O'tkir Yusupovdan seyv. O'tkir mundial yo'lidagi aynan shu bosqichida katta mehnat qildi. Esingizdami KXDR bilan ikkita o'yinda penaltini qaytargani.
👏9❤1👍1
Judayam oz qoldi. Nihoyat orzular ushaladigan kunlarni ko'radiganga o'xshaymiz. 8 daqiqa turib beringlar yigitlar.
❤2
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolariga
Qadrli farzandlarim!
Avvalo, siz, azizlarni Osiyoning eng kuchli jamoalari ishtirok etgan saralash o‘yinlarida chinakam jasorat va matonat namunasini ko‘rsatib, tom ma’noda ulkan g‘alabaga erishganingiz – Vatanimiz tarixida birinchi marta jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritganingiz bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.
Hech shubhasiz, milliy sportimiz solnomasiga oltin harflar bilan bitiladigan bunday yorqin natija yurtimizdagi millionlab futbol muxlislari, butun xalqimizning necha yillik orzusi edi, desak, to‘g‘ri bo‘ladi. Sizlar professional bilim va malakangiz, tajriba va mahoratingiz, eng muhimi, yuksak irodangiz va g‘alabaga bo‘lgan ishonchingiz bilan ana shunday orzuni real haqiqatga aylantirganingiz har qanday tahsin va tasannoga munosibdir.
Mana shu munavvar oqshomda – qutlug‘ zafar ayyomida ko‘pmillatli butun O‘zbekiston xalqi sizlar bilan haqli ravishda faxrlanmoqda, desak, ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz.
Saralash o‘yinlari naqadar kuchli raqobat ostida, keskin va shiddatli kurashlarda o‘tgani, terma jamoamizga nisbatan turli bosimlar bo‘lganiga qaramasdan, sizlar zarur ochkolarni jamg‘arib, azm-u shijoatli Yangi O‘zbekiston yoshlari qanday yuksak marralarni egallashga qodir ekanini yana bir bor amalda isbotladingiz.
Sizlarning ana shunday g‘oyat mas’uliyatli turnirdagi munosib ishtirokingiz keyingi yillarda mamlakatimizda sportga, jumladan, uning eng ommaviy turi bo‘lgan futbolga berilayotgan ulkan e’tiborning yana bir buyuk amaliy natijasi sifatida ham biz uchun g‘oyat qadrlidir.
Aminman, bu tarixiy yutuq xalqimizni ezgu maqsadlar yo‘lida yanada birlashtiradi, ming-minglab yoshlarimiz uchun ilhom manbaiga, ibrat timsoliga aylanadi, Yangi O‘zbekistonning xalqaro obro‘-e’tiborini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Sizlar futbol maydonlaridagi mana shunday shonli yutuqdan yangi kuch va ruh olib, kelgusi yili AQSH, Meksika va Kanada davlatlarida bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatida nafaqat O‘zbekiston, balki butun Markaziy Osiyo qit’asining birinchi va yagona vakili bo‘lishdek yuksak sharafni chuqur his etgan holda, yanada katta jonbozlik ko‘rsatasizlar, deb ishonaman.
Mana shu shukuhli ayyomda sizlarni doimo qo‘llab-quvvatlab kelayotgan mehribon va talabchan ustoz-murabbiylaringiz, milliy terma jamoamizning barcha a’zolarini, sizlarga baxt va omad tilab, kecha-yu kunduz duoda bo‘lib kelgan ota-onalaringiz, aka-uka, opa-singil va barcha yaqinlaringizni o‘z nomimdan, butun xalqimiz nomidan qizg‘in tabriklab, ularga samimiy minnatdorligimni bildiraman.
Sizlar muqaddas Qurbon hayiti kunlarida xalqimizga bayram sovg‘asi sifatida olib kelayotgan ushbu unutilmas tarixiy g‘alaba barchamizga muborak bo‘lsin!
Zafarli odimlaringiz bardavom bo‘lsin, aziz farzandlarim!
Shavkat Mirziyoyev,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ўзбекистон Республикаси Президенти
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolariga
Qadrli farzandlarim!
❤2
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10❤2
📋 Osiyo Futbol Konfederatsiyasi rasmiy sahifasi Oʻzbekistonni Jahon chempionati yoʻllanmasi bilan tabrikladi
⚡️ t.me/FAUzbekistan
⚡️ t.me/FAUzbekistan
❤3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📍 FIFA prezidenti Janni Infantino Oʻzbekistonni FIFA Jahon chempionati yoʻllanmasi bilan tabrikladi.
⚡️ t.me/FAUzbekistan
🇺🇿 O‘zbekiston, FIFA Jahon chempionatiga xush kelibsiz! Sizni 2026-yilda 🇨🇦 Kanada, 🇲🇽 Meksika va 🇺🇸 AQShda bo‘lib o‘tadigan FIFA Jahon chempionati tarixiy yo‘llanmasini qo‘lga kiritganingiz bilan chin dildan tabriklayman! 👏
O‘zbekiston FIFAga 1994-yilda a’zo bo‘lganidan buyon Olimpiada o‘yinlari, yoshlar o‘rtasidagi bir nechta FIFA musobaqalarida ishtirok etib, munosib natijalar ko‘rsatib kelmoqda. Endi esa ajoyib saralash bosqichidan so‘ng sizlar haqli ravishda kelasi yozda o‘tkaziladigan mundialda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ldingiz. Dunyo bo‘ylab millionlab muxlislar “Oq bo‘rilar”ning jahon sahnasidagi debyutini intiqlik bilan kutishmoqda⚽❤️ — deyiladi tabrikda.
⚡️ t.me/FAUzbekistan
👍7❤2
Forwarded from FCNAVBAHOR | Расмий канал
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Milliy terma jamoamizning tarixiy natijasi, mundial yo’llanmasini qo'lga kiritgani Namanganda katta bayram tarzida nishonlanib, mushakbozlik qilindi.
Mundial muborak!
Mundial muborak!
👍18❤2👏1
Sport TV ning tabiri bilan aytganda Oston Urunov bugun ikkita pozitsiyada o'ynadi. Biri vinger ikkinchisi darvozabon. Yaxshiyam darvozada Urunov turgani.
© Sobitqadam
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤩14❤2🤔1
Assalomu aleykum aziz dindoshim! Sizni va siz orqali barcha yaqinlaringizni barcha Islom olami ahli, siz-u biz intiqib kutganimiz go'zal tabarruk bo'lgan "IYDI QURBON" bayrami bilan qizg'in muborakbod etaman! Sizga va oilangizga tinchlik, farovonlik, hotirjamlik, ulkan zafarlar, tilab qolaman. Qilayotgan qurbonliklarimiz va ehsonlarimizni YARATGAN TANGRIM o'z dargohida qabul etib ohirat kunimiz foydamizga zahira aylashini tilab qolaman! Shunday ulug' - niyat tilaklar ijobat bo'ladigan lahzalar hurmati, tilagim, musaffo osmonimizga yurtimizga va aziz yurtdoshlarimiz osuda umrlariga ko'z tegmasin. Alloh istagi ila yana shunday tabarruk oy va bayramlarni ko'plab birgalikda oilamiz va do'stlarimiz bilan qarshi olish nasib etishini tilab qolaman. Shunday bayramona kayfiyatda bayram kunlarida xushchaxchaxlikda diydor ko'rishib bayram gashtini surish daqiqalaridan mosivo qilmasin! Cheksiz mehr muhabbatli otashin va beg'ubor ehtirom ila
"Søbîtqâðâm"
© Sobitqadam
"Søbîtqâðâm"
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤9👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ruslanbek Jiyanovga uy sovg'a qilishdi.
Milliy terma tamoamiz JCH yo'llanmasini qo'lga kiritgani barcha yurtdoshlarimizni birdek quvontirdi. Qo'lga kiritilgan g'alabadan keyin Jizzaxlik tadbirkor akamiz Ruslanbek Jiyanovga Toshkent shahridan xonadon sovgʻa qilishini ma'lum qilgan.
Muborak bo'lsin ukam.

👍59❤9🔥1🎉1