Søbîtqâðâm
3.83K subscribers
2.92K photos
1.1K videos
9 files
3.1K links
Har sohadan bir shingil deganidek barcha yo'nalishdagi ma'lumotlarni shaxsiy tasurotlarimni muntazam ulashab boraman! Siz men bilan ekaningizni xis qilish katta baxt!!
Taklif va murojaatlar uchun➡️ @Sobitqadam_bot
Download Telegram
📣📣📣 Ertaga DXX kubogining hal qiluvchi o‘yinlari o‘tkaziladi

🇺🇿Ertaga futbol bo‘yicha DXX kubogi musobaqasining 2025 yilgi Namangan viloyati bosqichi hal qiluvchi 3-o‘rin uchun va final bahslari bo‘lib o‘tadi.
Mazkur o‘yinlar Namangan shahar, Davlatobod tumanidagi “Markaziy” stadionida o‘tkaziladi.
Bronza medallari uchun bo‘ladigan bellashuvda Chust tumanining “Mashhad” hamda Uychi tumanining “Toshloq” jamoalari maydonga tushishadi. Ushbu uchrashuv soat 18.00 da start oladi.
Final bahsida esa Kosonsoy tumanining “Olmazor” va Yangiqo‘rg‘on tumanining “Yuqori Navkent” jamoalari bosh sovrin uchun kurash olib borishadi.
Mazkur o‘yin soat 20:00 da boshlanadi.
Uchinchi o‘rin uchun hamda final bellashuvlari orasidagi tanaffus paytida yurtimiz estrada yulduzlari ishtirokida katta shou konserti bo‘lib o‘tadi.
Bundan tashqari, uchrashuvlar yakunlangach, g‘oliblarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi.
Ushbu o‘yinlar va konsert dasturiga tashrif buyurish bepul.
Barcha futbol muxlislarini  ertaga “Markaziy” stadioniga chorlab qolamiz.

🔵 “Navbahor” PFK matbuot xizmati.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9
G'olib va sovrindorlar aniqlandi.

🇺🇿Bugun Namangangandagi "Navbahor" jamoamiz uy o'yinlarini o'tkazadigan "Markaziy" o'yingohda futbol bo‘yicha DXX kubogi musobaqasining 2025 yilgi Namangan viloyati bosqichi hal qiluvchi 3-o‘rin uchun va final bahslari bo‘lib o‘tdi.
Bronza medallari uchun bo‘lgan bellashuvda Chust tumanining “Mashhad” hamda Uychi tumanining “Toshloq” jamoalari maydonga tushishdi. Ushbu uchrashuvda uychiliklar 2:1 hisobida zafar quchib musobaqaning bronza medallariga ega chiqishdi. Final bahsida esa Kosonsoy tumanining “Olmazor” va Yangiqo‘rg‘on tumanining “Yuqori Navkent” jamoalari bosh sovrin uchun kurashishdi. Unga ko'ra 3:1 hisobida ishonchli g'alabani qo'lga kiritgan "Yuqori navkent" jamoasi musobaqaning respublika bosqichiga yo'llanma beruvchi Namangan viloyat bosqichi g'olibiga aylandi.
Uchinchi o‘rin uchun hamda final bellashuvlari orasidagi tanaffus paytida yurtimiz estrada yulduzlari ishtirokida katta shou konserti bo‘lib o‘tdi.
Bundan tashqari, uchrashuvlar yakunlangach, g‘oliblarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. G'olib va sovrindorlar hamda turli naminatsiyalarda eng yaxshi deb topilganlar qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandilar.

🔵 “Navbahor” PFK matbuot xizmati.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10👍5🤔1
Forwarded from Søbîtqâðâm (Şøbîtqâðâm)
Sayidul ayyom jum'a muborak bo'lsin!

https://t.me/Sobitqadam333
11
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Aytganimizdek Andijon Muhammadali Usmonovni harid qildi. Yosh va iste'dodli futbolchi Ultras Burgutni erkatoyiga aylanadi. Ikkita qanotda ham birdek o'ynay olishini inobatga olsak yaxshi transfer.

© Sobitqadam
👎36👍1732🤔1😡1
Julio Cezar borasida ko'pchilik so'rashmoqda. Hozirda futbolchi rasman "Navbahor" a'zosiga aylanmadi, lekin kelishuv allaqachon yakun topgan. Futbolchi tomon shartnomaga imzo chekib tasdiqlashi qolgan. Hozirda jamoa rahbariyati navbatdagi transfer ustida ish boshlashgan.

© Sobitqadam
28👍13👏4
#eshitdikda

"Bunyodkor" hamda "Navbahor" bitta futbolchi uchun kurashmoqda. U birinchi davrani "Neftchi"da o'tkazgan edi.

© Sobitqadam
16
Azizbek Turg'unboyev "Paxtakor"ga o'tishi mumkinligi haqidagi habarlar tasdig'ini topmaydiganga o'xshaydi. Bilishimizcha futbolchi horijdagi faoliyatini davom ettiradi.

© Sobitqadam
👍385
Eshitdikda deb aytgan habarimiz o'zini oqladi. Shahzod Toirov OKMK futbolchisiga aylandi.

© Sobitqadam
👍17👎63
Sherzod Joʻrayev: “Qaysi yoʻnalishda boʻlsa ham “Navbahor” muvaffaqiyatlariga hissa qoʻshish men uchun sharaf”
👍163
Xabaringiz bor, mahoratli mutaxassis Sherzod Joʻrayev murabbiylik qilayotgan “Navbahor-U-21” yoshlar jamoamiz U-21 Birinchiligining birinchi davra bahslarini 15 ta oʻyindan 32 ochko toʻplagan holda, peshqadam sifatida yakunladi.
Shu munosabat bilan klubimizning rasmiy – FCHNAVBAHOR rasmiy telegram kanali uchun Sherzod Joʻrayevdan intervyu oldik.

- Assalomu alaykum! Sherzodbek, avvalo Sizni U-21 jamoamizning birinchi davra yakunidagi peshqadamligi bilan tabriklaymiz...
Vaalaykum assalom, tabrik uchun rahmat.
– Aytingchi, “Navbahor-U-21” jamoasiga oʻtishingiz qanday sodir boʻlgandi?
– Joriy mavsum avvalida oʻsha paytdagi “Navbahor” PFK vitse-prezidenti Otabek Samatov hamda jamoa bosh murabbiyi Sergey Lushanlar chaqirib, boʻlajak mavsumda “Navbahor – U-21” yoshlar jamoasi boshqaruviga oʻtishimni aytishdi. Mazkur taklif borasida koʻp ikkilanmadim va yangi chaqiriqqa labbay, deb javob berdim. Qaysi yoʻnalishda boʻlsa ham “Navbahor” muvaffaqiyatlariga hissa qoʻshish men uchun sharaf. Shuning uchun ushbu taklifga darrov rozi boʻldim.
– Yoshlar jamoamizning birinchi davradagi muvaffaqiyati siri nimada?
- Namangan azaldan isteʼdodli hamda iqtidorli futbolchilar maskani hisoblanadi. Oʻsha isteʼdodli bolalarni toʻgʻri yoʻlga yoʻnaltirsangiz, ular bilan koʻproq ishlab, kerakli tavsiyalarni berib, vaqtida yetarli oʻyin amaliyoti taqdim etib turilsa, yoshlarning oʻzlariga boʻlgan ishonchlari ortadi. Yigitlarning ayrimlari bilan oʻzaro suhbat orqali, baʼzilari bilan esa individual tarzda ish olib bordik.
- Bu yilgi U-21 musobaqasining oʻyinlari borasida fikringiz qanday?
- Soʻnggi yillarda yurtimizda oʻsmirlar va yoshlar futbolida katta oʻsishga erishdik. Turli yosh toifalaridagi terma jamoalarimiz qitʼa chempionligini qoʻlga kiritmoqda. Shu nuqtai nazardan olib qaraganda, U-21 turniri oʻyinlari tomoshabop hamda yuqori darajada oʻtmoqda. Ushbu turnirda yaxshigina oʻsish bor.
- Yoshlar jamoamizning birinchi davradagi eng yorqin va eng qiyin oʻyinlari haqida ham toʻxtalib oʻtsangiz...
- Men shogirdlarimga har doim yurtimizning bayroqdor jamoalariga qarshi yaxshi oʻyin namoyish etinglar, deya taʼkidlayman. “Paxtakor”, “Nasaf”, “Bunyodkor” jamoalari oʻz akademiyalariga ega hamda ushbu klublarning turli yosh toifalaridagi jamoalarida isteʼdodli yoshlar koʻpchilikni tashkil etadi. Ushbu klublarning yoshlar jamoalariga qarshi kechadigan bahslarda ijobiy natijaga erishsak, bu qolgan bellashuvlarga motivatsiya boʻladi.
Shundan kelib chiqib, aytishim mumkinki, “Bunyodkor-U-21” (10-tur, yoshlar jamoamiz 4:3 hisobida gʻalaba qozongan) va “Paxtakor-U-21” (15-tur, yoshlar jamoamiz 3:1 hisobida gʻalaba qozongan) jamoalari bilan boʻlgan uchrashuvlarni biroz qiyin, ammo yorqin oʻyinlarimiz boʻldi, deya olaman.
- Yoshlar jamoamiznig maqsadi, asosiy jamoaga futbolchilar yetkazib berishdan iborat. Shunday ekan. siz hozirda “Navbahor- U-21” yoshlar safidagi kimlarni asosiy jamoaga tavsiya qila olasiz?
- Toʻgʻri aytdingiz, bizning asosiy vazifamiz “Navbahor”ning asosiy tarkibiga mahoratli futbolchilarni yetkazib berish. Ayni paytda yoshlar jamoamiz tarkibida oʻynayotgan barcha oʻyinchilar yuqori potensialga ega yoshlar hisoblanishadi. Ular orasidan, shunday oʻyin namoyish etishda davom etishsa, vaqti kelib, Ozodbek Maʼrupov, Sherzodbek Abdulboriyev, Alisher Miraliyev, Isoxon Musoxonov va Habibullo Japaraliyevlar asosiy jamoada tarkibidan oʻrin olishadi, degan umiddaman.
- Bir paytlari “Navbahor”ning asosiy jamoasi murabbiylar shtabida faoliyat olib borgansiz.Bu yilgi Superliga musobaqasi borasidagi fikrlaringiz qanday?
- Superliga musobaqasi har doim qiziq kechadi. Bu yilgi "Navbahor" yangilanib, tubdan oʻzgardi, deya olaman. Jamoa oldingi mavsumlarga qaraganda, tomoshabop futbol namoyish etyapti hamda buni koʻpchilik eʼtirof etmoqda. “Lochinlar”ning oʻyini hammaga yoqyapti, mening nazarimda.
5👍4