Strategic Focus: Central Asia
17.1K subscribers
922 photos
180 videos
64 files
2.02K links
Markaziy Osiyo va qo’shni mintaqalardagi asosiy voqealarning tahlilini bizning kanalda kuzating.

@stratfocusatlantic - AQSh va Yevropa

@stratfocusmena - Yaqin Sharq va Mag’rib

Taklif/murojaat uchun: @sfca_admin
Download Telegram
Forwarded from Jaxongir Xakimov
AQSh zaiflashuvi Markaziy Osiyoga xavfmi?

Bugungi kunda xalqaro tizimda kuzatilayotgan siyosiy inqirozlar AQShning global yetakchilik roliga nisbatan shubhali qarashlarning kuchayishiga olib kelmoqda. Shu bilan birga, mavjud liberal iqtisodiy model hamda Amerika moliyaviy tizimining keskin izdan chiqishi jahon iqtisodiyoti uchun zanjirli reaksiya keltirib chiqarishi ehtimolini oshirmoqda. Mazkur sharoitda Xitoyning yangi global kuch sifatida shakllanishi Markaziy Osiyo mintaqasi uchun nafaqat iqtisodiy imkoniyatlar, balki jiddiy strategik va xavfsizlikka oid tahdidlarni ham yuzaga keltiradi.

AQSh Markaziy Osiyo hududidan geografik jihatdan uzoqda joylashgan bo‘lib, uning mintaqadagi manfaatlari asosan siyosiy muvozanatni saqlashga qaratilgan. Xitoy esa bevosita qo‘shnimiz hamda dunyoning eng yirik ishlab chiqarish markazidir. Shu bois, Xitoyning iqtisodiy ekspansiyasi mintaqaning xomashyo bazasiga aylanib qolish xavfini tug‘diradi. Xususan, Xitoyning energiya va mineral resurslarga bo‘lgan ulkan ehtiyoji MO davlatlarining tabiiy boyliklarini qisqa muddatda “so‘rib olishiga” olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, “Bir makon, bir yo‘l” loyihasi doirasidagi yirik infratuzilmaviy qarzlar mintaqa davlatlarining Pekinga siyosiy qaramligini oshiradi.

AQShning global ta’siri zaiflashuvi Markaziy Osiyoda kuchlar muvozanatining buzilishiga olib keladi. G‘arbning mintaqadagi ishtiroki kamayishi Markaziy Osiyoni Xitoyning mutlaq ta’sir doirasida qoldiradi. Bu esa davlatlarimizning ko‘p vektorli tashqi siyosat yuritish imkoniyatini cheklab qo‘yadi. Tarixiy tajriba shuni ko‘rsatadiki, kuchli qo‘shni imperiyalar har doim o‘z chegaralari atrofida bufer zonalar yaratishga va resurslarni nazorat qilishga intiladi.

Shu bilan birga, xalqaro moliyaviy tizimda yuz berishi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlar ham mintaqa uchun muhim oqibatlarni keltirib chiqaradi. Agar dollar ustuvorligi zaiflashib, uning o‘rnini yuan egallasa, Markaziy Osiyoning moliyaviy oqimlari to‘liq Pekin nazoratiga o‘tadi. Bu nafaqat savdo-sotiq, balki ichki iqtisodiy qarorlar qabul qilishda ham mustaqillikning yo‘qolishiga olib kelishi mumkin.

Umuman olganda, AQShning global siyosatidagi xatolar va uning zaiflashuvi Markaziy Osiyo uchun “geosiyosiy vakuum” yaratadi. Ushbu bo‘shliqni Xitoy kabi agressiv iqtisodiy o‘sishga ega imperiya tomonidan to‘ldirilishi mintaqa uchun iqtisodiy suverenitetning zaiflashuvi va tabiiy resurslarning jadal va nazoratsiz o‘zlashtirilishi hamda geosiyosiy tanlov imkoniyatining qisqarishi kabi jiddiy xatarlarni yuzaga keltiradi. Shu sababli, dunyo iqtisodiy-siyosiy tizimining keskin transformatsiyasi sharoitida Markaziy Osiyo davlatlari uchun mintaqaviy birlik va tashqi ta’sirlarga nisbatan jamoaviy immunitetni shakllantirish hayotiy zarurat hisoblanadi. Xitoy bilan hamkorlik qanchalik foydali bo'lmasin, uning “yutib yuborish” salohiyatini doimiy nazoratda ushlab turish mintaqa mamlakatlari uchun strategik vazifa bo‘lib qoladi.

Jaxongir Xakimov
👍18🔥10💯10🤔61
Forwarded from PolicyLab.UZ
kaplan_robert_d_the_revenge_of_geography_what_the_map_tells.pdf
6.4 MB
Eron haqida to‘liq tasavvurga ega bo‘lish uchun, albatta, fundamental tadqiqotlarga murojaat qilish zarur. Bu borada Robert D. Kaplanning “Geografiyaning qasosi: Xarita bizga kelajakdagi mojarolar va taqdirga qarshi kurash haqida nimani anglatadi” nomli asari muhim ahamiyatga ega. Ushbu asarning Eronga bag‘ishlangan bobida mamlakat global va mintaqaviy tizimda alohida o‘rin tutuvchi geostrategik markaz sifatida talqin qilinadi.

Eronning asosiy ustunligi uning noyob geografik joylashuvida namoyon bo‘ladi. U Kaspiy dengizi va Fors ko‘rfazi energiya hududlarini tutashtiruvchi yagona davlatdir. Ma’lumki, Fors ko‘rfazi hududi jahon neft zaxiralarining qariyb 55 foizini o‘zida jamlagan bo‘lib, Eron aynan shu makon markazida joylashgan.

Mamlakatning uzun qirg‘oq chiziqlari uning strategik imkoniyatlarini yanada kuchaytiradi. Xususan, Hormuz bo‘g‘ozi ichidagi Eron qirg‘og‘i taxminan 2511 kilometrni tashkil etadi, bu esa mintaqadagi boshqa davlatlarga nisbatan sezilarli ustunlik beradi (taqqoslash uchun, BAA - taxminan 1357 km). Bundan tashqari, Eronning Arab dengiziga chiqishi (480 km) va Kaspiy dengizidagi qirg‘og‘i (taxminan 650 km) uni Markaziy Osiyo davlatlari uchun dengizga chiqish imkonini beruvchi muhim tranzit hududga aylantiradi.

Geografik jihatdan Eron nafaqat energiya makonlarini, balki butun Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoni bog‘lovchi tabiiy ko‘prik vazifasini bajaradi. Zagros tog‘lari orqali g‘arbga - Iroq tomonga, sharq va shimolga esa Xuroson hamda Markaziy Osiyo hududlariga chiqish yo‘llari ochiq. Shu sababli tarixan ham Eron ushbu makonlar o‘rtasida uzviy bog‘lovchi rol o‘ynab kelgan.

Biroq Eronning ta’siri faqat geografik omillar bilan cheklanmaydi. U keng sivilizatsion makon sifatida shakllangan bo‘lib, “Eron g‘oyasi” konsepsiyasi orqali o‘zining madaniy va til jihatidan keng ta’sir doirasini namoyon etadi. Fors tili dari, tojik, urdu, pushtun, hind va bengal tillariga sezilarli ta’sir ko‘rsatgan, natijada Bag‘doddan Dakkagacha bo‘lgan hududni yagona madaniy maydon sifatida talqin qilish mumkin.

Tarixiy nuqtai nazardan Eron qadimdan kuchli davlat va imperiyalar markazi bo‘lib kelgan. Ahamoniylar imperiyasi Bosfor bo‘g‘ozidan Hind vodiysigacha cho‘zilib, o‘z davrining eng yirik siyosiy tuzilmalaridan biriga aylangan. Keyinchalik Parfiya va Safaviylar davlatlari ham keng hududlarga ta’sir o‘tkazgan. Ushbu tarixiy tajriba bugungi Eron siyosiy elitasi tafakkurida milliy o‘zlik va strategik ambitsiyalarni shakllantiruvchi muhim omil bo‘lib qolmoqda.

Zamonaviy bosqichda esa Eron klassik harbiy ekspansiyadan ko‘ra, proksi kuchlar, ideologik ta’sir va asimmetrik strategiyalar orqali o‘z ta’sirini kengaytirmoqda.

Shu bilan birga, Eronning global va mintaqaviy salohiyati uning ichki siyosiy tizimi bilan ma’lum darajada cheklanmoqda. Diniy boshqaruv modeli mamlakatning madaniy jozibadorligini pasaytirib, uning “yumshoq kuch” (soft power) imkoniyatlarini to‘liq namoyon etishiga to‘sqinlik qilmoqda. Shu bois Kaplan fikricha, Eronning haqiqiy potensiali uning siyosiy evolyutsiyasiga bevosita bog‘liq. Agar mamlakat liberallashsa yoki ochiqroq tizimga o‘tsa, u Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoda yanada kuchli va konstruktiv rol o‘ynashi mumkin.

Shunday qilib, Eronni geosiyosiy jihatdan muhim qiladigan asosiy omillar - bu uning strategik geografiyasi, ulkan energiya resurslari va chuqur sivilizatsion merosidir. Shu sababli, mamlakat ichki siyosiy o‘zgarishlari nafaqat mintaqaviy, balki butun Yevrosiyo miqyosida kuchlar muvozanatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
👍174
Javohir Sindorov — FIDE Nomzodlar turniri g‘olibi

O‘zbekistonlik grossmeyster eng yaqin ta’qibchisi, niderlandiyalik Anish Giri bilan durang o‘ynadi va musobaqa yakuniga bir tur qolganda g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

@tivmatbuot
👍41👏129🔥4
👍6111🔥11
Юқори планкага нафақат муваффақиятни балки арқонни ҳам илиш мумкин.

@Hamid_Sodiq
Ҳокимият crash test ини томоша қилиш учун билет фақат политологларда бор.

Қолганлар ҳакимиятни тўхтатиш мумкин деб ўйлашади)

@Hamid_Sodiq
👍104
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev shaxmatchi Javohir Sindorov bilan telefon orqali suhbatlashib, uni Xalqaro shaxmat federatsiyasi Nomzodlar turnirida qo‘lga kiritgan tarixiy yutug‘i munosabati bilan samimiy tabrikladi.

Strategic Focus: Central Asia
👍40🔥2613👏13
Forwarded from Hikmat istaganga...
AQSH NATOdan chiqishi ortidagi maxfiy reja: Isroil va Turkiya to‘qnashuvi

​AQSH Milliy aksilterror markazining sobiq rahbari Joe Kent yaqinda shov-shuvli bayonot bilan chiqdi. Uning ta’kidlashicha, Donald Tramp ma’muriyatining NATOdan chiqish haqidagi tahdidlari ortida uzoqni ko'zlagan strategik maqsad yotibdi.

​Kentning so'zlariga ko'ra, Vashington Shimoliy Atlantika alyansini tark etishi tinchlikni saqlash emas, balki Suriya hududida Turkiya va Isroil o‘rtasida kutilayotgan muqarrar urushda Isroil tomonida turish uchun yo'l ochishdir. NATO nizomiga ko'ra, AQSH o'z ittifoqchisi bo'lgan Turkiyaga qarshi harbiy harakatlarda qatnasha olmaydi, alyansdan chiqish esa bu to'siqni olib tashlaydi.

​Sobiq mulozim AQSHning Yaqin Sharqdagi "ham o't qo'yuvchi, ham o't o'chiruvchi" rolini to'xtatish vaqti kelganini, mintaqadagi manfaatlar bunday katta xavfga arzimasligini bildirgan.

AQSHning NATOdan chiqish ehtimoli tinchlikka intilish emas, balki mintaqaviy urushda Isroilni qo‘llab-quvvatlash uchun xalqaro majburiyatlardan voz kechish strategiyasidir.
💯23👍105🤔1
Forwarded from PolicyLab.UZ
Markaziy Osiyoning raqamlashtirish bo'yicha ambitsiyalari

Karnegi fondi nashr etgan maqolaga ko'ra, Markaziy Osiyo davlatlari o‘zlarini Yevropa va Osiyoni bog‘lovchi raqamli markaz sifatida shakllantirishga intilmoqda. Bu yo‘lda ular innovatsion zonalar, soliq imtiyozlari va texnologik investitsiyalarni jalb qilish orqali raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga harakat qilmoqda. Masalan, Qozog‘iston sun’iy intellekt ekotizimini rivojlantirmoqda, O‘zbekiston Qoraqalpog‘istonda yirik ma’lumot markazlari zonasini ishga tushirmoqda, Tojikiston esa maxsus sun’iy intellekt hududini tashkil etgan.

Biroq, raqamli ambitsiyalarni amalga oshirish uchta asosiy omilga bog‘liq: energiya (power), infratuzilma yo‘llari (pathways) va siyosat (policy). Raqamli iqtisodiyotlar katta hajmdagi elektr energiyasiga tayanadi, ma’lumotlar esa keng polosali aloqa tarmoqlari orqali uzatiladi.

Shuning uchun energiya masalasi eng muhim omillardan biri hisoblanadi. 2025 yil holatiga ko‘ra, Qozog‘iston, O‘zbekiston va Qirg‘izistondagi umumiy ma’lumot markazlari sig‘imi atigi 4700 rackdan (ma’lumot markazlaridagi server joylashtiriladigan shkaflar soni. 1 ta rack 10-20 ta server sig'diradi) iborat bo‘lib, bu yirik raqamli markaz yaratish uchun yetarli emas. Shu bilan birga, faqat 15 ta markaz yuqori ishonchlilik sertifikatiga ega.

Shunga qaramay, xorijiy investorlar faol kirib kelmoqda. O‘zbekistonda DataVolt kompaniyasi 2030 yilgacha 4,6 milliard yevro miqdorida investitsiya kiritishni rejalashtirgan, Xitoy kompaniyalari esa milliardlab dollarlik loyihalarni amalga oshirmoqda. Qozog‘istonda ham yirik ma’lumot markazlari uchun milliardlab dollar investitsiyalar rejalashtirilgan.

Biroq, asosiy muammo - elektr tarmoqlarining yetarli darajada barqaror emasligi. Masalan, ayrim yirik ma’lumot markazlari uzluksiz ishlashi uchun alohida elektr stansiyalarini qurishga majbur bo‘lmoqda. Bu esa investorlar uchun qo‘shimcha xarajat - “infratuzilma solig‘i”ni yuzaga keltirmoqda.

Ikkinchi muhim yo‘nalish - aloqa infratuzilmasi. Markaziy Osiyo dengiz osti internet kabellariga ega emasligi sababli, asosan quruqlikdagi tarmoqlarga tayanadi. Bu esa tizimni zaiflashtiradi. Masalan, Qozog‘iston internet trafikining qariyb 95 foizi Rossiya orqali o‘tadi, bu esa mintaqaning tashqi infratuzilmaga qaramligini kuchaytiradi. Muqobil yo‘nalish sifatida Transkaspiy optik tolali kabel loyihasi ishlab chiqilmoqda. Uzunligi 380 km bo‘lgan ushbu loyiha 2026 yilga borib ishga tushirilsa, mintaqaning Yevropa bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqamli aloqasini sezilarli darajada yaxshilashi mumkin.

Uchinchi omil - siyosat. Markaziy Osiyo davlatlari raqamli qonunchilikni faol yangilamoqda. Jumladan, Qozog‘istonning Raqamli kodeksi va sun’iy intellekt to‘g‘risidagi qonuni, Qirg‘izistonning ilg‘or Raqamli kodeksi bu yo‘nalishda muhim qadamlar hisoblanadi. Biroq asosiy muammo - siyosiy ketma-ketlikni to‘g‘ri belgilashdir. Ya’ni, infratuzilma va investitsiyalarni rag‘batlantiruvchi “bozorni shakllantiruvchi” siyosatlar bilan, bozor shakllangandan keyin xavflarni boshqarishga qaratilgan “bozorni tartibga soluvchi” choralarni aniq ajratish zarur.

Bu degani haddan tashqari ma’lumotlarni lokalizatsiya qilish talablari investorlarni mintaqani chetlab o‘tishga majbur qilishi mumkin. Shu bois, ekspertlar “Cloud-first” kabi moslashuvchan yondashuvlarni tavsiya etmoqda, bunda avval global infratuzilma jalb qilinadi, keyin esa mahalliy tizimlar rivojlantiriladi.
👍1210🔥1
Forwarded from Otabek Akromov
Сиёсий таҳлил — келажакни билиш эмас, балки туман ичида йўл топиш, унинг фожиаси эса – ҳамма нарсани ўқиб, ҳеч нарсани башорат қила олмасликдир.

Гоҳида ўйлаб қоламан: таҳлилчи деган касбнинг ўзи бир оз ғалати. Чунки сендан энг муҳим қарорларни тушунтиришни кутишади, аммо ўша қарорларнинг катта қисми ёпиқ эшиклар ортида, махфий муҳитда қабул қилинади. Таҳлилчида тўлиқ ахборот бўлмайди. У тарихга қарайди, назарияга таянади, сиёсий акторларни олдинги хатти-ҳаракатини кузатади ва шулардан келиб чиқиб эртанги қадамни тахмин қилади. Яъни бу касб аниқлик санъати эмас, ноаниқлик ичида мантиқ излаш санъати.

Лекин баъзи акторлар мантиқ доирасида эмас, кайфият, импульс ёки шахсий инстинкт доирасида ҳаракат қилади. Масалан, Трампга ўхшаган сиёсатчи чиқса, таҳлилчининг бутун интеллектуал аппарати бир лаҳзада оқсаб қолади. Тасаввур қилинг, одам умрини Америка ташқи сиёсатини ўрганишга сарфлайди, архив ковлайди, назария ўқийди, доктриналарни таққослайди — аммо кун келиб АҚШнинг бирорта ҳам қадамини ишонч билан башорат қила олмайди. Шунда тушкунликка тушмасликнинг ўзи ҳам алоҳида истеъдод, менимча.

Сиёсий таҳлилчининг иши, натижада, ҳақиқатни эмас, эҳтимолларни шарҳлаш бўлиб қолади. У келажакни билмаса ҳам, унинг қайси томонга оғиши мумкинлигини ҳис қилади. Шунинг учун яхши таҳлилчи ҳамма нарсани “биладиган” одам эмас, балки ноаниқликдан қочмайдиган, туман ичида ҳам шаклларни ажрата оладигандир. Чунки сиёсатда энг катта хатар ахборот етишмаслиги эмас, мантиқнинг ўзи йўқолган палладир.

🌟 Otabek Akromov | PhD Bio ANU
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
16👍13👏8
Vashingtondan kelayotgan ma’lumotlarga ko‘ra, mahalliy ekspert-tahliliy doiralar hozirda Eron urushidan keyingi yangi dunyo tartibini faol muhokama qilmoqdalar. Tahlilchilar ushbu mojaroni AQSH va Xitoy o‘rtasidagi global raqobatning taqdirini belgilab beruvchi yirik to‘qnashuv sifatida baholamoqdalar.
 
Ekspertlar voqealar rivojini AQSHning harbiy qat’iyati va Xitoyning diplomatik pozitsiyasiga tayanib, quyidagi asosiy ssenariylarni ilgari surmoqdalar:
 
Birinchi, AQSH o‘zini cheklangan zarbalar bilan tiyib turadi, Xitoy esa passiv kuzatuvchi bo‘lib qoladi. Bu eng ehtimoliy qisqa muddatli variant. Eronning harbiy salohiyati pasaytiriladi, ammo rejim saqlab qolinadi. Xitoy esa sanksiyalar ostidagi Erondan arzon energiya resurslarini olishda davom etadi. Bu AQSH ittifoqlarining biroz zaiflashishiga, ammo tizimning saqlanib qolishiga olib keladi.
 
Ikkinchi, AQSH qat’iyatsizlik ko‘rsatadi, Xitoy esa faol aralashadi. Agar Vashington Eronga qarshi keskin choralarni davom ettirmasa, Pekin buni zaiflik belgisi deb biladi. Xitoy Eronga razvedka va diplomatik yordam ko‘rsatib, AQSHni Yaqin Sharq botqog‘iga yanada chuqurroq botiradi. Natijada, Rossiya – Eron - Xitoy ittifoqi mustahkamlanadi, AQSHning dunyo bo‘ylab obro‘si keskin tushib ketadi.
 
Uchinchi,  AQSH qat’iy va davomiy harakat qiladi, Xitoy passiv qoladi. Vashington Eronning raketa va yadro tizimlarini to‘liq yo‘q qilib, Hormuz bo‘g‘ozini kuch bilan ochsa, bu AQSHning mutlaq ustunligini yana bir bor isbotlaydi. Xitoy strategik hamkoridan ayriladi. Biroq, bu g‘alaba AQSHning harbiy resurslarini sezilarli darajada kamaytiradi, bu esa kelajakda boshqa hududlarda (masalan, Tayvanda) muammolar tug‘dirishi mumkin.
 
To‘rtinchi, AQSH qat’iy harakat qiladi, Xitoy esa bunga faol qarshilik ko‘rsatadi. Bu eng xavfli ssenariy, chunki bu yerda super davlatlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘qnashuvi ehtimoli o‘ta yuqori. Taxminlarga ko‘ra, Xitoy Eronga yordam berish bilan birga, Janubiy Xitoy dengizida bosimni oshiradi. Bu dunyoni “sovuq urush”ning yangi, qaynoq bosqichiga olib keladi. Global iqtisodiyot inqirozga yuz tutadi, energiya bozorlari qulashi mumkin.

Bugungi holatdan kelib chiqsak, hozircha vaziyat birinchi ssenariyga yaqinroq bormoqda: noaniq tinchlik, cheklangan harbiy natijalar va saqlanib qolayotgan ziddiyatlar. Biroq, Vashingtondagi manbalar tarixda bunday noaniq yakunlar ko‘pincha yanada katta portlashlarga zamin yaratishini ta’kidlamoqda.

Strategic Focus: Central Asia
14🔥4👍3💯3😁1
Кремль ичидаги “сўзсиз уруш”: Путин мураккаб танлов қаршисида

Россия сиёсий элитасининг энг юқори поғонасида ички зиддият авж олмоқда. Бу галги тўқнашув Кремлнинг кўп йиллик “сайлов стратеги” Сергей Кириенко ва янги мудофаа вазири Андрей Белоусов ўртасида кечмоқда. Кириенконинг мавқеига Венгрия сайловларидаги муваффақиятсизлик – Россия кампаниясининг самарасизлиги жиддий путур етказди. Бу эса Путин олдида унинг “муаммоларни ҳал қилувчи” имижини заифлаштирди.

Зиддиятнинг асосий нуқтаси сентябрь ойида ўтадиган Давлат Думасига сайловлар бўлди. Президент Путин Белоусовга уруш фахрийлари учун парламентдан 150 та ўрин ваъда қилган эди. Бироқ Кириенко сайлов рўйхатига ҳақиқий фронтчиларни эмас, балки армияда расмиятчилик учун бўлиб қайтган амалдорларни киритди. У ҳақиқий жангчилар назоратдан чиқиб, тизимга қарши исён кўтаришидан қўрқмоқда. Белоусов эса буни ҳарбийларни ҳақорат қилиш деб қабул қилиб, рўйхатни шахсан ўзи тузишга интилмоқда.

Андрей Белоусовнинг армиядаги коррупцияни очиш орқали ҳарбийлар меҳрини қозонгани ва Рус православ черкови томонидан қўллаб-қувватланиши уни Кириенко учун хавфли рақибга айлантирди. Тизим ичидаги бу “асабийлик” ҳатто пропаганда тизимида ҳам акс этмоқда: Путинни танқид қилган блогерларнинг мажбурий даволанишга юборилиши ички зиддиятлар ташқарига сизиб чиқа бошлаганидан далолатдир.

Ҳозирда Путин мураккаб танлов қаршисида: унга ҳам сайловларни “сюрпризларсиз” ўтказувчи Кириенко, ҳам армия садоқатини таъминловчи Белоусов керак. Таҳлилчиларнинг фикрича, ташқи мухолифат деярли йўқ бир шароитда, Путин ҳокимияти учун энг катта хавф айнан мана шундай ички элиталарнинг ўзаро тўқнашувидан келиб чиқиши мумкин.

@gayratkhodjasaydaliev
👍1310🔥5🥱3
Forwarded from Jahongir Olimov | Rasmiy
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇰🇿🇹🇯🇹🇲🇰🇬
Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilarini har gal bir davrada ko‘rish shaxsan men uchun juda yoqimli. Bu kabi tez-tez uchrashishlar ilgarigi faqatgina siyosiy tadbirdan bugun do‘stona, samimiy muloqotga ko‘chgan. Ushbu birlikda esa O‘zbekiston rahbarining juda katta o‘rni bor. Prezident Shavkat Mirziyoyevning qat’iy siyosiy irodasi, uzoqni ko‘ra bilish qobiliyati va dono tashqi siyosati tufayli mintaqa davlatlari bugun nafaqat birga yuksalyapti, balki muammolar, xavf-xatarlarga qarshi birgalikda kurashmoqda. Prezidentlar bu gal Ostona shahrida butun Markaziy Osiyo mintaqasiga dahldor muammo Orolni qutqarish masalasini muhokama qildilar.

#markaziyosiyo #birligimizgakoʻztegmasin
👍117🔥4126👏5😁1
🇺🇿 Kuchli suratlardan biri.

Strategic Focus: Central Asia
👍118🔥4016👏11❤‍🔥3👎3🤔3😁1
Vashington va Tehron o‘rtasidagi diplomatik aloqalarning yangi bosqichi arafasida Eron rahbariyati o‘ta murakkab va ziddiyatli geosiyosiy tanlov qarshisida turibdi. Islomobodda o‘tkazilishi rejalashtirilgan tinchlik muzokaralari nafaqat mintaqaviy barqarorlikni, balki Eronning kelgusi yillardagi iqtisodiy va siyosiy yo‘nalishini belgilab beruvchi nuqta bo‘lishi kutilmoqda. Hozirgi vaziyatda Tehronning ochiq ritorikasi va sahna ortidagi harakatlari o‘rtasidagi tafovut strategik tahlilning asosiy markaziga aylangan.

Bugungi geosiyosiy vaziyatda bir necha muhim trendlar Eronning muzokaralar stolidagi pozitsiyasini shakllantirmoqda.

Birinchidan, Tehron o‘ziga xos diplomatik qarama-qarshilik uslubini qo‘llamoqda: rasmiy darajadagi keskin va radikal bayonotlar ichki auditoriyani hamda konservativ kuchlarni tinchlantirishga xizmat qilsa, parda ortidagi muloqotlar iqtisodiy inqirozni yumshatishga qaratilgan hayotiy zaruratdir. Prezident Pezeshkianning o‘zgaruvchan ritorikasi (bir tomondan "tarixiy ishonchsizlik" haqidagi ogohlantirishlar, ikkinchi tomondan esa urush hech kimning manfaatiga xizmat qilmasligi haqidagi tan olishlar) Eron elitasidagi ikkilanishlarni yaqqol aks ettiradi.

Ikkinchi muhim jihat, muzokaralarning format va vakillik darajasi bilan bog‘liq. Muhammad Boqir G‘olibof kabi nufuzli arboblarning muzokaralarda ishtirok etish sharti Tehronning bu jarayonga naqadar jiddiy va ehtiyotkorlik bilan yondashayotganini ko‘rsatadi. Bu nafaqat AQSHning yuqori martabali mulozimlari (masalan, JD Vens) bilan tengma-teng muloqot qilish istagi, balki kelishuvga erishilgan taqdirda uni Eron ichidagi "qattiq qo‘l" tarafdorlariga ham qabul qildirish strategiyasidir.

Biroq, muzokaralar jarayoniga "Vashington qopqoni" omili sezilarli darajada soya solmoqda. Eronliklar orasida shakllangan psixologik to‘siq - muzokaralar chog‘ida ham kutilmagan harbiy hujumga uchrash xavfi - muloqotning samadorligini savol ostida qoldiradi. Donald Tramp ma’muriyatining "maksimal bosim" va kutilmagan harbiy harakatlar tajribasi Tehronda "bosim ostidagi muzokaralar"ga nisbatan kuchli allergiyani shakllantirgan. Shu sababli, Hormuz bo‘g‘ozidagi blokada kabi vositalar Tehron uchun shunchaki harbiy harakat emas, balki muzokaralar stolida o‘z shartlarini diktovka qilish imkonini beruvchi yagona richag bo‘lib qolmoqda.

Xulosa qilib aytsak, Eron hozirda iqtisodiy omon qolish va g‘oyaviy qat’iyat o‘rtasidagi o‘ta nozik chiziqda harakatlanmoqda. O‘t ochishni to‘xtatish muddatining yakunlanishi va Islomoboddagi uchrashuv natijalari yaqin istiqboldagi trendni belgilab beradi. Agar tomonlar o‘zaro ishonchsizlik devorini yorib o‘ta olmasalar, "noaniq tinchlik" o‘rnini mintaqaviy energiya bozorlarini va global xavfsizlikni izdan chiqaruvchi yangi, yanada qaynoq eskalatsiya bosqichi egallashi muqarrar.

Strategic Focus: Middle East and North Africa
👍7🔥74
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
AQShning Turkiyadagi elchisi Tom Barrak: Bu mintaqada faqat bitta narsani hurmat qilishadi, u ham bo‘lsa kuchni. Turkiya hazillashadigan davlat emas.

Manba

👉@suhrob_buranov👈
👍76💯5
Forwarded from Otabek Akromov
Кичик давлатлар учун тарих — хотира; империялар учун эса ҳукмронликни оқлашга хизмат қиладиган сиёсий қурол.

Империялар босқинни “тарихий адолат”, босимни “хавфсизлик”, қарамликни эса “дўстлик” деб атайди. Кичик давлатлврнинг вазифаси эса бу чиройли сўзлар ортидаги хавфни кўра билиш: ўз ерини, тилини, хотирасини ва энг муҳими тақдирини бошқалар ёзиб беришидан ҳимоя қилиш.

🌟 Otabek Akromov | PhD Bio ANU
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
114💯14👍11
Rossiyada hokimiyat inqirozi: rasmiy raqamlar ortidagi haqiqat va ehtimoliy iste’folar

Butunrossiya jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi tomonidan e’lon qilingan so‘nggi raqamlar Rossiya siyosiy elitasi va jamiyati ichidagi chuqur siljishlar signalidir. Ketma-ket yetti haftalik pasayish ortida nimalar yashiringan?

Davlatga qarashli tashkilotlar odatda hokimiyat uchun "qulay" manzarani chizishga harakat qiladi. Shunday bo‘lsa-da, mart oyidagi 70,1% dan 65,6% gacha tushishni rasman tan olinishi - vaziyatni yashirishning imkoni qolmaganidan dalolat.

Avtoritar tizimlarda respondentlar ko‘pincha o‘z fikrini bildirishdan cho‘chiydi. Mutaxassislar real manzarani ko‘rish uchun rasmiy raqamlardan 20-30% olib tashlashni tavsiya etishadi. Tuzatish kiritilsa, amaldagi reyting 35% – 45% atrofida bo‘lishi mumkin. Bu jamiyatning yarmidan ko‘pi charchaganini anglatadi.

Reytinglarning barqaror tushishiga bir necha omillar zamin yaratmoqda: 1) iqtisodiy charchoq: narxlarning o‘sishi va sanksiyalar bosimi aholi hamyonida sezila boshladi; 2) urush foni: uzoq davom etayotgan harbiy harakatlarning noaniq istiqbollari dastlabki "vatanparvarlik to‘lqini"ni so‘ndirmoqda; 3) ijtimoiy apatiya: hatto eng sodiq qatlamlar orasida ham kelajakka bo‘lgan ishonch pasayib, shubhalar kuchaymoqda.

Manbalarga ko‘ra, reytinglar pasayishi fonida Kreml diqqatni chalg‘itish yoki tizimni "qayta yuklash" uchun keskin o‘zgarishlarga tayyorlanmoqda. Ekspert doiralarida ikkita asosiy variant muhokama qilinmoqda:

Birinchi,
Bosh vazir Mixail Mishustin iqtisodiy muammolar uchun "qurbon" qilinishi ehtimoli bor. Uning o‘rniga Mudofaa vaziri Andrey Belousovning kelishi kutilmoqda. Belousov - qat’iy davlat nazorati tarafdori bo‘lib, uning tayinlanishi mamlakatni yanada kuchliroq safarbarlik rejimiga o‘tkazishni anglatadi.

Ikkinchi, so‘nggi paytlardagi Dmitriy Medvedevning o‘ta radikal va keskin ritorikasi tasodif emas. Ba’zi tahlilchilar buni prezidentlik kursiga qaytishga tayyorgarlik sifatida baholashmoqda. Medvedev o‘z chiqishlari bilan eng radikal elektoratni jipslashtirish vazifasini bajarmoqda.

Kreml jamoatchilikka "yangi kuch" (aslida, eski gvardiya) va "islohotlar" kelayotganini ko‘rsatishi shart. Mishustin iqtisodiy pasayish uchun mas’ul etib ko‘rsatilsa, Belousov tartib timsoli, Medvedev esa qat’iyatli lider sifatida taqdim etilishi mumkin.

Xulosa qilib aytganda, agar yaqin oylarda hukumatda kutilmagan iste’folar yuz bersa, bu rasmiy 65,6% reytingning ortida haqiqiy "xavotir bo‘roni" turganini isbotlaydi.

Sizningcha, ushbu kadrlar almashinuvi Rossiyaning hozirgi siyosiy yo‘nalishini o‘zgartira oladimi yoki bu shunchaki "ko‘zbo‘yamachilik"mi?

Strategic Focus: Central Asia
2👍12🔥8💯63😱1
Eronning strategik bardoshi: Vashingtonning muvaffaqiyatsiz operatsiyasi

K.Ametov, siyosiy ekspert

Bugungi kunda Yaqin Sharqdagi geosiyosiy vaziyat yangi bosqichga ko‘tarildi: Tramp ma’muriyati tomonidan e’lon qilingan "muddatsiz otashkesim" amalda Tehronning uzoq yillik strategik chidamliligi va o‘z milliy manfaatlarini himoya qilishdagi qat’iyati g‘alaba qozonganini ko‘rsatmoqda. AQShning dastlabki harbiy bosimlari va zarbalari kutilgan natijani bermadi; aksincha, Eron xalqaro maydonda o‘z shartlarini diktovka qila oladigan kuchli subyekt sifatida namoyon bo‘ldi. Tehronning Islomoboddagi muzokaralarga shoshilmasligi va o‘z pozitsiyasida sobit turishi - bu mamlakatning mustaqil tashqi siyosat yuritish borasidagi siyosiy irodasi naqadar yuksakligidan dalolatdir.

Eron nafaqat harbiy, balki texnologik va iqtisodiy jihatdan ham o‘ziga xos muvozanatni saqlab qolmoqda. Garchi Vashington iqtisodiy blokada va sanksiyalar orqali bosim o‘tkazishga urinayotgan bo‘lsa-da, Eron yillar davomida bunday sharoitda rivojlanish ko‘nikmasini hosil qildi. Bugungi kunda 400 kilogrammdan ortiq boyitilgan uran zaxirasiga egalik qilish - bu Eronning ilmiy salohiyati va strategik qudratining ramzidir. Shu bilan birga, Hoʻrmuz bo‘g‘ozi kabi global savdo tugunlari ustidan nazorat o‘rnatilishi, Tehronning jahon iqtisodiyoti xavfsizligini ta’minlashda naqadar muhim o‘ringa ega ekanini butun dunyoga eslatib qo‘ydi.

Xulosa qiladigan bo‘lsak, Oq uyning hozirgi tushkun va ikkilangan holati Eronning mintaqaviy g‘alabasi sifatida baholanishi mumkin. Tramp ma’muriyati uchun yagona chiqish yo‘li - Eronning mintaqadagi yetakchiligini tan olgan holda muloqot qilishdir. Eron esa Xitoy kabi yirik hamkorlar bilan aloqalarni mustahkamlab, G‘arbning bir tomonlama tazyiqlariga munosib javob bera oladigan, o‘z suverenitetini har qanday vaziyatda himoya qiluvchi kuchli davlat ekanini isbotladi.

Strategic Focus: Central Asia
👍177🔥3💯2
Yaqin Sharqdagi strategik boshi berk ko‘cha: Islomobod muzokaralarining muvaffaqiyatsizligi va uning oqibatlari

AQSh va Eron o‘rtasida Islomobodda rejalashtirilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotning boshlanmasdan turib to‘xtashi, mintaqadagi inqiroz diplomatik yechim bosqichidan uzoqlashib, uzoq muddatli charchatish urushi pallasiga kirganini ko‘rsatmoqda. Vashingtonning o‘z elchilarini qaytarib olishi va Tehronning “qizil chiziqlar” bo‘yicha qat’iy pozitsiyasi tomonlar o‘rtasidagi ishonch darajasi nolga teng ekanligidan dalolat beradi. Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Arog‘chining Pokiston va Ummon bo‘ylab safarlari Tehronning yakkalanib qolishdan qochib, mintaqaviy qo‘shnilari orqali diplomatik manevr qilishga urinayotganini ko‘rsatsa-da, AQShning iqtisodiy blokadasi Eron iqtisodiyoti uchun jiddiy sinov bo‘lib qolmoqda.

Vaziyatning eng og‘ir nuqtasi bo‘lib turgan Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi blokada nafaqat Eron, balki butun jahon energetika bozori uchun strategik xavfga aylandi. Brent rusumidagi neft narxining 50 foizga oshishi Eronning bo‘g‘oz ustidan nazorat o‘rnatgani va global ta’minot zanjirini uzib qo‘yish qobiliyatiga ega ekanligini tasdiqladi. Biroq, bu holat Eronning o‘zini ham qiyin ahvolga solib qo‘ymoqda: portlarning AQSh tomonidan to‘silishi va kichik kemalarga nisbatan “yo‘q qilish” buyrug‘ining berilishi Eronning dengizdagi harakat imkoniyatlarini cheklab, uni yanada tajovuzkorroq javob qaytarishga majbur qilishi mumkin. Germaniya kabi Yevropa davlatlarining minalarni tozalash kemalarini yuborish rejalari esa inqirozning xalqarolashib borayotganini anglatadi.

Shu bilan birga, Isroil va Hizbulloh o‘rtasidagi sulhning mo‘rtligi mintaqaviy barqarorlikka qo‘shimcha zarba bo‘ldi. Donald Tramp tomonidan e’lon qilingan otashkesim muddatining uzaytirilishi amalda ish bermayotgani, Livan janubidagi harbiy to‘qnashuvlarning qayta boshlanishi Eronning proksi-kuchlar orqali bosim o‘tkazish taktikasini davom ettirayotganini ko‘rsatadi. Bu holatda Eronning Tehrondan fuqarolik reyslarini qayta tiklashi bir tomondan ichki barqarorlikni namoyish etishga urinish bo‘lsa, ikkinchi tomondan urush sharoitida iqtisodiy nafas olish yo‘llarini izlash deb baholanishi lozim.

Xulosa qilib aytganda, hozirgi vaziyatda na AQSh, na Eron to‘liq g‘alaba qozona olmaydi. Eron o‘zining energetik dastasidan foydalanib, jahon iqtisodiyotiga sezilarli zarar yetkaza olishini isbotlagan bo‘lsa-da, uzoq muddatli blokada va harbiy bosim sharoitida uning resurslari cheklangan. AQSh esa diplomatiya va kuch ishlatish o‘rtasida muvozanatni topa olmayotgani sababli muzokaralar jarayonini boshi berk ko‘chaga yetaklab keldi. Yaqin haftalarda Eronning Rossiya bilan maslahatlashuvlari va Trampning "yaxshiroq taklif" kutayotgani haqidagi bayonotlari vaziyatning qaysi tomonga og‘ishini belgilab beradi.

Strategic Focus: Central Asia
6🔥4👍2