Søbîtqâðâm
3.82K subscribers
2.92K photos
1.1K videos
9 files
3.11K links
Har sohadan bir shingil deganidek barcha yo'nalishdagi ma'lumotlarni shaxsiy tasurotlarimni muntazam ulashab boraman! Siz men bilan ekaningizni xis qilish katta baxt!!
Taklif va murojaatlar uchun➡️ @Sobitqadam_bot
Download Telegram
📸 Uchrashuvdan fotogalereya #LIVE

💳 Uzcard | ⚡️ t.me/FAUzbekistan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Eeexxx qandaaayy vaziyaaatt.
O'tkir Yusupovdan seyv. O'tkir mundial yo'lidagi aynan shu bosqichida katta mehnat qildi. Esingizdami KXDR bilan ikkita o'yinda penaltini qaytargani.
👏91👍1
Judayam oz qoldi. Nihoyat orzular ushaladigan kunlarni ko'radiganga o'xshaymiz. 8 daqiqa turib beringlar yigitlar.
2
O'tkiiiiirrr Yusupov jahon chempionatiga olib chiqdi. 😢😢
16
Hakam bo'ldi tugat ey. Orzularimizni cho'zma
6
Urrrraaaaaaa. Biz JCH ga chiqdik
2
Alhamdulillah. 😢😢😢
biz ko'rdik o'sha baxtni.
👍9
Eeeee chiqdiyeeeee😅
🔥71
O'zbekiston terma jamoasi JCH ga yo'llanma oldi. G'alaba muborak bo'lsin.

© Sobitqadam
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥83👍2
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolariga

Qadrli farzandlarim!
Avvalo, siz, azizlarni Osiyoning eng kuchli jamoalari ishtirok etgan saralash o‘yinlarida chinakam jasorat va matonat namunasini ko‘rsatib, tom ma’noda ulkan g‘alabaga erishganingiz – Vatanimiz tarixida birinchi marta jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritganingiz bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

Hech shubhasiz, milliy sportimiz solnomasiga oltin harflar bilan bitiladigan bunday yorqin natija yurtimizdagi millionlab futbol muxlislari, butun xalqimizning necha yillik orzusi edi, desak, to‘g‘ri bo‘ladi. Sizlar professional bilim va malakangiz, tajriba va mahoratingiz, eng muhimi, yuksak irodangiz va g‘alabaga bo‘lgan ishonchingiz bilan ana shunday orzuni real haqiqatga aylantirganingiz har qanday tahsin va tasannoga munosibdir.

Mana shu munavvar oqshomda – qutlug‘ zafar ayyomida ko‘pmillatli butun O‘zbekiston xalqi sizlar bilan haqli ravishda faxrlanmoqda, desak, ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz.

Saralash o‘yinlari naqadar kuchli raqobat ostida, keskin va shiddatli kurashlarda o‘tgani, terma jamoamizga nisbatan turli bosimlar bo‘lganiga qaramasdan, sizlar zarur ochkolarni jamg‘arib, azm-u shijoatli Yangi O‘zbekiston yoshlari qanday yuksak marralarni egallashga qodir ekanini yana bir bor amalda isbotladingiz.

Sizlarning ana shunday g‘oyat mas’uliyatli turnirdagi munosib ishtirokingiz keyingi yillarda mamlakatimizda sportga, jumladan, uning eng ommaviy turi bo‘lgan futbolga berilayotgan ulkan e’tiborning yana bir buyuk amaliy natijasi sifatida ham biz uchun g‘oyat qadrlidir.

Aminman, bu tarixiy yutuq xalqimizni ezgu maqsadlar yo‘lida yanada birlashtiradi, ming-minglab yoshlarimiz uchun ilhom manbaiga, ibrat timsoliga aylanadi, Yangi O‘zbekistonning xalqaro obro‘-e’tiborini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Sizlar futbol maydonlaridagi mana shunday shonli yutuqdan yangi kuch va ruh olib, kelgusi yili AQSH, Meksika va Kanada davlatlarida bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatida nafaqat O‘zbekiston, balki butun Markaziy Osiyo qit’asining birinchi va yagona vakili bo‘lishdek yuksak sharafni chuqur his etgan holda, yanada katta jonbozlik ko‘rsatasizlar, deb ishonaman.

Mana shu shukuhli ayyomda sizlarni doimo qo‘llab-quvvatlab kelayotgan mehribon va talabchan ustoz-murabbiylaringiz, milliy terma jamoamizning barcha a’zolarini, sizlarga baxt va omad tilab, kecha-yu kunduz duoda bo‘lib kelgan ota-onalaringiz, aka-uka, opa-singil va barcha yaqinlaringizni o‘z nomimdan, butun xalqimiz nomidan qizg‘in tabriklab, ularga samimiy minnatdorligimni bildiraman.

Sizlar muqaddas Qurbon hayiti kunlarida xalqimizga bayram sovg‘asi sifatida olib kelayotgan ushbu unutilmas tarixiy g‘alaba barchamizga muborak bo‘lsin!

Zafarli odimlaringiz bardavom bo‘lsin, aziz farzandlarim!

Shavkat Mirziyoyev,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Matbuot anjumanida futbolchilarimiz yondirib tashlashdi🔥😍

© Sobitqadam
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍102