22 yoshli ayol eri va qaynonasi tomonidan kaltaklanganidan so‘ng komaga tushdi
Ijtimoiy tarmoqlarda Chinozda yosh kelin qaynonasi va eri tomonidan kaltaklangani haqida xabarlar tarqaldi. Shuningdek aytilishicha, u qattiq zarbalardan komaga tushib qolgan.
Holatga Toshkent viloyat Ichki ishlar bosh boshqarmasi Axborot xizmati rahbari Bobur To‘lyaganov munosabat bildirdi. Uning ma'lum qilishicha, joriy yilning 16-yanvar kuni Oqqo‘rg‘on tumanida 1988-yilda tug‘ilgan fuqaro (K.G.) va uning 2001-yilda tug‘ilgan turmush o‘rtog‘i (Sh.U.) o‘rtasida oilaviy kelishmovchilik sababli janjal kelib chiqqan. Janjal vaqtida fuqaro ayolni urib, tan jarohati yetkazgan. Jabrlanuvchi Chinoz tumani tibbiyot bo‘limiga murojaat qilgan.
Erkak protsessual tartibda ushlanib, unga nisbatan Jinoyat kodeksining 126(1)-moddasi (Oilaviy maishiy zo‘ravonlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda. Jabrlanuvchining tan jarohatlari bo‘yicha sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.
Holat Toshkent viloyati IIBB tomonidan qat'iy nazoratiga olingan, deyiladi xabarda.
#SukutSaqlama

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ijtimoiy tarmoqlarda katta yoshli erkak oq ko‘ylakli qizcha bilan aks etgan video tarqalib ketgan edi. Videoga Iroqdagi "birinchi rasmiy" bolalar to‘yi, go‘yoki rasman ruxsat berilgan to‘qqiz yoshdan qizlarni erga berishga ruxsat beruvchi qonun bilan bo‘lashgandi. Video norozilik to‘lqiniga va ko‘plab g‘azabli sharhlarga sabab bo‘ldi. Ammo videorolikda uning na manbasi va unda aynan kimlar ko‘rsatilgani aytilmagandi.
⠀
Kosa media-loyihasi kadrdagi avtomobilga e'tibor qaratgan ASBER nashriga havola bilan video haqidagi ma'lumotlarni e'lon qildi. Davlat raqamlarini tekshirgandan so‘ng, mashina Iroqda emas, Liviyada ro‘yxatdan o‘tgani aniqlandi.
Liviyaning feyklarga qarshi She Checks loyihasi to‘yda bo‘lgan video muallifi Umar al-Fudilni topdi. Uning jurnalistlarga aytishicha, video Liviyada suratga olingan. Yozuvdagi qiz kuyovning jiyani ekanligini aytdi. Video internetga tarqalgach, Umar tahdidlardan so‘ng postni ijtimoiy tarmoqlardan o‘chirib tashladi.
Jurnalistlar videodagi qahramon liviyalik Mahmud al-Varfalli bilan ham suhbatlashdi. U ijtimoiy tarmoqdagi xabarlarni “yolg‘on va soxtalashtirish” deb atadi.
“Sizda hali ham shubha bormi? Videodagi qiz mening jiyanim, ukamning qizi. U faqat zalga kirishda yonimda bo‘ldi, lekin hamma uni mening xotinim deb qaror qildi”, dedi Mahmud. Biroq videoda qiz shunchaki uning yonida turgani yo‘q – uni qo‘lidan ushlab zalga olib kirmoqda.
⠀
She Checks loyihasi materiali e'lon qilingach, Maxmud al-Varfali jurnalistlarga haqiqatni yuzaga chiqarishgani uchun minnatdorlik bildirdi.
Facebook’dagi postlariga qaraganda, uning akasi va jiyani bor, lekin videodagi qiz o‘shami yoki yo‘qligini aniqlash qiyin. Biroq videolavha muallifi ham, kuyovning o‘zi ham nega bu yozuvda qiz to‘y libosiga o‘xshash fatali oq ko‘ylak kiygani, erkak esa uni marosimga qo‘lidan yetaklab kelayotganini tushuntirmagan. Ko‘pchilik rolikda qizning jiddiy yoki qo‘rqib turganday aks etishiga e'tibor qaratishgan.
⠀
Iroqda bolalar nikohi jiddiy muammo bo‘lib qolmoqda. UNICEF ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatdagi ayollarning qariyb 28 foizi voyaga yetmasdan turmushga chiqqan.
⠀
Manba: kosa media

“Jinsiy qurbonlik” atamasi ta’rifini qayta ko‘rib chiqish
Nikola Gavi
“Feministik nazariyada ortga qaytishga yo‘l ochuvchi birorta ochiq joy qoldirmaslik kerak.”
Hollvey 1995, 129-sahifa
Ayol istalmagan jinsiy aloqaga majburlanganini aytsa-yu, lekin o‘zini zo‘rlanmagan deb bilsa, buni qanday tushinishimiz kerak? “Zo‘rlangan” tamg‘asini inkor etayotganiga qaramay, “haqiqatdan” zo‘rlanganmi? Yoki boshidan kechirganlarini “zo‘rlanish” emas, boshqa narsa sifatida talqin qilyaptimi? Zo‘rlash va jinsiy aloqa o‘rtasida shu qadar noaniqlik bo‘lishi bizning madaniyatlarimiz haqida nimani anglatadi? O‘zaro rozilik asosidagi jinsiy aloqa orasida majburlovchi harakatlar bo‘lsa, uni qanday aniqlash va baholash zarur? Va nihoyat, jinsiy zo‘ravonlik yoki majburlash obyekti bo‘lishni zo‘ravonlik yoki majburlashning qurboni bo‘lish bilan aynan bir xil narsa deb tushunsak bo‘ladimi?
Ushbu bobda men shu kabi savollar bilan chigallashib ketgan ko‘p qatlamli murakkab masalalarga javob izlayman. Mavjud murakkab masalalar yuzasidan hali bir to‘xtamga kelmadim. Savollar ustida o‘ylanib, har tomonlama tahlil qilish davomida aniq va qat’iy argument keltirish, bir to‘xtamga kelish qiyinligini tushundim. Ayni vajdan chalkashlik va ikkilanishlardan qochmaslikka qaror qildim, sababi – geteroseks va jinsiy zo‘ravonlik orasidagi chegara chindan ham noaniqdir. Jinsiy aloqa va jinsiy zo‘ravonlik atamasi (go‘yoki ular aniq va tushunarli atamalar kabi) ta’riflarini qanchalik aniqlashtirishga harakat qilmay, ularni shu qadar murakkablashtiraman ham, aynan mana shu kurashning muhim qismi va boshqa darajadagi yondashuvdir.
So‘nggi yigirma yil davomida zo‘rlash va jinsiy zo‘ravonlik haqidagi tadqiqotlarning qay tarzda o‘zgarib borayotganini kuzatib kelmoqdaman, yangi feminsitik ijtimoiy fanining ba’zi natijalariga e’tibor qaratdim. Kuzatuvlarimdan kelib chiqib, “jinsiy zo‘ravonlik” atamasini ta’riflashning hozirgi me’yorlarini qayta ko‘rib chiqish kerak deb bilaman. Mazkur xulosam quyidagi uch asosga tayanadi:
1. “Tan olinmaydigan zo‘ravonlik qurboni” tushunchasi
2. Zo‘rlash va zo‘rlashga urinish o‘rtasidagi aniq farqning yo‘qligi
3. “Jinsiy zo‘ravonlik” atamasi asosan majburlovchi geteroseksual harakatlar doirasida keng qo‘llanilishi.
Davomi saytimizda: https://nemolchi.uz/uz/jinsiy-qurbon-emasman-lekin/

Zo‘ravonlik targ‘iboti: kulguli va jazosizmi?
13-yanvar kuni bloger @kabulov____ erkak o‘z sahifasida ayolga qo‘l ko‘targani aks etgan videoni joylashtirdi. Bu kamlik qilganday bloger bu "asar"ni o‘z profilida mahkamlab qo‘ydi. Syujet bo‘yicha erkak ayolni urmoqda va uning fikricha bu kulguli bo‘lishi kerak.
Eslatib o‘tamiz, biz blogerlarning xuddi shunday “ijod mahsullari”ga bir necha bor e’tibor qaratgan edik, bu O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining zo‘ravonlik yoki shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, olib kirish, tarqatish, reklama qilish va namoyish etishni taqiqlovchi 189-1-moddasiga to‘g‘ri keladi.
Bunday "hazillar" fuqarolar uchun 136 mln so‘mgacha va mansabdor shaxslarga 153 mln so‘mgacha jarimani nazarda tutadi. Keng auditoriyaga ega bloggerlar zo'ravonlikka qarshi kurashish uchun o‘zlarining media-resurslaridan foydalanish o‘rniga, uni hazil orqali normallashtirishni afzal ko‘rishlari achinarli. Bunday videolar xavfli stereotiplarni va zo‘ravonlikni meyor sifatida qabul qilishni kuchaytiradi.
Bunday kontent uchun qonuniy jazo qo‘llanilmas ekan, media makonda zo‘ravonlik targ‘iboti yanada avj oladi.
#SukutSaqlama #Zo‘ravonlikkaYo‘qDeymiz #AdolatTalabQilamiz

Avval sahifamizda Oqqoʻrgʻon tumanida eri va qaynonasi tomonidan ayovsiz kaltaklanib, komaga tushgan yosh kelin haqida yozgan edik. 37 yoshli eri IIO tomonidan protsessual tartibda ushlangan edi.
Toshkent viloyat IIBB Axborot xizmati rahbari B.Tulyaganovning ma'lum qilishicha, 23 yoshli ayol koʻrsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay bugun shifoxonada vafot etdi.
Ayolning eriga nisbatan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi Oʻzbekiston Respublikasi JKning 126(1)-moddasi 8-qismimi “g” bandiga qayta malakalanib, tergov harakatlari davom etmoqda.

1981-yildan beri jinsiy siyosat va umuman madaniy siyosat sohasida juda ko‘p o‘zgarishlar bo‘ldi. Feministik harakat va feministik ijtimoiy fan G‘arb jamiyatlarida zo‘rlash va jinsiy zo‘ravonlikni qayta ko‘rib chiqishda muhim rol o‘ynadi. Burt va Estep tomonidan ilgari surilgan fikrlarning aksariyati feministik ta’sirga ega bo‘lgan ijtimoiy fan tadqiqotlarida aks-sado topdi va rivojlantirildi. Ushbu tadqiqotlar natijasida zo‘rlash va jinsiy majburlashni psixologik o‘rganish jarayonida feministik yondashuv asosiy paradigmalardan biriga aylandi.
Juda qisqa vaqt ichida biz shunday ijtimoiy jarayonlarni boshdan kechirdikki, avval zo‘rlash kam uchraydigan voqea deb qaralgan bo‘lsa, keyinchalik u keng tarqalgan ijtimoiy muammo sifatida e’tirof etila boshlandi. Masalan, 1981-yilda Meri Berd Deming va Ali Eppilar zo‘rlashni “statistik jihatdan kam uchraydigan hodisa” deb ta’riflashgan (1981, 374-bet) bo‘lsa, 1977-yilda esa Edvard Shorter “me’yoriy ayolning umri davomida zo‘rlanish ehtimoli juda past”, deb taxmin qilgandi (1977, 481-bet).
Biroq 1980-yillardan boshlab yangi tadqiqot natijalari e’lon qilina boshlandi va bu natijalar zo‘rlashning asl ko‘lami ancha kattaroq ekanligini ko‘rsatdi. Masalan: 1987-yilda Koss, Gidikz va Visnievskilar 15 foiz ayollar, 1984-yilda Rassel 24 foiz ayol hayoti davomida zo‘rlanishni boshdan kechirishini qayd etadi. Afsuski, ushbu raqamlar hali ushbu muammoning ko‘lamini tasvirlolmaydi, sababi, ba’zi tadqiqotchilar ochiq e’tirof etganidek, ayollar tadqiqotchilarga o‘z tajribalarini oshkor qilishdan bosh tortadi, shundan kelib chiqib haqiqiy zo‘rlash darajasi yanada yuqori bo‘lishi mumkinligini taxmin qilish mumkin. (Masalan, Rassellning 1982, 1984-yilgi tadqiqotlari).
Davomi: https://nemolchi.uz/uz/jinsiy-zo-rlash-sohasidagi-yangi-feministik-tadqiqotlar/

Bugun, 25-yanvar kuni, Fransiyada seksizm*ga qarshi kurash kuni nishonlanadi. Ushbu tashabbus jamiyatdagi kamsitish va seksizmga qarshi kurashishga qaratilgan.
Bunda 2018-yilda boshlangan #StOpE (Stop Everyday Sexism) kampaniyasi muhim o‘rin tutadi. U ish joyida gender tengligi va seksizmga mutlaqo toqat qilmaslik uchun tashkilotlar, shu jumladan davlat va xususiy kompaniyalarni birlashtiradi. 199 ta tashkilot ushbu xartiyani imzolagan bo‘lib, xodimlarni o‘qitish, seksizmga qarshi choralar ko‘rish va qurbonlarni qo‘llab-quvvatlash majburiyatini olgan.
Bundan tashqari, Fransiya hukumati jamoat joylarida xavfsizlikka e'tibor qaratadi. Misol uchun, Marselda ta'qiblarga qarshi kurashish uchun patrul va mobil ilovalar ishga tushirildi, bu muammoni hal qilishda tizimli yondashuvni ko‘zda tutadi.
Fransiya gender tengligi tushunchasi qog‘ozda qolmasdan davlat siyosatining bir qismi bo‘lgan mamlakat namunasi bo‘lib xizmat qilishda davom etmoqda. 25-yanvar seksizmga qarshi kurash hammaning ishi ekanligini eslatib turadi.
Sevinch
*Seksizm — maʼlum bir jins vakiliga qaratilgan noto‘g‘ri fikr yoki kamsitish. Jinsiy kamsitish har kimga taʼsir qilishi mumkin, lekin bu birinchi navbatda ayollar va qizlarga ko‘proq taʼsir o‘tkazadi.

1990-yillarning oxirlariga kelib, “qurbonlik” tushunchasi inqirozga uchragan deb hisoblash mumkin. Joel Best o‘zining “Jamiyat” (1997) maqolasini “qurbonlik modaga aylandi”, degan tanqidiy baho bilan boshlagan edi. Richard Feldshteyn (1997) to‘g‘ri ta’kidlaganidek, “qurbon” atamasi siyosiy to‘g‘rilik (political correctness) so‘zi bilan birga, AQShda neokonservativlar tomonidan tanqid nishoniga aylangan “leksik zanjir”ning bir qismi bo‘ldi. Shunga o‘xshash “qurbonlik tushunchasiga qarshi backlash” (reaksion tanqid) tendensiyasi Yangi Zelandiyada ham kuzatilmoqda. Qurbonlikka oid tadqiqotlar va xizmatlarga qarshi konservativ kampaniyalar zo‘rlash bo‘yicha yangi feministik tadqiqotlar, xususan, “tanish yo yaqinlar tomonidan zo‘rlanish” (date rape) mavzusini qattiq tanqid ostiga olgan. Ba’zi tanqidchilar masalani “bo‘rttirilgan” yoki umuman “mavjud bo‘lmagan tushuncha” deb e’tirof etishgan.
Bu tanqidlar feministik tadqiqotlar va ular o‘rtaga tashlagan muammolarning ahamiyatini kamaytiruvchi yoki legitimligini savol ostiga qo‘yuvchi reaksion tanqidning bir ko‘rinishi edi. Qurbonlikka nuqtayi nazar tez-tez o`zgarib turadigan jamoatchilik diskursida feminsitik tendensiyalarning qanday ta’sir ko`rsatishini oldindan aytish qiyin. Qurbonlarni doim ikki tomonlama tasvirlashgan: bir tomondan hamdardlik va qo‘llab-quvvatlashga chaqiruv mavjud bo`lsa, boshqa tomondan ularga shubha va istehzo bilan qarashgan. Agar holat davom etaversa, “qurbonlik” tushunchasi o‘zining hamdardlik va siyosiy ta’sirchanlik xususiyatini qisman yo‘qotishi mumkin.
Bunday ijtimoiy o‘zgarishlar jinsiy zo‘ravonlik tushunchasining zamonaviy va feministik talqinini qayta ko‘rib chiqish zaruratini kuchaytirib, qurbonlik tushunchasining madaniy va siyosiy qiymatini qanday qilib tiklash yoki saqlab qolish mumkinligini strategik jihatdan o‘ylab ko‘rishni talab qiladi.
Qurbonlik tushunchasi mavjudligi uchun “qurbonlar” yaratiladimi?
Davomi saytimizda: https://nemolchi.uz/uz/qurbonlik-atamasi-inqirozi/
#SUkutSaqlama

Oliy ma’lumotliman, biroq dekret tatiliga chiqqanim sababli, hali 1 yoshga to‘lmagan ikkinchi farzandim tarbiyasi bilan uydaman. Yoshim 27 da, turmush o’rtog’im bor. To’yimiz 2020-yilda bo’lgan. 2 ta farzandimiz bor.
To’yimizga 4 yil bo’lgan bo’lsa-da, shu yillar mobaynida bitta uyda 3 ta oila yashab kelganmiz, lekin erimning akasi, qayni akam tomonidan ko‘plab marotaba turli sabablar ortidan menga zo’ravonlik xolatlari kuzatilgan. U ishsiz ekanligi sababli doimiy ravishda uyda o‘tiradi va janjalga bahona qidirib oila a’zolari va men bilan ham janjallashadi.
Qayni akam 2 oy oldin alohida xonadonga chiqib ketgan, ammo har kuni yana avvalgidek uyimizga kelib oladi va kuni kecha ham shunaqa holat sodir bo’ldi. Meni xonamga bostirib kirib, indamay tursam ham meni siltab juda ham ko’p haqorat qilib uydan chiqib ketishimni aytib, janjal qildi. Meni qattiq siltayotganligi uchun zo’rg’a xonaga qaynatam kirib, ajratib qoldi. Xo’jayinim ishda edi.
Turmush o‘rtog‘im bilan munosabatimiz juda yaxshi. Uchastka noziriga xabar qilishga majbur bo‘ldim, biroq chora ko‘rishmayapti.
===============
Sukut saqlama.uz ga kelgan maktublardan. Siz ham o‘z hikoyangizni anonim tarzda yuborishingiz mumkin: https://forms.gle/ZKCabhpzFM3ewTUz9
❗️❗️Hurmatli anonim, Telegram botimizga murojaat qiling, yuristlarimiz maslahat beradi: @nemolchilaw_bot
_______
#SukutSaqlama #O‘quvchilardan

Fazilat uch yildan beri elektronika do‘konida konsultant sifatida ishlab kelayotgandi. Unga bir erkak haridor murojaat qilib, unga grafika bilan ishlash uchun noutbuk kerakligini aytdi.
Fazilat zamonaviy protsessor va video kartaga ega kuchli noutbukni tavsiya qildi.
Erkak kuldi: “Yaxshi qiz, nima haqida gapirayotganingizni tushunmayapsiz shekilli. Uyimda uchta kompyuterim bor, men ularni sizdan yaxshiroq bilaman. Mana bu noutbuk menga keraklisi."
Fazilat erkak tanlagan model videokartasiga ko‘ra uncha kuchli emasligini qancha uqtirmasin erkak uni eshitmasdi.
“Ayollar texnikada nimani ham tushunardi? Men tanlagan model siz aytayotgandan kam joyi yo‘q. Siz esa menga qimmatrog‘ini o‘tkizmoqchi bo‘lyapsiz,” — qizning gapini bo‘ldi u.
O‘sha holatdan keyin Fazilat o‘zini uquvsiz his qilib, o‘z malakasida ikkilana boshladi.
Menspleyning - bu ayollarga erkaklar tomonidan biron bir narsa yoki hodisani haddan tashqari soddalashtirilgan va kamsituvchi uslubda sharhlab berish yoki tushuntirish degan maʼnoni anglatuvchi atama.
Menspleyningga yana qanday misollar bilasiz?
Sevinch
#SukutSaqlama#SekzismEnsiklopediyasi

Qurbonlik tilining “shakllantiruvchi” ta’sirlarini ko‘rib chiqish zarur bo‘lsa-da, Karen Xvangning “qurbonlar aslida yo‘q yerdan paydo qilinmoqda” kabi tanqidiy ogohlantirishi qanchalik asosli? Feministlar va boshqa ijtimoiy tanqidchilar ayrim amaliyotlarni “qurbonlik” deb ataganda, ular muayyan guruhlarning tajribalari boshqalarnikidan tizimli ravishda ustun qo‘yiladigan kuch munosabatlariga e’tibor qaratishadi.
Qurbonlik haqida gapirishning o‘zi qurbonlikni yaratadi, degan xavotir aslida noxush ijtimoiy sharoitlardan qochishga urinish emasmi? Bu, go‘yoki, agar biror hodisa ko‘rilmasa yoki eshitilmasa, u mavjud emas, degan sodda umidni eslatadi. Linda Martin Alkoff (1997) ta’kidlaganidek, Keti Roife kabi sharhlovchilar quyidagi kabi fikrlarni ilgari surishyapti: “Date rape” diskursi paydo bo‘lishidan oldin bunday tajriba yo mavjud bo‘lmagan yoki hech bo‘lmaganda bugungi kundagidek travmatik oqibatlarga olib kelmagan”.
Garchi poststrukturaviy feminizm va yuqoridagi dalilni ta’minlovchi oddiy determinizm o‘rtasida yuzaki o‘xshashliklar mavjuddek ko‘rinishi mumkin bo‘lsa-da, ular orasida muhim farqlar bor. Poststrukturaviy feminizm o‘zgarmas va qat’iy kimlik (identifikatsiya) tushunchasini shubha ostiga qo‘yadi, ammo bu bizni “bo‘sh sahifa” (tabula rasa) sifatida qoldirishni anglatmaydi. Ya’ni biz shakllanishimizda avvalgi tajribalarimiz yoki madaniy tarix o`rin tutmaydi, desak, noto‘g‘ri bo‘ladi. Bizning shaxsiyatimiz madaniy tarix va o‘zimiz kechirgan tajribalar bilan shakllangan murakkab va dinamik mahsulotdir.
Hozirgi zamonda bir-biriga qarama-qarshi va ko‘p qatlamli diskurslar ichida joylashganmiz va diskurslarning ta’siri bizning axloqiy nuqtayi nazarimizni belgilaydi. Shunday qilib, bunday diskurslar ichida joylashgan shaxs, ehtimol, zo‘rlashning “noto‘g‘riligi” yoki axloqiy jihatdan qabul qilib bo‘lmasligini qandaydir tarzda his qiladi. Shaxsning ijtimoiy va madaniy kontekstlari zo‘rlashni noto‘g‘ri deb ko‘rishga olib keladigan ma’lum axloqiy tuyg‘uni shakllantiradi.
Davomi saytimizda: https://nemolchi.uz/uz/qurbonlik-atamasi-inqirozi-davomi/

Ayol-qizlar hanuz ilm-fan va muhandislik sohasida ozchilikni tashkil etmoqda, ammo dunyo o‘zgarmoqda va tobora ko‘proq qizlar ushbu sohalarga kirib kelmoqda. Bunda yosh avlodni olima, muhandis va ixtirochi bo‘lishga ilhomlantirgan rol modellarining o‘rni katta. Navbatdagi ruknimizda biz ixtirolari kasalliklarga qarshi kurashish, atrof-muhitni muhofaza qilish va zamonaviy texnologiyalarni hayotimizga joriy qiluvchi o‘smir qizlar haqida so‘zlaymiz.
⠀
Greys San: implantlar uchun yangi texnologiyalar
⠀
16 yoshli Greys San xalqaro ISEF 2024 tanlovida g‘olib bo‘ldi va tibbiyot uchun elektronika sohasidagi tadqiqotlari uchun 75 000 dollar mukofot oldi. U implantlar va biosensorlar uchun muhim komponentlar bo‘lgan organik elektrokimyoviy tranzistorlarni (OECT) takomillashtirish ustida ishlamoqda.
⠀
Biosensorlar - bu inson tanasiga qondagi qand miqdorini kuzatish yoki miya faoliyatini o‘rganish uchun implantatsiya qilingan qurilmalar. Ammo bugungi kunda bunday tranzistorlar har doim ham tanada barqaror ishlamayotgani kuzatilmoqda. Greys buni tuzatish yo‘lini topdi. U tranzistorlar tayyorlanadigan materialning tarkibini unga maxsus tuzlar qo‘shib o‘zgartirdi. Buning sharofati bilan qurilma signali 97 foizga kuchliroq bo‘ldi va ma’lumotlarni uzatish 77 foizga tezlashdi.
⠀
Endi bunday tranzistorlar yanada ishonchli ishlashi mumkin, ya'ni tibbiyot yanada aniq va samarali implantlarni oladi. Greysning ishi allaqachon ko‘plab kasalliklarni davolash va tashxisini o‘zgartiradigan yangi texnologiyalarni ishlab chiqishga yordam bermoqda.
⠀
Manba: Forbes
⠀
#SukutSaqlama #IlmFandaAyollar

Kamola o‘tirishga eng chiroyli va o‘ziga yoqqan ko‘ylagini tanladi. Do‘stlari bilan ko‘rishganidan keyin esa dugonasi go‘zal bu ko‘ylagida hammaning ko‘zi unda bo‘lishini aytib koyib berdi.
Kamola shunchaki o‘ziga yoqqan ko‘ylakni tanlaganini aytib, muammo nimada ekanligini tushunmasdi.
“Muammo shundaki, odamlar sen ataylab shunday kiyingansan deb o‘ylab, senga ortiqcha e'tibor qaratishadi. Senga shu kerakmi?” — qo‘shimcha qildi Go‘zal.
“Qomatimga yarashib turibdi, nima endi odamlar gapirmasin deb qopda kelishim kerakmidi? Ehtimol, dugonam haqdir, bu ko‘ylakni kiyishim kerakmasdir?“ – deya o‘yladi Kamola.
Bir muddatdan so‘ng u ko‘ylak o‘rniga jinsi va jemper kiyib oldi. O‘tirish yaxshi o‘tganiga qaramay Kamola dugonasining so‘zlarini hech unutolmadi.
Slatsheyming — bu «nomaqbul» yoki «juda oshkora» deb hisoblangan jinsiy xatti-harakati yoki tashqi ko‘rinishi uchun odamni, ko‘pincha ayollarni muhokama qilish va kamsitishning ijtimoiy hodisasini tavsiflovchi tushuncha.
Siz slatsheymingga uchraganmisiz?
Sevinch
#SukutSaqlama #SeksizmEnsiklopediyasi

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Erkaklar ko‘pincha shilqimlikni iltifot deb bilishadi, ular ayollar chegaralarini buzayotganini sezmaydilar.
Ammo ayollar og‘zaki ta'qib qilishni ularning xavfsizlik tuyg‘usiga putur yetkazadigan tahdid sifatida qabul qiladilar.
Shuni yodda tutish kerakki, kimgadir hazil yoki iltifot bo‘lib ko‘rinadigan narsa boshqa birovni havotirga solib qo‘yishi mumkin. Ayollar chegaralarini hurmat qilish orqali erkaklar bir vaqtning o‘zida hamma uchun xavfsiz muhit yaratadilar.
Ushbu videomaterial Gender zo‘ravonlikka barham berish bo‘yicha Markaziy Osiyo alyansi va BMT ayollar tashkilotining Qozog‘istondagi ko‘magida tayyorlangan.

Oldin aytib o‘tganimizdek, zo‘rlash haqida olib borilayotgan yangi tadqiqotlar ayollardan “zo‘rlash”ni boshdan kechirganligini to‘g‘ridan-to‘g‘ri so‘ramaydi. Ba’zi tadqiqotlar esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri mazkur savolni, shuningdek, majburiy, istalmagan jinsiy aloqalar haqidagi aniqroq savollarni ham o‘z ichiga olgan. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, “zo‘rlash”ni boshdan kechirganligini tasdiqlovchi ayollarning atigi 50 dan 30 foizigina bu tajribani “zo‘rlash” deb belgilashadi (bu haqda: Koss 1988; Gavi 1991a; 1991b).
Ushbu tadqiqot paradigmasida ayollarni zo‘rlash qurboni sifatida tasniflash protokoli shundan iboratki, agar ular oldindan belgilangan “zo‘ravonlik” tavsifiga mos keladigan tajribani boshdan kechirgan bo‘lsa, zo‘rlash qurboni sanaladi. Agar ayollardan bevosita so‘ralganida o‘zlari “zo‘rlash”ni boshdan kechirganliklarini tan olmasa, unda tadqiqotchilar tomonidan “tan olmaydigan” zo‘rlash qurbonlari sifatida qaraladi (bu haqda: Koss, 1985). Zo‘rlashni aniqlashning ushbu metodi aniq sabablarga tayanadi. Ushbu strategiya Marta Burt (1980) tomonidan “zo‘ravonlik miflari” deb atalgan, chunki mazkur “miflar” hatto zo‘rlashning tor qonuniy ta’riflariga mos keladigan tajribani boshdan kechirgan ayollarni ham yuz bergan voqeani zo‘rlash deb bilmaslikka majbur qiladi.
Zo‘rlashning qanday vaziyatlarda sodir bo‘lishi, kimlar zo‘ravonlikka uchrashi va qanday shaxslar zo‘ravonlik qilishi haqidagi qarashlarni shakllantiruvchi “miflar” ayollar, erkaklar, kuch va jinsiyat haqidagi hukmron diskurslarni ifoda etadi. Feministik nuqtayi nazardan qaralsa, “miflar”ning paydo bo‘lishi va keng yoyilishiga sabab – zo‘rlashni yashirish, oq, “normal” va “hurmatli” erkak tomonidan sodir etilgan majburiy jinsiy aloqalarga ko‘z yumish va hatto ularni oqlab berishdir.
Davomi saytimizda: https://nemolchi.uz/uz/zo-ravonlikni-tan-olmaydigan-qurbonlar/

2021-yilda astraxanlik maktab o‘quvchisi Diana Gafurova o‘ziga xos ishlanma – inson qo‘lining harakatlarini takrorlabgina qolmay, yo‘qolgan sezgilarni qisman tiklaydigan qo‘l protezini taqdim etdi. Qizning ishlanmasining asosiy farqi - murakkab operatsiyalarga ehtiyojning yo'qligi
Protez Neurosky MindWave garniturasi orqali boshqariladi, u miya impulslarini o'qiydi. Garnitura boshga kiyiladi, bu mushaklardagi sensorlar orqali ishlaydigan protezlarga qaraganda qulaysizroq ko'rinishi mumkin. Ammo bu ishlanmaning asosiy afzalligi uning qulayligidadir: Diana protezi bionik analoglarga qaraganda 10 baravar arzon.
Maktab o‘quvchisining ishi unga “Kelajak olimlari” tanlovida ikkinchi o‘rinni olib keldi va uning ixtirosi amputatsiyaga uchragan odamlar uchun yanada qulayroq va sodda yechimlar sari qadam bo‘lishi mumkin edi.
Manba: Forbes
⠀
#SukutSaqlama #girlsempowerment

Hozir men aytib bermoqchi bo‘lgan hikoya yaqin bir tanishim haqida. U taxminan 8 yil oldin turmush qurgan, hamda birinchi qaynona va qaynota, qayn-ukalar va eri o‘rtasidagi muammolar birinchi farzandi tug‘ilgandan keyin boshlandi.
Hattoki shunday paytlar bo‘ldiki, turmush o‘rtog‘ining urib, do‘pposlashi natijasida, boshi, yuzlari ko‘karar edi. Bu holat erining ichkilikka berilganligi bilan bir qatorda, kunlar o‘tib ko‘payib borardi. Ko‘p marotaba qizlik uyiga ketar, erining yalinishi va o‘z ota -onasining gaplaridan bezib yana qaytib boraverar edi.
Ko‘p o‘tmay barchasi yana qaytalardi. Qizchasi shu yilda 1-sinfga chiqdi, erkak esa ichib, qizchaning dars qilishiga, kechasi uxlashiga ham xalaqit berib ertalabgacha xotinini yomon so‘zlar bilan so‘kib tinchini buzadi. Shu safargi janjaldan keyin qizchani qaynonasi hech kimdan so‘ramay viloyatga olib ketib qolgan. Necha marta ustidan yozib ham berdi, natija yo‘q.
Oxirgi kunlari har kuni 3 shishadan ichib jonidan to‘yg‘izib yubordi. Kurakda turmaydigan so‘zlar bilan haqorat qiladi va o‘z xotinini begona odamlarga yomonlab o‘tiradi. Ularning oilasiga qaynonasi ham doimo qo‘shilib, janjallarning boshida turadi. Ijara uyga chiqib ketsa ham na ajrashtiradi, na yashatadi. Aksincha, bor yiqqan terganini olib ketaverar ekan.
Ayol hozir nima qilishni bilmayapti. Lekin men unga bir nima maslahat berishni yoki u uchun biror joyga murojaat qilishini aytishdan qo‘rqaman. Ular judayam janjalkash oila. Nima maslahat bersam...
===============
Sukut saqlama.uz ga kelgan maktublardan. Siz ham o‘z hikoyangizni anonim tarzda yuborishingiz mumkin: https://forms.gle/ZKCabhpzFM3ewTUz9
_______
#SukutSaqlama #O‘quvchilardan
Hattoki shunday paytlar bo‘ldiki, turmush o‘rtog‘ining urib, do‘pposlashi natijasida, boshi, yuzlari ko‘karar edi. Bu holat erining ichkilikka berilganligi bilan bir qatorda, kunlar o‘tib ko‘payib borardi. Ko‘p marotaba qizlik uyiga ketar, erining yalinishi va o‘z ota -onasining gaplaridan bezib yana qaytib boraverar edi.
Ko‘p o‘tmay barchasi yana qaytalardi. Qizchasi shu yilda 1-sinfga chiqdi, erkak esa ichib, qizchaning dars qilishiga, kechasi uxlashiga ham xalaqit berib ertalabgacha xotinini yomon so‘zlar bilan so‘kib tinchini buzadi. Shu safargi janjaldan keyin qizchani qaynonasi hech kimdan so‘ramay viloyatga olib ketib qolgan. Necha marta ustidan yozib ham berdi, natija yo‘q.
Oxirgi kunlari har kuni 3 shishadan ichib jonidan to‘yg‘izib yubordi. Kurakda turmaydigan so‘zlar bilan haqorat qiladi va o‘z xotinini begona odamlarga yomonlab o‘tiradi. Ularning oilasiga qaynonasi ham doimo qo‘shilib, janjallarning boshida turadi. Ijara uyga chiqib ketsa ham na ajrashtiradi, na yashatadi. Aksincha, bor yiqqan terganini olib ketaverar ekan.
Ayol hozir nima qilishni bilmayapti. Lekin men unga bir nima maslahat berishni yoki u uchun biror joyga murojaat qilishini aytishdan qo‘rqaman. Ular judayam janjalkash oila. Nima maslahat bersam...
===============
Sukut saqlama.uz ga kelgan maktublardan. Siz ham o‘z hikoyangizni anonim tarzda yuborishingiz mumkin: https://forms.gle/ZKCabhpzFM3ewTUz9
_______
#SukutSaqlama #O‘quvchilardan
Ayrim ayollarni tan olinmagan zo‘rlash qurboni deb baholovchi tadqiqot strategiyasini tanqidiy o‘rganish orqali feministik tadqiqotchilar tanqidchilarga qanday javob berishni, shuningdek, o‘zlarining doimiy tahlil va o‘zgarishlarga asoslangan tadqiqlarini qanday amalga oshirishni o‘ylab ko‘rishlari kerak. Masalaga to‘g‘ri va yakuniy javob yo‘q ekan, uni oddiy va tayyor javoblar bilan emas, ochiq va kengroq savollar bilan chuqurroq o‘rganishimiz talab etiladi. Nima uchun ko‘plab ayollar zo‘rlashning huquqiy ta’rifiga mos tajribalarni boshdan kechirgan bo‘lsa-da, “zo‘ravonlik qurboni” degan tamg‘ani rad etishadi.
Feministik tadqiqotlar ayollarning “qurbon” tamg‘asini rad etishiga qanday javob berishi kerak? Bu savollar feministik nazariyasi va tadqiqot amaliyotining markazidagi murakkab masalalarni yuzaga keltiradi. Agar vazifamiz ayollarni gapirtirish bo‘lsa-yu, ayollar o‘z tajribalarini zo‘ravonlik deb atamasa, ochiq joylarni “so‘zlar bilan to‘ldirish” yoki ularni qurbon deb tavsiflashni noqonuniy deb hisoblashimiz mumkin. Biroq feministik tadqiqotlar ayollarni gapirtirish va tajribalari haqida ma’lumot berishdan tashqari, zo‘ravonlik holati ijtimoiy kontekstda hokimiyat munosabatlari tomonidan shakllantirilishi va cheklanishini tushuntiradigan tahliliy tanqidlarni taklif qilishni maqsad qilgan. Agar ayollarning ovozi “o‘z hikoya”sini bayon etmasa, qanday davom etishni tasavvur qilib bo‘lmaydi. (Bu haqda qarang: Fine, 1992.; Kitzinger va Vilkinson 1997.)
Feministik tadqiqotlar zo‘rlashning tarqalishi bilan bog‘liq empirik (ya’ni amaliy va real ma’lumotlarga asoslangan) tahlillar orqali jamiyatdagi zo‘rlash qamrovi va uning ijtimoiy muammo ekanini o‘rgandi. Biroq bu tadqiqotlar faqatgina statistik ma’lumotlarni to‘plab, zo‘rlashni aniq va ilmiy asosda ko‘rsatibgina qolmadi, balki feministik nuqtayi nazardan zo‘rlashni tushunishga, uning ijtimoiy va madaniy kontekstlarini ochishga xizmat qildi.
Davomi saytimizda: https://nemolchi.uz/uz/feministik-javob-metodologiya/
#SukutSaqlama #DateRape

Azza Abdul Xamid Fayod: plastikni qayta ishlashga yondashuvni o‘zgartirgan maktab o‘quvchisi
2015-yilda misrlik maktab o‘quvchisi Azza Abdгl Xamid Fayod plastik chiqindilarni qayta ishlashda haqiqiy yutuqni amalga oshirdi. U plastmassani bioyoqilg‘iga aylantirishning tejamkor usulini ishlab chiqdi va bu Misr neft tadqiqot instituti e’tiborini tortdi.
Azza muvaffaqiyatining siri katalizatordan foydalanishdir, bu esa qayta ishlash jarayonining narxini sezilarli darajada kamaytiradi. Uning usuli plastik chiqindilardan metan, propan va etan ishlab chiqarish imkonini beradi, keyinchalik ular etanolga aylanadi.
Bu g'oya yangi bo‘lmasa-da, Azza talqinida plastikni utilizatsiya qilish va arzon energiya manbalarini yaratish global muammosini hal qilishda yangilik bo‘lishi mumkin. Uning ishi bir g‘oya ekologiya kelajagiga qanday ta'sir qilishi mumkinligining namoyish etadi.
Manba: Forbes
⠀
#SukutSaqlama #qirlsempowerment

Ba’zi holatlarda ayollarning reaksiyalari ziddiyatli bo‘lib, na an’anaviy qarashlar, na feministik zo‘rlash tushunchalari bilan mos keladi. Mening tadqiqotimda qatnashgan bir ayol (Gavi, 1990) o‘z yigitiga qarata: “Biz birinchi marta jinsiy aloqada bo‘lganimizda, sen meni zo‘rlagansan,” deb aytmoqchi bo‘lgan. Ammo u majburiy jinsiy aloqani zo‘rlash deb qabul qilmagan va o‘sha erkak bilan munosabatni ikki yildan ko‘proq davom ettirgan. Ayol ushbu va boshqa majburiy jinsiy tajribalariga nisbatan murakkab, qarama-qarshi, noaniq va o‘zgaruvchan hissiyotlarini batafsil bayon qildi. Shuningdek, u zo‘rlashga oid odatiy feministik tahlillar unga to‘liq yordam bermaganini aytdi. Ayolning reaksiyasi zo‘rlashga qanday javob berish haqidagi tavsiyalarga mos kelmagan – chunki u o‘sha zo‘ravon erkakni sevgan, o‘rtada o‘tgan ba’zi jinsiy munosabatlar “ajoyib” bo‘lganini tan olgan. Endi esa o‘zini o‘sha paytda “kasal” va “mazoxist” shaxs bo‘lgan, deb biladi.
Sharon Lemb (1996) bir ayolning hikoyasini so‘zlab beradi: ayolni oshiq yigiti mutassil zo‘rlab kelgan, ammo yigit buni zo‘rlash deb bilmagan, mana shu tan olmaslik sabab ayol uni tark etgan. Bu yerda zo‘rlashning o‘zidan ko‘ra, zo‘rlashni tan olmaslik va bahololmaslik ahamiyat kasb etyapti.
Zo‘rlashga oid feminstik tushunchalar bunday ayollarning tajribalarini noto‘g‘ri tushuncha mahsuli tarzida inkor qilmay, kuchli e’tibor qaratishi lozim. Bunday noaniq va ziddiyatli tajribalarni diqqat bilan tinglash va nazariy asosda tahlil qilish, geteroseksuallik va zo‘rlash o‘rtasidagi murakkab munosabatlarni yoritib berish muhim.
Davomi saytimizda: https://nemolchi.uz/uz/zo-rlashga-urinish-zo-rlashning-o-zidan-tubdan-farq-qiladimi/

nemolchi
Zo‘rlashga urinish zo‘rlashning o‘zidan tubdan farq qiladimi? - nemolchi
Ba’zi holatlarda ayollarning reaksiyalari ziddiyatli bo‘lib, na an’anaviy qarashlar, na feministik zo‘rlash tushunchalari bilan mos keladi. Mening tadqiqotimda qatnashgan bir ayol (Gavi, 1990) o‘z yigitiga qarata: “Biz birinchi marta jinsiy aloqada bo‘lganimizda…