Talaba
12.1K subscribers
122 photos
37 videos
21 files
214 links
Talabalarga oid rasmiy xabarlar kanali.

Aloqa(reklama) : @frontendAdmin
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bilimli abituriyentlar uchun ham zo‘r yangilik!

Endilikda muayyan bir yo‘nalishga ajratilgan davlat granti doirasida yuqori ball to‘plagan abituriyent, tanlagan oliy ta’lim muassasasidan qat’i nazar, davlat grantiga tavsiya etiladi. Ya’ni, yuqori ball olgan yoshlar o‘qishga kirmay qolmaydi.

Avvallari ayrim abituriyentlar yuqori ball to‘plasa-da, topshirgan oliygohining kvotasi soniga qarab, o‘qishga kirolmay qolar edi. Masalan, qaysidir OTMda bitta yo‘nalishda 90 ball olgan abituriyent grantga o‘qishga kirar, boshqa OTMda esa xuddi shu yo‘nalishda 160 ball olgan abituriyent o‘qishdan yiqilar edi.

Endi davlat grantlari iqtidorlilarga, yuqori ball olganlarga yo‘naltiriladi.


Manba: Xushnudbek

@talaba
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Matematika hamda rus tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat natijalari e’lon qilindi

📝 2024-yil 28-aprel kuni o‘tkazilgan matematika hamda rus tili va adabiyot fanlari bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi.

📱 Talabgorlar o‘z natijalarini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limi orqali bilishlari va sertifikatni elektron tarzda yuklab olishlari mumkin.

Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi:

🔹 70 balldan yuqori ball — A+ daraja;
🔹 65 - 69,9 ball — A daraja;
🔹 60 - 64,9 ball — B+ daraja;
🔹 55 - 59,9 ball — B daraja;
🔹 50 - 54,9 ball — C+ daraja;
🔹 46 - 49,9 ball — C daraja.

Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida quyidagi tartibda ball beriladi:

🔸 A+, A darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan maksimal ball;
🔸B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan proporsional ball;
🔸 A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli majburiy fandan maksimal ball.

@talaba
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️ Bugun, 25 may — telegramda «sinfdoshlar», «oqibat yo‘qolmasin», «uzoqlashib ketmaylik» degan guruhlar ochiladigan kun

Shu o‘rinda sinfdoshlar haqida ba’zi ma’lumotlar:
• Bu so‘zining ma’nosi o‘zbekchadan tarjima qilganda «oqibatsiz», «mehrsiz» degan ma’noni bildiradi; 
• Sinfdoshlarga ishlatgan bilan foydasi bo‘lmaydigan so‘zlar: «yig‘ilaylik», «qachon ko‘rishamiz»;
• Sinfdoshlarni ushlab turuvchi yagona narsa bu — Telegramdagi guruh hisoblanadi. Lekin guruhda ham 4 kishi yozadi. Qolganlar shunchaki o‘qib, yozmaydi.

Oqibatli bo‘linglar, sinfdoshlar 😅

@talaba
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Talabalarga ta’lim granti bir o‘quv yili uchun ajratiladi

Prezidentning 2024-yil 24-mayda “Oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish va davlat buyurtmasini joylashtirish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.

Unga ko‘ra, 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab:

🟠kvotalarlarni davlat OTMlari kesimida taqsimlash amaliyoti bekor qilinib, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kunduzgi ta’lim shaklida tasdiqlash tartibi joriy etiladi (bundan ... mustasno);

🟢kvotalar taqsimotida muhandislik, tibbiyot, aniq va tabiiy fanlar bilim sohalariga ustuvorlik beriladi;

🟠davlat OTMlari uchun o‘rnatilgan tartib va shartlar bo‘yicha talabalar qabulini amalga oshiruvchi oliy ta’lim tashkilotlariga davlat buyurtmasining taqsimotida ishtirok etishga ruxsat etiladi;

🟢davlat granti kvotalarining oliy ta’lim tashkilotlari kesimida taqsimoti tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan abiturientlarning tanlovi va to‘plagan ballariga ko‘ra amalga oshiriladi;

🟠bakalavriat va magistraturaga qabul qilingan talabalarga ta’lim granti bir o‘quv yili uchun ajratiladi.

🟣Bunda:
✔️ta’lim granti birinchi kursda oliy ta’lim tashkilotlariga ajratilgan davlat buyurtmasi kvotasiga muvofiq kirish imtihonlarida yuqori ball to‘plagan talabalarga ajratiladi;

☑️ta’lim granti ikkinchi va undan keyingi kurslarda yuqori akademik reyting ko‘rsatkichlariga erishgan va ijtimoiy faol talabalar orasida oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan tabaqalashtirilgan tartibda qayta taqsimlanadi;

☑️ta’lim granti tabaqalashtirilgan tartibda moliyalashtiriladi va stipendiya faqat to‘liq ta’lim grantini yutgan talabalarga to‘lanadi;

☑️ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant sohibi bo‘lgan talabalarga davlat granti ularning o‘qish davri uchun to‘liq hajmda taqdim etiladi;

ta’lim granti asosida tahsil olgan talabalarning o‘qishni tamomlaganlaridan so‘ng kamida 3 yil ishlab berish majburiyati bekor qilinadi.

Edu.uz

@talaba
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Rasman: Qabul endi 5-iyundan boshlanadi. Atigi 10 kun qoldi!

🇺🇿 Prezidentning tegishli farmoniga koʻra, 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab davlat oliy va professional taʼlim muassasalariga (kasb-hunar maktabi bundan mustasno) qabul qilish boʻyicha imtihonlar “avval test, soʻng tanlov” tamoyiliga muvofiq bir vaqtda oʻtkazilishi belgilansin. Bunda:

👉 abituriyentlar oʻz tanloviga koʻra test sinovi natijasida toʻplagan balidan kelib chiqib, dastlab oliy taʼlimning bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga, soʻng professional taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun tanlovda ishtirok etadi;

👉 davlat oliy taʼlim muassasalari bakalavriatiga qabul jarayoni quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi:

birinchi bosqichda abituriyentlar har yili 5-iyundan 25-iyunga qadar (25 iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun roʻyxatdan oʻtadi hamda test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, taʼlim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon boʻlsa, ushbu imtihonni topshiradigan davlat oliy taʼlim muassasasini tanlaydi;

oʻqishga qabul qilish boʻyicha kirish imtihonlari iyul–avgust oylarida oʻtkaziladi;

ikkinchi bosqichda abituriyentlar test sinovlari toʻliq yakunlanganidan soʻng 15 kun davomida oliy taʼlim muassasasi, bakalavriat taʼlim yoʻnalishi va taʼlim shaklini tanlaydi.

@talaba
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎓 Magistratura va doktorantura qabuli uchun quyidagi darajalarda xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikatlar talab etiladi:

🚩1️⃣xorijiy tillar yo‘nalishlari bo‘yicha – kamida C1 darajasida;

🚩2️⃣gumanitar, biologik va turdosh fanlar, matematika va statistika, biznes va boshqaruv, huquq, xizmat ko‘rsatish, ijtimoiy va ta’lim sohalari bo‘yicha – kamida B2 darajasida;

🚩1️⃣boshqa ta’lim sohalari hamda madaniyat va sport mutaxassisliklari (ixtisosliklari) bo‘yicha – kamida B1 darajasida.

@talaba
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Imtiyozli abituriyentlar bu yil ham saqlanib qolinadi

▪️Prezident farmoniga ko‘ra, imtihonsiz qo‘shimcha davlat granti asosida talabalikka tavsiya etish uchun asos bo‘luvchi imtiyozga ega abituriyentlar Davlat komissiyasining qaroriga asosan, ta’lim shaklidan qat’i nazar, ro‘yxatdan o‘tishda imtiyoz amal qiladigan doirada tanlagan birinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi.

EduUz

@talaba
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Rasman: 2000 ta Grant uchun qizlarga tavsiyanoma berish boshlandi

— Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari doirasida ajratiladigan o‘rinlar uchun tavsiyanoma olish maqsadida talabgorlardan arizalar 30-maydan 8-iyunga qadar https://xotin-qizlar.uz/ platformasi orqali elektron shaklda qabul qilinadi.

Tavsiyanoma kimlarga beriladi?

• Kam ta’minlangan oila farzandi bo'lgan qizlarga;
• Ota-onasidan biri yoki ikkalasi ham vafot etgan oila qizlariga;
• Nogiron farzandi bo‘lgan, ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga;
• 14 yoshgacha bo‘lgan 2 va undan ortiq bola o‘stirayotgan yolg‘iz ayollarning qiz farzandlariga;
• Ota-onasining nogironligi bo‘lgan qizlarga;
• Farzandini yolg‘iz tarbiyalayotgan onalarga.

Tavsiyanoma egalariga qachon yetkaziladi?

Arizalar 10-iyungacha ko‘rib chiqiladi va 14-iyungacha elektron shaklda tayyor qilinadi. 15-iyungacha tavsiyanomaga loyiq ko‘rilgan hamma talabgorga o‘z tavsiyanomasi yetkaziladi.

@talaba
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Rasman: 8 ta OTMda chet tilidan ijodiy imtihon bekor bo‘ldi

✔️ 2024-yilda ushbu ro‘yxatdagi OTMlarda ham boshqa chet tili yo‘nalishi bor OTMlar kabi test imtihoni o‘tkaziladi:

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti;
Samarqand davlat chet tillar instituti;
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti;
Toshkent davlat pedagogika universiteti;
Qo‘qon davlat pedagogika instituti;
Nukus davlat pedagogika instituti;
Andijon davlat chet tillar instituti;
Namangan davlat chet tillar institutining xorijiy tillar bo‘yicha pedagoglarni tayyorlovchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari

@talaba
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Rasman: 5 ta fan, 90 ta test, 3 soat vaqt! Maksimal ball 189 bo'ladi!

👉 Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo‘lgan 3 ta fan bo‘yicha:

Ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili) - 10 ta savol.
Har biri uchun 1,1 balldan.
Maksimal ball – 11 ball.

Matematika - 10 ta savol.
Har biri uchun 1,1 balldan.
Maksimal ball – 11 ball.

O‘zbekiston tarixi - 10 ta savol.
Har biri uchun 1,1 balldan.
Maksimal ball – 11 ball.
Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 33 ball.


👉 Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta fan:

1-fan: 30 ta savol x 3.1 ball = 93.0 ball
2-fan: 30 ta savol x 2.1 ball = 63.0 ball
60 ta savoldan jami 156,0 ball.

⌛️ Umumiy holda, abituriyentlarga 5 ta fan bo‘yicha jami 90 ta test topshirig‘i beriladi. 90 ta test uchun ajratiladigan vaqt esa 3 soat.

@talaba
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ 2024-2025-o‘quv yili uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish boshlandi

✔️ 2024-2025-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi.

📱 Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish my.uzbmb.uz saytining “Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limi orqali amalga oshirilmoqda.

📆 Ro‘yxatga olish 2024-yil 5-iyundan 25-iyunga qadar (shu kuni ham) amalga oshiriladi.

@talaba
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Fanlar majmuasi-2024.pdf
541.1 KB
⚡️2024/2025-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasiga tegishli oʻzgartirishlar kiritilgan holda qayta tasdiqlandi.

5-iyundan boshlangan qabulda faqat fanlar majmuasi tanlanyapti xolos. Bunday vaziyatda ko’plab abituriyentlardan “men falon fanlarni tanlasam, bu kelgusida qaysi yo’nalishlarga to’g’ri keladi?”, degan savollar kelib tushmoqda.

Buni bilish uchun joriy yilgi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasi bilan tanishib chiqing.

Safimizga qoʻshiling :
@talaba
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Abituriyent ro‘yxatdan o‘tgach telefon raqamini yo‘qotib qo‘ysa, nima bo‘ladi?

📱 Masalan, bugun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyent ertasiga telefon raqamini yo‘qotib qo‘ysa, unda u Bilimlarni baholash agentligining hududiy bo‘limlariga murojaat qilishi kerak.

Uning abituriyent ekaniga ishongan agentlik xodimi telefon raqamini o‘zgartirib beradi. Bunday holatda abituriyentning o‘zi raqamni o‘zgartira olmaydi.

Lekin qabul boshlanishidan oldinroq agentlik saytida ro'yxatdan o'tgan raqami yo'qolsa, uning o'rniga yangi raqam bilan ro'yxatdan o'taversa bo'ladi.

@Talaba✅️- Rasmiy taʼlim yangiliklari!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM