Søbîtqâðâm
3.82K subscribers
2.92K photos
1.1K videos
9 files
3.11K links
Har sohadan bir shingil deganidek barcha yo'nalishdagi ma'lumotlarni shaxsiy tasurotlarimni muntazam ulashab boraman! Siz men bilan ekaningizni xis qilish katta baxt!!
Taklif va murojaatlar uchun➡️ @Sobitqadam_bot
Download Telegram
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolariga

Qadrli farzandlarim!
Avvalo, siz, azizlarni Osiyoning eng kuchli jamoalari ishtirok etgan saralash o‘yinlarida chinakam jasorat va matonat namunasini ko‘rsatib, tom ma’noda ulkan g‘alabaga erishganingiz – Vatanimiz tarixida birinchi marta jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritganingiz bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

Hech shubhasiz, milliy sportimiz solnomasiga oltin harflar bilan bitiladigan bunday yorqin natija yurtimizdagi millionlab futbol muxlislari, butun xalqimizning necha yillik orzusi edi, desak, to‘g‘ri bo‘ladi. Sizlar professional bilim va malakangiz, tajriba va mahoratingiz, eng muhimi, yuksak irodangiz va g‘alabaga bo‘lgan ishonchingiz bilan ana shunday orzuni real haqiqatga aylantirganingiz har qanday tahsin va tasannoga munosibdir.

Mana shu munavvar oqshomda – qutlug‘ zafar ayyomida ko‘pmillatli butun O‘zbekiston xalqi sizlar bilan haqli ravishda faxrlanmoqda, desak, ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz.

Saralash o‘yinlari naqadar kuchli raqobat ostida, keskin va shiddatli kurashlarda o‘tgani, terma jamoamizga nisbatan turli bosimlar bo‘lganiga qaramasdan, sizlar zarur ochkolarni jamg‘arib, azm-u shijoatli Yangi O‘zbekiston yoshlari qanday yuksak marralarni egallashga qodir ekanini yana bir bor amalda isbotladingiz.

Sizlarning ana shunday g‘oyat mas’uliyatli turnirdagi munosib ishtirokingiz keyingi yillarda mamlakatimizda sportga, jumladan, uning eng ommaviy turi bo‘lgan futbolga berilayotgan ulkan e’tiborning yana bir buyuk amaliy natijasi sifatida ham biz uchun g‘oyat qadrlidir.

Aminman, bu tarixiy yutuq xalqimizni ezgu maqsadlar yo‘lida yanada birlashtiradi, ming-minglab yoshlarimiz uchun ilhom manbaiga, ibrat timsoliga aylanadi, Yangi O‘zbekistonning xalqaro obro‘-e’tiborini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Sizlar futbol maydonlaridagi mana shunday shonli yutuqdan yangi kuch va ruh olib, kelgusi yili AQSH, Meksika va Kanada davlatlarida bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatida nafaqat O‘zbekiston, balki butun Markaziy Osiyo qit’asining birinchi va yagona vakili bo‘lishdek yuksak sharafni chuqur his etgan holda, yanada katta jonbozlik ko‘rsatasizlar, deb ishonaman.

Mana shu shukuhli ayyomda sizlarni doimo qo‘llab-quvvatlab kelayotgan mehribon va talabchan ustoz-murabbiylaringiz, milliy terma jamoamizning barcha a’zolarini, sizlarga baxt va omad tilab, kecha-yu kunduz duoda bo‘lib kelgan ota-onalaringiz, aka-uka, opa-singil va barcha yaqinlaringizni o‘z nomimdan, butun xalqimiz nomidan qizg‘in tabriklab, ularga samimiy minnatdorligimni bildiraman.

Sizlar muqaddas Qurbon hayiti kunlarida xalqimizga bayram sovg‘asi sifatida olib kelayotgan ushbu unutilmas tarixiy g‘alaba barchamizga muborak bo‘lsin!

Zafarli odimlaringiz bardavom bo‘lsin, aziz farzandlarim!

Shavkat Mirziyoyev,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Matbuot anjumanida futbolchilarimiz yondirib tashlashdi🔥😍

© Sobitqadam
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍102
📋 Osiyo Futbol Konfederatsiyasi rasmiy sahifasi Oʻzbekistonni Jahon chempionati yoʻllanmasi bilan tabrikladi

⚡️ t.me/FAUzbekistan
3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📍 FIFA prezidenti Janni Infantino Oʻzbekistonni FIFA Jahon chempionati yoʻllanmasi bilan tabrikladi.

🇺🇿 O‘zbekiston, FIFA Jahon chempionatiga xush kelibsiz! Sizni 2026-yilda 🇨🇦 Kanada, 🇲🇽 Meksika va 🇺🇸 AQShda bo‘lib o‘tadigan FIFA Jahon chempionati tarixiy yo‘llanmasini qo‘lga kiritganingiz bilan chin dildan tabriklayman! 👏

O‘zbekiston FIFAga 1994-yilda a’zo bo‘lganidan buyon Olimpiada o‘yinlari, yoshlar o‘rtasidagi bir nechta FIFA musobaqalarida ishtirok etib, munosib natijalar ko‘rsatib kelmoqda. Endi esa ajoyib saralash bosqichidan so‘ng sizlar haqli ravishda kelasi yozda o‘tkaziladigan mundialda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ldingiz. Dunyo bo‘ylab millionlab muxlislar “Oq bo‘rilar”ning jahon sahnasidagi debyutini intiqlik bilan kutishmoqda❤️ — deyiladi tabrikda.


⚡️ t.me/FAUzbekistan
👍72
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Milliy terma jamoamizning tarixiy natijasi, mundial yo’llanmasini qo'lga kiritgani Namanganda katta bayram tarzida nishonlanib, mushakbozlik qilindi.
Mundial muborak!
👍182👏1
Sport TV ning tabiri bilan aytganda Oston Urunov bugun ikkita pozitsiyada o'ynadi. Biri vinger ikkinchisi darvozabon. Yaxshiyam darvozada Urunov turgani.

© Sobitqadam
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤩142🤔1
Assalomu aleykum aziz dindoshim! Sizni va siz orqali barcha yaqinlaringizni barcha Islom olami ahli, siz-u biz intiqib kutganimiz go'zal tabarruk bo'lgan "IYDI QURBON" bayrami bilan qizg'in muborakbod etaman! Sizga va oilangizga tinchlik, farovonlik, hotirjamlik, ulkan zafarlar, tilab qolaman. Qilayotgan qurbonliklarimiz va ehsonlarimizni YARATGAN TANGRIM o'z dargohida qabul etib ohirat kunimiz foydamizga zahira aylashini tilab qolaman! Shunday ulug' - niyat tilaklar ijobat bo'ladigan lahzalar hurmati, tilagim, musaffo osmonimizga yurtimizga va aziz yurtdoshlarimiz osuda umrlariga ko'z tegmasin. Alloh istagi ila yana shunday tabarruk oy va bayramlarni ko'plab birgalikda oilamiz va do'stlarimiz bilan qarshi olish nasib etishini tilab qolaman. Shunday bayramona kayfiyatda bayram kunlarida xushchaxchaxlikda diydor ko'rishib bayram gashtini surish daqiqalaridan mosivo qilmasin! Cheksiz mehr muhabbatli otashin va beg'ubor ehtirom ila
"Søbîtqâðâm"

© Sobitqadam
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9👍1
Bizning bugungi tongimiz shunday otdi. Barchaga qo'shaloq bayram muborak bo'lsin.

© Sobitqadam
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ruslanbek Jiyanovga uy sovg'a qilishdi.

Milliy terma tamoamiz JCH yo'llanmasini qo'lga kiritgani barcha yurtdoshlarimizni birdek quvontirdi. Qo'lga kiritilgan g'alabadan keyin Jizzaxlik tadbirkor akamiz Ruslanbek Jiyanovga Toshkent shahridan xonadon sovgʻa qilishini ma'lum qilgan.
Muborak bo'lsin ukam.

© Sobitqadam
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍599🔥1🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O'zbekiston 24 da Milliy terma jamoamiz yozgan tarixiy natija haqida.

© Sobitqadam
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16🔥3👏32
Rasman!
Roma klubi o'z logotipini yangilaganini e'lon qildi!


🌐 Sobitqadam
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👎283👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O'zbekiston 24 dan so'ng
😀🥹🥲😍 telekanalining "Namangan axboroti" dasturida ham ikki og'iz

© Sobitqadam
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
12👍3🔥1
📋 O‘zbekistonning 17 ta klubi OFK litsenziyasiga ega chiqdi

♻️ Artel | 💳 Uzcard | 🔴 Coca-Cola | ⚫️ Apex | ⚫️ Macron | 🔵 BMB
👍4
🇺🇿 O'zbekiston - Qatar 😀 terma jamoalari o'yini "Markaziy" stadionda monitorda namoyish etiladi

Barchaga yaxshi ma'lum, Temur Kapadze boshchiligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2026 yo'llanmasini hal qildi. Terma jamoamiz mundial yo'lida saralash bosqichi doirasidagi so'ngi tur bahslardan birini 10-iyun kuni Toshkentda Qatar terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi. 2026-yilgi mundial chiptasini qo'lga kiritgan terma jamoamiz yurtimiz futbolida yangi sahifa ochishga erishdi.
Shu munosabat bilan mamlakatimiz aholisining futbol, ayniqsa, terma jamoamizning o'yiniga bo'lgan qiziqishlarini inobatga olgan holda, respublikamiz bo'ylab so'ngi tur o'yini oldidan yurtimizning barcha hududlarida katta bayram tashkil etilib, joylardagi ahamiyatga molik nuqtalarda o'yindan jonli translatsiyasilar yo'lga qo'yilmoqda. Shundan kelib chiqib, viloyatimiz aholisi uchun "Navbahor" jamoamiz uy o'yinlarini o'tkazadigan "Markaziy" stadionda ham monitor tashkil etiladi.
O‘yingohga kirish bepul. Siz ham 10-iyun sanasida "Markaziy" stadionga tashrif buyurib, terma jamoamizning o'yinidan bahramand bo'ling hamda tarixiy g'alabani tantana qiling, aziz muxlislar!
O'yin 10-iyun kuni soat 18:45 da start oladi.

© "Navbahor" PFK matbuot xizmati.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍112
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Navbahor" jamoasi uy uchrashuvlarini oʻtkazadigan "Markaziy" stadioniga ulkan monitor oʻrnatildi.
Xabar berganimizdek, bugun soat 18:45 da boshlanadigan Oʻzbekiston-Qatar terma jamoalari oʻrtasidagi uchrashuvni "Markaziy" oʻyingohga tashrif buyuradigan muxlislar mazkur monitor orqali jonli tarzda tomosha qilishadi.
Stadionga kirish bepul va
barchani terma jamoamiz ishtirokidagi oʻyinni katta ekranda koʻrishga chorlab qolamiz.
"Navbahor" PFK matbuot xizmati.
5🔥1
Мирзоҳид Марифхоновни табриклаймиз!
Бугун “Навбаҳор” ПФКда кўп йиллардан буён фаолият юритаётган, клубнинг иқтисодий ривожига ўзининг муносиб ҳиссасини қўшаётган бош ҳисобчи Мирзоҳид Марифхонов таваллуд айёмини нишонламоқда.
“Навбаҳор” ПФК жамоаси Мирзоҳид Марифхоновни туғилган куни билан табриклаб, унга узоқ умр, сиҳат-саломатлик тилайди.
Оилангиз ҳамда яқинларингиз бахтига доимо соғ бўлинг!
“Навбаҳор” ПФК матбуот хизмати.
3🎉2
Шавкат Махсумовни табриклаймиз!
Бугун “Навбаҳор” уй учрашувларини ўтказадиган “Марказий” ўйингоҳ ходими Шавкат Махсумов таваллуд айёмини нишонламоқда.
“Навбаҳор” ПФК ва “Марказий” ўйингоҳ жамоаси Шавкат Махсумовни туғилган куни билан табриклаб, унга узоқ умр, сиҳат-саломатлик тилайди.
Оилангиз ҳамда яқинларингиз бахтига доимо соғ бўлинг!
“Навбаҳор” ПФК матбуот хизмати.
3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Markaziy o'yingoh O'zbekiston - Qatar o'yiniga tayyor. 💙💙💙

Aziz namanganliklar, bugungi o'yinni biz bilan birga markaziyda tomosha qiling.

❗️Batafsil videoda

© Sobitqadam
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥52👎1