Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Rasmiy inauguratsion ballar Prezident Inauguratsion Qoʻmitasi tomonidan rejalashtiriladi va tasdiqlanadi. Ushbu tadbirlar Inuguratsiya kuni oqshomida Vashington, Kolumbiya okrugi hududida boʻlib oʻtadi.
Strategic Focus: Central Asia
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9🔥6⚡4❤1
Eron Prezidentining Moskvaga tashrifi vaqtidagi noxush hodisa
Mas’ud Pezeshkianning 17-yanvardagi Rossiyaga qilgan tashrifi davomida yuz bergan noqulay holat ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar xususiyatini ochib beruvchi muhim jihatlarni ko‘rsatadi. Ushbu hodisani oddiy tashkiliy kamchilik sifatida emas, balki strategik signallar doirasida tahlil qilish lozim.
Bir soatlik kutish: tasodifmi yoki siyosiy signal?
Eron Prezidentining Kreml eshigida deyarli bir soat kutib turishi ikki tomonlama munosabatlardagi assimetriyani ifodalaydi. Diplomatiyada bunday holatlar kamdan-kam hollarda tasodif bo‘ladi. Rossiya o‘zini ustunroq pozitsiyada ko‘rsatishga intildi, deb aytishmoqda tahlilchilar.
Eron delegatsiyasining reaksiyasi: obro‘ni saqlashga urinish
Pezeshkian va uning delegatsiyasining “namoz o‘qish” bahonasi bilan mehmonxonaga qaytishi — bu noqulay holatdan qochish va yuzini saqlab qolish uchun qilingan urinishdir. Tehron maksimal darajada diplomatik tarzda harakat qildi.
Matbuotga nisbatan munosabat
Iran International manbasining ta’kidlashicha, rossiyalik vakillar eronlik jurnalistlarga nisbatan “noo‘rin” munosabatda bo‘lgan. Bu voqea erkin matbuot tamoyillarining cheklanganini ko‘rsatib, ikki davlat o‘rtasidagi axborot aloqalarida ishonch yetishmasligini ifodalaydi.
Ayni vaqtda, Eron va Rossiya o‘rtasidagi iqtisodiy va harbiy hamkorlik mustahkamlanib borayotgan bir vaqtda, bu hodisa ikki tomonlama aloqalardagi zaif jihatlarni ochib beradi. Moskva o‘zini “katta sherik” sifatida ko‘rsatishda davom etmoqda, Tehron esa xalqaro sanksiyalar bosimi ostida qattiq moslashuvchanlikka majbur bo‘lmoqda.
Shu bilan birga, mazkur voqea diplomatik xatomi yoki qasddan harakatmi degan savol ochiq bo‘lib qolmoqda.
💬 Fikr va munosabatingizni izohlarda qoldiring.

👍10👏3⚡2
13-asrda yashagan mashhur sayyoh Marko Polo bugungi Turkiyani “Turkomaniya” (Turkmaniya), Turkistonni esa “Magna Turchia” yoki “Buyuk Turkiya” deb atagan.
Hozirgi Rossiya hududlari esa Rosia va Zulmatiston deb atalgan.
Strategic Focus: Central Asia
Hozirgi Rossiya hududlari esa Rosia va Zulmatiston deb atalgan.
Strategic Focus: Central Asia
👍35😁23🔥4
Batafsil: https://londonpost.news/uzbekistans-rise-to-middle-power-prominence/?amp=1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
The London Post
Uzbekistan's rise to middle power prominence | London Post
by Vazira Bazarova (Journalism and Mass Communications University of Uzbekistan)
⚡10👍8❤4🔥2😁2
Rossiyaning Markaziy Osiyodagi strategik roli: geosiyosiy o‘zgarishlarga qaramasdan barqarorlik
Quyida siyosiy tahlilchilar Eldaniz Gusseinov🇰🇿 va Sardor Allayarov🇺🇿 tomonlaridan tayyorlangan va Geopolitical Monitor’da chiqarilgan “Beyond Western Narratives: Unpacking Russia’s Strategic Role in Central Asia” maqolasining asosiy tezislarni keltiramiz.
Ukraina urushi sababli Markaziy Osiyo global e’tibor markaziga aylandi va AQSh, Germaniya, Turkiya va Xitoy kabi tashqi o‘yinchilar mintaqaga faolroq jalb qilina boshladi. G‘arbdagi ba’zi fikrlarga ko‘ra, Rossiyaning Markaziy Osiyodagi ta’siri zaiflashmoqda, chunki mintaqa mamlakatlari Moskva bilan uzoqlashmoqda va alternativ global o‘yinchilar bilan aloqalarini mustahkamlamoqda. Ammo batafsil tahlil shuni ko‘rsatadiki, Rossiyaning ta’siri nafaqat barqaror qolmoqda, balki ayrim jihatlarda kuchaymoqda.
G‘arb narrativlari: Rossiyaning zaiflashuvi
G‘arbdagi ekspertlar Rossiyaning Ukraina urushi sababli Markaziy Osiyodagi ta’siri pasayganini ta’kidlashmoqda. Ularning asosiy dalillari quyidagilardan iborat:
Birinchidan, Ukraina bo‘yicha betaraflik: Markaziy Osiyo mamlakatlari Rossiyaning harakatlarini qo‘llab-quvvatlamadi va G‘arb sanksiyalariga amal qilmoqda.
Ikkinchidan, sherikliklarni diversifikatsiya qilish: Qozog‘iston, O‘zbekiston va Qirg‘iziston Xitoy, Turkiya va G‘arb davlatlari bilan aloqalarni mustahkamlamoqda.
Uchinchidan, iqtisodiy diversifikatsiya: Xitoyning “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi va Turkiya bilan iqtisodiy hamkorlik Rossiyaga bog‘liqlikni kamaytirishga yordam bermoqda.
T‘ortinchidan, madaniy o‘zgarishlar: Mintaqada milliy identifikatsiyani tiklash, mahalliy tillarni rivojlantirish va Sovet davri siyosatiga tanqidiy qarash Rossiya bilan madaniy masofani oshirmoqda.
Yuqorida keltirilgan trendlar mintaqaning Rossiyadan uzoqlashib, ko‘p tomonlama hamkorlikka asoslangan mustaqil siyosat olib borayotganiga ishora qiladi.
Qarama-qarshi tezislar: Rossiyaning barqaror ta’siri
Zikr etilgan dalillarga qaramay, Rossiyaning Markaziy Osiyodagi o‘rni mustahkamligini tasdiqlovchi ko‘plab faktlar mavjud.
1. Savdo va iqtisodiy aloqalar: 2023-yilda Rossiya va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi savdo hajmi taxminan $44 mlrdni tashkil etdi, bu mintaqa umumiy savdo aylanmasining uchdan birini tashkil qiladi. Savdoning 50%dan ko‘prog‘i mahalliy valyutalarda amalga oshirilishi moliyaviy mustaqillikni kuchaytirib, AQSh dollariga qaramlikni kamaytirmoqda.
Bundan tashqari, Shimol-Janub transport koridori (INSTC) kabi loyihalar O‘zbekiston va Qirg‘izistonga yangi savdo imkoniyatlarini taqdim etmoqda. Bu esa, uzoq muddatda, O‘zbekistonning "dengizga chiqish yo‘li yo‘qligi muammosini" hal etishga xizmat qilishi mumkin.
2. Strategik sherikliklar: 2024-yilda O‘zbekiston va Qozog‘iston BRICS hamkorlik maqomini oldi, bu ularga alternativ to‘lov tizimlari va yangi eksport bozorlariga kirish imkonini beradi.
Ayni vaqtda, Rossiyalik kompaniyalar Qozog‘istondagi xorijiy firmalarning deyarli yarmiga ega.
3. Harbiy va xavfsizlik hamkorligi: Rossiya Markaziy Osiyoda harbiy ishtirokini saqlab qolmoqda, jumladan, Rossiya-Qozog‘iston harbiy hamkorlik shartnomasi, Qirg‘iziston bilan qo‘shma havo mudofaasi tizimi va Tojikistonga S-300 tizimlarini yetkazib berish orqali.
Shu bilan birga, 2023-yilda “Rossiya-Markaziy Osiyo” xavfsizlik kengashi kotiblari darajasidagi birinchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi, bu doimiy hamkorlikning davom etishini ko‘rsatadi.
4. Siyosiy aloqalar: Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedovning 2022-yilda o‘zining ilk rasmiy tashrifini Rossiyaga amalga oshirgani hatto betaraf davlatlar ham Rossiya bilan yaqin aloqalarga ega ekanligini ko‘rsatmoqda.
Strategic Focus: Central Asia
Quyida siyosiy tahlilchilar Eldaniz Gusseinov

👍11🔥5❤3👎1
Rossiyaning Markaziy Osiyodagi strategik roli: geosiyosiy o‘zgarishlarga qaramasdan barqarorlik - davomi
G‘arbiy talqinlarning kamchiliklari
G‘arbning Markaziy Osiyo haqidagi qarashlari ko‘pincha mintaqaning Rossiya va Xitoy bilan aloqalaridagi murakkablikni to‘g‘ri aks etmaydi. Asosiy xatolar quyidagilardan iborat:
a) Diplomatiyani soddalashtirish: Markaziy Osiyo mamlakatlari ko‘p vektorli siyosat olib borib, Rossiya, Xitoy va G‘arb bilan aloqalarni muvozanatlashtirishga harakat qilmoqda.
b) Manixey yondashuvi: Demokratiya va avtoritarizm o‘rtasidagi kurashga asoslangan G‘arb siyosati mintaqaning o‘ziga xos sharoitlarini inobatga olmaydi.
c) Iqtisodiy haqiqatlarni e’tibordan chetda qoldirish: Diversifikatsiyaga qaramay, Rossiya hali ham mintaqa uchun muhim iqtisodiy hamkor bo‘lib qolmoqda.
Bunday noto‘g‘ri qarashlar G‘arb siyosatining Markaziy Osiyoda samarasiz bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Masalan, Germaniya kansleri Olaf Sholtsning Qozog‘iston prezidenti Toqayevdan Ukraina urushi bo‘yicha pozitsiyasini so‘raganidan keyin Toqayev Rossiyaning harbiy jihatdan mag‘lubiyatga uchrashi imkonsiz ekanligini aytgan.
Xulosa qilib aytganda, Rossiyaning Markaziy Osiyodagi ta’siri G‘arb narrativlarida tasvirlanganidek zaif emas. Iqtisodiy, siyosiy va harbiy aloqalar chuqurlashib, o‘ziga xos barqarorlikni saqlab qolmoqda. Savdo hajmining oshishi, mahalliy valyutalarda hisob-kitob qilish, va strategik sherikchilikning davom etishi Rossiyaning mintaqadagi o‘rnini mustahkamlamoqda.
Markaziy Osiyo mamlakatlari ko‘p vektorli siyosat orqali Rossiyadan to‘liq uzoqlashmasdan, o‘z mustaqilligini oshirishga harakat qilmoqda. Bu mintaqaning murakkab dinamikasini anglash Markaziy Osiyoda muvaffaqiyatli siyosat olib borish uchun muhimdir.

👍11👏6❤3👎1
Forwarded from Strategic Focus: Middle East and North Africa
Netanyahu antiterroristik operatsiya boshlangani haqida e’lon qildi. Nega?
Kamran Gasanov, siyosiy ekspert
Netanyahuning so‘zlariga ko‘ra, operatsiya “Temir devor” nomi ostida Iordaniya daryosining G‘arbiy sohilida amalga oshiriladi. Netanyahu bu operatsiyaning maqsadini “xavfsizlikni mustahkamlash” deb atadi.
Nega u operatsiyani boshladi? Asosiy sabab - Hamas bilan kelishuvdan so‘ng uch nafar vazir, jumladan radikal Ben-Gvir, iste’foga chiqdi. Moliya vaziri (u ham o’ta radikal) Smotrich “davlat to‘ntarishi” bilan tahdid qilmoqda, Ben-Gvir esa uni ham iste’foga chiqishga ko‘ndirmoqda. Ular sulh bitimini falokat va milliy xavfsizlikka tahdid deb hisoblashmoqda. Ular nafaqat G‘azodan qo‘shinlarni olib chiqishga, balki Netsarim va Filadelfiya yo‘laklaridan ham qarshilar.
Ularning partiyalari – “Diniy sionistlar” (Smotrich) va “Otsma Yehudit” (Ben-Gvir) – hukmron koalitsiyaning 120 o‘rinli Knessetdagi 68 ovozidan 13 tasiga ega. Agar hukumat qulab tushsa, muddatidan oldin saylovlar e’lon qilinadi va Netanyahu mag‘lubiyatga uchrasa, uni sud kutadi. Shu sababli sionistlarga g‘azabini chiqarish imkonini berish kerak edi. Mana shuning uchun G‘azodan farqli ravishda Netanyahu ularning g‘azabini “tishsiz” (Hamas nazoratidagi G‘azodan farqli ravishda) Iordaniya daryosining G‘arbiy sohiliga yo‘naltirdi. G‘azodan qo‘shinlarni olib chiqish masalasi G‘arbiy sohilda davom etayotgan okkupatsiya bilan yopilishi kutilmoqda.
@erontahlili

🤬18👍7🔥5❤2👎2
Forwarded from Strategic Focus: Atlantic
Tramp meksikaliklarni qattiq trolling qildi: Oq uy saytining ispancha versiyasi olib tashlandi
Agar kimdir ushbu versiyaga kirishga harakat qilsa, “Go Home” tugmasi paydo bo‘ladi, bu esa “Bosh sahifaga qaytish” va “Uyga qayting” deb ham tarjima qilinishi mumkin.
G’arbiy alyans

🤣32👍7❤3🔥3👎1👏1
Forwarded from Strategic Focus: Middle East and North Africa
Yangi Suriya: ichki islohotlar va tashqi siyosiy muammolar o‘rtasidagi muvozanat
Anvar Qodirov, mustaqil tadqiqotchi
Bashar Asad rejimining ag‘darilishi va Ahmad ash-Sharaa boshchiligidagi vaqtinchalik hukumat hokimiyatga kelganidan so‘ng, Suriya ichki va tashqi siyosiy maydonlarda katta rejalarni namoyon qilmoqda. Biroq, taklif etilgan islohotlar mamlakat kelajagini belgilaydigan jiddiy qiyinchiliklar bilan birga kelmoqda.
Ichki ustuvorliklar: islohotlar va yarashuv
HTSh yetakchisi sifatida tanilgan Ahmad ash-Sharaa Yangi Suriyaning barqarorlikka intilishini ta’kidladi. Mamlakat endilikda terroristik tashkilotlari, jumladan «Al-Qoida» va «Islom davlati» uchun boshpana bo‘lmaydi. Buning o‘rniga davlat qurilishi, infratuzilmani tiklash va islohotlarga e’tibor qaratiladi. Misol uchun, maxsus agentlik bedarak yo‘qolganlarni qidirish, o‘lim haqidagi guvohnomalar berish va Asad rejimi qurbonlari oilalariga yordam berish bilan shug‘ullanmoqda.
Avvalgi rejimning, jumladan Sednaya qamoqxonalaridagi shafqatsizliklarni o‘rganish milliy yarashuv yo‘lida muhim qadam bo‘ldi. Ash-Sharaa asosiy vazifa qasos emas, balki adolatli sud jarayonini ta’minlash ekanini qayd etdi, bu esa boshqaruvning yangi yondashuvini aks ettiradi.
Ayni vaqtda Yangi Suriya yagona bojxona tariflarini joriy qilib, iqtisodiyotni tartibga solishga intilmoqda. Biroq, Turkiyadan olib kiriladigan tovarlarga bojning 300% ga oshirilishi savdoning keskin pasayishiga olib keldi, avval $2 mlrdga teng bo‘lgan Turkiya eksporti deyarli to‘xtab qoldi. Bu qarama-qarshilik iqtisodiyotni tiklash rejalari oldida to‘siq bo‘lmoqda.
Tashqi siyosat: yangi ittifoqlar shakllanishi va eski aloqalardan voz kechish
1. Erondan uzoqlashish
Suriya eronlik jangarilar va instruktorlarni olib chiqib ketishni yakunladi, bu esa suverenitetni tiklashda muhim qadam bo‘ldi. Ash-Sharaa mazkur qadam “Shia yarim oyi” loyihasini o‘nlab yillar ortga qaytarib, Fors ko‘rfazi mintaqasida barqarorlikni ta’minlaganini ta’kidladi.
2. Turkiya bilan hamkorlik
Anqara Suriya qurolli kuchlarini mustahkamlash va terrorchilik tashkilotlariga qarshi kurashda yordam taklif qildi. Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan hamkorlikka tayyorligini ta’kidlab, infratuzilmani tiklashda yordam berishini aytdi. Biroq, bojxona tariflari va Suriya Demokratik Kuchlari bilan bog‘liq tortishuvlar tufayli to‘liq tiklanish jarayoni sekin kechmoqda.
3. Xalqaro tahdidlar
Suriya va Turkiya o‘rtasida dengiz qonunchiligiga oid bitim imzolash rejasi Gretsiya va Kiprning keskin munosabatiga sabab bo‘ldi.
Ekspertlar aytishicha, Ash-Sharaa tomonidan qilingan siyosiy bayonotlar islohotlar va milliy qurilish yo‘nalishidagi muhim o‘zgarishni anglatadi.
Biroq:
• Ichki islohotlar uzoq yillik urushlar sabab bo‘lgan iqtisodiy zaiflik va Suriya Demokratik Kuchlari kabi mintaqaviy guruhlar bilan ziddiyatlar tufayli qiyinchiliklarga duch kelmoqda.
• Tashqi siyosatda Suriya suverenitetni tiklash va Turkiya kabi asosiy mintaqaviy o‘yinchilarni qo‘llab-quvvatlashni saqlab qolish o‘rtasida muvozanat saqlashi kerak.
Bu kontekstda eng muhimi shuki, islohotlarning katta qismi xalqaro yordamga bog‘liq bo’ladi. Turkiya TIV rahbari Fidan Anqaraning Suriyaga qarshi xalqaro sanksiyalarni bekor qilishga chaqirganini ochiq aytib, bu iqtisodiy o‘zgarishlarni yengillashtirishi mumkinligini ta’kidladi.
Savol: Yangi ma’muriyat bu qiyinchiliklarni yengib o‘tib, arab dunyosida barqarorlik namunasiga aylana oladimi? Islohotlar ichki va tashqi qarama-qarshiliklar qurboniga aylanadimi yoki amalga oshadimi?

👍11🔥3❤2
AQSh Tolibonga nisbatan yangi yondashuv ishlab chiqadimi?
Trampning qayta hokimiyatga kelishi bilan AQSHning Afg‘onistonga nisbatan yondashuvi yana qizg‘in munozaralarga sabab bo‘lmoqda. Tolibon bilan diplomatik aloqalardan voz kechish va izolyatsiya siyosati, aniq muvaffaqiyatsizliklarga qaramay, Vashington strategiyasining asosiy elementi bo‘lib qolmoqda. Biroq, Tolibon rejimining xalqaro miqyosda tobora e’tirof etilayotgani, mintaqada Xitoy, Rossiya va Eronning ta’sirining kuchayishi, shuningdek, amaldagi kursning samarali natijalar bermayotgani sababli hozirgi strategiyani yanada pragmatik yondashuvga o‘zgartirish zarurati paydo bo‘ldi.
Izolyatsiya siyosatining muvaffaqiyatsizliklari
Hozirgi kunda Tolibon Afg‘oniston ustidan deyarli to‘liq nazoratni saqlab qolmoqda va yaqin kelajakda uning hokimiyatiga real tahdidlar ko‘zga tashlanmayapti. Rejimni tan olishdan voz kechish va uni izolyatsiya qilishga urinish siyosati nafaqat ichki siyosatni o‘zgartira olmadi, balki tashqi bosimga qarshi kurashni yanada kuchaytirdi. Bundan tashqari, xalqaro izolyatsiya Tolibonning Pekin, Moskva va Tehron bilan aloqalarini yanada mustahkamlashiga yordam berib, AQSH uchun mintaqada qo‘shimcha muammolar tug‘dirmoqda.
Hamkorlik imkoniyatlari
Tolibon bilan ochiq kelishmovchiliklarga qaramay, AQSH va rejim manfaatlari kesishadigan sohalar mavjud. Eng avvalo, bu terrorizmga qarshi kurashdir. Garchi Vashington Tolibonni “Al-Qoida” va boshqa terroristik guruhlar bilan aloqadorlikda ayblayotgan bo‘lsa-da, tomonlar uchun umumiy dushman – “IShID – Xuroson” mavjud. Hamkorlikni kuchaytirish, jumladan, razvedka ma’lumotlarini almashish, ushbu tahdidga qarshi kurashni kuchaytirishi mumkin edi.
Yana bir umumiy manfaatlar sohasi bu gumanitar yordamdir. Afg‘onistondagi joriy iqtisodiy va ijtimoiy inqirozlar mintaqaning beqarorligiga olib kelishi mumkin. Kobul bilan barqarorroq aloqalar o‘rnatish yordamni taqsimlashning shaffof tizimini yaratishga hissa qo‘shishi mumkin, bu esa AQSH va xalqaro tashkilotlar uchun manfaatlidir.
AQSH strategiyasini o‘zgartirishdagi muhim qadamlaridan biri Kobuldagi diplomatik missiyasini qayta tiklash ham bo‘lishi mumkin. Bu nafaqat mamlakatdagi vaziyatni kuzatishni yaxshilashga imkon beradi, balki ichki jarayonlarga ta’sir o‘tkazish imkoniyatlarini ham ochadi. Masalan, Tolibon rahbariyatida ayollar va qizlarning ta’lim olish masalalari bo‘yicha mavjud ichki qarama-qarshiliklar harakat ichidagi mo‘tadil elementlarning pozitsiyalarini kuchaytirish uchun ishlatilishi mumkin.
Qayd etilishicha, Tramp ma’muriyati, agressivroq harakatlarga moyilligiga qaramay, Afg‘onistondagi kursni pragmatik hamkorlik tomon qayta ko‘rib chiqishga majbur bo‘lishi mumkin. Qisqa muddatli istiqbolda bunday qadam AQSHga quyidagilarni amalga oshirishga yordam beradi:
Birinchidan, mintaqaviy tahdidlarga, jumladan, terrorizmga qarshi kurashdagi pozitsiyalarini mustahkamlash.
Ikkinchidan, Xitoy, Rossiya va Eron ta’sirining kengayishini cheklash.
Uchinchidan, gumanitar yordamni samaraliroq taqdim etish orqali Afg‘onistonni barqarorlashtirishga hissa qo‘shish.
Biroq, inson huquqlarini himoya qilish tashkilotlari tomonidan tanqid va AQSH ichidagi potensial qarshilik kabi siyosiy xatarlarni hisobga olgan holda, bunday yondashuv nozik diplomatik ishni talab qiladi. Uzoq muddatli istiqbolda pragmatik hamkorlikka o‘tish Afg‘onistondagi vaziyatga ta’sir qilish uchun yangi imkoniyatlarni ochishi mumkin, ammo bu faqat Vashington joylardagi real sharoitlarni hisobga olib, bosim emas, balki murosa asosida harakat qilishga tayyor bo‘lgan taqdirdagina amalga oshadi.
Shunday qilib, oldingi yillarda hukm surgan izolyatsiya siyosati o‘z dolzarbligini yo‘qotib, AQSHning mintaqadagi maqsadlariga erishish uchun ko‘proq imkoniyatlarga ega bo‘lgan yanada moslashuvchan strategiyaga yo‘l ochishi ehtimoldan xoli emas.

👍13💯5🔥3
Forwarded from Strategic Focus: Middle East and North Africa
Suriya ijtimoiy tarmoqlarida, xususan alaviylar va Asad tarafdorlaro orasida kechadan boshlab Maher Asadning (Bashar Asadning ukasi) Rossiyaning Xmeymim bazasiga kelgani va “nimadir tayyorlanayotgani” haqida xabarlar tarqalmoqda.
Qizig’i, bu ma’lumot hukumatning sohil bo’ylaridan qurolli kuchlari va xavfsizlik xizmatlarini olib chiqayotgani haqidagi mish-mishlar bilan mos keldi. O’sha vaqtda ko’plab bo’linmalar haqiqattan ham kazarmalarga qaytarildi va blok postlardan olib tashlangandi.
Ekspertlar aytishicha, yuqoridagilardan ko’zlangan maqsad - bir tomondan alaviylarning ommaviy chiqishlarini qo’zg’atish bo’lsa, ikkinchi tomondan esa muvaqqat hukumatga bo’ysunmaydigan radikal jangarilarni Rossiya bazalariga hujum qilishga undash.

👍8❤3🔥3
Forwarded from Strategic Focus: Middle East and North Africa
Turk xalqlarini bo‘lish uchun rus siyosiy texnologlari qozoqlarga tarixan hech qanday asosga ega bo‘lmagan sartlarga (ya’ni, o‘zbeklarga) nisbatan yomon munosabatni singdirishdi va go‘yoki qozoqlar so‘nggi 600 yil davomida musulmon emas, balki “tangrichilar” bo‘lgan degan tushunchani yoyishdi. Qirg‘izlarga esa ularning “qadimiyligi” orqali barcha turklardan ustunlik kompleksi singdirildi. No‘g‘aylarga faqat ular Ulug‘ Ulus va Qrim xonligining merosxo‘rlari ekanligi uqtirildi. Tatarlar va boshqirdlarga esa qozoqlar va o‘zbeklar o‘rtasidagi kabi o‘zaro yomon munosabatni shakllantirishdi va hokazo.
Turk xalqlarini bo‘lib tashlash ularni ko‘p sonli, katta armiyaga va atom quroliga ega Rossiya va Xitoyga qarshi yolg‘iz qoldirish oson bo‘lishi uchun kerak. Shunda qozoqlardan foydali qazilmalarni arzon narxda sotib olish mumkin; qirg‘izlar va o‘zbeklar Rossiyada arzon ishchi kuchi bo‘ladi; uyg‘urlar va qozoqlar kontslagerlarda saqlanishi kerak; tatarlar, boshqirdlar, no‘g‘aylar, tuvlar, saha-yoqutlar va boshqalar Moskvaning bosqinchilik urushlarida “go‘sht” bo‘lib xizmat qilishi lozim.
Barcha turklar Afrosiyobning farzandlari, barcha tengdir: qirg‘iz qozoqdan, qozoq sart-o‘zbekdan, boshqird tatardan, turk saha-yoqutdan yaxshiroq emas va hokazo. Aksini da’vo qilganlar – turklarga va o‘z xalqiga dushmandir.
Aynan shu sabab, 250 million turk Rossiya, Xitoy, AQSh va Yevropa bilan teng huquqli muloqot qilishi uchun - Turon kerak.
Nurlan Saltayev, tarixchi mutaxassis

👍64🔥7⚡3❤2💩2🥰1🤔1
Rossiyaning G‘arbga nisbatan siyosati: tahlil va taxminlar
Sergey Karaganovning maqolasi Rossiyaning G‘arb bilan qarama-qarshilikdagi strategik siyosati bo‘yicha asosiy jihatlarni yoritadi. Asosiy e’tibor Ukrainadagi va global darajadagi mojaro kontekstida yondashuvlarni tizimli ravishda o‘zgartirish zarurligiga qaratilgan.
Quyida S.Karaganov ilgari surgan asosiy tezislarni keltiramiz:
G‘arb strategiyasi:
• Ukraina urushi AQSh tomonidan iqtisodiy foyda olish, harbiy-sanoat kompleksini kuchaytirish va ittifoqchilarga bosim o‘tkazish orqali global yetakchilikni saqlab qolish vositasi sifatida ko‘rilmoqda.
• Yevroelitalar bu mojaroni o‘z hokimiyatini qonuniylashtirish vositasi sifatida ishlatmoqda. Yevrointegratsiya inqirozi sharoitida asosiy diqqat rusofobiya va “strategik parazitizm” - urushdan qo‘rqmaslikka qaratilgan.
AQSh va Tramp pozitsiyasi:
• Tramp ma’muriyati millatchilik ritorikasiga qaramay, Rossiya bilan kelishuvga qiziqmayapti. Manfaatlar balansi mojaroning davom etishini qo‘llab-quvvatlaydi, hatto ichki siyosiy yo‘qotishlar bo‘lsa ham.
• Kelishuv faqat quyidagi holatlarda mumkin bo‘ladi: a) Ukraina armiyasining mag‘lubiyati va G‘arb strategiyasining muvaffaqiyatsizligi; b) Rossiyaning Xitoy bilan ittifoqining zaiflashishi (ehtimoli past); c) harbiy harakatlarning AQSh hududiga o‘tish xavfi.
Yevropa omili:
• Yevroelitalar qarama-qarshilikning asosiy tashabbuskorlari bo‘lib, resurslarni Ukraina qo‘llab-quvvatlashga va Sharqiy Yevropa davlatlarini safarbar qilishga yo‘naltirmoqda.
• Urush Yevropada demokratik institutlarni bostirish va totalitar liberal mafkurani ilgari surish vositasiga aylangan.
Yadro omili:
• Rossiya yadroviy qurol qo‘llash tahdidini qarshi tomon bilan muzokaralarga majbur qilish vositasi sifatida ko‘rib chiqmoqda.
• Yadro doktrinasini modernizatsiya qilish va yadroviy arsenal samaradorligini oshirish zarurligi ta’kidlangan.
Ukrainaning demilitarizatsiyasi:
• Ukraina armiyasining mag‘lubiyatidan keyin Rossiya Ukraina g‘arbiy hududlarida neytral va demilitarizatsiyalangan davlat yaratishni rejalashtirmoqda. Bu hudud ustida uchish taqiqlangan zona tashkil etiladi va u mojaro hududlarini barqarorlashtirishning bir qismi bo‘ladi.
S.Karaganovning taxminlari va tavsiyalari:
1. Mojaroning davom etishi: AQSh va Yevropa elitalari mojaroning cho‘zilishini va uni mintaqaviy darajaga o‘tkazishni davom ettiradi, jumladan Sharqiy Yevropa davlatlarining jalb qilinishi orqali.
Rossiya hujumkor harakatlarini kuchaytirishi va yadro strategiyasini asosiy qo‘rqitish vositasi sifatida ishlatishi lozim.
2. Yevropaga nisbatan strategiyani qayta ko‘rib chiqish: Yevropa global mojarolar va tahdidlar manbai sifatida ko‘rsatilishi kerak. Bu uning xalqaro maydondagi izolyatsiyasini kuchaytiradi.
Yevropada elita avlodining almashishi uzoq muddatli tinchlik uchun asosiy shart bo‘lib qoladi.
3. Muzokaralar istiqbollari: AQSh faqat global pozitsiyasining jiddiy yomonlashuvi sharoitida kelishuvga borishi mumkin. Bu Rossiyadan uzoq muddatli qarama-qarshilikka tayyorlik va assimetrik yondashuvlardan foydalanishni talab qiladi.
Umuman olganda, Rossiyaning G‘arbga nisbatan siyosati qat’iy bosimga, harbiy qudratni oshirishga va strategik mustaqillikka asoslanishi lozim. Yadroviy qo‘rqitish va “global ko‘pchilik” bilan ittifoqlarni faollashtirish yangi global tartibni shakllantirishning asosi bo‘ladi.
Strategic Focus: Central Asia
Sergey Karaganovning maqolasi Rossiyaning G‘arb bilan qarama-qarshilikdagi strategik siyosati bo‘yicha asosiy jihatlarni yoritadi. Asosiy e’tibor Ukrainadagi va global darajadagi mojaro kontekstida yondashuvlarni tizimli ravishda o‘zgartirish zarurligiga qaratilgan.
Ma’lumot uchun: S.Karaganov - Tarix fanlari doktori, professor, “Oliy iqtisodiyot maktabi” universiteti Jahon iqtisodiyoti va jahon siyosati fakultetining ilmiy rahbari, RF Tashqi va mudofaa siyosati kengashi prezidiumining faxriy raisi.
Quyida S.Karaganov ilgari surgan asosiy tezislarni keltiramiz:
G‘arb strategiyasi:
• Ukraina urushi AQSh tomonidan iqtisodiy foyda olish, harbiy-sanoat kompleksini kuchaytirish va ittifoqchilarga bosim o‘tkazish orqali global yetakchilikni saqlab qolish vositasi sifatida ko‘rilmoqda.
• Yevroelitalar bu mojaroni o‘z hokimiyatini qonuniylashtirish vositasi sifatida ishlatmoqda. Yevrointegratsiya inqirozi sharoitida asosiy diqqat rusofobiya va “strategik parazitizm” - urushdan qo‘rqmaslikka qaratilgan.
AQSh va Tramp pozitsiyasi:
• Tramp ma’muriyati millatchilik ritorikasiga qaramay, Rossiya bilan kelishuvga qiziqmayapti. Manfaatlar balansi mojaroning davom etishini qo‘llab-quvvatlaydi, hatto ichki siyosiy yo‘qotishlar bo‘lsa ham.
• Kelishuv faqat quyidagi holatlarda mumkin bo‘ladi: a) Ukraina armiyasining mag‘lubiyati va G‘arb strategiyasining muvaffaqiyatsizligi; b) Rossiyaning Xitoy bilan ittifoqining zaiflashishi (ehtimoli past); c) harbiy harakatlarning AQSh hududiga o‘tish xavfi.
Yevropa omili:
• Yevroelitalar qarama-qarshilikning asosiy tashabbuskorlari bo‘lib, resurslarni Ukraina qo‘llab-quvvatlashga va Sharqiy Yevropa davlatlarini safarbar qilishga yo‘naltirmoqda.
• Urush Yevropada demokratik institutlarni bostirish va totalitar liberal mafkurani ilgari surish vositasiga aylangan.
Yadro omili:
• Rossiya yadroviy qurol qo‘llash tahdidini qarshi tomon bilan muzokaralarga majbur qilish vositasi sifatida ko‘rib chiqmoqda.
• Yadro doktrinasini modernizatsiya qilish va yadroviy arsenal samaradorligini oshirish zarurligi ta’kidlangan.
Ukrainaning demilitarizatsiyasi:
• Ukraina armiyasining mag‘lubiyatidan keyin Rossiya Ukraina g‘arbiy hududlarida neytral va demilitarizatsiyalangan davlat yaratishni rejalashtirmoqda. Bu hudud ustida uchish taqiqlangan zona tashkil etiladi va u mojaro hududlarini barqarorlashtirishning bir qismi bo‘ladi.
S.Karaganovning taxminlari va tavsiyalari:
1. Mojaroning davom etishi: AQSh va Yevropa elitalari mojaroning cho‘zilishini va uni mintaqaviy darajaga o‘tkazishni davom ettiradi, jumladan Sharqiy Yevropa davlatlarining jalb qilinishi orqali.
Rossiya hujumkor harakatlarini kuchaytirishi va yadro strategiyasini asosiy qo‘rqitish vositasi sifatida ishlatishi lozim.
2. Yevropaga nisbatan strategiyani qayta ko‘rib chiqish: Yevropa global mojarolar va tahdidlar manbai sifatida ko‘rsatilishi kerak. Bu uning xalqaro maydondagi izolyatsiyasini kuchaytiradi.
Yevropada elita avlodining almashishi uzoq muddatli tinchlik uchun asosiy shart bo‘lib qoladi.
3. Muzokaralar istiqbollari: AQSh faqat global pozitsiyasining jiddiy yomonlashuvi sharoitida kelishuvga borishi mumkin. Bu Rossiyadan uzoq muddatli qarama-qarshilikka tayyorlik va assimetrik yondashuvlardan foydalanishni talab qiladi.
4. Global qayta qurish: Mojaro tugaganidan so‘ng Rossiya “global ko‘pchilik” bilan birgalikda yangi xalqaro xavfsizlik arxitekturasini yaratish jarayonlarini boshlashi kerak. Shu bilan birga, Yevropa vaqtincha global jarayonlardan chetlatilishi lozim.Umuman olganda, Rossiyaning G‘arbga nisbatan siyosati qat’iy bosimga, harbiy qudratni oshirishga va strategik mustaqillikka asoslanishi lozim. Yadroviy qo‘rqitish va “global ko‘pchilik” bilan ittifoqlarni faollashtirish yangi global tartibni shakllantirishning asosi bo‘ladi.
Strategic Focus: Central Asia
👍13🔥4❤2
🔥Kun fotosi:
🇺🇿 🇰🇬 O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov Amirsoyda
Qardosh xalq yetakchilari shunday tez-tez ko’rishib turishi kerak!
Strategic Focus: Central Asia
Qardosh xalq yetakchilari shunday tez-tez ko’rishib turishi kerak!
Strategic Focus: Central Asia
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍55👎15🔥11❤5❤🔥3
Global axborot xaosi va feyklarning ommaviy targ’iboti zamonida bizning kanallar haqiqat tarafida bo’lishga yordam beradi:
Strategic Focus: Central Asia - Markaziy Osiyodagi (va boshqa mintaqalar) asosiy voqealar tahlili.
@erontahlili - Yaqin Sharqdagi zamonaviy xalqaro munosabatlar.
G’arbiy alyans - AQSh va Yevropa kun tartibidagi asosiy mavzular hamda trendlar.
Xorijiy OAV - chet tillardagi yetakchi nashrlar kanali.
Strategic Focus: Central Asia - LIVE - jahondagi eng oxirgi va sara xabarlar.
🚀 Qo’shiling, afsuslanmaysiz! 🚀

👍5❤3🔥3💯3
Kaspiy dengizi: Qozog‘iston Rossiya hukmronligiga qarshi chiqmoqda
Kaspiy dengizi uzoq vaqt davomida "Rossiyaning ko‘li" sifatida qabul qilinib kelgan bo‘lsa-da, hozirgi kunda harbiy-siyosiy muvozanatda fundamental o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda. Qozog‘iston Kaspiyda o‘z mavqeini keskin kuchaytirib, mintaqadagi geosiyosiy holatni tubdan o‘zgartirishi mumkin. Ushbu jarayon uchta asosiy omil bilan bog‘liq: Ukrainadagi urush sabab Rossiyaning ta’siri zaiflashgani, ekologik o‘zgarishlar natijasida katta tonnali kemalarning imkoniyatlari cheklangani va Qozog‘istonning Turkiya hamda BAA yordamida harbiy-dengiz kuchlarini faol rivojlantirayotgani.
Rossiya Kaspiyda avvalgi ta’sirini yo‘qotmoqda
Ilgari Rossiya Kaspiy mintaqasida o‘zining qudratli Kaspiy flotiliyasi orqali hukmron edi. Ammo hozirgi holat mutlaqo o‘zgacha. Rossiya kemalarining Ukrainadagi operatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash uchun Azov dengiziga ko‘chirilishi, Kaspiyda Rossiyaning harbiy-dengiz ishtirokini sezilarli darajada zaiflashtirdi. Bugungi kunda Qozog‘iston kemalar soni bo‘yicha ustunlikka ega, garchi ular qurol-yarog‘ jihatidan Rossiya flotidan ortda bo‘lsa ham. Ammo Rossiyaning mintaqadagi harbiy kuchi pasaygani sababli Qozog‘istonning ustunligi tobora yaqqol namoyon bo‘lmoqda.
Chuqurlashayotgan ekologik inqiroz ham muhim rol o‘ynamoqda. Kaspiy dengizi sathi har yili 68 santimetrga pasayib, portlarning yopilib qolishiga va katta kemalarning harakat imkoniyatlari cheklanishiga olib kelmoqda. Bu Rossiyaning katta hajmdagi kemalaridan to‘liq foydalanish imkoniyatini xavf ostiga qo‘ymoqda, Qozog‘istondek yengil va manevrga ega flotlarga esa ustunlik bermoqda.
Qozog‘iston: harbiy-dengiz kuchlarini kuchaytirish yo‘lida
1991 yildan beri Qozog‘iston yengil kemalarga asoslangan flotni rivojlantirib kelmoqda, ular suvning sayoz qismida samarali harakat qila oladi. Shu bilan birga, mamlakat Rossiya dengiz chegaralari yaqinida muntazam mashg‘ulotlar o‘tkazib, o‘z mustaqilligini namoyish qilmoqda. Ushbu faollik nafaqat Qozog‘istonning harbiy-siyosiy ambitsiyalarini, balki uning mintaqaviy va Yaqin Sharq hamda boshqa global o‘yinchilarni (Xitoy) o‘ziga jalb qilish qobiliyatini ham ko‘rsatmoqda.
Mintaqaning transformatsiyasi: yangi ishtirokchilar maydonga chiqmoqda
Qozog‘iston Rossiyaning zaiflashuvidan foyda olishni rejalashtirayotgan yagona davlat emas. Ozarbayjon, Turkmaniston va Eron kabi boshqa Kaspiybo‘yi davlatlari ham o‘z harbiy-dengiz kuchlarini mustahkamlashlari mumkin. Shu bilan birga, Turkiya va Xitoy kabi davlatlar ham mintaqadagi o‘z iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish maqsadida ittifoqchilarini qo‘llab-quvvatlash orqali yoki bevosita o‘z ishtirokini oshirishi mumkin.
Xulosa qilib aytganda, Rossiyaning Kaspiydagi ta’sirining susayishi va Qozog‘istonning harbiy-dengiz kuchlarini mustahkamlash harakatlari mintaqaning yangi davrga qadam qo‘yayotganidan dalolat bermoqda: Rossiyaning geosiyosiy hukmronligi endi kafolatlanmagan. Yaqin yillarda Qozog‘istonning yanada kuchayishi kutilmoqda, bu esa Kaspiy dengizi faqat Rossiyaga tegishli hudud sifatida qabul qilinishiga chek qo‘yadi. Xalqaro o‘yinchilar uchun ushbu o‘zgarishlarni hisobga olish va o‘z strategiyalarini qayta ko‘rib chiqish muhim ahamiyatga ega. Kaspiy endi "Rossiyaning ko‘li" bo‘lmay, yangi geosiyosiy o‘yinchilar uchun maydonga aylanmoqda.

👍31👏8❤6👎1
Forwarded from Strategic Focus: Middle East and North Africa
Saudiya Arabistoni va Turkiya: Suriya inqirozi orqali yangi mintaqaviy arxitektura shakllanishidagi roli
Aybek Joldasov, mustaqil tahlilchi
2023-yilning 7-oktabrida boshlangan operatsiyasidan buyon Yaqin Sharq tezkor va keng ko‘lamli o‘zgarishlar bilan yuzlashmoqda. Bashar Asad rejimining qulashi bu o‘zgarishlarning eng muhim namunasidir. Ushbu hodisalar mintaqaning beqaror holatini va global hamda mintaqaviy o‘yinchilarning manfaatlar to‘qnashuvini ochib beradi. Suriya esa bir vaqtning o‘zida ham muammo, ham imkoniyat sifatida ko‘rilmoqda: bu mamlakat mintaqaviy xavfsizlikni tiklash maydoni bo‘lishi yoki yangi qarama-qarshilik va inqirozlar o‘chog‘iga aylanishi mumkin.
Ar-Riyod va Anqara manfaatlarining uyg‘unligi
Saudiya Arabistoni va Turkiya, o‘z ta’sir kuchiga ega bo‘lgan holda, Asad rejimi qulashi natijasida yuzaga kelgan vaziyatni barqarorlashtirish uchun noyob imkoniyatga ega. Ikkala davlatning ham umumiy manfaatlari bor: a) Suriya hududiy yaxlitligini saqlab qolish; b) tashqi aralashuvlarning oldini olish va c) mintaqaviy muvozanatni ta’minlash. Tarixiy aloqalar va strategik yondashuvlarning uyg‘unligi ular o‘rtasidagi hamkorlikni (iqtisodiyot, mudofaa va texnologiyalar sohasida) yanada mustahkamladi.
Iqtisodiy hamkorlik o‘zining samarasini ko‘rsatmoqda: 2023-yilda ikki davlat o‘rtasidagi savdo hajmi 25,4 milliard riyolga yetib, 15,5% o‘sishga erishdi. Ushbu hamkorlik Saudiya Arabistoni va Turkiya rahbarlarining pragmatik yondashuviga asoslangan bo‘lib, mintaqaviy mega-loyihalar uchun xavfsiz muhit yaratishga qaratilgan.
Suriya inqirozi: tahdid va imkoniyatlar
Asad rejimi tugatilishi ortidan Saudiya Arabistoni va Turkiya Suriya kelajagini shakllantirishda asosiy o‘yinchilarga aylandi. Yangi Suriya hukumati birinchi xalqaro tashrifini Ar-Riyod va Anqaraga uyushtirdi, bu esa ushbu poytaxtlarning barqarorlik jarayonidagi muhim o‘rnini ko‘rsatadi. Ar-Riyod yangi Suriya hukumatining xalqaro maqomini mustahkamlash uchun faol harakat qilib, sanksiyalarni bekor qilish va ichki ishonchni oshirishda yordam bermoqda.
Suriya hududiy yaxlitligini saqlash ikkala davlat uchun ham ustuvor vazifadir. Turkiya uchun bu, ayniqsa, muhim, chunki kurdlarning mustaqillik harakatlari uning milliy xavfsizligiga tahdid soladi. Saudiya Arabistoni esa kurd fraksiyalarini muloqotga jalb qilish va eskalatsiyani oldini olish uchun zarur vositalarga ega.
Bundan tashqari, ikki davlat Suriyani qayta tiklashga alohida e’tibor qaratishmoqda. Turkiya Suriya bilan umumiy chegaraga ega bo‘lib, uning Idlib boshqaruvi tajribasi va sanoat imkoniyatlari qayta tiklash jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi. Saudiya Arabistoni esa moliyaviy resurslar va xalqaro hamkorlarni jalb etish salohiyatiga ega bo‘lib, tiklanish jarayonini jadallashtirishi mumkin.
Mintaqaviy va xalqaro muammolar
Saudiya Arabistoni va Turkiya o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollarga ega bo‘lsa-da, ular o‘rtasida raqobat mavjud. Saudiya Arabistoni Turkiyaning tarixiy mintaqaviy loyihalari va, ayniqsa, "Musulmon birodarlar" bilan bog‘liq aloqalariga ehtiyotkorlik bilan qaraydi. Bundan tashqari, ayrim mintaqaviy davlatlar ham ushbu ittifoqqa qo‘shilishdan bosh tortishi mumkin, chunki ular islomiy hukumatlar ta’siridan cho‘chimoqda.
Shuningdek, xalqaro o‘yinchilar tomonidan qarshilik kuzatilishi mumkin, chunki Saudiya Arabistoni va Turkiya tashqi manfaatlardan ko‘ra mintaqaviy manfaatlarni ustuvor qo‘ymoqda. Bu esa ayrim kuchlar tomonidan Suriyani zaiflashtirish yoki uni yangi mojarolarga tortishga qaratilgan sa’y-harakatlarni kuchaytirishi mumkin.
Xulosa qilib aytsak, mintaqaviy beqarorlik sharoitida Saudiya Arabistoni va Turkiya Suriya orqali yangi xavfsizlik yondashuvini shakllantirish imkoniyatini yaratdi. Suriya ikki davlat uchun barqarorlik va uzoq muddatli hamkorlikni ta’minlash uchun sinov maydoniga aylandi. Agar bu hamkorlik muvaffaqiyatli amalga oshsa, Iroq, Livan, Yaman va Liviya kabi boshqa mintaqalarda ham o‘xshash tashabbuslar ko‘rib chiqilishi mumkin.

👍8❤4🔥3
Manbalarga ko‘ra, Tolibon hukumatida tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimini egallab kelgan Sher Muhammad Abbos Stanikzay Afg‘onistondan qochib ketgan.
Qayd etilishicha, Stanikzay boshpana sifatida Birlashgan Arab Amirliklarini tanlagan va hozirda Dubayda joylashib oldi.
«Tolibon amiri Haybatulloh uni Qobulda hibsga olishni buyurgan, ammo Stanikzay bundan xabar topib, mamlakatni tark etishni afzal ko‘rgan va Dubayda boshpana topgan», — deydi manba.
Sher Muhammad Abbos Stanikzay Tolibon elitasidagi ziddiyatli shaxslardan biri sifatida tanilgan. Uning rahbariyatning qat’iy choralari, jumladan, ayollar huquqlarini cheklash bo‘yicha qarorlariga bildirgan tanqidlari uni toliblar ichida «muxolifatchi»ga aylantirgan. Ushbu hodisa Tolibon rahbariyatidagi ichki ziddiyatlar ortib borayotganini tasdiqlaydi va bu Afg‘onistondagi siyosiy barqarorlikka ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

👍11🔥6🤮4❤1
❤5👍5🌚2