- Oldinlari “Navbahor”da bitta kamchilik koʻzga tashlanardi, yaʼni, yosh futbolchilarning oʻtish davrida yoʻqolib qolishlarini kuzatardik. Soʻnggi yillarda yorqin oʻyinchilar yetishib chiqmayotgan edi. Nazarimda, siz ushbu muammoni bartaraf etishga erishayotgandeksiz. “Navbahor-U-21” jamoasi safida 18-19 yoshli yuqori darajada oʻyin koʻrsatayotgan futbolchilar koʻzga tashlanmoqda. Qolaversa, yoshlar jamoamizdagi oʻyinlari orqali asosiy jamoa tarkibidan oʻrin olatganlarni koʻrmoqdamiz. Shu haqda ham toʻxtalib oʻtsangiz...
- Bu haqda hozir bir narsa deyishga biroz erta. Toʻgʻri, hozirda isteʼdodli yoshlar juda koʻp, ammo ularni asosiy jamoaga jalb etib, Mirzohid Gʻofurov, Azimjon Ahmedov. Abbosjon Gʻulomov, Ruslanbek Jiyanov kabi futbolchilar qatorida asosiy jamoa havosidan nafas olib, ularga 5 yoki 10 daqiqa boʻladimi, qisqa boʻlsada, asosiy jamoada imkon berib turilsa, avlodlar almashinuvi davrida qiynalmaymiz, deb oʻylayman.
- Siz avvalgi mavsumlarda asosiy jamoada futbolchilarning jismoniy tayyorgarliklari boʻyicha faoliyat olib borgansiz. Oʻsha vaqtda asosiy jamoada jarohatlar nisbatan kamroq koʻzga tashlanardi. Endi shu holat “Navbahor-U-21”da ham koʻzga tashlanmoqda. Koʻz tegmasin, futbolchilarning jarohatlanishlari deyarli kuzatilmayapti. Bu borada qanday ishlarni amalga oshiryapsiz?
- Har doim oʻz ustimda ishlashga harakat qilaman. Koʻp yillik tajribamdan kelib chiqib, oʻz uslubim va mavsumiy rejalarim, dasturim mavjud. Shu dastur asosida ish tashkil qilaman. Xudoga shukr, hozircha jarohatlar kamroq kuzatilyapti. Sportchining birinchi raqamli dushmani - bu jarohat hisoblanadi. Shuning uchun shogirdlarimni jarohatdan uzoqroqda ushlashga harakat qilaman.
- Yoshlar jamoamizning asosiy raqiblari – “Bunyodkor U-21” (10-tur, 4:3), “Nasaf-U-21” (12-tur, 2:0) va “Paxtakor-U-21” (15-tur, 3:1) jamoalari safarda magʻlubiyatga uchratildi. Bunga qanday erishildi?
- Yuqorida taʼkidlaganimdek, siz sanab oʻtgan jamoalar kuchli akademiya va isteʼdodli futbolchilarga ega hisoblanadi. Biz barcha oʻyinlarga jiddiy qaraymiz hamda yaxshi tayyorgarlik koʻramiz. Ammo sanab oʻtilgan jamoalarga qarshi kechadigan uchrashuvlarga nisbatan boshqacharoq yondoshib, raqib oʻyinlarini oʻrganib, shunga yarasha tayyorgarlik koʻramiz.
- Raqibni oʻrganish ishlari qanday kechadi?
- Bu borada yordamchi murabbiy Aʼzam Rajabbayev bizga katta yordam beradi. U raqibning jamoamiz bilan boʻladigan bahslardan oldingi 2-3 ta oʻyinlari videoyozuvini olib keladi. Biz murabbiylar shtabi vakillari birga oʻtirib, raqibning kuchli va kuchsiz tomonlarini tahlil qilamiz hamda shundan kelib chiqqan holda, raqibga nisbatan taktika qoʻllaymiz.
- Sizning boshqaruvingizda yoshlar jamoamiz alohida futbolchi atrofida oʻyin qurmayapti. Oʻtgan mavsumda biz koʻproq Navroʻzbek Iminjanov atrofida oʻyin qurishga urinishlarni koʻrardik...
- Biz qaysidir futbolchiga bogʻlanib qolish uslubidan toʻliq voz kechdik. Bizda hamma futbol oʻynashi kerak. Zamonaviy futbolning talabi - 11 nafar oʻyinchi hujum qilishni ham, himoyalanishni ham bilishi kerak. Vaziyat taqozo etsa, darvozabon ham gol urishi mumkin yoki hujumchimiz darvozamizga toʻp kirishining oldini olishi mumkin. Men biror futbolchiga bogʻlanib qolishni toʻgʻri deb, hisoblamayman. Jamoamizda kimdir xato qilsa, jamoadoshlari uning xatosini toʻgʻrilash uchun oʻynaydi. Futbol bu - jamoaviy oʻyin. Masalan, Jiyanov va Odilovlar maydonda rang-barang futbol oʻynashadi, juda tez fikrlashadi. Men ham shogirdlarimga tezroq qaror qabul qilish hamda fikrlashni taʼkidlayman.
- Yaqin oʻtmish futbolchisi sifatida shogirdlaringiz yomon va zararli illatlardan nari boʻlishlari uchun qanday yoʻl tutasiz?

❤8
- Men shogirdlarim bilan doimo birgaman. Kezi kelganida ogʻayni, aka, uka boʻlaman. Hech qachon futbolchilarga toʻsiq qoʻyishga urinmaganman. Yigitlar bilan birga ovqatlanamiz. Men faqat maydonda qattiqqoʻllik qilishim, uchrashuvlar davomida asabiylashib, baqirishim mumkin. Maydon tashqarisida esa doʻstona fikr almashib, barcha bilimlarimni berishga harakat qilaman. Shogirdlarim uchun doim ochiqman. Agar men ularga yopilib olsam, futbolchilar dardlarini kimga aytishadi? Axir, ular yoshlar jamoamiz yuzi hisoblanishadiku!
- Namangandan koʻplab taniqli futbolchilar yetishib chiqqan, ammo viloyatimizdan oliy va Superligada ishlagan sanoqli murabbiylar bor, xolos. Usmon Asqaraliyev shular jumlasidan. Koʻp yillardan buyon Namangandan yaxshi mutaxassis yetishib chiqmayapti. Sizning bunga munosabatingiz qanday?
- Har bir sohaning oʻziga yarasha qiyinchiligi, pastu balandliklari bor.Balki, buning vaqti-soati boʻlmayotgandir. Hozir murabbiy sifatida ishlash qiyin.
- Sizga Superliga jamoalaridan taklif boʻlsa, qabul qilasizmi?
- Koʻp yillardan buyon juda kuchli mutaxassislar bilan birga faoliyat yuritsh nasib etdi. Oʻtgan davr davomida shunchaki vaqtni zoye qilib yurmadim. Har bir ishlagan mutaxassislarimdan nimanidir olishga harakat qilib, oʻzimga yarasha bilim va koʻnikmalarga ega boʻldim. Bilganlarimizni amalda sinovdan oʻtkazyapmiz, bilmaganlarimni esa oʻqib oʻrganyapman. Bordi-yu Superligada ishlash imkoniyati tugʻilsa, oʻzimda ishonch bor, albatta bunga tayyorman. Yuqoriroqdan kelgan chaqiruvga tayyor boʻlmasam, faoliyatimni shu nuqtada yakunlaganim yaxshi. Barcha mutaxassislar oʻsishni istashadi va shunga intilishadi. Men ham shunga arakat qilyapman, hali yana tajriba orttirishim kerak.
- Ortda qolgan birinchi davradagi qaysi oʻyinni imkoni boʻlsa, boshqatdan oʻynar edingiz?
- “Soʻgʻdiyona-U-21” jamoasiga qarshi kechgan bellashuvni. Boisi, oʻsha uchrashuvda yirik hisobda imkoniyatni boy bergandik (2-tur, 2:6).
- Birinchi davradagi yoshlar jamoamiz uchun eng eng qiyin kechgan oʻyin qaysi boʻldi?
- “Xorazm-U-21” (9-tur, 1:1) bilan boʻlgan uchrashuv. Oʻsha bahsda urganchliklar shogirdlarimga munosib qarshilik koʻrsata olishgandi.
- Muxlislarga tilaklaringiz...
- Avvalo, yoshlar jamoamizni qoʻllab-quvvatlab turishgani uchun muxlislarga rahmat aytaman. Ularning oilalari tinch-totuv boʻlsin. Ishqibozlar doimo U-21 jamoamizning oʻyiniga ham kelib, eng ogʻir damlarda qoʻllab-quvvatlab turishdi. Buning uchun ularga oʻz minnatdorchiligimni bildiraman. Qolaversa, bizga koʻmak va yordam berayotgan barchaga rahmat aytaman. “Navbahor” jamoamiz ham bu yil chiroyli oʻyinlar namoyish etmoqda. Ilohim, asosiy jamoamizga joriy mavsum yakunida sovrindorlar safidan joy olish, Oʻzbekiston kubogini qoʻlga kiritib, barchani xursand etish nasib etsin.
“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

❤24 4🤷♂1
Alisher Odilovni tabriklaymiz!
Bugun “Navbahor” jamoasining mahoratli yarim himoyachisi Alisher Odilov tavallud ayyomini nishonlamoqda. U 24 yoshni qarshi olmoqda.
“Navbahor” PFK jamoasi ushbu ayyom munosabati bilan Alisher Odilovni tabriklab, unga uzoq umr, sihat-salomatlik tilaydi.
Joriy mavsumda chiroyli oʻyinlaringiz va gollaringiz bilan jamoamizning gʻalabalariga munosib hissangizni qoʻshishingizga tilakdoshmiz.
Oilangiz hamda yaqinlaringiz baxtiga doimo sogʻ boʻling!
🔵 “Navbahor” PFK jamoasi.

👍34❤8🎉1
Forwarded from Ravza.uz | Rasmiy kanal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤8👍4👏1
#eshitdikda
Muhammadali G'iyosov "Bunyodkor" bilan og'zaki kelishuvga erishdi. Futbolchi bosh murabbiy Ilyos Zeytullayev bilan bo'lgan suhbatdan keyin qaldirgʻochlar safiga qo'shilishga rozilik bergan. Rasmiyatchilik ishlari shu hafta yakunlanishi kutilmoqda.
© Sobitqadam

🔥9❤5
Yaxyoxo'ja o'zining Konkret kanalida qoldirgan "Navbahor"dagi 3 lik " Neftchi"ga o'tishi mumkinligi borasidagi postga ko'pchilik munosabat so'rashmoqda. Bilishimcha har uchchala futbolchilar klub tomonidan oylik maoshlar kechikkani sababli klub bilan tuzilgan shartnomani bir tomonlama bekor qilish huquqiga egalar. Hozirda har uchchala futbolchilarga juda ko'plab takliflar mavjud. Jumladan: "Bunyodkor", "Neftchi" bu borada jiddiy kurashishmoqda. Undan tashqari Jiyanovga "Nasaf", "So'g'diyona", "OKMK" jamoalari va Eron hamda BAA dan takliflar bor. Farg'ona tomon esa yengni mahkam shimargan va moliyaviy borada yaxshilangan taklif bilan eshik qoqmoqda. Agar futbolchilar istasa "Navbahor"ni shunchaki tark etishi mumkin. Voqealar qanday tus olishi borasida bir narsa deyish mushkul.
© Sobitqadam
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😢31❤7👎3🤔2
Vaziyatga oydinlik kiritishni so'rashadi. Yozmasa yozishni talab qilib qistovga olishadi. Jarayonni bilgan holimizdagi asl holatini taqdim etsak dushmanga chiqarishadi. Ba'zi bir qora profil egalarini hursand qilish uchun notoʻgʻri ma'lumot berish kerakmi? Keyin yuqoridagi postda futbolchilar jamoani tark etdi deyilmagan. Hamma narsa "Navbahor" rahbariyatining qo'lida. Sizga biz berayotgan ma'lumot yoqmasa bemalol kanalni tark etish imkonidan foydalanishingiz mumkin.
🔥41👎11❤4💯4👏2
Forwarded from FCNAVBAHOR | Расмий канал
Xabaringiz bor, ayni paytda yurtimizda davralar oraligʻidagi tanaffus va yozgi transfer payti.
Shu bois, barcha jamoalar tarkibida oʻzgarishlar yuz berishi tabiiy. Albatta, “Navbahor” ham bundan mustasno emas.
“Lochinlar” kam oʻyin amaliyotiga ega boʻlgan ikki nafar futbolchi bilan oʻzaro kelishuv asosida xayrlashishdi. Bular - himoyachi Shahzod Toirov hamda hujumchi Poʻlatxoʻja Xoldorxonovlar.
Toirov jamoamiz tarkibidagi barcha oʻyinlarda jami 4 ta uchrashuvda maydonga tushib, 288 daqiqa harakat qilgan boʻlsa, Xoldorxonov “lochinlar” safidagi barcha bellashuvlarda jami 8 ta oʻyinda maydonda 351 daqiqa harakat qilib, 1 ta gol urgan.
Biz Shahzod Toirov va Poʻlatxoʻja Xoldorxonovlarga keyingi faoliyatlarida omad yor boʻlishini tilaymiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11❤2👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Янгиликлар #Видео
🔹 УРФ - ОДАТ, АНЪАНАГА СОДИҚМИЗ
👇 👇
🌐 www.Ravza.uz | 📝 Telegram
💻 Instagram | 📝 Facebook | 🎞 Youtube
Ўзбекистон мусулмонлари идораси Наманган вилояти вакиллиги Матбуот хизмати
Бизни ижтимоий тармоқларда
кузатиб боринг:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from SPORTS.uz
"Агар мен ёпилиб олсам, футболчилар дардини кимга айтишади? "Лочинлар"нинг ўйини ҳаммага ёқяпти" - "Навбаҳор" мураббийи
Батафсил: https://sports.uz/240977
Кўпроқ 👉 https://t.me/sports_uz
❤️ ❤️ ❤️ ⚽️ ⚽️ @cheryuzbekistan
Батафсил: https://sports.uz/240977
Кўпроқ 👉 https://t.me/sports_uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤9👏3
#reklama
🎉 Bayramlaringizga onlayn sehr qo‘shamiz! 🎉
📱 Endi tug‘ilgan kunlar, to‘ylar, yubileylar yoki shunchaki dildan aytiladigan tabriklar boshqacha bo‘ladi!
💌 Siz yaqinlaringizni tabriklamoqchisiz, lekin uzoqdasizmi?
Endi muammo emas!
Ayniqsa boshlovchimiz : Muhlisaxon bilan
Bizning Online Tabrik Guruhi siz uchun:
✨ Video tabrik
✨ Ovoza orqali ismingiz bilan shaxsiy murojaat
✨ Zamonaviy animatsiyalar bilan GIF yoki video kartochkalar
✨ Oddiy emas, esda qoladigan tarzda!
🎬 “WOW!” effektiga kafolat!
Chunki har bir tabrik yurakdan va ijod bilan tayyorlanadi!
🚀 Buyurtma berish oson:
📲 Tel: +998931702795
💻 Guruximiz: @tabriklarimm12
💚 Har bir tabrik – bu sevgining ovozidir.
Biz orqali ayting: “Men seni qadrlayman!”
@Sobitqadam

👍2❤1
Forwarded from FCNAVBAHOR | Расмий канал
Xabaringiz bor, jamoamizning 23 yoshli himoyachisi Shahzod Toirov birinchi davrada kam oʻyin amaliyotiga ega boʻlganligi bois, oʻzaro kelishuvga asosan, “Navbahor”ni tark etdi. Toirov joriy mavsumning birinchi yarmida “lochinlar” tarkibida
jami 4 ta uchrashuvda maydonga tushib, 288 daqiqa harakat qildi.
Klub matbuot xizmati xodimlari Shahzod Toirovdan intervyu olishdi.
- Shahzod, jamoada juda qisqa vaqt boʻldingiz, “Navbahor”ni bu qadar erta tark etishingizning sababi nimada?
- Avvalambor, assalomu alaykum. Toʻgʻri taʼkidladingiz, “Navbahor”dagi faoliyatim juda erta yakunlandi. Bunga esa oʻyin amaliyotining kamligi asosiy sabab boʻldi. Hozir futbol oʻynaydigan yoshda boʻlganim, futbolchi sifatida yanada rivojlanishim kerakligi bois, jamoani tark etishga qaror qildim.
- OKMKga oʻtishingiz qanday sodir boʻldi? Mazkur jamoaga kim taklif etdi?
- Birinchi davra yakunlanishiga 4-5 ta tur qolganida, menga Olmaliq klubi rahbariyatidan chaqiruv boʻldi. Kelajak rejalarim haqida soʻrashdi. “Navbahor” bilan shartnomam borligi uchun ularga aniq javob berolmagandim. Keyin davra yakunida OKMKdan yana aloqaga chiqishdi. Aslida olmaliqliklar joriy mavsum avvalida ham menga taklif bilan chiqishgan edi. Men oʻshanda yaxshi niyatlar bilan “Navbahor”ni tanlagandim. OKMKning bu safargi taklifini esa qabul qildim. Meni Bahodir Mirzayev taklif etdi.
- “Navbahor”dagi qisqa faoliyatingizdan qanday taassurotlar qoldi?
- Namangandagi faoliyatim qisqa boʻlsada, juda katta taassurot va hissiyotlar bera oldi. Namanganlik muxlislarga alohida respekt degan boʻlardim. Ular doimo yurtimizda tengsiz ekanliklarini isbotlashga harakat qilishadi. “Navbahor” ishqibozlari yaratgan atmosferada Yevropa nafasini his qildim. Ularni unutmayman. “Navbahor”dagi qisqa davrim, shirin xotiralar bilan eslash hamda sogʻinishga arzigulik davr boʻldi, deya olaman.
- “Navbahor”dan ketishingizga klub rahbariyatidagi oʻzgarishlar ham taʼsir oʻtkazdimi?
- Yoʻq, Namangan jamoasidan ketishimning asosiy sababi, murabbiylarning menga ishonch bildirishmagani boʻldi. Murabbiyning rejasiga kirmasangiz-u klub rahbarlari yoki muxlislar “jamoada qoling”, deyishgani bilan hech narsani oʻzgartirib boʻlmaydi.
- “Navbahor”dan ketmoqchi ekaningizni aytganingizda, “Navbahor” PFK rahbariyati va murabbiylar shtabi qanday reaksiya qilishdi?
- Jamoani tark etmoqchi ekanligimni birinchi boʻlib, jamoa bosh murabbiyi Sergey Lushanga aytdim. Murabbiy ayni paytda rejalariga meni kiritmayotganini, jamoaning asosiy tarkibi oʻzagini aniqlab olganligini, shuning uchun hech narsani oʻzgartirmoqchi emasligini taʼkidladi. Shu bois, ketishim eng toʻgʻri yoʻl ekanini anglab yetdim.
Toʻgʻri, klub rahbarlari ozgina shoshilmasligimni, hali hammasi oldinda ekanini aytishdi. Biroq menga oʻyin amaliyoti kerak edi. Shuning uchun “Navbahor”dan ketdim.
- Soʻnggi soʻz oʻrnida muxlislarga tilaklaringiz...
- “Navbahor”dagi qisqa faoliyatim davomida meni qoʻllab-quvvatlagan, men bilan doʻst boʻlgan barchaga oʻz minnatdorchiligimni bildiraman. Namanganlik muxlislarga esa omad va zafarlar tilayman. “Navbahor” ishqibozlarini menga koʻrsatgan hurmatlarini hech qachon unutmayman. Sobiq jamoadoshlarimga ham rahmat.
“Navbahor”ga esa 2-davra oʻyinlarida omad yor boʻlishini tilayman.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16❤9🤷♂1
"Neftchi" matbuoti Jamshid Boltaboyev bilan xayrlashganini e'lon qildi. Uning keyingi manzili "Bunyodkor" va "Navbahor" jamoalaridan biri bo'ladi. Bu boradagi kurashda "Navbahor"ning imkoniyati kattaroq.
© Sobitqadam
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥49❤8
Forwarded from Ravza.uz | Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Янгиликлар #Видео
🔹 УРФ - ОДАТ, АНЪАНАГА СОДИҚМИЗ
👇 👇
🌐 www.Ravza.uz | 📝 Telegram
💻 Instagram | 📝 Facebook | 🎞 Youtube
Ўзбекистон мусулмонлари идораси Наманган вилояти вакиллиги Матбуот хизмати
Бизни ижтимоий тармоқларда
кузатиб боринг:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4❤2🔥1
“Navbahor” muxlislariga yoqimli habarlar bor. Ma’lumotga oydinlik kiritmoqdamiz!
👍61🔥3❤2
#eshitdikda
Ruslanbek Jiyanov, Saidazamat Mirsaidov, Jamshid Boltaboyev, Muhammadali G'iyosovlar ertaga "Navbahor" mashgʻulotlariga borib qo'shilishadi. Shavkatjon Abdurazzoqov, Anvarjon Tojimirzayev hamda Otabek Samatovlar "Navbahor" atrofidagi vaziyatni barqarorligini ta'minlash hamda muxlislarni xotirjam qilish choralarini muhokama qilib tezkor ishga kirishishgan. Otabek Samatov Fargʻona - Toshkent yo'nalishi bo'ylab harakatlanib kelayotgan ikki kishilik transfer kemasini Namanganga burib yuborgan.
© Sobitqadam
Ruslanbek Jiyanov, Saidazamat Mirsaidov, Jamshid Boltaboyev, Muhammadali G'iyosovlar ertaga "Navbahor" mashgʻulotlariga borib qo'shilishadi. Shavkatjon Abdurazzoqov, Anvarjon Tojimirzayev hamda Otabek Samatovlar "Navbahor" atrofidagi vaziyatni barqarorligini ta'minlash hamda muxlislarni xotirjam qilish choralarini muhokama qilib tezkor ishga kirishishgan. Otabek Samatov Fargʻona - Toshkent yo'nalishi bo'ylab harakatlanib kelayotgan ikki kishilik transfer kemasini Namanganga burib yuborgan.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍115❤9🔥4🤔4👏1
#foto_fakt
Abror Ismoilov "Neftchi"ning bugungi (kechki) mashgʻulotlarida qatnashdi. Uning Fargʻonadan ketayotgani haqidagi habarlar mutlaqo asossiz!
© Sobitqadam
Abror Ismoilov "Neftchi"ning bugungi (kechki) mashgʻulotlarida qatnashdi. Uning Fargʻonadan ketayotgani haqidagi habarlar mutlaqo asossiz!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13 4❤3🔥1
Forwarded from FCNAVBAHOR | Расмий канал
Birinchi davra yakunlari: Kim qancha oʻynadi?
Siz aziz muxlislarni “Navbahor”ning 1-davrada qayd etgan statistik natijalari bilan tanishtirishda davom etamiz.
Koʻpchilikka maʼlum, gʻalaba qozonishda maydonda harakat qiladigan futbolchilarning hissasi muhim omil sanaladi.
Xoʻsh, “Navbahor”ning Superliga 1-davrasidagi bahslarida maydonda kim qancha harakat qildi?
Birinchi davra oʻyinlarida “Navbahor” tarkibida jami 25 nafar futbolchi maydonga tushdi.
Taʼkidlash joizki, “lochinlar”ning hech qaysi oʻyinchisi Superliga – 2025ning birinchi davrasidagi barcha 15 ta oʻyinda toʻliq, yaʼni, 1350 daqiqa toʻp tepmadi.
Braziliyalik Gilyerme Gedesh va nigeriyalik yarim himoyachi Benjamin Teydilar esa 14 ta bahsda toʻliq, yaʼni, 1261 daqiqa davomida maydonda harakat qilishdi.
Bundan tashqari, yana 4 nafar futbolchi – Sergey Karpovich, Ruslanbek Jiyanov, Abbosjon Gʻulomov hamda Alisher Odilovlar barcha 15 ta oʻyinda maydonga tushishdi, ammo mazkur oʻyinchilar ayrim bahslarda almashtirildilar yoki zaxiradan maydonga tushdilar.
❗️ T/r. Futbolchi Ampluasi Oʻyin Daqiqa
1.Igor Gabriel (Him). 14 - 1261
2. Gilyerme Gedesh (Yar.him). 14 -1261
3.Sergey Karpovich (Him). 15 - 1257
4. Benjamin Teydi (Yar.him). 14 - 1252
5.Saidazamat Mirsaidov (Him). 14 - 1172
6. Ruslanbek Jiyanov (Yar.him). 15 - 1127
7.Abbosjon Gʻulomov (Yar.him). 15 - 1117
8.Zabihillo Oʻrinboyev (Huj). 13 - 907
9.Alisher Odilov (Yar.him). 15 - 899
10.Umidjon Ergashev (Dar). 9 - 811
11.Azimjon Ahmedov (Him). 11 - 721
12.Shohmalik Komilov (Yar. him). 12 - 704
13.Shukron Yoʻldoshev Dar. 6 - 541
14. Shahzodbek Ubaydullayev (Huj). 8 - 354
15. Pedro Augusto (Huj). 12 - 317
16.Navroʻzbek Iminjonov Huj. 7 - 270
17.Mirzohid Gʻofurov Him. 5 - 265
18. Poʻlatxoʻja Xoldorxonov (Huj). 6 - 202
19. Javohir Abdujabborov (Yar.him). 5 - 171
20.Shahzo Toirov (Him) . 2 - 107
21. Komiljon Tojidinov (Yar.him). 5 - 73
22.Rian Islomov (Yar.him). 2 - 49
23.Sherzod Gʻulomjonov (Yar.him). 3 - 46
24.Muhammadbobur Moʻydinov (Him). 1-25
25.Asadbek Joʻraboyev (Huj). 1 - 8
🔵 “Navbahor” PFK matbuot xizmati.

❤12🔥7👏1