Forwarded from Saida Mirziyoyeva
Kecha Vashington shahrida mamlakatlarimiz ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan Amerika-O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi rasman o‘z faoliyatini boshladi. Kengash qo‘shma biznes tashabbuslari uchun mustahkam institutsional asos yaratishga qaratilgan. Uchrashuv yakunida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.
Kengashning tashkil etilishiga ikki davlat Prezidentlari o‘rtasida qaror topgan yuksak darajadagi ishonch zamin yaratdi. Kengash hamraisi, elchi Serjio Gor ta’kidlaganidek, so‘nggi bir yil davomida AQSH Markaziy Osiyoda strategik sheriklikni mustahkamlash borasidagi qat’iy intilishlarini amalda tasdiqladi.
—
Вчера в Вашингтоне официально начал работу Американо-узбекский деловой и инвестиционный совет — площадка, созданная для укрепления связей между предпринимателями наших стран. Совет призван обеспечить прочную институциональную основу для совместных деловых амбиций. Итогом встречи стало подписание меморандума о взаимопонимании.
Создание Совета стало возможным благодаря высокому уровню доверия между президентами обоих государств. Как отметил сопредседатель Совета посол Серджио Гор, за последний год США на деле доказали серьёзность своих намерений по укреплению стратегического партнёрства в Центральной Азии.

👍30🔥21❤9👏9
So‘nggi kunlardagi voqealar shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekiston global geoiqtisodiy maydonda tobora faol va mustaqil o‘yinchiga aylanmoqda. Madrid va Lissabondagi biznes-forumlar hamda Vashingtonda Amerika - O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashining ishga tushirilishi Toshkentning G‘arb bilan aloqalarni kengaytirishga qaratilgan izchil va puxta o‘ylangan strategiyasining amaliy natijasidir.
Bu jarayonlar ortida, avvalo, Shavkat Mirziyoyevning qat’iy siyosiy irodasi turibdi. Aynan shu siyosiy yondashuv O‘zbekistonni global iqtisodiy aloqalar markaziga aylantirish, investitsiyalarni jalb qilish va mamlakatning strategik ahamiyatini oshirishga xizmat qilmoqda.
Eng muhimi, bugungi kunda Ukraina va Yaqin Sharqdagi mojarolar fonida O‘zbekistonning bunday ko‘p vektorli va proaktiv siyosati ayniqsa dolzarb va uzoqni ko‘zlagan qaror sifatida namoyon bo‘lmoqda.
Strategic Focus: Central Asia

❤7🔥4
Forwarded from PolicyLab.UZ
The Economist nashrining yozishicha, hamma urushlarda ham g'oliblar bo'lavermaydi, lekin aniq eng kamida bitta yutqazgan bo'ladi. Maqolada qayd etilishicha, AQShning Eronga qarshi harbiy harakatlari kutilgan natijalarni bermadi va urushning asosiy “yutqazuvchisi” aynan AQSh rahbari Donald Tramp bo‘ldi. Mojaro Tramp ilgari surgan yangi tashqi siyosiy yondashuvning zaif tomonlarini ochib berdi hamda uning strategik maqsadlari - mintaqada xavfsizlikni mustahkamlash, Eronni jilovlash va rejimni o‘zgartirish - amalga oshmaganini ko‘rsatdi.
Shu bilan birga, o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi nihoyatda mo‘rt bo‘lib, tomonlar hatto asosiy masalalar - Hormuz bo‘g‘ozidan foydalanish va muzokaralar kun tartibi bo‘yicha ham kelisha olmayapti.
Bu esa mojaroning istalgan vaqtda qayta alangalanish xavfini saqlab qolmoqda. Eron esa og‘ir yo‘qotishlarga qaramay siyosiy jihatdan o‘z pozitsiyalarini saqlab qoldi. Rejim zaiflashmadi, aksincha hokimiyat yanada harbiylashgan guruhlar qo‘liga o‘tdi. Shu bilan birga, vaqt omili Eron foydasiga ishlayotgani, AQSh esa uzoq muddatli bosimni saqlab turish imkoniyatiga ega emasligi ta’kidlanadi.
Maqolada qayd etilishicha, urush mintaqaviy xavfsizlikni yaxshilamadi, aksincha yangi xatarlarni yuzaga keltirdi. Xususan, Eronning Hormuz bo‘g‘ozi orqali bosim o‘tkazish imkoniyati kuchaydi, Fors ko‘rfazi davlatlari esa AQSh xavfsizlik kafolatlariga bo‘lgan ishonchini qayta ko‘rib chiqishi mumkin. Bu esa mintaqada kuchlar muvozanatini o‘zgartiruvchi omilga aylanmoqda. Bundan tashqari, yadroviy tahdid ham saqlanib qolmoqda. Eronning boyitilgan uran zaxiralari yo‘q qilinmagan va bu kelajakda yadroviy qurollanish poygasini kuchaytirishi mumkin.
Mazkur urush yana bir bor shuni ko‘rsatdiki, harbiy ustunlikning o‘zi yetarli emas: aniq strategiya va siyosiy hisob-kitoblarsiz kuch ishlatish kutilgan natijani bermaydi. Aksincha, noto‘g‘ri qarorlar mintaqaviy beqarorlikni kuchaytirib, uzoq muddatli xavflarni yanada oshiradi.

The Economist
Donald Trump is the war’s biggest loser
There is a reason he wants an exit from Iran
❤5💯5🔥1
PolicyLab.UZ
The Economist nashrining yozishicha, hamma urushlarda ham g'oliblar bo'lavermaydi, lekin aniq eng kamida bitta yutqazgan bo'ladi. Maqolada qayd etilishicha, AQShning Eronga qarshi harbiy harakatlari kutilgan natijalarni bermadi va urushning asosiy “yutqazuvchisi”…
Tahlilchi do‘stlarimizning yangi PolicyLab.UZ kanaliga qo‘shilishni tavsiya qilamiz!
❤4👍4🔥2
Forwarded from PolicyLab.UZ
So‘nggi o‘n yillikda Markaziy Osiyo davlatlari hamkorlikning haqiqiy “oltin davri”ni boshdan kechirmoqda. Bugungi kunda mintaqa ichidagi aloqalar faqat davlat rahbarlari darajasidagi siyosiy muloqot bilan cheklanib qolmay, balki oddiy fuqarolar o‘rtasida ham sezilarli darajada faollashdi. Chegaralarning ochilishi, transport qatnovlarining tiklanishi, vizasiz rejimlarning joriy etilishi natijasida “bordi-keldi” keskin jonlandi. Bu jarayon uzoq yillar davomida shakllangan ehtiyoj va, eng muhimi, kuchli siyosiy irodaning mahsuli bo’ldi.
👍78🔥27👏13❤11
Forwarded from PolicyLab.UZ
Umuman olganda, mustaqillikdan keyingi Markaziy Osiyo tarixini shartli ravishda uchta o‘n yillikka (“Central Asian decades”) ajratish mumkin. Ushbu yondashuv mintaqaning ichki evolyutsiyasi, davlatlar o‘rtasidagi munosabatlar dinamikasi va tashqi omillar ta’sirini tushunishga imkon beradi.
Birinchi o‘n yillik - “Great Gap” (Katta bo‘shliq) davridir. 1991-yilda sobiq yagona siyosiy va iqtisodiy makon parchalangach, mintaqa davlatlari e’tiborni avvalo milliy davlatchilikni shakllantirish, suverenitetni mustahkamlash va ichki barqarorlikni ta’minlashga qaratdi. Natijada o‘zaro aloqalarda jiddiy uzilishlar yuzaga keldi.
Bu davrda tashqi kuchlarning ham mintaqa nisbatan qiziqishi susaydi. Rossiya ichki inqirozlar – iqtisodiy tanazzul va Chechen urushlari bilan band bo‘lib, Markaziy Osiyoda ta’siri cheklandi. Xitoy esa hali iqtisodiy yuksalishining dastlabki bosqichida bo‘lib, mintaqadagi ishtiroki sezilmas darajada edi. AQSh va G‘arb davlatlari esa Markaziy Osiyoga nisbatan ikkilamchi, hatto cheklangan qiziqish bildirdi.
Shu bilan birga, mintaqa davlatlari o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga urinishgan. 1990-yillarda Markaziy Osiyo Ittifoqi g‘oyasi ilgari surildi, yagona iqtisodiy makon yaratishga qaratilgan intilishlar bo’ldi. Biroq amaliy natijalar kutilgan darajada bo‘lmadi. Suv-energetika almashinuvi kabi muhim masalalarda kelishuvlar izdan chiqdi, mamlakatlar izolyatsion siyosatni afzal ko‘rdi. Natijada, birinchi o‘n yillik mintaqaviy integratsiyaning sustligi, ishonch tanqisligi va real hamkorlik mexanizmlarining yetishmasligi bilan yakunlandi.

👍8❤3
Forwarded from PolicyLab.UZ
Ikkinchi dekada - “Great Game” (“Katta o‘yin”) davri sifatida baholash mumkin. 2001-yil 11- sentyabr voqealari Markaziy Osiyoning geosiyosiy ahamiyatini keskin oshirdi. Afg‘onistondagi harbiy amaliyotlar fonida mintaqa global xavfsizlik tizimining muhim bo‘g‘iniga aylandi.
Bu davrda AQSh, Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi mintaqa uchun raqobat kayfiyati paydo bo’ldi. Rossiya iqtisodiy tiklanish asnosida mintaqadagi ta’sirini qayta tiklashga harakat qilib, Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti va Yevroosiyo integratsion loyihalari orqali o‘z pozitsiyalarini mustahkamlashga intildi. Xitoy esa Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasida ishtirokini kengaytirib, keyinchalik “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi orqali mintaqani o‘zining global iqtisodiy strategiyasiga bog‘ladi.
AQSh esa xavfsizlik va harbiy hamkorlik orqali o‘z manfaatlarini ilgari surdi. Natijada Markaziy Osiyo yirik kuchlar o‘rtasidagi raqobatning bir qismiga aylandi. Mintaqa davlatlari ko‘p vektorli tashqi siyosat yuritgan holda bu raqobatdan foyda olishga harakat qildi. Biroq bu jarayon ichki integratsiyani kuchaytirish o‘rniga aksincha zaiflashtirdi. Davlatlar ko‘proq tashqi hamkorlarga yo‘nala boshladi, o‘zaro savdo va hamkorlik esa past darajada saqlanib qoldi. Shunday qilib, “katta o‘yin” davrida tashqi faollik ortgan bo‘lsa-da, mintaqa ichidagi yaqinlik susayib bordi.

👍9
Forwarded from PolicyLab.UZ
Uchinchi o‘n yillik - “Great Gain” (Katta yutuq) davri bo‘lib, aynan so‘nggi yillarda yaqqol namoyon bo‘lmoqda. 2017-yildan boshlab Markaziy Osiyoda sifat jihatidan yangi jarayon - mintaqaviy yaqinlashuv va o‘zaro ishonchni tiklash bosqichi boshlandi.
Bu jarayonda O‘zbekiston hal qiluvchi rol o‘ynadi. 2016-yildan keyingi davrda mamlakat tashqi siyosati tubdan o‘zgarib, yopiq va ehtiyotkor yondashuv o‘rnini ochiqlik, pragmatizm va faol mintaqaviy hamkorlik egalladi. Natijada uzoq yillar davomida hal etilmay kelgan chegara masalalarining bosqichma-bosqich yechim topa boshladi. Bu esa mintaqada ishonch muhitining mustahkamlanishiga xizmat qildi. Mintaqada savdo, turizm va ijtimoiy aloqalar jonlandi. Shu bilan birga, Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining muntazam Maslahat uchrashuvlari yo‘lga qo‘yildi va mintaqa ichida yangi muloqot tizimi shakllandi.
Aynan shu jarayon Markaziy Osiyoni kelajakda yanada barqaror, o‘zaro bog‘langan va global tizimda muhim o‘rin egallovchi mintaqaga aylantirish salohiyatiga ega. Qolaversa, bugun mintaqada hukm surayotgan muhit tufayli Markaziy Osiyo xalqaro transport logistikaning muhim bo’g’iniga aylanmoqda. Bu esa turli mintaqalarda yuz berayotgan mojarolar tufayli global kuchlarning ham Markaziy Osiyoda uzoq muddatli barqarorlikning saqlanib qolishiga bo’lgan qiziqishini yanada kuchaytiradi.

👍19💩6
Forwarded from PolicyLab.UZ
Xalqaro munosabatlar bo‘yicha kengashning (Council on Foreign Relations) faxriy prezidenti Richard Haass ta'kidlashicha, Eron atrofidagi mojaro global geosiyosiy tizimda kuchlar muvozanatini qayta shakllantirib, an’anaviy ittifoqlar va strategik ustuvorliklarni jiddiy qayta ko‘rib chiqishga olib keldi.
Eng muhim natijalardan biri - Rossiya va Xitoyning nisbiy strategik yutug‘i bo‘ldi. Rossiya energiya narxlarining oshishi va G‘arb resurslarining boshqa yo‘nalishga chalg‘ishi hisobiga iqtisodiy hamda geosiyosiy pozitsiyalarini mustahkamladi. Xitoy esa AQShning Yaqin Sharqqa qayta e’tibor qaratishi asnosida Osiyo-Tinch okeani yo‘nalishida nisbatan qulay strategik muhitga ega bo‘ldi.
Vashington uchun ushbu mojaro kutilgan strategik natijalarni bermadi. Harbiy va moliyaviy jihatdan katta resurslar safarbar etilgan bo‘lsa-da, asosiy maqsadlar - Eronning harbiy salohiyatini keskin cheklash, yadroviy dasturini to‘xtatish va siyosiy tizimni o‘zgartirish amalga oshmadi. Natijada, AQShning global yetakchilik qobiliyati va ittifoqchilar oldidagi ishonchliligi savol ostida qoldi. Mojaro, shuningdek, ichki iqtisodiy bosimni kuchaytirib, inflyatsiya va iqtisodiy sekinlashuv xavfini oshirdi.
Mintaqaviy darajada arab davlatlari uchun ushbu urush xavfsizlik arxitekturasining zaif tomonlarini ochib berdi. Eron ularning harbiy va siyosiy zaifliklarini yuzaga chiqardi, bu esa uzoq muddatli barqarorlikka asoslangan iqtisodiy model - investitsiyalar, turizm va ochiq iqtisodiyot uchun jiddiy xavf tug‘dirmoqda.
Eronning o‘zi murakkab, ikkiyoqlama natijaga erishdi. Bir tomondan, mamlakat jiddiy harbiy va iqtisodiy yo‘qotishlarga duch keldi. Boshqa tomondan esa, u tashqi bosimga bardosh bera olish qobiliyatini namoyish etib, mintaqaviy ta’sirini saqlab qoldi. Ayniqsa, Hormuz bo‘g‘ozi ustidan potensial nazorat imkoniyatlari uning kelajakdagi strategik ahamiyatini saqlab qolmoqda.
Isroil uchun ham natijalar aralash bo‘ldi: ayrim taktik muvaffaqiyatlarga qaramay, strategik maqsadlar to‘liq amalga oshmadi. Shu bilan birga, AQSh-Isroil munosabatlarida ham muayyan taranglik ehtimoli kuchaydi.
Mojaro G‘arb ittifoqchilari o‘rtasidagi ishonchga ham salbiy ta’sir ko‘rsatdi, ayniqsa AQSh va Yevropa o‘rtasidagi muvofiqlashtirish darajasi pasaydi.

Project Syndicate
The Iran War’s Winners and Losers
Richard Haass assesses which countries gained the most from the US-Israeli campaign, and which are worse off.
💯6❤3