Strategic Focus: Central Asia
16.8K subscribers
918 photos
177 videos
64 files
2.01K links
Markaziy Osiyo va qo’shni mintaqalardagi asosiy voqealarning tahlilini bizning kanalda kuzating.

@stratfocusatlantic - AQSh va Yevropa

@stratfocusmena - Yaqin Sharq va Mag’rib

Taklif/murojaat uchun: @sfca_admin
Download Telegram
🇺🇸🇮🇷AQSH Hormuz bo‘gozidagi transport tirbandligini bartaraf etishda yordam beradi – Tramp

“Bugun dunyo tinchligi uchun ulug‘ kun! Eron bunga tayyor, ular yetarlicha charchadi! Xuddi shunday, boshqalar ham! Amerika Qo‘shma Shtatlari Hormuz bo‘g‘ozidagi transport tirbandligini bartaraf etishda yordam beradi. Ko‘plab ijobiy harakatlar bo‘ladi! Katta mablag‘lar ishlab topiladi. Eron tiklanish jarayonini boshlashi mumkin.

Biz turli xil ta’minotlarni yetkazib beramiz va hammasi yaxshi kechishini ta’minlash uchun shu yerda bo‘lamiz. Men bunga ishonaman. AQSHda kuzatayotganimiz kabi, bu Yaqin Sharqning “Oltin davri”ga aylanishi mumkin!!!”, degan Oq uy rahbari.


Strategic Focus: Atlantic
😁175
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tramp otashkesimning natijasi yaxshi bo‘lmasa, AQSH urush holatiga qaytishini aytdi

“Siz u yerda qanday bandlar borligini bilmaysiz. Men esa bilaman. Bular juda yaxshi bandlar va ularning aksariyati bo‘yicha muzokaralar to‘liq yakunlangan.

Ular Eron da’vo qilayotganidek “maksimalistik talablar” emas. Agar natija yaxshi bo‘lmasa, biz juda osonlik bilan avvalgi holatga (harbiy harakatlarga) qaytamiz”, dedi AQSH rahbari.


Strategic Focus: Atlantic
🤣254
Forwarded from Tashqi ishlar vazirligi
2026-yil 7-aprel kuni Madrid shahrida O‘zbekiston-Ispaniya biznes-forumi bo‘lib o‘tdi.
***
On April 7, 2026, Madrid hosted Uzbekistan-Spain business forum.
***
7 апреля 2026 года в г.Мадрид состоялся Узбекско-испанский бизнес-форум.

Facebook |YouTube | Instagram | X
11
Forwarded from Tashqi ishlar vazirligi
2026-yil 8-aprel kuni Lissabon shahrida O‘zbekiston-Portugaliya biznes-forumi o‘tkazildi.
***
On April 8, 2026, the Uzbekistan–Portugal Business Forum was held in Lisbon.
***
8 апреля 2026 года в г. Лиссабон состоялся Узбекско-португальский бизнес-форум.

Facebook |YouTube | Instagram | X
9
Forwarded from Saida Mirziyoyeva
Kecha Vashington shahrida mamlakatlarimiz ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan Amerika-O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi rasman o‘z faoliyatini boshladi. Kengash qo‘shma biznes tashabbuslari uchun mustahkam institutsional asos yaratishga qaratilgan. Uchrashuv yakunida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Kengashning tashkil etilishiga ikki davlat Prezidentlari o‘rtasida qaror topgan yuksak darajadagi ishonch zamin yaratdi. Kengash hamraisi, elchi Serjio Gor ta’kidlaganidek, so‘nggi bir yil davomida AQSH Markaziy Osiyoda strategik sheriklikni mustahkamlash borasidagi qat’iy intilishlarini amalda tasdiqladi.



Вчера в Вашингтоне официально начал работу Американо-узбекский деловой и инвестиционный совет — площадка, созданная для укрепления связей между предпринимателями наших стран. Совет призван обеспечить прочную институциональную основу для совместных деловых амбиций. Итогом встречи стало подписание меморандума о взаимопонимании.

Создание Совета стало возможным благодаря высокому уровню доверия между президентами обоих государств. Как отметил сопредседатель Совета посол Серджио Гор, за последний год США на деле доказали серьёзность своих намерений по укреплению стратегического партнёрства в Центральной Азии.
👍30🔥2110👏10
So‘nggi kunlardagi voqealar shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekiston global geoiqtisodiy maydonda tobora faol va mustaqil o‘yinchiga aylanmoqda. Madrid va Lissabondagi biznes-forumlar hamda Vashingtonda Amerika - O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashining ishga tushirilishi Toshkentning G‘arb bilan aloqalarni kengaytirishga qaratilgan izchil va puxta o‘ylangan strategiyasining amaliy natijasidir.

Bu jarayonlar ortida, avvalo, Shavkat Mirziyoyevning qat’iy siyosiy irodasi turibdi. Aynan shu siyosiy yondashuv O‘zbekistonni global iqtisodiy aloqalar markaziga aylantirish, investitsiyalarni jalb qilish va mamlakatning strategik ahamiyatini oshirishga xizmat qilmoqda.

Eng muhimi, bugungi kunda Ukraina va Yaqin Sharqdagi mojarolar fonida O‘zbekistonning bunday ko‘p vektorli va proaktiv siyosati ayniqsa dolzarb va uzoqni ko‘zlagan qaror sifatida namoyon bo‘lmoqda.

Strategic Focus: Central Asia
9🔥5
Forwarded from PolicyLab.UZ
The Economist nashrining yozishicha, hamma urushlarda ham g'oliblar bo'lavermaydi, lekin aniq eng kamida bitta yutqazgan bo'ladi. Maqolada qayd etilishicha, AQShning Eronga qarshi harbiy harakatlari kutilgan natijalarni bermadi va urushning asosiy “yutqazuvchisi” aynan AQSh rahbari Donald Tramp bo‘ldi. Mojaro Tramp ilgari surgan yangi tashqi siyosiy yondashuvning zaif tomonlarini ochib berdi hamda uning strategik maqsadlari - mintaqada xavfsizlikni mustahkamlash, Eronni jilovlash va rejimni o‘zgartirish - amalga oshmaganini ko‘rsatdi.
Shu bilan birga, o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi nihoyatda mo‘rt bo‘lib, tomonlar hatto asosiy masalalar - Hormuz bo‘g‘ozidan foydalanish va muzokaralar kun tartibi bo‘yicha ham kelisha olmayapti.

Bu esa mojaroning istalgan vaqtda qayta alangalanish xavfini saqlab qolmoqda. Eron esa og‘ir yo‘qotishlarga qaramay siyosiy jihatdan o‘z pozitsiyalarini saqlab qoldi. Rejim zaiflashmadi, aksincha hokimiyat yanada harbiylashgan guruhlar qo‘liga o‘tdi. Shu bilan birga, vaqt omili Eron foydasiga ishlayotgani, AQSh esa uzoq muddatli bosimni saqlab turish imkoniyatiga ega emasligi ta’kidlanadi.

Maqolada qayd etilishicha, urush mintaqaviy xavfsizlikni yaxshilamadi, aksincha yangi xatarlarni yuzaga keltirdi. Xususan, Eronning Hormuz bo‘g‘ozi orqali bosim o‘tkazish imkoniyati kuchaydi, Fors ko‘rfazi davlatlari esa AQSh xavfsizlik kafolatlariga bo‘lgan ishonchini qayta ko‘rib chiqishi mumkin. Bu esa mintaqada kuchlar muvozanatini o‘zgartiruvchi omilga aylanmoqda. Bundan tashqari, yadroviy tahdid ham saqlanib qolmoqda. Eronning boyitilgan uran zaxiralari yo‘q qilinmagan va bu kelajakda yadroviy qurollanish poygasini kuchaytirishi mumkin.

Mazkur urush yana bir bor shuni ko‘rsatdiki, harbiy ustunlikning o‘zi yetarli emas: aniq strategiya va siyosiy hisob-kitoblarsiz kuch ishlatish kutilgan natijani bermaydi. Aksincha, noto‘g‘ri qarorlar mintaqaviy beqarorlikni kuchaytirib, uzoq muddatli xavflarni yanada oshiradi.
6💯6🔥1