Strategic Focus: Central Asia
16.7K subscribers
921 photos
178 videos
64 files
2.01K links
Markaziy Osiyo va qo’shni mintaqalardagi asosiy voqealarning tahlilini bizning kanalda kuzating.

@stratfocusatlantic - AQSh va Yevropa

@stratfocusmena - Yaqin Sharq va Mag’rib

Taklif/murojaat uchun: @sfca_admin
Download Telegram
Vashingtondan kelgan ma’lumotlarga koʻra, D.Tramp administratsiyasi Razvedka rahbari Tulsi Gabbardning iste’fosini faol muhokama qilmoqda. Asosiy sabab - Eron bo‘yicha pozitsiyalar qarama-qarshiligida.

Xususan, T.Gabbard Eronga qarshi urushni boshlash tarafdori bo‘lmagan. Razvedka rahbari D.Trampning va B.Netanyaxuning asosiy da’volarini inkor etgan. Ya’ni, unda Eron AQShga tahdid ekanligi to‘g‘risida ma’lumotlar bo‘lmagan.

Avvalroq, Razvedka tuzilmasidagi boshqa rahbar Jo Kent o‘z xohishiga ko‘ra ishdan ketgandi.

Yuqoridagilardan kelib chiqsak, Tramp jamoasi Erondagi mag‘lubiyat uchun aybni razvedka va byurokratiyaga yuklamoqda.

Strategic Focus: Central Asia
👍19😁15🔥41
Strategic Focus: Central Asia
Vashingtondan kelgan ma’lumotlarga koʻra, D.Tramp administratsiyasi Razvedka rahbari Tulsi Gabbardning iste’fosini faol muhokama qilmoqda. Asosiy sabab - Eron bo‘yicha pozitsiyalar qarama-qarshiligida. Xususan, T.Gabbard Eronga qarshi urushni boshlash tarafdori…
Birinchi aybdor

AQSh Urush vaziri P.Hegset armiya shtabi boshlig‘i general R.Jorjdan iste’foga chiqishni va darhol nafaqaga ketishni talab qildi.

Bu borada ikkita variant bor: 1) Eronga qarshi urushda magʻlubiyat uchun “aybdor” izlash; 2) R.Jorj Eron hududida quruqlikdagi operatsiya rejalarga qarshi chiqqan.

Strategic Focus: Central Asia
👍39🔥75
Oxirgi voqealar tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, D.Tramp ma’muriyati Eron yo‘nalishida aniq va yaxlit strategiyaga ega emas. Xususan, AQSh bu yo‘nalishda ayrim harbiy muvaffaqiyatlarga erishgan bo‘lsa-da, ular siyosiy natijaga aylantirilmagan.

Ekspertlarga koʻra, D.Tramp Eron bo‘yicha strategik yondashuv yetishmasligidan aziyat chekmoqda. Yo‘q qilingan raketa shaxtalari, o‘ldirilgan diniy yetakchilar va harbiy qo‘mondonlar - bular shubhasiz taktik yutuqlar. Ammo urushning mohiyati harbiy zarbalar bilan emas, balki raqibni o‘z siyosiy shartlaringizni qabul qilishga majbur qilish bilan o‘lchanadi. Aynan shu nuqtada AQSh kutilgan natijaga erisha olmadi.

Bugungi holatda asosiy strategik maqsadlar ochiq qolmoqda: Hoʻrmuz boʻgʻozi hamon yopiq; yadroviy materiallar olib chiqilmadi; raketa salohiyati to‘liq yo‘q qilinmadi; eronparast guruhlar tarmog‘i saqlanib qolmoqda.

Real siyosiy natija yo‘q. Shu fonda Tramp ma’muriyati harbiy yutuqlarni umumiy kampaniya natijasi sifatida talqin qilishga urinmoqda.

E’tiborlisi, Marko Rubio tomonidan ilgari surilgan tezislar ham strategik aniqlikdan ko‘ra, maqsadlarning qayta talqin qilinayotganini anglatadi. Unga ko‘ra, asosiy vazifa - Eron flotini va aviatsiyasini yo‘q qilish. Biroq savol tug‘iladi: Eron qudrati aynan shu komponentlarga tayanganmi? Amalda yo‘q. Demak, mavjud natijalar yo‘qligida ikkilamchi yo‘nalishlar asosiy maqsad sifatida ko‘rsatilmoqda.

Mazkur vaziyat bir nechta muhim tendensiyalarni yuzaga chiqarmoqda.

Birinchidan, harbiy va siyosiy natijalar o‘rtasidagi tafovut yaqqol namoyon bo‘lmoqda. AQSh ayrim operativ muvaffaqiyatlarga erishgan bo‘lsa-da, ular strategik bosim instrumentiga aylantirilmadi. Ya’ni, Eronni siyosiy jihatdan majburlash amalga oshmadi.

Ikkinchidan, strategik maqsadlarning yo‘lda o‘zgarishi kuzatilmoqda. Dastlabki ustuvor yo‘nalishlar (yadro dasturi, mintaqaviy ta’sir va proksi tarmoqlar) ikkinchi planga surilib, flot va aviatsiya kabi nisbatan ikkilamchi elementlar oldinga chiqmoqda.

Uchinchidan, narrativ boshqaruvi kuchaymoqda. Natija yetishmagan sharoitda siyosiy kommunikatsiya orqali “muvaffaqiyat tasviri” yaratilmoqda. Ya’ni, real natija emas, balki uning talqini ustuvor ahamiyat kasb etmoqda.

To‘rtinchidan, Eronning tizimli barqarorligi saqlanib qolmoqda. Mamlakat asosiy harbiy infratuzilmasini yo‘qotmadi, mintaqaviy ta’sir mexanizmlarini saqlab qoldi, strategik yo‘laklar ustidan nazoratni boy bermadi. Bu esa AQSh bosimiga qaramay tizimning moslashuvchan va chidamli ekanini ko‘rsatadi.

Xulosa qilib aytganda, yuzaga kelayotgan vaziyat D.Tramp ma’muriyatining Eron bo‘yicha siyosati harbiy taktika darajasida faol, ammo strategik darajada noaniq va fragmentatsiyalashgan ekanini ko‘rsatmoqda. Natijada siyosiy maqsadlar aniq shakllanmagan, erishilgan natijalar esa qayta talqin qilinmoqda. Bu esa butun kampaniyaning strategik emas, balki situativ boshqarilayotgan jarayonga aylanib borayotganini anglatadi.

Strategic Focus: Atlantic
13👍10
Moskva kechki oqshom. Michurinskiy Prospekt Lomonosov Universitetidan tahminan 800 metr naridagi Osteria Mario kafesi. Tadqiqotchi yurist Sofiya Xanayeva bilan eng esda qolarli suhbatdan parcha.

Men:
— Chunki xulosa mas’uliyat tugʻdiradi. Mas’uliyat esa qulay hayotni parchalab tashlaydi. Bu zamonaviy odamlarning eng muqaddas illuziyasi.

Sofiya (xuddi gapirishdan avval soʻz tanlab olayotgan odamlardek, biroz sukunatdan soʻng):
— Hayron qolaman, bir amallab oʻrta sinfda jon saqlab turgan oʻzbek ziyolisi, oʻzini madaniy elita darajasida tasavvur qiladi. Oʻzini jamiyat va xalqdan ajratib olgan holda goʻyo yuqoridan turib fikr yurita boshlaydi.

Men:
— Chunki jamiyatimizda ziyoli boʻlish, status oʻlaroq qabul qilinadi, masʼuliyat sifatida emas. Muammo ham shunda. Aslida, ziyoli inson — jamiyatdagi normativ aqidalardan ozod fikrlaydigan, institutsional dogmalarni fosh etuvchi, radikal savollarni oʻrtaga tashlashga jur’at eta oluvchi mustaqil subyekt bo‘lishi kerak. Lekin oʻzbek ziyolisi — aynan mana shu radikal pozitsiyani xavfli deb biladi, va uni qanday qilib boʻlmasin, chetlab o‘tishga harakat qiladi, chunki u o‘z ijtimoiy mavqeining mustahkamlanishini faqat hokimiyat tomonidan belgilab qoʻyilgan ierarxiyalarda tasavvur qiladi.

Sofiya (qat’iylik bilan):
— Ehtimol ular shunchaki omon qolish yoʻlini tanlayotgandir.

Men:
— Omon qolish bilan yashash oʻrtasidagi farqni his qilgan odam uchun bu tushuntirish juda zaif.

Sofiya:
— Siz haddan ziyod keskin xulosa chiqaryapsiz.

Men (biroz oʻylab olgandan soʻng):
— Chunki ijtimoiy tananing chirishi koʻz ilgʻamas darajada juda sekin kechadi, ammo asorati nihoyatda ogʻir keladi. Buni doimiy tanqid qilib turish lozim, yoʻqsa odat boʻlib qoladi. Odat esa alal-oqibat madaniyatga aylanadi.

Sofiya:
— Shunda ziyoli kim boʻlib chiqyapti, sizning nazaringizda?

Men:
— Ijtimoiy mas’uliyatni real his qila olgan odam.

Sofiya:
— Lekin bu hamma ham koʻtara oladigan yuk emas.

Men:
— Ziyoli boʻlish ham shunday. U qandaydir unvon yoki reytinglar bilan oʻlchanmaydi...
💯20🔥64👍3👎1
Forwarded from Otabek Akromov
Тарихий хотира – бугунни бошқаришга қаратилган сиёсий қуролдир

Сиёсий хотира дегани тарихни шунчаки эслаш эмас. У ҳозирги кун сиёсатини оқлаш, жамиятни бирор йўналишга сафарбар қилиш ва ким “ўзимизники”, ким “бегона” эканини белгилаш воситасидир. Яъни, ўтмиш ҳақидаги баҳс аслида бугун ким ҳукмрон бўлиши ҳақидаги баҳсдир.

Шунинг учун давлатлар тарихни ички аудитория учун қайта ёзади. Қаҳрамонлар танланади, айрим воқеалар улуғланади, бошқалари эса "унутилади". Натижада тарих ҳақиқатнинг тўлиқ тасвири эмас, балки сиёсий қуролга айланади.

🌟 Otabek Akromov | PhD Bio ANU
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💯249👍3
So‘nggi geosiyosiy jarayonlar Rossiya yetakchiligidagi tuzilmalar (MDH, KXShT va YOII) inqiroz bosqichiga kirganini ko‘rsatmoqda. Manbalarga ko‘ra, ushbu tashkilotlar a’zolari orasida tobora kuchayib borayotgan norozilik ularning amaliy samaradorligi yo‘qligi bilan bog‘liq: xavfsizlik kafolatlari ishlamayapti, iqtisodiy integratsiya esa kutilgan foydani bermayapti. Aksincha, ishtirokchi davlatlar uchun 1) sanksion bosimlar; 2) tashqi savdo cheklovlari va 3) Moskva pozitsiyasini hisobga olish zarurati real xarajatlarga aylanmoqda. Shu tarzda, bu tuzilmalar tobora ko‘proq geosiyosiy yuk sifatida qabul qilinmoqda.

Ekspertlar aytishicha, bir vaqtlar yagona siyosiy-iqtisodiy hudud sifatida tasavvur qilingan MDH bugun fragmentatsiyalashgan, turli tashqi markazlar bilan parallel aloqalar olib borayotgan davlatlar majmuasiga aylandi. Integratsiya g‘oyasi o‘rnini allaqachon suverenitet va milliy manfaatlarga asoslangan pragmatik yondashuv egalladi.

Markaziy Osiyo bu jarayonlarda alohida o‘rin tutmoqda. Mintaqa davlatlari, xususan Toshkent yetakchiligida shakllanayotgan yangi diplomatik model bir markazga qaramlikdan voz kechib, ko‘pvektorli tashqi siyosatni ilgari surmoqda. Mazkur yondashuv mafkuraviy ittifoqlardan ko‘ra aniq iqtisodiy manfaatlarga, moslashuvchan hamkorlikka va mintaqaviy konsolidatsiyaga tayanadi. Natijada Markaziy Osiyo davlatlari bir vaqtning o‘zida Rossiya bilan aloqalarni saqlagan holda, G‘arb, Xitoy, Turkiya va Yaqin Sharq bilan ham faol hamkorlikni kengaytirmoqda.

Jarayonning eng muhim jihati shundaki, bu o‘zgarishlar keskin va shov-shuvli chiqishlar orqali emas, balki “ichkaridan uzoqlashish” modeli orqali amalga oshmoqda. Davlatlar rasmiy a’zolikni saqlab qolgan holda, amalda mustaqil siyosat yuritmoqda va ittifoq mexanizmlarini tobora kamroq qo‘llamoqda. Bu tendensiya hatto siyosiy bayonotlarda ham aks etmoqda: masalan, N.Pashinyan tomonidan bildirilgan fikrlar mavjud integratsion loyihalar bilan boshqa geosiyosiy yo‘nalishlar o‘rtasidagi nomutanosiblikni ochiq tan olishga yaqinlashayotganini ko‘rsatadi.

Umuman olganda, bugungi holat “qog‘ozdagi ittifoqlar” fenomenining shakllanishidan dalolat bermoqda. Ya’ni, rasman strukturalar saqlanib qoladi, biroq real siyosiy va iqtisodiy qarorlar milliy manfaatlar asosida qabul qilinadi.

Shu fonda Markaziy Osiyo, ayniqsa Toshkent, passiv kuzatuvchi emas, balki yangi geosiyosiy muvozanatni shakllantirayotgan muhim markazlardan biri sifatida namoyon bo‘lmoqda. Asosiy savol endi integratsiyaning qayer atrofida qurilishi emas, balki u qanday tamoyillarga asoslanishida: markazlashgan geosiyosiy bloklar asosidami yoki suveren manfaatlarga tayangan moslashuvchan mintaqaviy arxitektura shaklidami. Mavjud tendensiyalar esa aynan ikkinchi model tobora ustun kelayotganini ko‘rsatmoqda.

Strategic Focus: Central Asia
13👍11🔥8
Tramp Allohdan yordam soʻrayapti …

Strategic Focus: Central Asia
😁34🤣20🤡8👏4🤔1
Bugun Kobulda bo‘lib o‘tgan “Markaziy Osiyo - Afg‘oniston” maslahatlashuv uchrashuvi mintaqadagi geosiyosiy dinamikada muhim burilish nuqtasi bo‘ldi. Eng e’tiborli jihati shundaki, O‘zbekiston ushbu formatda yana bir bor tashabbuskor va mas’uliyatni o‘z zimmasiga olayotgan asosiy aktor sifatida namoyon bo‘ldi. Toshkentdan yuqori darajadagi delegatsiya - Prezidentning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili I.Irgashev va Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari B.Usmanov ishtiroki bu yo‘nalish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi bo‘lib qolayotganini yaqqol ko‘rsatdi. Shu bilan birga, boshqa davlatlarning asosan diplomatik missiyalar rahbarlari darajasida qatnashgani fonida, O‘zbekistonning bu masalaga bo‘lgan yondashuvi qanchalik jiddiy va strategik ekanini ko‘rish mumkin.

Mamlakatimiz rahbariyati Afg‘oniston masalasida mintaqaviy konsensus shakllantirishda faol rol o‘ynamoqda. O‘zbekistonning pozitsiyasi aniq va o‘zgarmas: Afg‘oniston - bu tashqi muammo emas, balki Markaziy Osiyoning ajralmas qismi. Aynan shu konseptual yondashuv Toshkentni boshqa o‘yinchilardan farqlaydi - gap izolyatsiya yoki bosim haqida emas, balki integratsiya, iqtisodiy bog‘liqlik va barqarorlikni ta’minlash haqida ketmoqda.

Bugungi uchrashuvdagi eng kuchli va ramziy signal esa Afg‘oniston Islom Amirligi bayrog‘ining mintaqa davlatlari bayroqlari bilan teng darajada joylashtirilgani bo‘ldi. Bu oddiy protokol emas - bu de-fakto reallikni tan olish va Afg‘onistondagi amaldagi hokimiyat bilan tizimli ishlash bosqichiga o‘tish signalidir. Bu esa yaqin istiqbolda rasmiy tan olish jarayonlari uchun zamin yaratilayotganini ko‘rsatadi.

Umuman olganda, Toshkent bugun yana bir bor qoidalarni shakllantiruvchi markazga aylanganini isbotladi. Afg‘oniston yo‘nalishida esa O‘zbekiston nafaqat muloqotni davom ettiryapti, balki butun mintaqa uchun strategik yo‘l xaritasini belgilab bermoqda.

Strategic Focus: Central Asia
20👍13🔥9👎2
Forwarded from Otabek Akromov
Мана бу бепаросат бир постда ядровий инқироз, дин, ҳақорат ва геосиёсатни аралаштириб, Эронга тағдид қиляпти. У бундай постлари билан дипломатияда янги "жанр"га асос солди десак муболаға бўлмайди. Бир пайтлар катта давлатлар уруш ва тинчлик масаласини ёпиқ музокараларда ҳал қиларди. Ҳозир эса... ўзиз гувоҳи бўлиб турибсиз.

Халқаро муносабатларга янги атама киритиш керак: CAPS-LOCK ва МЕМ дипломатияси/реализми.

🌟 Otabek Akromov | PhD Bio ANU
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤡25🔥183
Ekspertlar qayd etishicha, “Epshteyn koalitsiyasi” tomonidan ilgari surilayotgan Eron energetika infratuzilmasiga zarba berish g‘oyasi o‘ta xavfli illuziya. Ushbu yondashuv harbiy jihatdan samarasiz, ammo gumanitar jihatdan halokatli oqibatlarga olib kelishi aniq.

Birinchidan, Eron harbiy tizimi markazlashgan elektr tarmog‘iga bog‘liq emas. Armiyaning asosiy resurslari - dizel va aviatsiya yoqilg‘isi - uzoq muddatga yetadigan tarzda himoyalangan omborlarda saqlanadi. Raketalar, harbiy texnika va dengiz kuchlari elektr tarmog‘i kollapsidan to‘xtab qolmaydi. Ya’ni, elektr stansiyalarini bombardimon qilish birorta raketani ham to‘xtatmaydi.

Ikkinchidan, Eronning strategik obyektlari (raketa va yadroviy infratuzilma) allaqachon mustahkamlangan va avtonom energiya tizimlariga ega. Bu obyektlar tashqi zarbalarga moslashtirilgan. Shunday ekan, energetika infratuzilmasiga hujum qilish orqali harbiy salohiyatni falaj qilish siyosiy ritorika xolos.

Ammo bu yerda eng muhim savol: bu zarbalar kimga qarshi ishlaydi? Javob oddiy - tinch aholiga qarshi. Elektr energiyasi - bu kasalxonalar, suv nasoslari, kanalizatsiya va oziq-ovqat tizimlarining asosi. 90 milliondan ortiq aholiga ega davlatda elektr tizimini yo‘q qilish bu suvsiz qolgan shaharlar, ishlamaydigan shifoxonalar va nazoratdan chiqqan epidemiyalar degani.

Tarixda bunga misollar ko‘p. Fors ko‘rfazi urushi vaqtida Iroq energetika tizimiga zarba berish harbiy natija bermagan, lekin keyinchalik yuz minglab odamlarning hayotiga zomin bo‘lgan sog‘liqni saqlash inqirozini keltirib chiqargan. Bu - fakt.

Hech shubhasiz, B.Netanyaxu va D.Tramp yondashuvi - harbiy natija bermaydigan, ammo tinch aholini nishonga oladigan jinoiy strategiyadir. Bunday qarorlar kuch emas - strategik ojizlik belgisidir. Haqiqiy ustunlik armiyani yo‘q qilishda, aholiga zarba berishda emas.

Xulosa qilib aytsak, Epshteynning doʻstlari ataylab gumanitar halokatga intilmoqdalar. Ammo, bu yo‘l bilan na Eronni to‘xtatib bo‘ladi, na mintaqada barqarorlikka erishiladi - aksincha, keskinlik yanada chuqurlashadi.

Strategic Focus: Central Asia
💯32👍86🔥3
Forwarded from Tashqi ishlar vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining bayonoti

Oʻzbekiston Pokiston rahbariyati vositachiligida Yaqin Sharqda oʻt ochishni toʻliq toʻxtatish va sulh oʻrnatilishi eʼlon qilinganini olqishlaydi.

Mazkur saʼy-harakatlarni keskinlikni yumshatish, siyosiy-diplomatik muloqot va oʻzaro maqbul yechimlarni topish uchun sharoit yaratish yoʻlidagi muhim qadam, deb hisoblaymiz.

Barcha tomonlarni vazmin boʻlishga, vaziyatni yana keskinlashuviga olib kelishi mumkin boʻlgan harakatlardan tiyilishga, shuningdek tinchlik va barqarorlikka erishish maqsadida konstruktiv hamkorlikni davom ettirishga chaqiramiz.

Oʻzbekiston mojarolarni faqat tinch yoʻl bilan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomi tamoyillariga muvofiq qatʻiy ravishda hal etish zarurligi toʻgʻrisidagi oʻzgarmas pozitsiyasini tasdiqlaydi.


***

Statement by the Ministry of Foreign Affairs of the Republic of Uzbekistan

Uzbekistan welcomes the announcement of a full ceasefire and the establishment of a truce in the Middle East mediated by the leadership of Pakistan.

We consider this an important step towards the de-escalation of tensions and the creation of conditions for political and diplomatic dialogue, as well as for the search for mutually acceptable solutions.

We call on all parties to exercise restraint, refrain from actions that could lead to a renewed escalation of the situation, and continue constructive engagement in order to achieve sustainable peace and stability.

Uzbekistan reaffirms its unwavering position on the need to resolve conflicts exclusively through peaceful means in strict accordance with the principles of the Charter of the United Nations.


***

Заявление Министерства иностранных дел Республики Узбекистан

Узбекистан приветствует объявление о полном прекращении огня и установлении перемирия на Ближнем Востоке при посредничестве руководства Пакистана.

Рассматриваем это как важный шаг на пути деэскалации напряжённости и создания условий для политико-дипломатического диалога и поиска взаимоприемлемых решений.

Призываем все стороны проявлять сдержанность, воздерживаться от действий, способных вновь привести к обострению ситуации, а также продолжать конструктивное взаимодействие в целях достижения устойчивого мира и стабильности.

Подтверждаем неизменную позицию Узбекистана о необходимости урегулирования конфликтов исключительно мирными средствами в строгом соответствии с принципами Устава Организации Объединённых Наций.


Facebook | YouTube | Instagram | X
👍108
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezidentimiz yangilangan Temuriylar tarixi davlat muzeyini borib ko‘rdi.

Президент нашей страны посетил обновленный Государственный музей истории Темуридов.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍58🔥23
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌐 BUXORO SHAHRIDA JONLI UCHRASHUV!

🖥 11 - Aprel, SHANBA KUNI
Soat 14:30

Mavzu: Zamonaviy dunyo va Sunʼiy intellekt

🎙 Ekspertlar:

🔗 Siyosatshunoslar Hamid Sodiq, Hamza Boltayev va Abduvali Soyibnazarov

🔗 Sizni qiziqtirgan savollaringizni berish va jonli muloqotda ishtirok etish imkoniyati!

Uchrashuvda G‘ayratxo‘ja Saydaliyev qalamiga mansub “Diala” kitobi taqdimoti o‘tkaziladi.

Mualliflardan dastxat olish imkoniyati bo'ladi.

Eslatma: Joylar soni cheklangan !

Murojaat va batafsil ma’lumot uchun: @nurbekgofurov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍3🔥1
🇺🇸🇮🇷AQSH Hormuz bo‘gozidagi transport tirbandligini bartaraf etishda yordam beradi – Tramp

“Bugun dunyo tinchligi uchun ulug‘ kun! Eron bunga tayyor, ular yetarlicha charchadi! Xuddi shunday, boshqalar ham! Amerika Qo‘shma Shtatlari Hormuz bo‘g‘ozidagi transport tirbandligini bartaraf etishda yordam beradi. Ko‘plab ijobiy harakatlar bo‘ladi! Katta mablag‘lar ishlab topiladi. Eron tiklanish jarayonini boshlashi mumkin.

Biz turli xil ta’minotlarni yetkazib beramiz va hammasi yaxshi kechishini ta’minlash uchun shu yerda bo‘lamiz. Men bunga ishonaman. AQSHda kuzatayotganimiz kabi, bu Yaqin Sharqning “Oltin davri”ga aylanishi mumkin!!!”, degan Oq uy rahbari.


Strategic Focus: Atlantic
😁185
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tramp otashkesimning natijasi yaxshi bo‘lmasa, AQSH urush holatiga qaytishini aytdi

“Siz u yerda qanday bandlar borligini bilmaysiz. Men esa bilaman. Bular juda yaxshi bandlar va ularning aksariyati bo‘yicha muzokaralar to‘liq yakunlangan.

Ular Eron da’vo qilayotganidek “maksimalistik talablar” emas. Agar natija yaxshi bo‘lmasa, biz juda osonlik bilan avvalgi holatga (harbiy harakatlarga) qaytamiz”, dedi AQSH rahbari.


Strategic Focus: Atlantic
🤣264
Forwarded from Tashqi ishlar vazirligi
2026-yil 7-aprel kuni Madrid shahrida O‘zbekiston-Ispaniya biznes-forumi bo‘lib o‘tdi.
***
On April 7, 2026, Madrid hosted Uzbekistan-Spain business forum.
***
7 апреля 2026 года в г.Мадрид состоялся Узбекско-испанский бизнес-форум.

Facebook |YouTube | Instagram | X
11
Forwarded from Tashqi ishlar vazirligi
2026-yil 8-aprel kuni Lissabon shahrida O‘zbekiston-Portugaliya biznes-forumi o‘tkazildi.
***
On April 8, 2026, the Uzbekistan–Portugal Business Forum was held in Lisbon.
***
8 апреля 2026 года в г. Лиссабон состоялся Узбекско-португальский бизнес-форум.

Facebook |YouTube | Instagram | X
9