиз жамоасининг улкан меҳнатлари натижасидир. Шу билан бирга бу ютуқ келгусида биз учун катта масъулият юклайди. Университетимиз учун юқори натижалар доим бардавом бўлаверсин!

Низомий номидаги Тошкент давлат педагогика университети ректори Абдуғаффор Қирғизбоев.

🌐 @TDPU_UZ
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish markazi tomonidan oliy ta’lim muassasalari uchun yaratilgan hamda vazirlikning tegishli buyruqlari asosida markazlashgan mablag‘lar hisobidan nashr etilishi belgilangan o‘quv adabiyotlari o‘rnatilgan tartibda nashr etib kelinmoqda.

Shu munosabat bilan, 2022/2023-o‘quv yili uchun markazlashgan mablag‘lar hisobidan nashr etilgan o‘quv adabiyotlarini tasdiqlangan taqsimot asosida Toshkent davlat pedagogika universiteti Axbrot resurs markaziga jami 1330 dona o‘quv adabiyotlari taqdim etildi. Ushbu o‘quv adabiyotlari bilan Axborot resurs markazining asosiy binosida tanishishingiz mumkin.


@TDPU_UZ
🌏 Сиз энг маҳоратли педагог бўлишни хоҳлайсизми?
🌏 Қобилиятингизни ривожлантиришни-чи?

📚 Унда янги "Олтин фонд" гуруҳлари Сиз учун!

Қадрли талаба! ТДПУ томонидан иқтидорли талабаларга "Олтин фонд" гуруҳларига кириш учун танлов эълон қилинади.

Агар Сиз ТДПУ Математика ва информатика, Амалий психология, Бошланғич таълим ва Биология йўналиши 3-босқичида таҳсил олаётган бўлсангиз ва, албатта, ўз билимингизга ишонсангиз ҳозироқ мотивацион хат-ариза топширинг.

"Олтин фонд" гуруҳида Сиз махсус дастур асосида ўқитиласиз. Келгусидаги ойлик маошингизга устама олиш имконини берувчи халқаро сертификатларни қўлга киритасиз. Республика мактабларида кафолатланган иш жойи ва муносиб иш ҳақига эга бўласиз!

Энг муҳими, махсус стипендияларга даъвогарлик қилишингиз ҳам мумкин.


Мотивацион хат-аризалар жорий йилнинг 1 декабрига қадар, онлайн шаклда tdpu.uz/oltinfond манзилига юборилиши керак. Хат-ариза ректор номига ёзилиб, унда "Олтин фонд" гуруҳига кириш мақсади ва келгусидаги режалар 2 бетда (50 кб) акс эттирилиши керак.