Strategic Focus: Central Asia
16.8K subscribers
918 photos
177 videos
63 files
2.01K links
Markaziy Osiyo va qo’shni mintaqalardagi asosiy voqealarning tahlilini bizning kanalda kuzating.

@stratfocusatlantic - AQSh va Yevropa

@stratfocusmena - Yaqin Sharq va Mag’rib

Taklif/murojaat uchun: @sfca_admin
Download Telegram
Tojikiston: kadrlar almashinuvi jarayoni hokimiyat tranzitiga tayyorgarlikmi?

2025-yil yanvar oyida Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon davlat boshqaruvidagi yuqori lavozimlarni keng ko‘lamda yangilashni boshladi. Hukumat, huquqni muhofaza qilish organlari va sud tizimining asosiy rahbarlari ishdan olindi yoki yangi lavozimlarga o‘tkazildi. Eng muhim o‘zgarishlardan biri mudofaa vaziri Sherali Mirzoning hamda Bosh prokuror Yusuf Rahmonning iste’foga chiqarilishi bo‘ldi. Tahlilchilar kuch tizimlarining qayta shakllanishi bo’lajak tranzitdan darak berayotganini aytishmoqda.

Kuch tizimlarida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar va yangi tahdidlarga moslashuv

Emomali Sobirzodaning mudofaa vaziri etib tayinlanishi Dushanbening Afg‘onistondan kelayotgan xavflarga yanada tezkor javob berish istagini ko‘rsatmoqda. Tojikiston-Afg‘oniston chegarasida turli terrorchi guruhlarning faollashishi sharoitida harbiy tizimdan samaradorlik talab etilmoqda. Shu bilan birga, Mirzoning Davlat sirlarini himoya qilish bosh boshqarmasi rahbari lavozimiga o‘tkazilishi – ta’sir doirasini kamaytirishga qaratilgan bo’lib, faxriy nafaqani anglatishi mumkin.

Xuddi shunday vaziyat Bosh prokuraturada ham kuzatilmoqda. Habibullo Vohidzodaning Yusuf Rahmon o’rniga o’tkazilishi mazkur idora tomonidan “davlat to‘ntarishi” bo‘yicha ishni yetarlicha faol tekshirmagani bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bu ish 2023-yilda boshlangan bo‘lib, unda yuqori lavozimli sobiq amaldorlar va muxolifat vakillari ishtirok etgan, biroq haligacha sud hukmlari e’lon qilinmagan.

Sud tizimidagi o‘zgarishlar: islohotmi yoki tranzit oldidan tozalash?

Shu bilan birga, sud tizimida ham sezilarli o‘zgarishlar bo‘ldi: Oliy sud raisi o‘zgartirildi, Iqtisodiy sud va viloyat sudlari tarkibi yangilandi. Rasmiy izohga ko‘ra, o‘zgarishlar korrupsiyaga qarshi kurash va sud tizimining samaradorligini oshirish maqsadida amalga oshirilgan. Biroq, bu jarayon hokimiyat tranziti oldidan sud tizimida sodiq kadrlarni joylashtirishga qaratilgan bo‘lishi ham mumkin.

Kadrlar almashinuvining siyosiy sabablari

Hukumat rasmiy bayonotlarida kadrdagi tozalash ishlarini davlat boshqaruvini modernizatsiya qilish bilan izohlangan. Biroq, chuqur tahlil shuni ko‘rsatadiki, bu jarayonning asosiy maqsadi – taxt vorisining pozitsiyalarini mustahkamlash.

So‘nggi yillarda Emomali Rahmonning o‘g‘li – Rustam Emomaliga hokimiyat topshirilishiga tayyorgarlik ko‘rilayotgani haqidagi taxminlar kuchayib bormoqda. Ammo bunday tranzit muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun barcha potensial muxolif kuchlar zararsizlantirilishi va siyosiy xavflar minimallashtirilishi lozim. Keng ko‘lamli kadrlar almashinuvi, ehtimol, aynan shu maqsadda amalga oshirilmoqda: eski elita vakillarining ta’sir doirasini zaiflashtirish, ularning o‘rniga sodiq kadrlarni joylashtirish va hukumatning butun tizimini yanada nazorat ostida ushlab turish.

Xulosa qilib aytganda, Tojikistondagi hozirgi kadrlar tozalash jarayoni oddiy rotatsiya emas, balki katta siyosiy loyihaning bir qismidir. Uning asosiy maqsadi – mamlakatda hokimiyat almashinuvi jarayonini tinch yo’l bilan amalga oshirish. Biroq bu jarayon qanchalik silliq kechishi va unga qanday to‘siqlar paydo bo‘lishi haligacha ochiq savol bo‘lib qolmoqda.

Strategic Focus: Central Asia
👍19🌚6🔥5🤔21👎1
Qatar amiri Tamim ibn Hamad ibn Xalifa Ol Soniy Damashqqa tashrifi Yaqin Sharq siyosatida muhim voqea bo‘ldi. Bu nafaqat Bashar Asad rejimining ag‘darilganini tasdiqladi, balki arab dunyosining Yangi Suriyani mintaqaviy jarayonlarga integratsiya qilishga intilayotganini ko‘rsatdi.

Bu kontekstda ekspertlar bir qator muhim jarayonlarni qayd etishmoqda:

Birinchidan, yangi rejimning legitimatsiyasi. Qatar rasmiy ravishda Suriya muvaqqat hukumati bilan aloqalar o‘rnatgan birinchi arab davlati bo‘ldi. Bu Fors ko‘rfazi davlatlari, ayniqsa, Saudiya Arabistoni va BAA uchun yangi trendni belgilashi mumkin. So‘nggi yillarda bu davlatlar pragmatik yondashuv asosida Damashq bilan aloqalarni yo‘lga qo‘ygan edi. Ammo asosiy savol shuki – yangi hukumat mamlakat ichida hokimiyatni qay darajada mustahkamlashi mumkin?

Ikkinchidan, iqtisodiy manfaatlar. Suriya iqtisodiyoti urush va sanksiyalar natijasida vayron bo‘lgan, Qatar esa uning tiklanishida ishtirok etishni ko‘rib chiqmoqda. Infratuzilma, energetika sektori va savdoga investitsiya kiritish Doha uchun manfaatli bo‘lishi mumkin, ayniqsa, agar u eksklyuziv shartnomalarni qo‘lga kiritsa. Bundan tashqari, Suriyaning hududi orqali gaz tranziti bo‘yicha muzokaralar ham ehtimoldan xoli emas – bu Qatarning uzoq yillik geoiqtisodiy maqsadi.

Uchinchidan, mintaqadagi kuchlar muvozanati. Qatar odatda 2 ta rol o‘ynab kelgan – a) islomiy harakatlarni qo‘llab-quvvatlagan va ayni paytda b) G‘arb bilan aloqalarni saqlagan. Endilikda u o‘zini Damashqning yangi hukumatini G‘arb bilan bog‘lovchi vositachi sifatida ko‘rsatishi mumkin. Biroq bu tashabbus Eron va Rossiyaning manfaatlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qiladi, chunki ular Asadni qo‘llab-quvvatlab kelgan va natijada o‘z ta’sir doirasini yo‘qotishi mumkin.

Tahlillar asosida quyidagi taxminlarni ilgari surish mumkin:

Agar Qatar Suriyaning iqtisodiy tiklanishini qo‘llab-quvvatlasa, bu boshqa arab davlatlarini ham Damashq bilan aloqalarni normallashtirishga undashi mumkin.

Shu bilan birga, Saudiya Arabistoni va BAAning bu tashrifga munosabati muhim – ular jarayonga qo‘shilishlari yoki Suriyadagi ta’sir uchun raqobatni kuchaytirishlari mumkin.

O’z navbatida, Turkiya va G‘arbning reaksiyasi hozircha noaniq. Yevropa Ittifoqi va AQSh Suriyada barqarorlikka erishish bo‘yicha real qadamlar ko‘rilsa, ayrim sanksiyalarni bekor qilish masalasini ko‘rib chiqishi mumkin.

Xulosa qilib aytganda, Qatar amirining Damashqqa safari oddiy diplomatik tashrif emas, balki mintaqadagi kuchlar muvozanati o‘zgarayotganining signali bo‘lishi mumkin. Asosiy savol shuki – yangi Suriya arab dunyosining ajralmas qismiga aylanadimi yoki global o‘yinchilarning ta’sir zonasi bo‘lib qolaveradimi?

Strategic Focus: Central Asia
👍164🔥4👎1
Afg‘oniston ichki mojaroning ostonasida: Tolibon ichida nimalar bo‘lyapti?

Afg‘onistondagi vaziyat keskinlashmoqda. Manbalarga ko‘ra, Tolibon amiri Haybatulloh Oxundzodaga sodiq bo‘lgan Qandahor guruhi ichki ishlar vaziri Sirajuddin Haqqoniy tarafdorlariga qarshi keng ko‘lamli hujum boshlagan. Qarama-qarshilik markazida Kobul turibdi – jangarilar vaqtinchalik hukumat qarorgohi bo‘lgan Arg saroyini qurshab olishdi.

Biroq voqealar faqat poytaxt bilan cheklanmayapti. Vardak va G‘azni viloyatlarida ham qandahorlik jangarilar haqqoniychilarga qarashli bo‘linmalarni qurolsizlantirib, muhim lavozimlar va ma’muriy binolarni egallamoqda. Bu esa Tolibon ichida “yuqoridan boshlangan to‘ntarish” ketayotganini ko‘rsatmoqda.

Dastlabki to‘qnashuvlar qonsiz kechgan bo‘lsa-da, so‘nggi xabarlarga qaraganda, bu sulh uzoqqa cho‘zilmadi. G‘aznida Tolibonning turli fraksiyalari o‘rtasida qurolli to‘qnashuv yuz berdi, natijada qurbonlar bor. Shundan so‘ng qandahorlik jangarilar Kobuldagi Arg saroyini qurshab olish operatsiyasini boshladi, hatto zirhli texnika ham jalb qilindi.

Tolibon ichidagi bu mojarolar hukumat barqarorligiga jiddiy tahdid solmoqda. Agar vaziyat shu tarzda davom etsa, Afg‘oniston yangi fuqarolar urushi ostonasida qolishi mumkin. Asosiy savol shuki, Tolibon bu mojaroning oldini ololadimi yoki ichki nizo ochiq hokimiyat kurashiga aylanib ketadimi?

Vaziyatni yanada keskinlashtirayotgan yana bir xabar – Qandahorda Tolibonning bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Mulla Abdul G‘ani Barodarga suiqasd uyushtirilgani haqida xabarlar tarqaldi. Agar bu ma’lumot tasdiqlansa, bu ham Tolibon ichidagi bo‘linishning kuchayganidan dalolat berishi mumkin.

Ko‘rinib turibdiki, Afg‘oniston o‘z tarixidagi yangi va xavfli bosqichga qadam qo‘ymoqda.

Upd. Yuqoridagi ma’lumotlar muxolifatchilar tomonidan tarqatilgani ma’lum bo’ldi. Xabarlar tasdiqlanmadi. Afg’onistonda hozirgi vaqtda ijtimoiy-siyosiy vaziyat tinch.

Strategic Focus: Central Asia
👍17😢14🔥4🤔21👎1
Markaziy Osiyo: Integratsiya yangi bosqichga o‘tmoqda

O‘zbekiston mezbonlik qilgan Markaziy Osiyo Milliy koordinatorlar kengashining ilk yig‘ilishi mintaqaviy diplomatiyaning yangi mexanizmini ishga tushirdi. Bu format mintaqa ichidagi siyosiy muvofiqlashtirishni kuchaytirish, umumiy tahdidlarga javob berish va iqtisodiy loyihalarni muvofiqlashtirishga xizmat qilishi mumkin.

Toshkentning bu jarayondagi faolligi O‘zbekistonni mintaqaviy integratsiya markaziga aylantirish strategiyasining bir qismi. Shu bilan birga, Markaziy Osiyoning ichki muvofiqlashtirilgan siyosati uni xalqaro geosiyosiy o‘yinchilarning geostrategik bosimidan mustahkamroq himoya qilishi mumkin.

Asosiy savol: mintaqa davlatlari bu formatni real mexanizmga aylantirishga qodirmi?

Strategic Focus: Central Asia
👍289🥱3🤩2👏1
Dolzarb masalalar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi sharhi:

Savol: Ijtimoiy tarmoqlarda Rossiya fuqarosi deb taxmin qilingan shaxsning o‘zbeklarga nisbatan shovinistik va ochiq haqoratomuz bayonotlari aks etgan video tarqaldi. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi ushbu videoga javoban qanday choralar ko‘rdi?

Javob: Javob berishni boshlashdan oldin media kun tartibini diplomatik kun tartibdan ajratish zarurligini ta’kidlamoqchiman. Vaqti-vaqti bilan OAVlarining kun tartibida ba'zi voqealar yoki bayonotlar tufayli shovqinlar paydo bo'ladi. Lekin ular voqelikni to'g'ri aks ettira olmasligi, ba'zan esa uni juda buzib ko'rsatishi mumkin.

Shu munosabat bilan OAV va bloglar olami vakillarini tasdiqlanmagan materiallarni tarqatmaslikka chaqiramiz. Biz hamkorlikka doim ochiqmiz.

Videoning o‘ziga kelsak, albatta, qaysi millatga mansub bo‘lishidan qat’iy nazar, xalqimizga qarata aytilayotgan bunday gaplarni mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydi. O‘zbekiston o‘z fuqarolarining huquqlari, sha’ni va qadr-qimmatini qayerda bo‘lishidan qat’iy nazar doimo himoya qilgan va himoya qiladi.

Biz axborot maydonini muntazam ravishda kuzatib boramiz. Ushbu video internetda topilishi bilanoq, Rossiya tomoniga diplomatik kanallar orqali zudlik bilan murojaat qilingan. Bunday paytlarda asl manbani topish va materialning haqiqiyligini tekshirish juda muhimdir.
Tabiiyki, Rossiya tomoni shu zahotiyoq “Bunday haqoratomuz bayonotlar, kim tomonidan aytilishidan qatʼi nazar, chuqur afsuslanarliligi” taʼkidladi.

Tekshiruvlar natijasida ushbu material provokatsion xususiyatga ega boʻlib, xalqlarimiz oʻrtasidagi munosabatlarga nizo keltirib chiqarishga urinayotgan buzgʻunchi kuchlar tomonidan toʻqib chiqarilgani maʼlum boʻldi.

Rossiya tomonining xabar berishicha, videoda tilga olingan shaxs Rossiya Federatsiyasi fuqarosi emas. Hozirda Rossiyaning rasmiy OAVlari ham bu borasida qator materiallarni e’lon qilmoqda.

Yana bir bor barchaga har qanday axborot materialini tarqatishda mas'uliyat bilan yondashish zarurligini eslatib o'tamiz. Tasdiqlanmagan manbalardan olingan kontentni targ‘ib qilishni nomaqbul deb hisoblaymiz.

Savol: 19 yanvar kuni G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish va garovga olinganlarni almashish haqidagi kelishuv kuchga kirdi. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining bu boradagi pozitsiyasi qanday?

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish va garovga olinganlar almashinuvini olqishlaydi. Biz ushbu kelishuvlarni keskinlikni pasaytirish va mintaqada uzoq kutilgan tinchlikni ta'minlash yo'lidagi juda muhim ijobiy qadam sifatida qaraymiz.

Biz Qatar, AQSh va Misrning kelishuvga erishishdagi sa’y-harakatlarini yuqori baholaymiz. Biz barcha tomonlarni kelishuv shartlariga rioya qilishga chorlab qolamiz.

O‘zbekiston Yaqin Sharqda barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan xalqaro sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlashga sodiq qoladi.

@TIVmabtuot
👍15👌53👎1
TIV matbuot kotibi:

Boku-Toshkent-Anqara formatini kengaytirish masalasi kun tartibida emas.

Strategic Focus: Central Asia
👎20👍11🔥54😢3👏2🤮2💩2
📢 Do‘stimiz Otabek Akromovning yangi loyihasini kuzatib boring!

Siyosiy jarayonlar ortida qanday qonuniyatlar yotibdi? Dunyo va O‘zbekiston siyosati ilmiy nazariyalar nuqtai nazaridan qanday tahlil qilinishi mumkin?

🎙 Otabek Akromov ushbu savollarga javob izlaydi! U siyosiy va ijtimoiy jarayonlarni siyosatshunoslik nazariyalari va ilmiy asoslar bilan tahlil qiladi. Otabek Buyuk Britaniyaning Glazgo Universitetida xalqaro xavfsizlik bo‘yicha magistr darajasini olgan va hozirda AQShning Minnesota Universitetida siyosatshunoslik bo`yicha PhD tadqiqotchisi.

📌 Birinchi mavzu: "Nega Davlat Rahbarlari Aldaydi?"

📹
Videoni tomosha qiling

Otabekning Telegram va YouTube kanallariga obuna bo‘ling!

👉 YouTube: www.youtube.com/@Akromov_Tahlili
👉 Telegram: @akromov_tahlili
👍122🔥2👎1👏1
Yaqin Sharqdagi geosiyosiy o‘zgarishlar fonida Saudiya Arabistoni va BAA Suriyadagi siyosatini o‘zgartirmoqda
 
Bashar Asad rejimining qulashidan so‘ng Yaqin Sharqdagi kuchlar muvozanati qayta shakllanmoqda. Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklari uzoq yillar davomida islomiy harakatlarni xavf sifatida ko‘rib kelgan bo‘lsa-da, Yangi Suriyaga nisbatan yondashuvini o‘zgartirmoqda.
 
Ekspertlar aytishicha, Suriya fuqarolar urushining tugashi va Asad rejimining tugatilishi nafaqat mintaqaviy, balki global darajadagi o‘zgarishlarni tezlashtirdi. HTSh (Hay’at Tahrir al-Sham) yetakchiligidagi yangi hukumat davlat boshqaruvini tiklashga urinayotgan bo‘lsa, mintaqaviy va xalqaro kuchlar yangi geosiyosiy reallikka moslashishga harakat qilmoqda. Isroil harbiy operatsiyalarini kuchaytirib, Golanda o‘z mavqeini mustahkamlashga urinayotgan bo‘lsa, Eron Tehron-Damashq aloqalarini qayta tiklashga harakat qildi, biroq yangi hukumat Eron ta’siridan voz kechdi.
 
Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, Saudiya Arabistoni va BAAning Suriyadagi vektori o‘zgarishning asosiy sabablari quyidagilardan iborat:
 
Birinchidan, Eron ta’sirining zaiflashishi. Tehronning Suriya bo‘yicha asosiy ittifoqchisi bo‘lgan Asad rejimining qulashidan so‘ng,
Ar-Riyod va Abu Dabi Eronning mintaqadagi ta’sirini butunlay yo‘q qilish uchun yangi hukumat bilan hamkorlik qilishga intilmoqda. HTSh hukumati esa Saudiya va BAAning bu yondashuvini qo‘llab-quvvatlab, eronliklarning Suriyaga kirishini taqiqladi.
 
Ikkinchidan, Yamandagi xatolarni takrorlamaslik. Saudiya Arabistoni va BAA Iroqda (2003) va Yamanda (2015) uzoq vaqt bevosita aralashmaganliklari sababli ta’siridan mahrum bo‘ldi. Suriyada ular xuddi shu xatoni takrorlamaslik uchun jarayonning boshidanoq faol ishtirok etishni maqsad qilgan.
 
Uchinchidan, mintaqaviy kuchlar o‘rtasidagi kuch balansini saqlash. Isroilning Golanda ta’sirini kengaytirishi va Turkiyaning Suriyada o‘z mavqeini mustahkamlashga urinayotgani Saudiya va BAAni Damashqdagi yangi hukumat bilan hamkorlik qilishga undamoqda.
 
To‘rtinchidan, blobal ta’sirni oshirish. Saudiya Arabistoni va BAA hozirda Yaqin Sharq siyosatida yetakchi bo‘lishni maqsad qilmoqda. Falastin masalasi, Livandagi vaziyat va Suriyadagi o‘zgarishlar fonida ushbu davlatlar yangi tashqi siyosat paradigmasini ilgari surmoqda.
 
Umuman olganda, Suriya hali ham beqarorlik girdobida qolmoqda. Etnik va konfessional nizolar, hududiy ajralish tahdidi va xalqaro kuchlar o‘rtasidagi manfaatlar to‘qnashuvi mamlakat kelajagi qanday bo‘lishi haqidagi savollarni ochiq qoldirmoqda. Biroq Qatar, Turkiya, Saudiya Arabistoni va BAAning qo‘llovi bilan barqaror va inklyuziv siyosiy tizim shakllanishi ehtimoli mavjud. Agar Yangi Suriya hukumati mintaqaviy va xalqaro hamkorlikdan samarali foydalanib, ichki boshqaruv tizimini barqarorlashtira olsa, mamlakatda uzoq kutilgan tinchlik o‘rnatilishi mumkin.

Strategic Focus: Central Asia
👍217🔥4
Netanyahu siyosiy o‘lim yoqasida: «Bibi» davrining oxiri
 
Binyamin Netanyahu siyosiy jarlik yoqasida turibdi. Koalitsiya parchalanmoqda, ultra o‘ngchilar hukumatni tark etmoqda, Tramp bosim o‘tkazmoqda, xalqaro maydonda esa Isroil tobora yakkalanmoqda. Yaqingacha u siyosiy o‘yinlarning ustasi sifatida tanilgan edi, ammo endi hatto uning afsonaviy manevr qilish qobiliyati ham uni muqarrar halokatdan saqlab qola olmaydi.

Netanyahu oldida atigi bir necha ssenariy qoldi – va ularning barchasi siyosiy mag‘lubiyat bilan tugaydi. «Otzma Yehudit» partiyasi chiqib ketgach, koalitsiya zaiflashdi (61-59), endi esa moliya vaziri Bezalel Smotrich agar sulh 42 kundan ortiq davom etsa, hukumatdan chiqishini e’lon qildi. Agar Netanyahu sulh shartlariga rioya qilsa, hukumat qulashi aniq, ultra o‘ngchilar esa uni xoinlikda ayblaydi. Agar u sulhni buzishga harakat qilsa, Vashington va ittifoqchilar diplomatik bosimni yanada kuchaytiradi.

Ammo eng xavflisi shundaki, hatto hukumat qulasa ham, Netanyahuning siyosiy taqdiri o‘zgarmaydi. Unga qarshi korrupsiya ishi besh yildan beri davom etmoqda, Xalqaro jinoiy sud esa G‘azodagi harbiy jinoyatlar uchun uning hibsga olinishi bo‘yicha order chiqargan. U bosh vazir lavozimida qolgani sari tergov jarayonlarini nazorat qila oladi va jazodan qochishga harakat qiladi. Lekin hukumat ag‘darilgach, Isroil elitasining o‘zi uni so‘nggi yillardagi barcha xatolar, jumladan 7-oktabr “fojiasi” uchun javobgar qilishga tayyor bo‘ladi. Ushbu kun Hamas hujumi Isroil xavfsizlik tizimining qanchalik yomon holatda ekanligi fosh etgandi.

Netanyahu uzoq yillar davomida radikal ittifoqchilar, Vashington va xalqaro bosim o‘rtasida muvozanatni saqlashga muvaffaq bo‘ldi. Ammo bugungi kunga kelib uning “sehrli” uslubi o‘z kuchini yo‘qotdi va Bibi uchun so‘nggi bob yozilmoqda. 14 yil davomida hokimiyatda qolgan siyosiy yirtqich endi vaziyatni nazorat qila olmayapti. Masala uning ketish-ketmasligida emas, balki qachon va qay darajada og‘riqli tarzda qulashida.

Strategic Focus: Central Asia
👍65💯15👏11🍌43🔥2
Tramp va Putinning uchrashishi mumkin bo’lgan davlatlar: kim neytral maydonni taklif qiladi?

Andranik Ovannisyan, siyosiy ekspert

AQSh prezidenti Donald Tramp va Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘rtasida 2025-yilda bo‘lishi mumkin bo‘lgan uchrashuv muhokamalari fonida uchrashuv joyini tanlash masalasi tobora dolzarb bo‘lib bormoqda. An’anaviy ravishda neytral hudud sifatida ko‘rilgan Shveytsariya yangi geosiyosiy sharoitlarda bu maqomini yo‘qotdi. Bunday muzokaralar uchun qaysi davlatlar taklif qilinishi mumkin?

Potensial nomzodlar:

🇦🇪 BAA
Birlashgan Arab Amirliklari yuqori darajadagi diplomatik muvozanatni namoyish etib, AQSh, Rossiya va boshqa muhim o‘yinchilar bilan faol aloqalarni rivojlantirmoqda. Yuqori darajadagi muzokaralarni o‘tkazish bo‘yicha boy tajriba va ishonchli vositachi sifatidagi obro‘si BAAni asosiy da’vogar davlatlardan biriga aylantiradi.

🇮🇳 Hindiston
Hindiston strategik avtonomiya siyosatini olib borib, G‘arb sanksiyalari yoki Rossiya bloklariga qo‘shilmadi. U ko‘p qutbli dunyo g‘oyasini faol ilgari surib, bir qator xalqaro inqirozlarda vositachi sifatida ishtirok etgan.

🇧🇷 Braziliya
Lotin Amerikasining yetakchi davlatlaridan biri bo‘lgan Braziliya global kuchlar bilan neytral pozitsiyani saqlab qolmoqda. Prezident Lula da Silva ko‘p qutblilikni faol qo‘llab-quvvatlab, muloqotga intilmoqda, bu esa mamlakatni muzokaralar uchun istiqbolli maydonlardan biriga aylantiradi.

🇭🇺 Vengriya
Bosh vazir Viktor Orban AQSh (ayniqsa, Tramp) va Rossiya bilan do‘stona munosabatlarni saqlab kelmoqda. Yevropa Ittifoqining bosimiga qaramay, Vengriya mustaqil tashqi siyosat olib boradi, bu esa uni neytral ishtirokchi sifatida ko‘rib chiqishga imkon beradi.

🤝🏻 AQSh va Rossiya prezidentlari o‘rtasidagi muzokaralarning muvaffaqiyati nafaqat uchrashuv joyiga, balki qabul qiluvchi davlatga tomonlarning ishonchi darajasiga ham bog‘liq bo‘ladi.

Strategic Focus: Central Asia
👍9🔥63👎1
Markaziy Osiyoning yashil energiya kelajagi kimning nazorati ostida?

Oxirgi vaqtlarda Markaziy Osiyo jadal ravishda yangi energetik hamkorliklar maydoniga aylanmoqda. Qozog‘iston va O‘zbekiston qayta tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantirish bo‘yicha ulkan maqsadlarni belgilab olgan va ularning rejalarini tashqi o‘yinchilar qo‘llab-quvvatlamoqda. Mintaqada allaqachon mustahkam o‘rnashgan Xitoydan tashqari, Fors ko‘rfazi davlatlari – avvalo Saudiya Arabistoni va BAA asosiy rol o‘ynamoqda. Bu hamkorlik nafaqat mintaqadagi energetik manzarani o‘zgartirmoqda, balki Xitoy va arab monarxiyalari o‘rtasidagi munosabatlar uchun testga aylanmoqda.
 
Vaziyat murakkabligi shundaki, an’anaviy o‘yinchilar – avvalo Rossiya – o‘z mavqeini yo‘qotishni istamaydi. Kreml Ukrainadagi urush va xalqaro ta’sirining pasayishiga qaramay, mintaqa infratuzilmasi va qazib olinadigan yoqilg‘i yetkazib berishdagi nazoratini saqlab qolishga harakat qilmoqda. Turkiya va Eron esa xavfsizlik masalalarida muhim rol o‘ynamoqda. Shu fonda, Xitoy va arab davlatlarining ta’sirining kengayishi mintaqaviy siyosatda jiddiy o‘zgarishlarga olib kelishi mumkin.
 
Qozog‘iston va O‘zbekiston: maqsadlar va muammolar
 
Markaziy Osiyo iqtisodiyoti energiya tanqisligi va qazib olinadigan yoqilg‘iga bog‘liqlik muammolariga duch kelmoqda. Bu ularni qayta tiklanadigan energetikani rivojlantirishga undamoqda. Qozog‘iston 2035-yilgacha “yashil” energiyaning ulushini 35% ga yetkazishni, O‘zbekiston esa 2030-yilgacha uni 40% ga yetkazishni maqsad qilgan. Biroq, bu ulkan rejalarni amalga oshirish ham investitsiyalarni, ham yetarli texnologik salohiyatni talab etadi.
 
Aynan shu vaqtda Xitoy va Fors ko‘rfazi davlatlari sahnaga chiqib kelishdi. Saudiya Arabistonining ACWA Power kompaniyasi bugungi kunda dunyoning eng yirik qayta tiklanadigan energiya infratuzilmasi ishlab chiquvchilaridan biri bo‘lib, PowerChina bilan hamkorlikda O‘zbekistonda yirik loyihalarni amalga oshirmoqda. BAA ham Masdar va TAQA orqali Markaziy Osiyoda quyosh va shamol energetikasiga sarmoya kiritmoqda. Xitoy va arab kompaniyalari o‘xshash strategiyaga amal qilmoqda: ular nafaqat moliyachi sifatida, balki loyihachi va operator sifatida ham bozorda o‘z o‘rnini mustahkamlashga harakat qilmoqda.
 
Xitoy va Ko‘rfaz davlatlari hamkorligi barqaror bo‘ladimi?
 
Birinchi qarashda, Xitoy va Fors ko‘rfazi davlatlari Markaziy Osiyoning energetik bozorini samarali bo‘lib olishning o‘ziga xos modelini ishlab chiqqandek tuyuladi: Pekin texnologiyalar va ishlab chiqarish quvvatlarini yetkazib beradi, Ar-Riyod va Abu-Dabi esa sarmoya kiritib, loyihalarni rivojlantiradi. Biroq, bu model uzoq muddatli istiqbolda muammolarga duch kelishi mumkin.
 
Birinchidan, Fors ko‘rfazi davlatlari o‘z sanoatini rivojlantirishni boshlamoqda, jumladan, quyosh panellari va elektromobillar ishlab chiqarishda. Bu esa, hecha shubhasiz, Xitoy bilan ta’minot zanjirlari ustidan nazorat uchun raqobatga olib keladi. Ikkinchidan, Markaziy Osiyo energiya mustaqilligiga erishishni maqsad qilgan va bu jarayonda hamkorlarini diversifikatsiya qilishga harakat qilmoqda.
 
Bundan tashqari, raqobat faqat energetika sektori bilan cheklanib qolmasligi mumkin. Agar Fors ko‘rfazi davlatlari o‘z ta’sirini iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari yoki xavfsizlik sohasiga kengaytirsa, bu Turkiya, Eron va Rossiya bilan to‘qnashuvga olib kelishi mumkin. Ushbu davlatlar hanuzgacha Markaziy Osiyoni o‘zlarining strategik manfaatlari hududi deb biladi.

Strategic Focus: Central Asia
👍124🔥4👏2
Markaziy Osiyoning yashil energiya kelajagi kimning nazorati ostida? – davomi
 
Yevropa global jarayonlardan chetda qolmoqda
 
Markaziy Osiyoning hozirgi energetik transformatsiyasi shuni ko‘rsatadiki, Yevropa bu muhim jarayonlardan chetda qolish xavfi bor. Rossiyaga qaramlikni kamaytirish bo‘yicha Yevropa Ittifoqining bayonotlariga qaramay, Markaziy Osiyodagi energetika sektorida yetakchilik allaqachon Xitoy va Fors ko‘rfazi davlatlariga o‘tib ketgan.

Yevropa Ittifoqining hozirgi siyosati mafkuraviy yondashuvlarga asoslangan (demokratik islohotlarni o‘tkazish, Rossiya hamda Xitoy bilan aloqalarni cheklash talabi) – bu esa mintaqa o‘yinchilarini uzoqlashtirmoqda. Xitoy va Ko‘rfaz davlatlari Markaziy Osiyoga aniq investitsiyalar va loyihalarni taklif qilayotgan bir paytda, Yevropa mintaqaviy o‘zgarishlarni demokratik islohotlar, inson huquqlari va siyosiy shaffoflik kabi shartlarga bog‘lashda davom etmoqda.

Bu fonda Yevropa Markaziy Osiyodagi ta’sirini saqlab qolish maqsadida quyidagilarni amalga oshirishi mumkin:

Birinchidan, faol investitsiyalarni yo‘lga qo‘yish, jumladan, Markaziy Osiyodagi yashil energiya loyihalarida ishtirok etish;

Ikkinchidan, Fors ko‘rfazi davlatlari bilan pragmatik hamkorlik o‘rnatish, ularning mintaqadagi ishtirokidan foyda olish;

Uchinchidan, muqobil iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, shunda Markaziy Osiyo butunlay Xitoy yoki arab monarxiyalariga bog‘lanib qolmaydi.
 
Xulosa qilib aytganda, Markaziy Osiyoning yashil energetikaga o‘tishi nafaqat texnologiya yoki investitsiya masalasi, balki asosiy geosiyosiy omil bo‘lib, u mintaqadagi kuchlar muvozanatini aniqlab beradi. Xitoy va Fors ko‘rfazi davlatlari allaqachon yangi o‘yin qoidalarini shakllantirmoqda, Rossiya va Yevropa esa ularga moslashishga majbur bo‘lmoqda. Muhim savol shuki, boshqa yirik davlatlar qanday strategik qadamlar tashlaydi va bu jarayonda faqat kuzatuvchi emas, balki faol ishtirokchi bo‘lishga harakat qiladimi?

Strategic Focus: Central Asia
2👍1274
USAID va Davlat departamentining birlashuvi: AQSh strategik manfaatlariga tahdid
 
Tramp ma’muriyatining tashqi yordam bo‘yicha so‘nggi qarorlari misli ko‘rilmagan tartibsizlik va strategik yondashuvning yo‘qligini namoyon qildi. Birinchi kunning o‘zida xorijiy yordam dasturlarining moliyaviy majburiyatlari va to‘lovlari to‘xtatildi, keyinchalik esa USAID xodimlari ommaviy ravishda ishdan bo‘shatildi. Bu nafaqat agentlikning qonuniy vazifalarini bajarish imkoniyatlarini izdan chiqardi, balki AQShning ishonchli hamkor sifatidagi nufuziga ham jiddiy zarar yetkazdi.
 
1998-yilgi tashqi siyosiy tuzilmalarning islohoti to‘g‘risidagi qonunga muvofiq, USAID mustaqil agentlik sifatida tashkil etilgan bo‘lib, u Davlat departamentidan faqat tashqi siyosat bo‘yicha tavsiyalar oladi. Agentlikni Davlat departamenti tarkibiga Kongress ruxsatisiz kiritishga urinish 2024-yilgi Tashqi operatsiyalarni moliyalashtirish to‘g‘risidagi qonun qoidalarini buzadi, chunki bu hujjat bunday qayta tashkil etish jarayonlarini oldindan Kongress bilan kelishishni talab qiladi.
 
Diplomatiya, taraqqiyot va mudofaa AQSh milliy xavfsizligining uchta asosiy tayanchidir. Biroq, ularning vazifalari, rejalashtirish istiqbollari va kadrlar ekspertizasi bir-biridan keskin farq qiladi:

Davlat departamenti xorijiy hukumatlar bilan aloqalarni mustahkamlashga va AQSh tashqi siyosiy manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan qisqa muddatli maqsadlarga ega.

USAID esa fuqarolik jamiyati, biznes va mahalliy hokimiyatlar bilan ishlaydi hamda sog‘liqni saqlash, ta’lim va iqtisodiyot sohalarida uzoq muddatli barqaror rivojlanish loyihalarini amalga oshiradi.
 
Bu ikki tuzilmani birlashtirish manfaatlar to‘qnashuviga olib keladi: diplomatiya tezkor va moslashuvchan qarorlarni talab qilsa, taraqqiyot tizimli yondashuv va natijalar samaradorligini mustaqil baholashni talab qiladi.
 
Kanada, Avstraliya va Buyuk Britaniya tajribasi shuni ko‘rsatadiki, taraqqiyot agentliklarini tashqi ishlar vazirliklari tarkibiga kiritish ularning faoliyatini zaiflashtiradi, potensialini yo‘qotishiga va mablag‘ sarflanishining shaffofligi pasayishiga olib keladi. Buyuk Britaniyada DFIDning (Department for International Development) Tashqi ishlar vazirligi bilan birlashtirilishi natijasida taraqqiyot dasturlarini boshqarish samaradorligi pasayib ketdi.
 
Umuman olganda, USAID va Davlat departamentini birlashtirish o‘rniga, aksincha — barcha taraqqiyot dasturlarini USAID tarkibiga o‘tkazish, Davlat departamentiga esa diplomatiyaga e’tibor qaratish imkoniyatini berish oqilona qaror bo‘lardi. Kongress qonun talablariga rioya qilinishi va USAID mustaqilligi saqlab qolinishi ustida qat’iy turishi lozim, chunki bu AQShning xalqaro taraqqiyot sohasidagi uzoq muddatli strategik manfaatlarini himoya qiladi.

Strategic Focus: Central Asia
👍14🔥52👏2👎1
Rossiyaning imtiyozli manfaatlar doirasini tan olish kerakmi?

Rossiyaning qo‘shni davlatlardan iborat bufer zonasini yaratish huquqiga ega ekanligi haqidagi g‘oya Sovuq urush davriga borib taqaladi va bu davlatlarning suveren manfaatlarini inkor etadi. Biroq, bu “rivoyat” Kreml va ayrim G‘arb tahlilchilari orasida hamon qo‘llab-quvvatlanmoqda. Ular Rossiyaning “ta’sir doirasini” tan olish xalqaro munosabatlar va geosiyosiy vaziyat barqarorligi uchun zarur, deb ta’kidlaydilar.

Ammo, bu yondashuv noto‘g‘ri va biz buni quyidagilar orqali asoslashga harakat qilamiz:

Birinchidan, suveneritet tamoyilining buzilishi. Rossiyaning mintaqadagi eksklyuziv ta’sirini tan olish postsovet davlatlarini mustaqil tashqi siyosat yuritish huquqidan mahrum qiladi. Bu yondashuv Ukraina, Gruziya yoki Markaziy Osiyo davlatlarining o‘z kelajagini mustaqil belgilash huquqini inkor etadi.

Ikkinchidan, yangi reallikni tushunmaslik. Sovuq urush davridan farqli o‘laroq, bugungi dunyo ko‘p qutblidir va ta’sir doiralariga bo‘lish konsepsiyasi eskirgan. Rossiyaning Markaziy Osiyoda Xitoy ta’sirining oshishiga ko‘nikishi ham shuni ko‘rsatadiki, Moskva o‘zi ham mintaqada eksklyuziv nazoratni saqlab qola olmayapti.

Uchinchidan, qo’shni davlatlar xavfsizligi uchun tahdid. Rossiyaning “himoya perimetri”ga da’vosi Qrim anneksiyasi va Ukrainadagi keng ko’lamli urushga olib keldi. Aynan shu sabab mazkur yondashuv barqarorlikni mustahkamlash o‘rniga, aksincha, mojarolarni qo‘zg‘atdi va qo‘shni davlatlarning mavjudligini xavf ostiga qo‘ydi.

Bu fonda Markaziy Osiyo davlatlari qanday siyosat yuritishi kerak?

1) mintaqa xavfsizligini mustahkamlashga ko’proq e’tibor berish, biroq bu Turkiya, Arab monarxiyalari yoki G’arb bilan tezkor ravishda harbiy integratsiyani boshlash kerak degani emas;

2) xalqaro arenada mintaqa subyektligini oshirish maqsadida tashqi siyosiy hamkorlarni diversifikatsiya qilish;

3) “Ta’sir doiralari” konsepsiyasini qayta ko‘rib chiqish. Dunyo hududiy nazorat zonalariga emas, balki o‘zaro manfaatlarga asoslangan dinamik tuzilmalarga tayanishi kerak.

Rossiya o‘z yaqin atrofida ta’sir monopoliyasi huquqiga ega emas. Biroq, G‘arb ham ushbu davlatlarning tashqi siyosatini faqat Moskva/Brussel/Pekin o‘rtasidagi kurash doirasida talqin qilishdan voz kechishi lozim. Barcha tomonlarning manfaatlari va xavotirlarini tan olish – yanada konstruktiv muloqotga yo‘l ochadi.

Strategic Focus: Central Asia
👍19💯52
Kanalimiz uchun maxsus postlar taqdim etadigan do’stimiz Eldaniz Gusseinovning tahliliy kanalini kuzatishni tavsiya qilamiz!

https://t.me/eldanizgusseinov
2🔥53
Forwarded from Otabek Akromov
O‘zbekistonliklarni nima birlashtiradi?

🎙 "CPR Podcast"ning navbatdagi mehmoni — nashriyotchi, fikr yetakchisi va o‘zbek kitobxonligi rivojiga hissa qo‘shayotgan mutaxassis Firuz Allayev bo‘ldi. U bilan milliy o‘zlik tushunchasi, o‘zbekistonliklik identifikatsiyasi va uning jamiyatimizdagi o‘rni haqida fikrlashdik.


👉🏿 To‘liq suhbatni tomosha qilish

👉🏿 @akromov_tahlili
👍1452
Rossotrudnichestvo Ozarbayjonda taqiqqa uchradi: Rossiyaning “yumshoq kuch” inqirozi

Ozarbayjon OAVlari xabar berishicha, Boku Moskvaga Rossotrudnichestvo faoliyatini mamlakat hududida taqiqlash to‘g‘risida bildirishnoma yuborgan. Bu nafaqat Rossiya-Ozarbayjon munosabatlaridagi o‘zgarishlarni aks ettiradi, balki Kremlning postsovet hududidagi pozitsiyalarining asta-sekin zaiflashib borayotganini ham ko‘rsatadi.

Buni oldindan taxmin qilish mumkinmidi?

Ozarbayjon siyosiy tizimi xorijiy NNTlarning davlat institutlariga parallel ravishda faoliyat yuritishini nazarda tutmaydi. Ichki jarayonlar ustidan qat’iy nazorat o‘rnatilgan sharoitda, mustaqil ravishda faoliyat yuritadigan xorijiy tuzilmalar uchun imkoniyat deyarli yo‘q. Moskva bunday tizimni hatto Rossiyaga bog‘liq bo‘lgan Armaniston va Abxaziyada ham yaratolmagan. Bokuda esa bunday tuzilmalar faoliyatini rivojlantirish deyarli imkonsiz edi.

Rossiya-Ozarbayjon munosabatlari qanday oʻzgaradi?

Bugungi kunda ikki tomonlama hamkorlikning dinamikasi to‘liq Ilhom Aliyevning pozitsiyasiga bog‘liq. Hozirgi geosiyosiy vaziyatda Kreml Ozarbayjon bilan ochiq qarama-qarshilikka borishni istamaydi.

Pozitsiyalar zaiflashuvi – faqat mahalliy emas, balki tizimli trend

Bokuning ushbu qarori kengroq tendensiyaning bir qismi. So‘nggi oylarda Rossiya o‘z ta’siri uchun jiddiy muammolarga duch kelmoqda:

1. Suriya: Turkiya va Eron ushbu hududda Rossiyaning rolini kamaytiradigan muqobil ta’sir mexanizmlarini shakllantirishda davom etmoqda.

2. Ozarbayjon: Rossotrudnichestvo faoliyatining taqiqlanishi Janubiy Kavkazdagi kuchlar muvozanatining o‘zgarishini anglatadi.

3. Abxaziya: Hatto Rossiyaga qaram bo‘lgan hududlarda ham tashqi siyosatni diversifikatsiya qilish bo‘yicha ichki muhokamalar kuchaymoqda.

Umuman olganda, Moskvaning postsovet makonidagi jarayonlarga ta’sir o‘tkazish qobiliyati zaiflashib borayotgani tobora yaqqol namoyon bo‘lib bormoqda.

Bu borada Rossotrudnichestvo faoliyatining taqiqlanishi shunchaki diplomatik voqea emas, balki Rossiyaning “yumshoq kuchi” tizimli zaiflashayotganining ko‘rsatkichidir. Endi asosiy savol shuki: Moskva yangi sharoitlarga moslasha oladimi yoki o‘zining an’anaviy geosiyosiy makonida pozitsiyalarini yo‘qotishda davom etadimi?

Strategic Focus: Central Asia
👍276🌚3😍2🤡1
Ukraina Falastinlik qochqinlarni qabul qiladimi?

Baydenning saylovdagi mag‘lubiyatidan so‘ng Ukraina hukumati murakkab vaziyatga tushib qoldi. Zelenskiy va uning jamoasi Vashington bilan yangi aloqalar mexanizmini izlashga majbur, chunki eski yondashuv – demokratiya va avtoritarizm qarama-qarshiligi – endi ishlamaydi. Donald Tramp mafkuraviy kurash bilan emas, aniq kelishuvlar va pragmatik bitimlarga qiziqadi.

Shu nuqtayi nazardan, diplomatik manbalar xabar berishicha, Kiyev yangi loyiha – Falastinlik qochqinlarni Ukrainaga joylashtirish g‘oyasini ilgari surmoqda. Bu tashabbus nafaqat Ukrainadagi demografik muammoni hal qilishga urinish, balki Tramp bilan aloqalarni mustahkamlash uchun siyosiy vosita sifatida ko‘rilmoqda. Ukraina o‘zini nafaqat Rossiyaga qarshi kurashning bir qismi sifatida, balki global muammolarni hal qilishga qodir davlat sifatida namoyish qilishga harakat qilyapti.

Falastinlik qochqinlarni Ukrainaga joylashtirish g‘oyasi juda keskin va ziddiyatli ko‘rinadi. G‘azo urushdan oldin ikki milliondan ortiq aholi yashagan hudud edi, ammo bu yerlar mudxish harbiy harakatlar natijasida vayron bo‘ldi. Isroil radikallashgan qochqinlarning ortga qaytishini istamaydi, arab davlatlari ularga eshik ochishga tayyor emas, Yevropa esa yangi migratsion inqirozdan qochmoqda.

Shunday vaziyatda Ukraina hukumati AQShga yangi ssenariy taklif qilmoqda: 1) Ukraina gumanitar markazga aylanadi va Falastin qochqinlarini qabul qiladi; 2) Tramp Yaqin Sharq muammosini hal qilishga muvaffaq bo‘ladi, lekin amerikalik saylovchilar noroziligini keltirib chiqarmaydi; 3) Kiyev muammoli masalani hal etib, o‘zining AQSh uchun muhim hamkor ekanligini isbotlaydi.

Ukraina uchun xavf-xatarlar

Agar loyiha amalga oshirilsa, dastlabki oylarda Ukraina global miqyosda gumanitar markaz sifatida ko‘rsatiladi. Kiyev “yangi Shveytsariya” sifatida targ‘ib qilinadi. Biroq bu haqiqat bir qator muammolarga duch kelishi taxmin qilinmoqda:

Birinchidan, iqtisodiy beqarorlik – Ukraina allaqachon o‘z fuqarolariga ijtimoiy to‘lovlarni amalga oshira olmayapti, davlat budjeti faqat tashqi kreditlar orqali shakllanmoqda.

Ikkinchidan, infratuzilmaning izdan chiqishi – tibbiyot tizimi tanazzulga yuz tutgan, urush tufayli mamlakat iqtisodiyoti falaj holatda.

Uchinchidan, ijtimoiy ziddiyatlar – qochqinlar mahalliy ukrainaliklar bilan resurslar uchun raqobatlashadi, bu esa ijtimoiy keskinlikni keltirib chiqarishi aniq.

Ammo eng katta xavf – Ukrainada yangi ijtimoiy bo‘linishlarning paydo bo‘lishi. Falastinlik qochqinlar oddiy muhojirlar emas – ular kuchli kollektiv identifikatsiyaga ega, uzoq yillik qurolli mojarolarda shakllangan siyosiy qarashlari va ijtimoiy urf-odatlari bor.

Xulosa qilib aytganda, Ukraina Vashington yordamini saqlab qolish uchun qochqinlarni siyosiy vosita sifatida ishlatishga tayyor. Ammo bu tajriba kutilmagan oqibatlarga olib kelishi mumkin – ijtimoiy nizolarning keskinlashuvi, davlat byudjeti yukining oshishi va uzoq muddatli demografik o‘zgarishlar. Kiyev o‘z foydasini ko‘zlab bu loyihani ilgari surmoqda, lekin bitta muammoni hal qilish orqali yangi inqirozlarga yo‘l ochish xavfi juda katta.

Strategic Focus: Central Asia
👍21🔥74
Tolibon rahbariyati va Al-Qoida o’rtasidagi qarindoshlik aloqalari

@erontahlili
👍10👎5🤮4
G‘arb Tolibon bilan aloqalarni rivojlantirishi kerak

H.Hakimi, Chatham House eksperti

Afg‘oniston gumanitar inqirozni boshdan kechirmoqda va agar AQSh moliyaviy yordamni to‘liq to‘xtatsa, bu yanada og‘irlashadi. Biroq mamlakatni xalqaro maydonda izolyatsiya qilish hech bir davlatning manfaatlariga mos kelmaydi.

Tramp qayta saylanganidan so‘ng, Tolibon yetakchilari Vashington bilan “yangi sahifa” ochishga umid bildirgan edi. Ammo Tramp administratsiyasining ilk qadamlari buning aksini ko‘rsatmoqda: davlat kotibi Marko Rubio Tolibon yetakchilariga yangi sanksiyalar qo‘yish bilan tahdid qilgan, Tramp esa AQShning Afg‘onistondan chiqib ketishi ortidan qoldirilgan qurollarni qaytarishni talab qilyapti. AQSh xalqaro yordamining 90 kunlik muzlatilishi allaqachon mamlakatdagi gumanitar vaziyatiga ta’sir qila boshladi. Agar “Avval Amerika” siyosati yordamning butunlay to‘xtatilishiga olib kelsa, inqiroz ortga qaytmas darajaga yetadi.

2021–2024 yillar oralig‘ida AQSh Afg‘onistonga yordam ko’rsatgan eng yirik donor bo‘lgan - $3,63 mlrd ajratgan. Shu bilan birga, 2025-yilda 23 mln (aholining 50%) gumanitar yordamiga muhtoj bo‘lishi prognoz qilinmoqda. G‘arb siyosatchilari mamlakatni to‘liq xalqaro izolyatsiyaga tushirishdan qochishi lozim.

Tolibon: hokimiyat bor, lekin strategiya yo‘q

2021-yilda hokimiyat tepasiga kelganidan beri Tolibon mamlakatni boshqarishning aniq modelini ishlab chiqolmadi. Tolibon elitasi ichida ayollar ta’limi va jamiyatdagi o‘rniga qo‘yilgan keskin cheklovlar bo‘yicha jiddiy kelishmovchiliklar mavjud. Xalqaro bosim kuchayib bormoqda: Xalqaro jinoiy sud (XJS) prokurori ayollarni kamsitgani sabab Tolibon amiri Haybatulloh Oxundzoda uchun hibsga olish orderini talab qilmoqda.

Ichki qarama-qarshiliklarga qaramay, rejim hokimiyatni mustahkam ushlab turibdi. 2024-yilda Moskvadagi Crocus City Hall teraktini amalga oshirgan “IShID – Xuroson” guruhi Tolibon nazoratiga jiddiy tahdid solmayapti. Biroq barqarorlikka qaramasdan, hali birorta davlat Kobul hukumatini rasmiy tan olgani yo‘q.

Tashqi siyosatdagi muvaffaqiyatlar

Tolibon qo‘shni davlatlar bilan aloqalarni faol rivojlantirmoqda. 2024-yilda Afg‘oniston 11 ta davlatda o’z diplomatik vakillariga ega. Shuningdek, Rossiya, O‘zbekiston, Eron, Turkiya, BAA, Qatar va Hindiston bilan munosabatlari yaxshi baholanmoqda.

2025-yil yanvar oyida Eron tashqi ishlar vaziri (so’ngi 8 yil ichida birinchi marta) Abbos Aroqchi Kobulga tashrif buyurdi – Tehron Kobulni 1973-yildagi Hilmand daryosi suv shartnomasini bajarishga va afg‘on qochqinlarini majburan qaytarishga to‘sqinlik qilmaslikka undamoqda. 2024-yil martidan beri Eron Afg‘onistonga 1 milliondan ortiq afg‘on qochqinlarini deportatsiya qilgan, bu esa mintaqadagi og‘ir gumanitar manzarani yanada yomonlashtirmoqda.

Pokiston bilan aloqalar esa tobora keskinlashmoqda. 2024-yilda Pokistonda 440 ta terroristik hujum ro‘y berdi va 2 500 odam halok bo‘ldi – Islomobod bu hujumlarni Pokiston Toliboniga (TTP) bog‘lab, uning yetakchilari Afg‘onistonda panoh topganini da’vo qilmoqda. Bunga javoban, 2024-yil dekabr oyida Pokiston harbiy havo kuchlari Paktia viloyatini bombardimon qilib, Tolibon ma’lumotiga ko‘ra, 50 ga yaqin tinch aholini o‘ldirgan.

@erontahlili
👍11🔥53🌚3👎1
G‘arb Tolibon bilan aloqalarni rivojlantirishi kerak - davomi

G‘arb oldidagi tanlov: izolyatsiya yoki pragmatizm?


Sanksiyalar va aloqalarni uzish Afg‘onistonda g‘arbcha demokratiyani targ‘ib qilmaydi, aksincha, radikal elementlarning kuchayishiga olib keladi. Kobulning to‘liq xalqaro izolyatsiyasi Xitoy va Rossiya bilan hamkorlikning yanada mustahkamlanishiga yo‘l ochadi – bu esa G‘arb manfaatlariga mos kelmaydi.

G‘arb davlatlari, hatto AQSh faol ishtirok etmasa ham, Hindiston va Qatar kabi vositachilar orqali Tolibon bilan muloqot kanallarini yaratishi kerak. Tolibon G‘arbning insonparvarlik yordamini qandaydir majburiyatlarga bog‘lashga qarshi chiqmoqda, shuning uchun mintaqaviy davlatlar vositachiligida yashirin diplomatik kanallar orqali aloqalarni mustahkamlash lozim.

Shu bilan birga, G‘arb Afg‘onistonga o‘z rivojlanish modelini zo‘rlab tiqishtirish xatosidan qochishi kerak.

G‘arb tushunchasidagi demokratiyalashuv – o‘nlab yillarga cho‘ziladigan jarayon. Eng muhimi – radikalizmni oziqlantiruvchi omillarni bartaraf etish: iqtisodiy inqiroz, asosiy ijtimoiy xizmatlarning yo‘qligi va keng qamrovli ishsizlik.

Xulosa qilib aytganda, Afg‘onistonga moliyaviy yordamni to‘xtatish Tolibonni zaiflashtirmaydi, aksincha, millionlab oddiy afg‘onlarni og‘ir ahvolga solib qo‘yadi. G‘arb maksimal bosim siyosatidan voz kechib, sabr-toqat va diplomatik ta’sir orqali hamkorlik strategiyasiga o‘tishi kerak. Kobulni izolyatsiya qilish mintaqada beqarorlikni kuchaytirib, yangi inqirozni keltirib chiqaradi – bu esa oxir-oqibat G‘arbning o‘ziga ham ta’sir ko‘rsatadi.

@erontahlili
👍8🔥43👎3🌚2