Talaba
16.3K subscribers
122 photos
35 videos
21 files
211 links
Talabalarga oid rasmiy xabarlar kanali.

Aloqa(reklama) : @frontendAdmin
Download Telegram
Rasman: 10-kun natijalari e’lon qilindi

23-iyul kungi kirish test sinovi natijalarini quyidagi 3 xil usulda bilish mumkin:

1️⃣ my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan;

2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali;

3️⃣ Quyidagi telegram botlardan:

@e_dtm_mandatbot @e_dtm_mandat1bot
@e_dtm_mandat2bot @e_dtm_mandat3bot
@e_dtm_mandat4bot

@Talaba - Rasmiy taʼlim yangiliklari!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Frontend vacancy
🍇 🆕 Uzum Rasmiy "Uzum Bos" o‘yinini ishga tushirdi.

Bonus tangalari kriptovalyuta emas va pul ekvivalentiga ega bo'lmagan, O'yinda turli harakatlarni bajarish uchun foydalanuvchilar tomonidan olinadigan virtual bonus ballari.

Tanga toʻplaysiz va promokodlar va sovgʻalarni olasiz.

O'yinni boshlash uchun tugmani bosing, batafsil qoidalarni havola bo‘yicha o‘qing.

@UzumBosbot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Rasman: 5 ta yo‘nalish tanlash boshlandi

Abituriyentlar 27-iyuldan 10-avgustga qadar 15 kun davomida oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlashlari lozim.

🖥 Buning uchun my.uzbmb.uz platformasining “Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limiga kirib, “Xizmatdan foydalanish” tugmasi bosiladi va “OTM tanlash” bo‘limiga o‘tiladi.

❇️ Dastlab abituriyent “Tanlov ustuvorligi” va “Maqsadli qabul” bo‘yicha o‘z tanlovini amalga oshiradi.

Shundan so‘ng abituriyent test topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos  bo‘lgan beshtagacha oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishini ta’lim shakli bilan birga tanlaydi.

Bunda ta’lim yo‘nalishlarini bir oliy ta’lim muassasasi yoki turli oliy ta’lim muassasalari doirasida tanlash mumkin.

📱 Ta’lim yo‘nalishlarini tanlab, “Saqlash” tugmasi bosilgandan so‘ng ma’lumotlarni tasdiqlash uchun abituriyentning telefon raqamiga SMS xabar yuboriladi. SMS xabardagi kodni dasturga kiritish orqali ma’lumotlar tasdiqlanadi.

🖥 Ma’lumotlar tasdiqlanganidan so‘ng, “Abituriyent qayd varaqasi” shakllanadi. Qayd varaqada abituriyent tanlagan tanlov ustuvorligi, ta’lim shakllari, oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlari aks etgan bo‘ladi. Yuklab olish tugmasi orqali abituriyent qayd varaqasini yuklab olishi mumkin.

❗️Abituriyentlar ta’lim yo‘nalishlarini tanlash muddati yakunlangunga qadar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari va qayd varaqasini qayta yuklab olishlari mumkin.

🗓 Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari ta’lim yo‘nalishlarini tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi.

❗️♻️ Barcha abituriyentlarga tarqating!

@Talaba- Rasmiy taʼlim yangiliklari!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Tanlov ustuvorligi

Abituriyentlar oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash bilan birga tanlov ustuvorligini ham belgilaydi.

Bunda 2 ta tanlov ustuvorligi mavjud bo‘lib, abituriyent ustuvorlik sifatida:

“Davlat granti”ni tanlasa — tanlagan barcha ta’lim yo‘nalishlarida dastlab davlat granti, so‘ngra to‘lov-kontrakt asosida;

“Ta’lim yo‘nalishi”ni tanlasa — har bir ta’lim yo‘nalishida davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida ketma-ket tanlovda ishtirok etadi.

Abituriyentga:

tanlagan ta’lim yo‘nalishlarining istalgan biriga davlat granti asosida o‘qishga kirish muhim bo‘lsa, “Davlat granti” ustuvorligini;

davlat granti yoki to‘lov-kontrakt bo‘lishidan qat’iy nazar birinchi tanlagan yo‘nalishlariga o‘qishga kirish muhim bo‘lsa, “Ta’lim yo‘nalishi” ustuvorligini tanlash maqsadga muvofiq.

❗️ Tanlov ustuvorligini belgilashda e’tiborli bo‘ling.


@Talaba - Rasmiy taʼlim yangiliklari!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
my.uzbmb.uz saytining “Davlat OTMlari” boʻlimi orqali soʻnggi 3 yildagi oʻtish ballari bilan tanishish mumkin

@talaba - Rasmiy ta'lim yangiliklari!
❗️ Abituriyentlar diqqatiga! Bugun yo‘nalish tanlashning oxirgi kuni

Bugun, 10-avgust soat 23:59 ga qadar abituriyentlar o‘zlari tanlagan fanlar majmuasiga mos beshta yo‘nalishlarni tanlashlari mumkin.

Bugun yo‘nalish tanlamagan abituriyentlar tanlovda ishtirok etmaydi, ya’ni ular o‘qishga kira olmaydi. Necha ball olgan bo‘lishidan qat’i nazar.

Iltimos, yana bir bor yaxshilab qayta tekshirib ko‘ring.

Shuningdek, bugun soat 23:59 ga qadar tanlagan yo‘nalishini o‘zgartirish ham mumkin.

@Talaba - Rasmiy taʼlim yangiliklari!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⁉️ Mandat qachon chiqadi ?

Amaldagi qonun hujjatlariga ko’ra, abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari, ya’ni mandat ta’lim yo‘nalishlarini tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi.

10-avgust kuni to‘liq yakunlandi.

Demak, mandat 17-avgustgacha e’lon qilinishi kerak.

Bugun — 16-avgust. Agar mandat yoki bugun, yoki ertaga e’lon qilinmasa, unda qonun hujjatlari buzilgan bo’ladi.

@Talaba - Rasmiy taʼlim yangiliklari!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Rasman: Yakuniy mandat e’lon qilindi
Talaba
⚡️Rasman: Yakuniy mandat e’lon qilindi
2024–2025-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi.

Tanlov natijalarini 4 xil usulda bilish mumkin.

1️⃣ my.uzbmb.uz sayti orqali:

my.uzbmb.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali:

mandat.uzbmb.uz saytiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

3️⃣ SMS-xabarnoma xizmati orqali:

5100 raqamiga abituriyentning ID raqami yuborilganda, mazkur telefon raqamiga tanlov natijalari bo‘yicha SMS-xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).

4️⃣ Test natijalari qaydnomasi orqali:

Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.


@Talaba - Rasmiy taʼlim yangiliklari!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
1-bosqichga tavsiya etilgan talabalar yotoqxonaga joylashish bo‘yicha Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ariza yuborishlari uchun One ID tizimidan ro‘yxatdan o‘tishlari kerak bo‘ladi.

📱 One ID tizimidan ro‘yxatdan o‘tish tartibi

@Talaba - Rasmiy taʼlim yangiliklari!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kontrakt to‘lovini amalga oshirish muddatlari

2024/2025-oʻquv yilidan boshlab respublika davlat oliy taʼlim muassasalariga toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar hamda tahsil olayotgan talabalar uchun toʻlov muddatlari quyidagicha belgilandi:

🔍 belgilangan toʻlov miqdorining kamida 25 foizi talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun 2024-yil 15-sentyabrgacha yoki Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasi tomonidan belgilangan muddatgacha hamda ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun 2024-yil 1-oktyabrgacha yoki oliy taʼlim muassasasi rektori (direktori) tomonidan uzaytiriladigan muddatgacha;

🔍 belgilangan toʻlov miqdorining kamida 50 foizi 2025-yil 1-yanvargacha, 75 foizini 2025-yil 1-martgacha va 100 foizini 2025-yil 1-maygacha yoki oliy taʼlim muassasasi rektori (direktori) tomonidan uzaytiriladigan muddatgacha.

Bunda, mazkur tartib moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy taʼlim muassasalari uchun tavsiyaviy xarakterga ega.

@Talaba - Rasmiy taʼlim yangiliklari!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM