Yurak urib tursa bas.
Qayta hayot bo‘lmas lek,
Yashash kerak qasdma qasd.
Qolmas orzu orzudek,
Yurak urib tursa bas.
Davon oshib o‘tarman.
Qaddimni tik tutarman.
Hammasiga yetarman,
Yurak urib tursa bas.
Kimdir ogoh, kimdir mast.
Mardga mardman, pastga past.
Alloh deyman har nafas,
Yurak urib tursa bas.
Sira ortda qolmayman.
Gapga quloq solmayman.
Orzu qilib tolmayman,
Yurak urib tursa bas.
O‘z yo‘limni toparman.
G‘am eshigin yoparman.
Orzu sari choparman,
Yurak urib tursa bas.
So‘z beraman o‘zimga.
Qaytmagayman izimga.
To‘xtamasdan bir zumga,
Yurak urib tursa bas.
O‘qib qur'on salovat.
Qalbim topar halovat.
Tan-u jonim salomat,
Yurak urib tursa bas.
Adashmayman yo‘limdan,
Ko‘zlar ko‘rib tursa bas.
Ko‘p ish kelar qo‘limdan,
Yurak urib tursa bas.
✍ Sobitjon Eshtemirov. 26.03.2025.
Qayta hayot bo‘lmas lek,
Yashash kerak qasdma qasd.
Qolmas orzu orzudek,
Yurak urib tursa bas.
Davon oshib o‘tarman.
Qaddimni tik tutarman.
Hammasiga yetarman,
Yurak urib tursa bas.
Kimdir ogoh, kimdir mast.
Mardga mardman, pastga past.
Alloh deyman har nafas,
Yurak urib tursa bas.
Sira ortda qolmayman.
Gapga quloq solmayman.
Orzu qilib tolmayman,
Yurak urib tursa bas.
O‘z yo‘limni toparman.
G‘am eshigin yoparman.
Orzu sari choparman,
Yurak urib tursa bas.
So‘z beraman o‘zimga.
Qaytmagayman izimga.
To‘xtamasdan bir zumga,
Yurak urib tursa bas.
O‘qib qur'on salovat.
Qalbim topar halovat.
Tan-u jonim salomat,
Yurak urib tursa bas.
Adashmayman yo‘limdan,
Ko‘zlar ko‘rib tursa bas.
Ko‘p ish kelar qo‘limdan,
Yurak urib tursa bas.
✍ Sobitjon Eshtemirov. 26.03.2025.
Forwarded from Sobitjon Eshtemirov she‘rlari (Sobitjon Eshtemirov)
Pulning qadri.
Pul uchun har nega borib yetdik do‘st,
Uyqu qochib ketar pulning dardidan.
Qanday zamonaga qolib ketdik do‘st,
Pulning qadri ko‘pdir odam qadridan.
Puling yo‘q chaladir bitmaydi ishing.
Panalab qochadi har yaqin kishing.
Ey do‘st yozing issiq, sovuqdir qishing,
Pulning qadri ko‘pdir odam qadridan.
Kambag‘al faqirga pulsiz, zorlarga,
Boqmay quydi ko‘plar uyi torlarga.
Paxta quyar hamma puli borlarga,
Pulning qadri ko‘pdir odam qadridan.
Puling yo‘q hech kimsan kuchada kuyda.
Eslamas biror kim bayramda, tuyda.
O‘rning ham yo‘qdir do‘st hattoki uyda,
Pulning qadri ko‘pdir odam qadridan.
Puling ko‘p ishlaring bari bitar soz.
Til sayrab dil yayrab qadding bo‘lar g‘oz.
Bariga sabab do‘st shu rangli qog‘oz,
Pulning qadri ko‘pdir odam qadridan.
Pul uchun shaytonning qo‘lin tutdik do‘st.
Neki bo‘lsa qildik ko‘zni yumdik do‘st.
Qanday zamonaga qolib ketdik do‘st,
Pulning qadri ko‘pdir odam qadridan.
✍ Sobitjon Eshtemirov. 12.07.2025.
Pul uchun har nega borib yetdik do‘st,
Uyqu qochib ketar pulning dardidan.
Qanday zamonaga qolib ketdik do‘st,
Pulning qadri ko‘pdir odam qadridan.
Puling yo‘q chaladir bitmaydi ishing.
Panalab qochadi har yaqin kishing.
Ey do‘st yozing issiq, sovuqdir qishing,
Pulning qadri ko‘pdir odam qadridan.
Kambag‘al faqirga pulsiz, zorlarga,
Boqmay quydi ko‘plar uyi torlarga.
Paxta quyar hamma puli borlarga,
Pulning qadri ko‘pdir odam qadridan.
Puling yo‘q hech kimsan kuchada kuyda.
Eslamas biror kim bayramda, tuyda.
O‘rning ham yo‘qdir do‘st hattoki uyda,
Pulning qadri ko‘pdir odam qadridan.
Puling ko‘p ishlaring bari bitar soz.
Til sayrab dil yayrab qadding bo‘lar g‘oz.
Bariga sabab do‘st shu rangli qog‘oz,
Pulning qadri ko‘pdir odam qadridan.
Pul uchun shaytonning qo‘lin tutdik do‘st.
Neki bo‘lsa qildik ko‘zni yumdik do‘st.
Qanday zamonaga qolib ketdik do‘st,
Pulning qadri ko‘pdir odam qadridan.
✍ Sobitjon Eshtemirov. 12.07.2025.
Forwarded from Sobitjon Eshtemirov she‘rlari (Sobitjon Eshtemirov)
Qo‘rqaman holos
Jannatga narvondir qilgan savobing.
Men faqat Allohga quyganman ixlos.
Qiyomatda bordir savol javobing.
Men faqat shulardan qo‘rqaman holos.
Aqlsiz ertasin g‘amini yemas.
Ko‘z-ko‘zga tushadi ertaga demas.
Mushtimzo‘r bezori bandadan emas,
Men faqat Allohdan qo‘rqaman holos.
Kimligim sizlarga barisi oshkor.
Xatolarim bordir qilmasman inkor.
Kimnidir kunglini bekordan bekor,
Og‘ritib quyishdan qo‘rqaman holos.
Asli yaralganim bir siqim to‘proq.
Unutib yo‘limni burilib chaproq.
Alloh uchun deya bandasin ko‘proq,
Sevib qolishdan men qo‘rqaman holos.
O‘z boshimga o‘zim chaqirib kulfat.
Ming bir pushaymonda dod solib faqat.
Bilib bilmay goho shaytonga ulfat,
Bo‘lib qolishdan goh qo‘rqaman holos.
Bugun baxtim butun omadim yordir.
Kimlarga keng dunyo kimlarga tordir.
Taqdir bitigimda nimalar bordir,
Ertangi kunimdan qo‘rqaman holos.
✍ Sobitjon Eshtemirov. 16.07.2025.
Jannatga narvondir qilgan savobing.
Men faqat Allohga quyganman ixlos.
Qiyomatda bordir savol javobing.
Men faqat shulardan qo‘rqaman holos.
Aqlsiz ertasin g‘amini yemas.
Ko‘z-ko‘zga tushadi ertaga demas.
Mushtimzo‘r bezori bandadan emas,
Men faqat Allohdan qo‘rqaman holos.
Kimligim sizlarga barisi oshkor.
Xatolarim bordir qilmasman inkor.
Kimnidir kunglini bekordan bekor,
Og‘ritib quyishdan qo‘rqaman holos.
Asli yaralganim bir siqim to‘proq.
Unutib yo‘limni burilib chaproq.
Alloh uchun deya bandasin ko‘proq,
Sevib qolishdan men qo‘rqaman holos.
O‘z boshimga o‘zim chaqirib kulfat.
Ming bir pushaymonda dod solib faqat.
Bilib bilmay goho shaytonga ulfat,
Bo‘lib qolishdan goh qo‘rqaman holos.
Bugun baxtim butun omadim yordir.
Kimlarga keng dunyo kimlarga tordir.
Taqdir bitigimda nimalar bordir,
Ertangi kunimdan qo‘rqaman holos.
✍ Sobitjon Eshtemirov. 16.07.2025.
Forwarded from Sobitjon Eshtemirov she‘rlari (Sobitjon Eshtemirov)
Onasi borlar.
Onasi bor inson g‘am ne bilmagay,
Mehr kuchasida bo‘lmagay zorlar.
Baxtsizlik har lahza ta'qib qilmagay,
Hammadan baxtlisiz onasi borlar.
Cho‘zilib ketmagay sovuq qishingiz.
Hamisha a'lodir beshdir ishingiz.
Chunki duodadir ul zot kishingiz,
Hammadan baxtlisiz onasi borlar.
To‘g‘ri yo‘lga boshlab karvoningiz u
Qo‘lingizdan tutgan sarboningiz u.
Jannatga eltuvchi narvoningiz u,
Hammadan baxtlisiz onasi borlar.
Aslo o‘rin qolmas dilda dog‘larga.
Uyingiz aylanar chaman bog‘larga.
Umringiz to‘liqdir baxtli chog‘larga,
Hammadan baxtlisiz onasi borlar.
Ko‘rgan ko‘zlar sizga havasda boqar.
Omad eshigingiz har damda qoqar.
Mehri ummondayin daryoday oqar,
Hammadan baxtlisiz onasi borlar.
O‘glim, qizim deydi erkalab suyib.
Bolam deydi faqat ming yonib kuyib.
Mehru muhabbatga yashaysiz tuyib,
Hammadan baxtlisiz onasi borlar.
✍ Sobitjon Eshtemirov. 18.07.2025.
Onasi bor inson g‘am ne bilmagay,
Mehr kuchasida bo‘lmagay zorlar.
Baxtsizlik har lahza ta'qib qilmagay,
Hammadan baxtlisiz onasi borlar.
Cho‘zilib ketmagay sovuq qishingiz.
Hamisha a'lodir beshdir ishingiz.
Chunki duodadir ul zot kishingiz,
Hammadan baxtlisiz onasi borlar.
To‘g‘ri yo‘lga boshlab karvoningiz u
Qo‘lingizdan tutgan sarboningiz u.
Jannatga eltuvchi narvoningiz u,
Hammadan baxtlisiz onasi borlar.
Aslo o‘rin qolmas dilda dog‘larga.
Uyingiz aylanar chaman bog‘larga.
Umringiz to‘liqdir baxtli chog‘larga,
Hammadan baxtlisiz onasi borlar.
Ko‘rgan ko‘zlar sizga havasda boqar.
Omad eshigingiz har damda qoqar.
Mehri ummondayin daryoday oqar,
Hammadan baxtlisiz onasi borlar.
O‘glim, qizim deydi erkalab suyib.
Bolam deydi faqat ming yonib kuyib.
Mehru muhabbatga yashaysiz tuyib,
Hammadan baxtlisiz onasi borlar.
✍ Sobitjon Eshtemirov. 18.07.2025.
Forwarded from Sobitjon Eshtemirov she‘rlari (Sobitjon Eshtemirov)
Bordir.
Yo‘qolib ketmassan zulmat qariga,
Qo‘rqmagin har kunning botishi bordir.
Hali ulguramiz bari bariga,
Tundan so‘ng tonglarning otishi bordir.
Bekorga sovurma yig‘ganing sochib.
Do‘lga tutilasan yomg‘irdan qochib.
Shoqoldan do‘st chiqmas siringni ochib,
O‘zini arzonga sotishi bordir.
Azroilga bir kun bo‘lamiz nishon.
Ruh tandan kuchadi, uziladi jon.
Tirik jon bordirki kun kelib ishon,
O‘limning sharbatin totishi bordir.
O‘tkinchi dunyo bu ko‘p unda o‘yin.
Kun kelar bo‘lasan bariga buyin.
Inson zoti bordir o‘limdan keyin,
Kafanda tobutga yotishi bordir.
Kimliging unutma har dam har joyda.
Ming bor chiransangda zuvalang loyda.
Ochko‘z yig‘ib tersin bari befoyda,
Bo‘sh qo‘lda qabrga ketishi bordir.
Ostin ustun qilib yerning sharini.
Inson lekin shayton malaylarini.
Qiyomat kunida bari barini,
Jahannam qariga yutishi bordir.
Bordir tanganing ham ikki tarafi.
Har dam ulug‘ bo‘lsin inson sharafi.
Boshlanish nuqtasi bo‘lgani kabi,
Hamma narsaning bil yakuni bordir.
✍ Sobitjon Eshtemirov. 18.07.2025.
Yo‘qolib ketmassan zulmat qariga,
Qo‘rqmagin har kunning botishi bordir.
Hali ulguramiz bari bariga,
Tundan so‘ng tonglarning otishi bordir.
Bekorga sovurma yig‘ganing sochib.
Do‘lga tutilasan yomg‘irdan qochib.
Shoqoldan do‘st chiqmas siringni ochib,
O‘zini arzonga sotishi bordir.
Azroilga bir kun bo‘lamiz nishon.
Ruh tandan kuchadi, uziladi jon.
Tirik jon bordirki kun kelib ishon,
O‘limning sharbatin totishi bordir.
O‘tkinchi dunyo bu ko‘p unda o‘yin.
Kun kelar bo‘lasan bariga buyin.
Inson zoti bordir o‘limdan keyin,
Kafanda tobutga yotishi bordir.
Kimliging unutma har dam har joyda.
Ming bor chiransangda zuvalang loyda.
Ochko‘z yig‘ib tersin bari befoyda,
Bo‘sh qo‘lda qabrga ketishi bordir.
Ostin ustun qilib yerning sharini.
Inson lekin shayton malaylarini.
Qiyomat kunida bari barini,
Jahannam qariga yutishi bordir.
Bordir tanganing ham ikki tarafi.
Har dam ulug‘ bo‘lsin inson sharafi.
Boshlanish nuqtasi bo‘lgani kabi,
Hamma narsaning bil yakuni bordir.
✍ Sobitjon Eshtemirov. 18.07.2025.
Anamal issiq.😉🌞
Kuchada yurib bo‘lmas.🙅♂
Na uyda turib bo‘lmas 🙅
O‘shlab yo urib bo‘lmas🥊
Anamal issiq o‘lsin.🌞😉
Asablar tarang bo‘ldi.🤯
Bosh qotib garang bo‘ldi. 🤨
Og‘riqli yarang bo‘ldi.🥵
Anamal issiq o‘lsin. 🌞😉
Olovdek atrof cho‘g‘dir🤬
Issiqqa davo yo‘qdir🤒
Hech joyda havo yo‘qdir🙅
Anamal issiq o‘lsin.🌞😉
Quyosh ham lov-lov etdi🌞
Havo qirq beshga yetdi.🌡
Nafasim qaytib ketdi.🪭
Anamal issiq o‘lsin.🌞😉
Kun botar ham tong otar🌄🌅
Shu holda bir kun o‘tar🙄
Suvlar ham qaynab yotar🚿
Anamal issiq o‘lsin.🌞😉
Qarq pishgan tarvuz, qovun.🍉🍋🟩
Mazzayu issiqda kun🌞
Yeb quydi pashsha, chivin.🦟🪰
Anamal issiq o‘lsin. 🌞😉
Yurak tez o‘ynab ketdi.❤️🔥
Tanam ham qaynab ketdi.🤬
Sobitjon ham she'r bitdi.✍😉
Anamal issiq o‘lsin.🌞😉
✍ Sobitjon Eshtemirov. 20.07.2025.
Kuchada yurib bo‘lmas.🙅♂
Na uyda turib bo‘lmas 🙅
O‘shlab yo urib bo‘lmas🥊
Anamal issiq o‘lsin.🌞😉
Asablar tarang bo‘ldi.🤯
Bosh qotib garang bo‘ldi. 🤨
Og‘riqli yarang bo‘ldi.🥵
Anamal issiq o‘lsin. 🌞😉
Olovdek atrof cho‘g‘dir🤬
Issiqqa davo yo‘qdir🤒
Hech joyda havo yo‘qdir🙅
Anamal issiq o‘lsin.🌞😉
Quyosh ham lov-lov etdi🌞
Havo qirq beshga yetdi.🌡
Nafasim qaytib ketdi.🪭
Anamal issiq o‘lsin.🌞😉
Kun botar ham tong otar🌄🌅
Shu holda bir kun o‘tar🙄
Suvlar ham qaynab yotar🚿
Anamal issiq o‘lsin.🌞😉
Qarq pishgan tarvuz, qovun.🍉🍋🟩
Mazzayu issiqda kun🌞
Yeb quydi pashsha, chivin.🦟🪰
Anamal issiq o‘lsin. 🌞😉
Yurak tez o‘ynab ketdi.❤️🔥
Tanam ham qaynab ketdi.🤬
Sobitjon ham she'r bitdi.✍😉
Anamal issiq o‘lsin.🌞😉
✍ Sobitjon Eshtemirov. 20.07.2025.
👍1
Forwarded from Sobitjon Eshtemirov she‘rlari (Sobitjon Eshtemirov)
O‘zingda bo‘l.
Kibr bo‘lib ketibdi ko‘zing.
Yerni ko‘rmay qolibdi ko‘zing.
Hoy birodar pastga tush biroz,
O‘zingda bo‘l yo‘qotmay o‘zing.
Bir kun yutar qaro yer osti.
Sarob bo‘lar yolg‘on-u rosti.
Hayotning bor baland-u pasti,
O‘zingda bo‘l yo‘qotmay o‘zing.
Omad seni yo‘qlagan chog‘da.
Qurolingni o‘qlagan chog‘da.
Afsus qilib qolmagin dog‘da,
O‘zingda bo‘l yo‘qotmay o‘zing.
Bir o‘zingni g‘amingni yemay.
O‘ylab gapir balanddan kelmay.
Ne istasam qilaman demay.
O‘zingda bo‘l yo‘qotmay o‘zing.
Yugur mayli ortda qolmasdan.
Gap-so‘zlarga quloq solmasdan.
O‘zingadan shoh yasab olmasdan,
O‘zingda bo‘l yo‘qotmay o‘zing.
Kamtar bo‘lsang topasan kamol.
Manman bo‘lsang topasan zavol.
Bizni loydan yaratgan kulol,
O‘zingda bo‘l yo‘qotmay o‘zing.
✍ Sobitjon Eshtemirov. 23.07.2025.
Kibr bo‘lib ketibdi ko‘zing.
Yerni ko‘rmay qolibdi ko‘zing.
Hoy birodar pastga tush biroz,
O‘zingda bo‘l yo‘qotmay o‘zing.
Bir kun yutar qaro yer osti.
Sarob bo‘lar yolg‘on-u rosti.
Hayotning bor baland-u pasti,
O‘zingda bo‘l yo‘qotmay o‘zing.
Omad seni yo‘qlagan chog‘da.
Qurolingni o‘qlagan chog‘da.
Afsus qilib qolmagin dog‘da,
O‘zingda bo‘l yo‘qotmay o‘zing.
Bir o‘zingni g‘amingni yemay.
O‘ylab gapir balanddan kelmay.
Ne istasam qilaman demay.
O‘zingda bo‘l yo‘qotmay o‘zing.
Yugur mayli ortda qolmasdan.
Gap-so‘zlarga quloq solmasdan.
O‘zingadan shoh yasab olmasdan,
O‘zingda bo‘l yo‘qotmay o‘zing.
Kamtar bo‘lsang topasan kamol.
Manman bo‘lsang topasan zavol.
Bizni loydan yaratgan kulol,
O‘zingda bo‘l yo‘qotmay o‘zing.
✍ Sobitjon Eshtemirov. 23.07.2025.
Forwarded from Sobitjon Eshtemirov she‘rlari (Sobitjon Eshtemirov)
Sevgi sillam quritdi.
Shu kungacha yashadim shohdek,
Dard alam ne bilmasdan o‘sdim.
Sevgan kundan boshlandi va lek,
Sevgi sillam quritdi do‘stim.
Halovatning eshigin yopdim.
Uyqusizlik kasalin topdim.
Davo izlab yugurdim chopdim,
Sevgi sillam quritdi do‘stim.
O‘zim mastman chalgan kuyimga.
Dil bermasman endi hech kimga.
Qarab bo‘lmas rang-u ruyimga,
Sevgi sillam quritdi do‘stim.
Jinnilarcha telbaday suydim.
Ishq o‘tida xo‘p yonib kuydim.
O‘zimni ham yo‘qotib quydim,
Sevgi sillam quritdi do‘stim.
Bu yuragim sevgidan yara.
Ko‘zyoshlarim bo‘ldi sharshara.
Xo‘p nozlarga yo‘liqib qara.
Sevgi sillam quritdi do‘stim.
Sevmasman hech, kim suysa suysin.
Sevib qolib jonidan tuysin.
Sevgisining uyi ham kuysin,
Sevgi sillam quritdi do‘stim.
✍ Sobitjon Eshtemirov. 20.07.2025.
Shu kungacha yashadim shohdek,
Dard alam ne bilmasdan o‘sdim.
Sevgan kundan boshlandi va lek,
Sevgi sillam quritdi do‘stim.
Halovatning eshigin yopdim.
Uyqusizlik kasalin topdim.
Davo izlab yugurdim chopdim,
Sevgi sillam quritdi do‘stim.
O‘zim mastman chalgan kuyimga.
Dil bermasman endi hech kimga.
Qarab bo‘lmas rang-u ruyimga,
Sevgi sillam quritdi do‘stim.
Jinnilarcha telbaday suydim.
Ishq o‘tida xo‘p yonib kuydim.
O‘zimni ham yo‘qotib quydim,
Sevgi sillam quritdi do‘stim.
Bu yuragim sevgidan yara.
Ko‘zyoshlarim bo‘ldi sharshara.
Xo‘p nozlarga yo‘liqib qara.
Sevgi sillam quritdi do‘stim.
Sevmasman hech, kim suysa suysin.
Sevib qolib jonidan tuysin.
Sevgisining uyi ham kuysin,
Sevgi sillam quritdi do‘stim.
✍ Sobitjon Eshtemirov. 20.07.2025.
Forwarded from Sobitjon Eshtemirov she‘rlari (Sobitjon Eshtemirov)
Boy bo‘lib to‘g‘ilmaganman.
Hayol surib o‘tirmaganman.
Ko‘p pul topib qutirmaganman.
Mehnat qilib yetdim bariga,
Men boy bo‘lib to‘g‘ilmaganman.
Ne so‘rasam Allohga dedim.
O‘qib ertam g‘amini yedim.
Men ham kecha kambag‘al edim,
Men boy bo‘lib to‘g‘ilmaganman.
Duo qildi onam jannatim.
Qullab turdi otam davlatim.
Topganlarim halol mehnatim,
Men boy bo‘lib to‘g‘ilmaganman.
Siz-u bizga teng yer-u osmon.
Qo‘lingizda yaratish imkon.
Puli ko‘p boy deysizlar oson,
Men boy bo‘lib to‘g‘ilmaganman.
Yo‘q bo‘lsamku berolmaysizlar.
Bor bo‘lsam ham turolmaysizlar.
Nega buncha ko‘rolmaysizlar,
Men boy bo‘lib to‘g‘ilmaganman.
Nafs yo‘lida quvmadim dunyo.
Mehnat qildim tinmadim illo.
So‘raganga beradi xudo,
Men boy bo‘lib to‘g‘ilmaganman.
✍ Sobitjon Eshtemirov. 26.07.2025.
Hayol surib o‘tirmaganman.
Ko‘p pul topib qutirmaganman.
Mehnat qilib yetdim bariga,
Men boy bo‘lib to‘g‘ilmaganman.
Ne so‘rasam Allohga dedim.
O‘qib ertam g‘amini yedim.
Men ham kecha kambag‘al edim,
Men boy bo‘lib to‘g‘ilmaganman.
Duo qildi onam jannatim.
Qullab turdi otam davlatim.
Topganlarim halol mehnatim,
Men boy bo‘lib to‘g‘ilmaganman.
Siz-u bizga teng yer-u osmon.
Qo‘lingizda yaratish imkon.
Puli ko‘p boy deysizlar oson,
Men boy bo‘lib to‘g‘ilmaganman.
Yo‘q bo‘lsamku berolmaysizlar.
Bor bo‘lsam ham turolmaysizlar.
Nega buncha ko‘rolmaysizlar,
Men boy bo‘lib to‘g‘ilmaganman.
Nafs yo‘lida quvmadim dunyo.
Mehnat qildim tinmadim illo.
So‘raganga beradi xudo,
Men boy bo‘lib to‘g‘ilmaganman.
✍ Sobitjon Eshtemirov. 26.07.2025.
❤1👍1
Forwarded from Sobitjon Eshtemirov she‘rlari (Sobitjon Eshtemirov)
Atalmagansiz.
Ayro bitilganmi taqdiri azal,
Birga bo‘lmoq uchun yaralmaganmiz.
Shunchaki kunikdim kechiring guzal,
Nahotki siz menga atalmagansiz.
Sizga qancha yaqin borganim sari.
Bizga torlik qildi bu yerning shari.
Shunchaki bildim kech befoyda bari,
Allohdan siz menga atalmagansiz.
Bizga atalgani shu bo‘lsa bori.
Nahotki qishlarning erimas qori.
Oq libosda endi o‘zganing yori,
Guzalim siz menga atalmagansiz.
Sizni sevib bo‘ldim, ishqdan devona,
Nahot siz o‘zgaga endi parvona.
Siz menga, men sizga, endi begona,
Shunchaki siz menga atalmagansiz.
Kurashdim bariga o‘zingiz guvoh.
Bizni ayirdilar o‘zgalar ey voh.
Qismatdan nolisam bo‘ladi gunoh,
Allohdan siz menga atalmagansiz.
Eng shirin o‘shalmas armonsiz toki.
Chin sevgi ayriliq bilsam guyoki.
Adashib uchrashib qoldikmi yoki?
Bildimki siz menga atalmagansiz.
Inson kunikadi ne ham qilardi,
Allohdan men uchun yaralmagansiz.
Bunday bo‘lishini kim ham bilardi,
Shunchaki siz menga atalmagansiz.
✍ Sobitjon Eshtemirov. 11.08.2024.
Ayro bitilganmi taqdiri azal,
Birga bo‘lmoq uchun yaralmaganmiz.
Shunchaki kunikdim kechiring guzal,
Nahotki siz menga atalmagansiz.
Sizga qancha yaqin borganim sari.
Bizga torlik qildi bu yerning shari.
Shunchaki bildim kech befoyda bari,
Allohdan siz menga atalmagansiz.
Bizga atalgani shu bo‘lsa bori.
Nahotki qishlarning erimas qori.
Oq libosda endi o‘zganing yori,
Guzalim siz menga atalmagansiz.
Sizni sevib bo‘ldim, ishqdan devona,
Nahot siz o‘zgaga endi parvona.
Siz menga, men sizga, endi begona,
Shunchaki siz menga atalmagansiz.
Kurashdim bariga o‘zingiz guvoh.
Bizni ayirdilar o‘zgalar ey voh.
Qismatdan nolisam bo‘ladi gunoh,
Allohdan siz menga atalmagansiz.
Eng shirin o‘shalmas armonsiz toki.
Chin sevgi ayriliq bilsam guyoki.
Adashib uchrashib qoldikmi yoki?
Bildimki siz menga atalmagansiz.
Inson kunikadi ne ham qilardi,
Allohdan men uchun yaralmagansiz.
Bunday bo‘lishini kim ham bilardi,
Shunchaki siz menga atalmagansiz.
✍ Sobitjon Eshtemirov. 11.08.2024.
Forwarded from Sobitjon Eshtemirov she‘rlari (Sobitjon Eshtemirov)
Bolam..........
( Ona so‘zlari.)
Bolam qavog‘ingni uymagin menga,
Joninga tegmasin har xil savolim.
Aytolmayman har bir gaplarim senga,
Kelmasin deymanda senga malolim.
Qarib kuchdan qoldim yo‘qdir madorim,
Chil-chil sindi tushib piyolam qo‘ldan.
Har kun sog‘inaman bilsang diydoring,
Ikki ko‘zimni ham uzmasdan yo‘ldan.
Telefon qilasan onajon deysan,
Ishim ko‘p tushining hali boraman.
O‘zing ruzg‘oring bor g‘amini yeysan,
Kelsang gaplarim ko‘p ichim yoraman.
Keksalik deydimi? Xastalik buni,
Tanamda kuchim yo‘q sog‘ligim yomon.
Uyimda hamshira bilsang har kuni,
Yaxshi bo‘lar edi kelsang men tomon.
Qancha umrim qoldi yana bilmayman,
Bilaman uyog‘im yaqin qoldi oz.
Ketsam men dunyodan qaytib kelmayman,
Kelaqol mehringa tuyayin biroz.
Bilaman judayam ko‘p sening ishing,
Boshliqlar qo‘liga qaraysan sen ham.
Bir kunga surib tur chetga yumishing,
Onangman jon bolam g‘animat men ham.
Ayolingni olib o‘g‘il qizingni,
Shahardan qishloqqa kelib ket bolam.
Hech narsa kerakmas faqat o‘zingni,
Sog‘inganman diydor baxtdir bir olam.
Bir joyga jam qilib ukang opangni,
Eski supamizga joy qilsang edi.
Ko‘p narsa so‘radimmi? Kechir onangni,
Jonimga ishonch yo‘q, sen bilsang edi.
Huzuriga Alloh olsa chaqirib,
Ruh tandan ketadi kuklarga uchib.
Onajon men keldim deya baqirib,
Kech qolib ketmada tanamni quchib.
Qachon kelasan bu degan savolim,
Joninga tegmasin iltimos senga.
Hech kimga kelmasin deyman malolim,
Bir ozgina mehr yetadi menga.
✍ Sobitjon Eshtemirov. 05.08.2025.
( Ona so‘zlari.)
Bolam qavog‘ingni uymagin menga,
Joninga tegmasin har xil savolim.
Aytolmayman har bir gaplarim senga,
Kelmasin deymanda senga malolim.
Qarib kuchdan qoldim yo‘qdir madorim,
Chil-chil sindi tushib piyolam qo‘ldan.
Har kun sog‘inaman bilsang diydoring,
Ikki ko‘zimni ham uzmasdan yo‘ldan.
Telefon qilasan onajon deysan,
Ishim ko‘p tushining hali boraman.
O‘zing ruzg‘oring bor g‘amini yeysan,
Kelsang gaplarim ko‘p ichim yoraman.
Keksalik deydimi? Xastalik buni,
Tanamda kuchim yo‘q sog‘ligim yomon.
Uyimda hamshira bilsang har kuni,
Yaxshi bo‘lar edi kelsang men tomon.
Qancha umrim qoldi yana bilmayman,
Bilaman uyog‘im yaqin qoldi oz.
Ketsam men dunyodan qaytib kelmayman,
Kelaqol mehringa tuyayin biroz.
Bilaman judayam ko‘p sening ishing,
Boshliqlar qo‘liga qaraysan sen ham.
Bir kunga surib tur chetga yumishing,
Onangman jon bolam g‘animat men ham.
Ayolingni olib o‘g‘il qizingni,
Shahardan qishloqqa kelib ket bolam.
Hech narsa kerakmas faqat o‘zingni,
Sog‘inganman diydor baxtdir bir olam.
Bir joyga jam qilib ukang opangni,
Eski supamizga joy qilsang edi.
Ko‘p narsa so‘radimmi? Kechir onangni,
Jonimga ishonch yo‘q, sen bilsang edi.
Huzuriga Alloh olsa chaqirib,
Ruh tandan ketadi kuklarga uchib.
Onajon men keldim deya baqirib,
Kech qolib ketmada tanamni quchib.
Qachon kelasan bu degan savolim,
Joninga tegmasin iltimos senga.
Hech kimga kelmasin deyman malolim,
Bir ozgina mehr yetadi menga.
✍ Sobitjon Eshtemirov. 05.08.2025.
Forwarded from Sobitjon Eshtemirov she‘rlari (Sobitjon Eshtemirov)
Nega buncha hunuksiz demay,😄
Yuzda sepkil holim bilan sev.😉
Har kun har xil qarorga kelmay,😏
Sevsang shunday borim bilan sev.😜
Buncha novcha oriqku demay.🤦
Sochlaringiz sariqku demay.💇♂
Shahzodamsiz deya indamay,😉
Sevsang shunday borim bilan sev.😜
Aroq, vino ichasiz demay.🥂
Nos, segaret chekasiz demay.🚭
Hammasidan kechasiz demay,❌
Sevsang shunday borim bilan sev. 😜
Osmondan ham baland kelmasdan.😏
Har ne dema bilib-bilmasdan.🤔
O‘zgarasiz hali demasdan,🤨
Sevsang shunday borim bilan sev.😜
Bu suratim hazil ediku.😂
Zahar tiling nelar dediku.🤨
Gap-so‘zlaring asab yediku,😡
Sevsang shunday borim bilan sev. 😜
Hofiz bo‘lsam torim bilan sev.🎸
Qishda yomg‘ir qorim bilan sev. ❄️
Bahonalar qilmasdan talay,🤨
Sevsang shunday borim bilan sev.😜😂
✍ Sobitjon Eshtemirov. 08.08.2025.
Yuzda sepkil holim bilan sev.😉
Har kun har xil qarorga kelmay,😏
Sevsang shunday borim bilan sev.😜
Buncha novcha oriqku demay.🤦
Sochlaringiz sariqku demay.💇♂
Shahzodamsiz deya indamay,😉
Sevsang shunday borim bilan sev.😜
Aroq, vino ichasiz demay.🥂
Nos, segaret chekasiz demay.🚭
Hammasidan kechasiz demay,❌
Sevsang shunday borim bilan sev. 😜
Osmondan ham baland kelmasdan.😏
Har ne dema bilib-bilmasdan.🤔
O‘zgarasiz hali demasdan,🤨
Sevsang shunday borim bilan sev.😜
Bu suratim hazil ediku.😂
Zahar tiling nelar dediku.🤨
Gap-so‘zlaring asab yediku,😡
Sevsang shunday borim bilan sev. 😜
Hofiz bo‘lsam torim bilan sev.🎸
Qishda yomg‘ir qorim bilan sev. ❄️
Bahonalar qilmasdan talay,🤨
Sevsang shunday borim bilan sev.😜😂
✍ Sobitjon Eshtemirov. 08.08.2025.
𝑰𝒔𝒉𝒐𝒏𝒎𝒂𝒚 𝑸𝒐'𝒚𝒅𝒊𝒎
𝑺𝑯𝒂𝒉𝒛𝒐𝑫 𝑰𝒔𝒎𝒂𝒕𝒐𝑽
🎧 Ishonmay qo‘ydim.
✍ Sobitjon Eshtemirov.
🎤🎼 Shahzod Ismatov. 🎸
Tinglashga arzigulik ijod namunasi chindan. Sizlarga ham ilindim😊
✍ Sobitjon Eshtemirov.
🎤🎼 Shahzod Ismatov. 🎸
Tinglashga arzigulik ijod namunasi chindan. Sizlarga ham ilindim😊
Forwarded from Sobitjon Eshtemirov she‘rlari (Sobitjon Eshtemirov)
Sengamas.
Shoqolsan sherlarga tinglab o‘zingni,
Sengamas dengizdek toshib ko‘pirmoq.
Buncha yashirasan asl yuzingni,
Karoche sengamas meni gapirmoq.
Kimni kim ekanin yiqilib nogoh,
Tanib olib bo‘ldim baridan ogoh.
G‘iybatimni qilib orttirma gunoh,
Karoche sengamas meni gapirmoq.
Aylanib tuxtamas dunyoning charxi.
Ming qilsada chayon dumida zaxri.
Pul bilan o‘lchanmas yo‘q inson narxi,
Karochi sengamas meni gapirmoq.
Senga quyganim bor bilsang tupirib.
Buncha lof to‘qiysan gapni o‘pirib.
Tolmading gapirib og‘zing kupirib,
Karochi sengamas meni gapirmoq.
It hurar karvon ham o‘tadi bilsang.
Qaytar dunyo seni kutadi bilsang.
Menga qiziq emas nima ish qilsang,
Karochi sengamas meni gapirmoq.
Mevali daraxtga tosh otar ekan.
Jahling chiqar goho bosh qotar ekan.
G‘iybatchi ishi shu gap sotar ekan,
Karochi sengamas meni gapirmoq.
✍ Sobitjon Eshtemirov. 11.08.2025
Shoqolsan sherlarga tinglab o‘zingni,
Sengamas dengizdek toshib ko‘pirmoq.
Buncha yashirasan asl yuzingni,
Karoche sengamas meni gapirmoq.
Kimni kim ekanin yiqilib nogoh,
Tanib olib bo‘ldim baridan ogoh.
G‘iybatimni qilib orttirma gunoh,
Karoche sengamas meni gapirmoq.
Aylanib tuxtamas dunyoning charxi.
Ming qilsada chayon dumida zaxri.
Pul bilan o‘lchanmas yo‘q inson narxi,
Karochi sengamas meni gapirmoq.
Senga quyganim bor bilsang tupirib.
Buncha lof to‘qiysan gapni o‘pirib.
Tolmading gapirib og‘zing kupirib,
Karochi sengamas meni gapirmoq.
It hurar karvon ham o‘tadi bilsang.
Qaytar dunyo seni kutadi bilsang.
Menga qiziq emas nima ish qilsang,
Karochi sengamas meni gapirmoq.
Mevali daraxtga tosh otar ekan.
Jahling chiqar goho bosh qotar ekan.
G‘iybatchi ishi shu gap sotar ekan,
Karochi sengamas meni gapirmoq.
✍ Sobitjon Eshtemirov. 11.08.2025
Forwarded from Sobitjon Eshtemirov she‘rlari (Sobitjon Eshtemirov)
To‘kilib qolibsan erkak.
Bor ekan hayotning tarozi toshi,
Yoshlik qolib ketdi bir guzal ertak.
Endi sen otasan ruzg‘orning boshi,
To‘kilib qolibsan charchabsan erkak.
Ro‘zg‘or g‘orlaringni tuldiray deya.
Bola chaqang baxtdan kuldiray deya.
Uy joy hovli qilay qurdiray deya,
To‘kilib qolibsan charchabsan erkak.
Qirqqa yetmay hali qolisan chukib.
Hech isyon qilmaysan ko‘zyoshing tukib.
Hayot tashvishlari tashlabdi bukib,
To‘kilib qolibsan charchabsan erkak.
Qachon sen ham bir zum o‘ylaysan o‘zing.
Chiroyli kiyin bir chirt yumib ko‘zing.
Iching yig‘lasada jim kulib yuzing,
To‘kilib qolibsan charchabsan erkak.
O‘zinga qara bir qorningni ketkaz.
Hech bo‘lsa bir kuning dam olib o‘tkaz.
Bu so‘zlarim barcha erkakka yetkaz,
To‘kilib qolibsan charchabsan erkak.
Uy joy-u pul kerak, oila ham kerak.
Oyda o‘zing uchun bir kun dam kerak.
O‘zingni yo‘qotsang sen kimga kerak,
To‘kilib qolibsan charchabsan erkak.
O‘lsang tugar tashvish bilib quy buni.
Yaxshi yashash kurash har kuni.
Sen hali tiriksan unutma shuni,
To‘kilib qolibsan charchabsan erkak.
Tiriksan kurashga mahkumsan bilsang.
Hayot kulib boqar sen unga kulsang.
O‘zingni yo‘qotma nima ham qilsang,
To‘kilib qolibsan charchabsan erkak.
(O‘zingni yo‘qotsang sen kimga kerak,
To‘kilib qolibsan charchabsan erkak. )
✍ Sobitjon Eshtemirov. 11.08.2025.
Bor ekan hayotning tarozi toshi,
Yoshlik qolib ketdi bir guzal ertak.
Endi sen otasan ruzg‘orning boshi,
To‘kilib qolibsan charchabsan erkak.
Ro‘zg‘or g‘orlaringni tuldiray deya.
Bola chaqang baxtdan kuldiray deya.
Uy joy hovli qilay qurdiray deya,
To‘kilib qolibsan charchabsan erkak.
Qirqqa yetmay hali qolisan chukib.
Hech isyon qilmaysan ko‘zyoshing tukib.
Hayot tashvishlari tashlabdi bukib,
To‘kilib qolibsan charchabsan erkak.
Qachon sen ham bir zum o‘ylaysan o‘zing.
Chiroyli kiyin bir chirt yumib ko‘zing.
Iching yig‘lasada jim kulib yuzing,
To‘kilib qolibsan charchabsan erkak.
O‘zinga qara bir qorningni ketkaz.
Hech bo‘lsa bir kuning dam olib o‘tkaz.
Bu so‘zlarim barcha erkakka yetkaz,
To‘kilib qolibsan charchabsan erkak.
Uy joy-u pul kerak, oila ham kerak.
Oyda o‘zing uchun bir kun dam kerak.
O‘zingni yo‘qotsang sen kimga kerak,
To‘kilib qolibsan charchabsan erkak.
O‘lsang tugar tashvish bilib quy buni.
Yaxshi yashash kurash har kuni.
Sen hali tiriksan unutma shuni,
To‘kilib qolibsan charchabsan erkak.
Tiriksan kurashga mahkumsan bilsang.
Hayot kulib boqar sen unga kulsang.
O‘zingni yo‘qotma nima ham qilsang,
To‘kilib qolibsan charchabsan erkak.
(O‘zingni yo‘qotsang sen kimga kerak,
To‘kilib qolibsan charchabsan erkak. )
✍ Sobitjon Eshtemirov. 11.08.2025.
Audio
Ona maktubi
MubinaTursunbaevna 🎙
Sobitjon Eshtemirov ✍️
Forwarded from Sobitjon Eshtemirov she‘rlari (Sobitjon Eshtemirov)
Onajonim yaxshiyam borsiz.
Yaxshi yomon ko‘p erur orsiz.
Tog‘lar boshi bo‘lmagay qorsiz.
Mening baxtim o‘ylagan bitta,
Onajonim yaxshiyam borsiz.
Zafar quchsam kukka buylagan.
Maqtab meni rosa suylagan.
O‘zidan ko‘p meni o‘ylagan.
Onajonim yaxshiyam borsiz.
Dushman to‘ksa ko‘zda yoshimni.
Zahar qilsa yegan oshimni.
Yig‘lama deb silab boshimni.
Onajonim yaxshiyam borsiz.
Kerak edim ishim yurganda.
Davronimda davron surganda.
Hamma mendan yuzin burganda.
Onajonim yaxshiyam borsiz.
Dunyodagi eng guzal oylik.
Kulgulari samimiy soylik.
Alloh bergan eng yaxshi boylik.
Onajonim yaxshiyam borsiz.
Safar ketsam yo‘limni kutgan.
Sog‘inchlarin ichiga yutgan.
Og‘ir damda qo‘limdan tutgan.
Onajonim yaxshiyam borsiz.
Bolajonim eh bolam degan.
Senikidir keng olam degan.
O‘zi qolib g‘amimni yegan.
Onajonim yaxshiyam borsiz.
G‘ala-g‘ovur savdolar ichra.
Ham rosti-yu ro‘yolar ichra.
Bu yolg‘onchi dunyolar ichra.
Onajonim yaxshiyam borsiz.
Yaxshi yomon ko‘p erur orsiz.
Tog‘lar boshi bo‘lmagay qorsiz.
Mening baxtim o‘ylagan bitta,
Onajonim yaxshiyam borsiz.
✍ Sobitjon Eshtemirov. 11.03.2023.
Yaxshi yomon ko‘p erur orsiz.
Tog‘lar boshi bo‘lmagay qorsiz.
Mening baxtim o‘ylagan bitta,
Onajonim yaxshiyam borsiz.
Zafar quchsam kukka buylagan.
Maqtab meni rosa suylagan.
O‘zidan ko‘p meni o‘ylagan.
Onajonim yaxshiyam borsiz.
Dushman to‘ksa ko‘zda yoshimni.
Zahar qilsa yegan oshimni.
Yig‘lama deb silab boshimni.
Onajonim yaxshiyam borsiz.
Kerak edim ishim yurganda.
Davronimda davron surganda.
Hamma mendan yuzin burganda.
Onajonim yaxshiyam borsiz.
Dunyodagi eng guzal oylik.
Kulgulari samimiy soylik.
Alloh bergan eng yaxshi boylik.
Onajonim yaxshiyam borsiz.
Safar ketsam yo‘limni kutgan.
Sog‘inchlarin ichiga yutgan.
Og‘ir damda qo‘limdan tutgan.
Onajonim yaxshiyam borsiz.
Bolajonim eh bolam degan.
Senikidir keng olam degan.
O‘zi qolib g‘amimni yegan.
Onajonim yaxshiyam borsiz.
G‘ala-g‘ovur savdolar ichra.
Ham rosti-yu ro‘yolar ichra.
Bu yolg‘onchi dunyolar ichra.
Onajonim yaxshiyam borsiz.
Yaxshi yomon ko‘p erur orsiz.
Tog‘lar boshi bo‘lmagay qorsiz.
Mening baxtim o‘ylagan bitta,
Onajonim yaxshiyam borsiz.
✍ Sobitjon Eshtemirov. 11.03.2023.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
✍ Sobitjon Eshtemirov.
🎤 Sardorbek Khalmatov.
🎤 Sardorbek Khalmatov.
Forwarded from Sobitjon Eshtemirov she‘rlari (Sobitjon Eshtemirov)
Xotiralar o‘zi yetadi.
Ne uchun, nimaga, demasman nega?
Kunglim siniqlari bir kun bitadi.
E'tirozim yo‘q ishonsang senga,
Menga xotiralar o‘zi yetadi.
Unutolmay meni ko‘p bor eslaysan.
Bilaman bir xilmiz menga o‘xshaysan.
Bilsang yuragimda mangu yashaysan,
Menga xotiralar o‘zi yetadi.
O‘zga yor yonida kulib tursangda.
Foyda yo‘q sen meni yaxshi ko‘rsangda.
Senga baxt tilayman qayda bo‘lsangda,
Menga xotiralar o‘zi yetadi.
Xotirang yurakdan olgandir o‘rin.
Unitib bo‘lmaydi aslo hech birin.
Ham azob, hijronli, yoqimli, shirin,
Menga xotiralar o‘zi yetadi.
Balki o‘zgasiga kunikarsan sen.
Kun bo‘lib yo‘llarin yoritarsan sen.
Meni qanday qilib unutarsan sen,
Menga xotiralar o‘zi yetadi.
Ismingni quymasman bilsang so‘zimdan.
Bir zumga surating ketmas ko‘zimdan.
Qanday voz kechaman o‘zim o‘zimdan,
Menga xotiralar o‘zi yetadi.
✍ Sobitjon Eshtemirov. 05.09.2024.
Ne uchun, nimaga, demasman nega?
Kunglim siniqlari bir kun bitadi.
E'tirozim yo‘q ishonsang senga,
Menga xotiralar o‘zi yetadi.
Unutolmay meni ko‘p bor eslaysan.
Bilaman bir xilmiz menga o‘xshaysan.
Bilsang yuragimda mangu yashaysan,
Menga xotiralar o‘zi yetadi.
O‘zga yor yonida kulib tursangda.
Foyda yo‘q sen meni yaxshi ko‘rsangda.
Senga baxt tilayman qayda bo‘lsangda,
Menga xotiralar o‘zi yetadi.
Xotirang yurakdan olgandir o‘rin.
Unitib bo‘lmaydi aslo hech birin.
Ham azob, hijronli, yoqimli, shirin,
Menga xotiralar o‘zi yetadi.
Balki o‘zgasiga kunikarsan sen.
Kun bo‘lib yo‘llarin yoritarsan sen.
Meni qanday qilib unutarsan sen,
Menga xotiralar o‘zi yetadi.
Ismingni quymasman bilsang so‘zimdan.
Bir zumga surating ketmas ko‘zimdan.
Qanday voz kechaman o‘zim o‘zimdan,
Menga xotiralar o‘zi yetadi.
✍ Sobitjon Eshtemirov. 05.09.2024.