Strategic Focus: Central Asia
16.8K subscribers
918 photos
177 videos
63 files
2.01K links
Markaziy Osiyo va qo’shni mintaqalardagi asosiy voqealarning tahlilini bizning kanalda kuzating.

@stratfocusatlantic - AQSh va Yevropa

@stratfocusmena - Yaqin Sharq va Mag’rib

Taklif/murojaat uchun: @sfca_admin
Download Telegram
Forwarded from Strategic Focus: LIVE
⚡️Strategik va xalqaro tadqiqotlar markazi (CSIS): Xitoy Tayvanni to'liq qamal qilib, o'q uzmasdan orolni egallashi mumkin.

⚡️Центр стратегических и международных исследований (CSIS): Китай может ввести полную блокаду Тайваня и захватить остров без единого выстрела.

Strategic Focus: Central Asia - LIVE
👍24👎7💯1
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Дарбанд ва Маҳачқала шаҳарларида содир этилган террорчилик ҳаракатлари оқибатида кўплаб ҳуқуқни муҳофаза қилиш идоралари ходимлари ва фуқаролар қурбон бўлгани муносабати билан Россия Федерацияси Президенти Владимир Путинга мактуб йўллаб, чуқур ҳамдардлик билдирди.

Ўзбекистон етакчиси Доғистондаги террорчилик ҳужумларини қатъий қоралади ҳамда ушбу таҳдидларга қарши курашда тегишли тузилмаларнинг фаол ҳамкорлигини давом эттиришга тайёрлигини билдирди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев направил телеграмму Президенту Российской Федерации Владимиру Путину с глубокими соболезнованиями в связи с террористическими актами в городах Дербенте и Махачкале, приведшими к многочисленным жертвам среди сотрудников правоохранительных органов и гражданских лиц.

Лидер Узбекистана решительно осудил теракт в Дагестане и выразил готовность к продолжению активного взаимодействия соответствующих структур в борьбе с этими вызовами.

Facebook|Instagram|X
👍18👎7😁6😢4🙏3
📡 Kobuldan kelgan xabarlarga ko’ra, Hoji Najib nomi bilan tanilgan Mavlavi Rahmatulla Tolibon razvedka xizmati rahbar lavozimidan Ichki ishlar vazirligidagi katta lavozimiga o’tgan.

Aytishlaricha, yangi lavozimda u Yaman, Suriya, Livan va Falastin kabi bir qator Yaqin Sharq mamlakatlariga jangarilarni ko’chirishni muvofiqlashtiradi. Qizig’i, harbiy kuchlar tranziti Al-Qoida va Eron Islom inqilobi qo’riqchilari korpusi bilan muvofiqlashtiriladi.

Bu borada Rahmatulla Ansarulloh, O’zbekiston Islom harakati va Sharqiy Turkiston Islomiy harakati jangarilarini jalb qiladi deb taxmin qilinmoqda.

Ma’lumotlarga ko'ra, terrorchilar AQSh va uning ittifoqchilariga qarshi bo’lgan mintaqaviy kuchlarni (masalan, eronparast guruhlar) kuchaytirishi ko’zda tutilgan.

Ayni vaqtda, Tolibonning 1000 dan ortiq jangarilari Yaman, Livan va Falastinga ko’chirilgani haqida xabarlar mavjud.

Savol: 1. Mavlavi Rahmatulloh va Al-Qoida va Eronning Quds kuchlari kabi tashkilotlar o’rtasidagi aloqalar Yaqin Sharqdagi mintaqaviy xavfsizlikka qanday ta’sir qilishi mumkin?

2. Tolibon jangarilarining Yaman, Suriya, Livan va Falastinga ko’chirilishi AQSh va uning ittifoqchilarining ushbu mintaqalardagi manfaatlari uchun qanday oqibatlarga olib keladi?


Strategic Focus: Central Asia - LIVE
🤔23👍202🔥2👏2👎1🥰1🌚1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Siyosatshunos Hamza Boltayev bilan qizg'in suhbat davomida Filippo Kosta Buranelli yillar davomida mamlakatda ko'plab ijobiy o'zgarishlar yuz bergan bo'lsada, o'zgarishsiz qolgan bir jihat to'g'risida so'z yuritdi

Strategic Focus: Central Asia - LIVE
👍247😁5👏3🔥1🆒1
Tahlilchi: Tolibon ichki ishlar vaziri S.Haqqoniy tez orada o’z lavozimini yo’qotishi mumkin

Jurnalist Sami Yusufzayning yozishicha, S.Haqqoniyning Saudiya Arabistoni va BAAga tashrifi uning amirlik rahbariyatidagi mavqeini keskin mustahkamladi. Shu sabab hozirgi vaqtda Kobulda S.Haqqoniy toliblar amiri Oxundzodaga qarshi chiqish chiqmasligiga oid mish-mishlar tarqalmoqda.

Ta’kidlanishicha, Sirojiddin Haqqoniy hokimyatni egallash maqsadida oxirgi 3 yil davom etayotgan xalqaro izolyatsiya va iqtisodiy inqiroz uchun javobgarlikni Oxundzoda bo’yniga osishi mumkin.

O’z navbatida, Qandahordagi radikallar (Tolibon amiri shu shaharda istiqomat qiladi) bunday voqealar rivojini oldini olish uchun bir qator nufuzli vazirlarni, shu jumladan IIV, mudofaa, ishdan bo’shatishni rejalashtirmoqda, degan fikr bor.

Bu borada, yangi ichki ishlar vaziri etib Balx hokimi Yusuf Vafo tayinlanishi kutilmoqda.

BMT tahlilchilari aytishicha, S.Haqqoniy hamda M.Yoqub (mudofaa vaziri, Tolibon asoschisining o’g’li) bir yil oldin o’z lavozimidan ozod etilgan, biroq Oliy rahbar buyrug’iga bo’ysunmaganlar.

Ma’lumot uchun. Ikki kuchishlatar tuzilmalarning rahbarlari mullakratlar bilan xotin-qizlarning ta’lim olishi va ishlashi masalasida ziddiyatga borgan (xususan, mullalar xotin-qizlarga umuman erkinlik berish niyati yo’q).

Savol: 1. Afg’onistondagi harbiylar fraksiyasi davlat to’ntarishini tashkillashtiradilarmi?

2. Hokimyat o’zgargan taqdirda Kobulning tashqi siyosati qay tarzda o’zgarishi mumkin?

Strategic Focus: Central Asia - LIVE
👍20🔥3🌭3👏1
IShID Rossiya janubida front ochmoqchi

23 iyun kuni Dog’istonning Darband va Maxachqala shaharlarida mudhish qurolli hujumlar sodir bo’ldi.

Xususan, terrorchilar sinagoga, 2 ta cherkov va politsiya postiga hujum uyushtirdilar. Ibodatxonalarni yoqib yuborishgan. Hujum natijasida 17 kishi halok bo’lgan (15 tasi IIV xodimlari), 25 kishi yaralangan.

Ma’lumotlarga ko’ra, tezkor harakatlar natijasida 6 jangari yo’q qilingan: 3 nafari Serg’ukali tuman rahbari M.Omarovning o’g’illari va jiyani bo’lgan. So’rov chog’ida Umarov o’z farzandlari vahhobiy bo’lganini tasdiqlagan. Qizig’i, uning jiyani radikal Zakaragiyev esa “Справедливая Россия - За Правду” partiyasining bo’limi rahbari bo’lgan.

Bu borada IShIDchilarning hujumi Muqaddas uchlik bayramida (Pasxadan 50 kun keyin nishonlanadi, bu yil 23 iyunga to’g’ri kelgan) uyushtirgani ham e’tiborni toryapti.

Bir necha kun oldin (16 iyunda) Rostov-Don shahridagi qamoqxonada IShID a’zolari xavfsizlik xodimlarini asirlikka olishgandi. Biroq, maxsus kuchlarning harakatlari tufayli vaziyat ijobiy hal qilinib, terrorchilar o’ldirilgan.

Avvalroq, Crocus City Hall teraktida IShID Rossiya hududida o’z filiali sanalgan “Kavkaz viloyati”ni qayta tiklaganini e’lon qilgan.

Taxminlarga ko’ra, RF kuchishlatar tuzilmalari kechagi voqealardan so’ng migrantlarga nisbatan yanada qattiqroq tekshiruvlar/reydlar o’tkazishadi.

Ta’kidlash kerak, bu aksiya Kreml tomonidan uyushtirilganligi ehtimoli o’ta past. Sabablarini avvalgi postda keltirganmiz. Qolaversa, bu mudhish voqea ortida Ukraina va NATO turgani haqidagi tuxmatlar ham haqiqatga to’g’ri kelmaydi. Fikrimizcha, yagona aybdor va zakazchik bu IShID.

Savol: 1. Rossiya hukumati qanday chora-tadbirlar ko’rishi mumkin?
2. Terroristik hujum ortida qaysi kuchlar va maqsadlar turibdi?


Strategic Focus: Central Asia - LIVE
👍30🔥53👏3👎1🌭1🤣1
Forwarded from Strategic Focus: LIVE
🇮🇶 HAMAS o’z qarorgohini Bag’dodga, Iroqqa ko’chirdi, — The National.

🇮🇶 ХАМАС переносит свою штаб-квартиру в Багдад, Ирак — The National.

Strategic Focus: Central Asia - LIVE
👍396🌭5👏2🤔2💩1
Dunyoda “yashil” siyosatga qarshi kurash tendentsiyalari kuchayib bormoqda

Yashil energiyaga qarshi tobora kuchayib borayotgan qarshilik ekologik ustuvorliklar va iqtisodiy manfaatlar o’rtasidagi murakkab dinamikani aks etyapti. “Yashillar”ga qarshi muxolifat Yevropa va AQShda kuchayib bormoqda va bu jamiyat darajasida ham, siyosiy tanlovlarda ham namoyon bo'lmoqda.

Xususan, “yashil” energetikaga nisbatan bo’linish o’ng qanot siyosiy partiyalarning muvaffaqiyatlariga yordam berdi. Masalan, o’nglar Italiya, Germaniya va Fransiyadagi saylovlarda g’alaba qozonishdi. Aytish kerak, bu yerda muxolifat “yashil” kun tartibiga qarshi.

Ayni vaqtda, qazib olinadigan yoqilg’i kompaniyalari bo’yicha kelishmovchiliklar kuchaymoqda. BMT bosh kotibi A.Guterrish ularni “iqlim betartibligining cho’qintirgan otalari” deb atadi va global mojarolar tufayli iqlim inqirozi orqa fonga tushib qolishidan xavfsirashini bildirdi.

Shunga qaramay, yashil energiyani rivojlantirish iqlim o’zgarishiga qarshi kurashish va ekologik barqarorlikni ta’minlashda muhim jihat bo’lib qolmoqda, deydi tahlilchilar.

Strategic Focus: Central Asia - LIVE
👍20🔥6👏53🤯1😡1
Forwarded from Strategic Focus: LIVE
⚡️⚡️Hamas аmirlik The National gazetasining ofisini Qatardan Iroqqa ko‘chirish haqidagi xabarini rad etdi.

⚡️ХАМАС
опроверг сообщение эмиратской газеты The National о переносе офиса из Катара в Ирак.

Strategic Focus: Central Asia - LIVE
👍25🔥42👏1
Forwarded from Strategic Focus: LIVE
❗️Armaniston Xavfsizlik Kengashi kotibi Armen Grigoryan:
— Rossiya kelib, Tog‘li Qorabog‘ni Ozarbayjonga berib, qaytib ketdi. Biz Rossiyaga qaram bo‘lgan paytimizda shunday bo‘ldi... Armaniston Rossiyaga to‘liq qaram bo‘lib qolganda ham Ozarbayjon bilan janglar bo‘ldi... Rossiya keldi, Qorabog‘ni bizdan tortib olib, Ozarbayjonga qaytardi... Bu haqiqat. Men Rossiya Qorabogʻni oʻz qoʻliga olganini tasdiqlayman.


❗️Секретарь Совета безопасности Армении Армен Григорян:
— Россия пришла, сдала Нагорный Карабах Азербайджану и вернулась обратно. Именно это произошло, когда мы зависели от России… Боевые действия с Азербайджаном были и тогда, когда Армения полностью зависела от России… Россия пришла, отняла у нас Карабах, вернула Азербайджану… Это реальность. Я утверждаю, что Россия взяла Карабах.


Strategic Focus: Central Asia - LIVE
👍22🤡9👎8🤔1
Londondan Ostonaga kutilmagan zarba

Britaniya TIV rahbari Kemeronning Rossiya prezidenti Putin go’yoki Qozog'iston shimolining bir qismini egallab olishni rejalashtirayotgani haqidagi so’zlari keng tarqalmoqda.

Fikrimizcha, bu so’zlar nafaqat hozirgi geosiyosiy keskinlik oloviga yoqilg’i qo’shibgina qolmay, balki Qozog’iston va Rossiya o’rtasidagi diplomatik munosabatlarni ham xavf ostiga qo’yadi.

Kemeron ta’kidlashicha, Qozog’iston tashqi ishlar vaziri Nurtleu unga “ukrainaliklar Qozog'iston uchun o’lmoqda. Ular Rossiyani ushlab turish uchun o’z hayotlarini xavf ostiga qo’yishyapti. Va bu ularning foydasiga” deb aytgan.

Agar suhbatda haqiqatan ham bu kabilar yangragan bo’lsa, uni Qozog’istonni mojaroga jalb qilishga urinish sifatida talqin qilish mumkin. Shubhasiz, endi Ostonaga bu vaziyatda neytrallikni tanlash qiyin bo’ladi.

Savol: 1. Kemeron qozoqlarni qasddan “podstava” qilganmi?

2. Putin Qozog’iston shimoliga bostirish ehtimolini qanday baholaysiz? Bu rostmi yoki G’arbning qo’rqitishlarimi?

Strategic Focus: Central Asia - LIVE
👍32🤨11👏53🤔3🤡3🌭2
🇪🇺Yevropa Ittifoqi raisi lavozimiga nomzod tasdiqlashni kutmoqda

Markazchi o’ng Yevropa xalq partiyasi (Polsha va Gretsiya yetakchiligida), sotsialistlar (Germaniya va Ispaniya) va liberallar (Fransiya va Niderlandlar) o’rtasidagi kelishuvga ko’ra, Ursula fon der Layen Yevropa Ittifoqi komissiyasi raisi sifatida ikkinchi besh yillik mandatga nomzod bo’ladi.

Estoniya bosh vaziri Kaya Kallas bosh diplomatik lavozimini egallaydi, Portugaliya sobiq bosh vaziri Antoniu Koshta Yevropa Kengashiga raislik qiladi.

Qaror payshanba kuni Yevropa Ittifoqi rahbarlari sammitida tasdiqlanishi kutilmoqda. Bunday holda, saylov natijalariga qaramay, markazchi fraksiyalar asosiy pozitsiyalarni saqlab qoladilar. Bundan tashqari, geografik-mintaqaviy muvozanat ham saqlab qolinadi.

Ushbu kelishuv ba’zi mamlakatlar orasida norozilikni keltirib chiqardi. Shu sababli, mutaxassislarning fikriga ko’ra, Ursula fon der Leyen va uning hamkasblari oldida Yevropa parlamentidan rozilik olish vazifasi turibdi.

Manba: TIV huzuridagi Xalqaro munosabatlar bo’yicha axborot-tahliliy markaz (Tuzilma telegram kanaliga qo’shilishni tavsiya qilamiz)

Savol:
Yevropa va AQShdagi siyosiy jarayonlarga qiziqish bormi?
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15🔥76👏1
⚡️Rossiya Tergov qo’mitasi raisi: Markaziy Osiyolik 10 ming muhojir Ukrainadagi harbiy operatsiyaga yuborildi

RF Tergov qo’mitasi raisi
Aleksandr Bastrikinning aytishicha, Rossiyada yaqinda Rossiya federatsiyasi fuqaroligini olgan va harbiy ro’yxatga olinmagan 30 mingdan ortiq muhojirlar aniqlangan.

“Ulardan 10 mingga yaqini maxsus harbiy operatsiya zonasiga allaqachon yuborilgan”, deydi RF vakili.

Unga ko’ra, bu “hiyla” (migrantlarni urushga yuborish) RFga migrantlarning oqimini pasaytirishga yordam beradi.

Ma’lumot uchun. Hozirgi kunda Rossiyada 10 mlndan ortiq mehnat muhojirlari bor. Tahlillarga ko’ra, ular Rossiya iqtisodining 5-10% ta’minlaydilar.

Eslatma: Chet davlatlarning harbiylashgan tuzilmalariga yollanish jinoiy javobgarlikka sabab bo’ladi.

Savol: Rossiya rasmiylarining bayonoti qanday maqsadga ega?

Strategic Focus: Central Asia - LIVE
👍25👎17😢4👏3🤔2🌭21😡1
Tolibon elitasining etnik tarkibi va legitimlik

Yaqin Sharq tadqiqot instituti (MERI) yaqinda Tolibon rahbariyatining etnik tarkibi to’g’risida keng qamrovli hisobotni e’lon qildi. Unga ko’ra, amirlikning 1137 nafar yuqori martabali amaldorlaridan faqat 87 tasi tojik, o'zbek va xazar millatiga mansub.

Bir qator siyosiy arboblar va ekspertlarning ta’kidlashicha, bu 87 kishi Tolibon qarorlariga real ta’sir ko’rsatolmaydi va o’z etnik guruhlarini vakili hisoblanmaydi.

Sobiq deputat Abdul Zohir Salangi aytishicha, Toliblar rejimiga qo’shilgan tojiklar aksar tojiklarning madaniy va tarixiy o’ziga xosligini aks ettirmaydi. Qolaversa, bu shaxslar tojik xalqining asl vakillari ham emas, balki Tolibonga xizmat qilayotgan askarlardir. Salangi, shuningdek, Tolibon hukumati nafaqat pashtun bo’lmagan xalqlarni, balki Pashtun aholisining aksariyatini ham ezib, huquqlarini va siyosiy mavqeini yo’qqa chiqarayotganini aytdi.

Tolibon bilan tinchlik muzokaralari olib borgan guruhning a’zosi Habiba Sarabi xazarlarning Tolibon hokimyatida vakilligi nomutanosib past ekanligini ta’kidlamoqda. Bundan tashqari, mavjud rejimdagi xazarlar o’z jamoatlarining manfaatlarini munosib himoya qila olmasligi va Tolibon hukmronligi ostida qattiq repressiyalarga duch kelayotganiga urg’u berilmoqda.

Afg'oniston Milliy Islomiy harakati rahbarining o’rinbosari Abdulla Qarluq o’zbeklar borasida yuqoridagi fikrlarni takrorladi. U Tolibon safidagi bir necha o’zbeklar guruh bilan mafkuraviy jihatdan uyg’unlashganini, o’qimishli va malakali o’zbeklar esa chetda qolayotganini ta’kidladi.

Hisobotga ko’ra, Tolibon rahbarlarining etnik tarkibi 1137 yuqori martabali amaldorlarning 891 tasi pashtun. Qolgan amaldorlar qatoriga 53 tojik, 28 o’zbek va 6 xazar kiradi. Ayni vaqtda, etnik kamchilik vakillaridan eng katta lavozimlarni tojik Nuruddin Aziziy (savdo va sanoat vaziri) va o’zbek Abdul Salam Hanafiy egallamoqdalar (bosh vazir o’rinbosari).

Shunday qilib, pashtun bo’lmagan etnik guruh vakillari Tolibon hukumatida uncha katta rolga egamasligini ko’ryapmiz.

Hududlararo tahlil shuni ko’rsatdiki, asosiy rahbarlik lavozimlarni Qandahor va Paktiyaliklar egallagan (ikkalasida ham aksar aholi pushtunlar). Hukumatda, shuningdek, pashay, baluch va turkman vakillari ham kichik ta’sirga ega joylarni olganlar.

Umuman olganda, pushtunlashtirish siyosati davom etayotgan davrda hukumatda milliy ozchiliklar yuqori lavozimlarni egallashi dargumon. Va aynan shu sabab jahon hamjamiyati toliblar legitimligini savol ostiga qo’yishni davom etadi. Taxminlarga ko’ra, bu holatning davom etishi ichki ijtimoiy-siyosiy vaziyatni yanada chigallashtiradi.

Savol: 1. Afg’onistonda real inklyuziv rejim o’rnatilganmi?

2. O’z kuchi bilan hokimyatni egallagan Tolibon uni boshqalar bilan baham ko’rishi kerakmi?

Strategic Focus: Central Asia - LIVE
👍305🔥3👏3👎1🤔1
Forwarded from Strategic Focus: LIVE
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇸Bayden va Tramp birinchi saylovoldi debatlarini o’tkazdilar.

Asosiy bayonotlar:

— Trampning aytishicha, Ukraina Rossiya bilan mojaroda yutqazmoqda. U noyabrdagi saylovlarda g’alaba qozonsa, mojaroni tezda hal qilishga va’da berdi.

— Agar Bayden saylovda g’alaba qozonsa, AQShdan “hech narsa qolmaydi”, deb hisoblaydi Tramp. Uning fikricha, amaldagi prezident AQShni uchinchi jahon urushiga tortmoqda. Tramp Baydenni “Amerika tarixidagi eng yomon prezident” deb atadi.

— Tramp Baydenga “aqliy”imtihonidan o'’ishni taklif qildi va uni o’zi ikkita marta shu imtihonni topshirganini aytdi.

— Bayden raqibini “omadsiz va luzer” deb atadi.

— Bayden o’zini Amerika qo’shinlari o’z mamlakatidan tashqarida o’lmaydigan AQSh prezidenti deb atadi (aslida bunday emas).

— Bayden Trampni prezidentlikdan keyin iqtisoddagi tartibsizlikni qoldirganlikda aybladi.

— Bayden Kreml Ukrainada g‘alaba qozonsa, Rossiya Belarusga tahdid qilishini aytdi va jahon urushi istiqbollari haqida gapirdi.

Strategic Focus: Central Asia - LIVE
👍20🔥6😁3🌭3🍌21
⚡️ AQShdagi debatlarni batafsil Strategic Focus: Central Asia - LIVE kanalida kuzating.
👍14🔥74👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📣📣Germaniya Bundestagi stipendiyasi IPSga hujjat topshirishga hozirmisiz?📣📣
Shartlar o’sha-o’sha: nemis tilini juda yaxshi darajada bilish, universitetni tamomlagan bo’lish, Germaniya siyosati, tarixi va jamiyati haqida xabardor bo’lish va stipendiya berilish vaqti yoshingiz 30 yoshdan oshmasligi. Bu va boshqa qiziqarli ma’lumotlar haqida ayni damda Germaniya Bundestagida amaliyot o’tayotgan yoshlar tayyorlagan videodan bilib olishingiz mumkin!
Ariza topshirish oxirgi muddati 31 uyil.
📣📣Вы готовы подать заявку на парламентскую стипендию Бундестага IPS?📣📣
Условия те же: очень хорошие знания немецкого языка, законченное университетское образование, знания в области немецкой политики, истории и общества, и возраст до 30 лет на момент предоставления стипендии. Эту и другую интересную информацию Вы можете узнать в видеоролике, подготовленном нашими узбекскими стипендиатами в Бундестаге!
Последний срок подачи заявок 31 июля.
 
🔥8👍4👏42
⚡️🇮🇱🇮🇷 Netanyaxu: Eron Yaqin Sharqni egallamoqda

Sionist rejim bosh vaziri Eron bilan bog’liq so’nggi bayonotlarida Eron Yaqin Sharqni o’z qo’liga olayotganini da’vo qildi.

Netanyaxu aytishicha, bu maqsad amalga oshishiga yaqin va bu faqat vaqt masalasidir.

Strategic Focus: Central Asia - LIVE
🤬24👍9💩7🤔5🖕2😁1
🇺🇳🇰🇬BMT Bosh kotibi 1-3 iyul kunlari Qirg‘izistonga tashrif buyuradi.

Strategic Focus: Central Asia - LIVE
👍26🔥6👎2