Biz biror rejasiz yo'lga chiqqandik. Yo'lda 2 kishini uchratib qoldik. Er-xotin hiking'ga chiqishgan ekan. Yoshlarini so'rasam 60 da deyishdi.
Eng qizig'i biz hansirab qolayozdik. Bu otaxon bilan onaxon esa Shaka' ismli iti bilan yuqorilab ketar edi.
Yoshliklaridan shunday hiking' qilib yurishar ekan. Afrikaning Kilimanjaro(5 ming 895 metr)ga ham chiqishgan ekan.
Ularga ergashib yo'lda davom etdik.
O'rmonga kirishda xarita borekan. Har bir yo'l ranglar bilan ajratilgan ekan va bu ranglar yo'l-yo'lakay daraxtlarga chizib ketilgan ekan to'g'ri ketilayabdimi yoki yo'q degandek.
Hullas shunaqa gaplar.
Sayohatga chiqqan odam shuyerlik odamlar bilan o'zaro gaplashib maza qilar ekan, undan tashqari dunyo qarashi ham shunchaki uyerda yashab ketish bilan o'zib qolmas ekan.
Ha aytgancha Shaka' juda ham mehribon, vafoli ekan. Otaxon yo'lda sal orqada qolgan edilar it shunday to'xtab oldi. Huddiki kutib turaylik. Qani u? Nimaga orqada qoldi? degandek ko'zlari.
@SirojiddinIsmoil

❤3👍1🔥1
Birinchi topgan pulim
Karantindan avval maktabda o'qib yurgan paytlarimda tog'amni o'g'li bilan bir uyga qora ish qilgani borganmiz, uyalmaganman(uyimizda sharoit yaxshi edi, hamma narsamiz yetarli edi, lekin men o'zim pul topib ko'rmoqchi bo'lganman) uyerda g'isht quyganmiz. Birinchi loy qorib ma'lum muddat turgandan keyin bir chetgan qoliplarga solib ag'darib kelar edik bir tekisda. Qiyin edi.
Men o'shanda o'z mehnatim bilan umuman begona joydan pul ishlaganman. Bundan avvalgisi yo'q yoki eslolmayman. Shunda adashmasam 30 ming so'm atrofida edi. Bu men uchun katta pul, sababi men maktabga 1 haftaga 5 ming so'm pul olib ketar edim(2013-2014-yillarda shunaqa edi). Shunda ishni tugatib uyga kelib dadamlarni oldilariga bordim. Shu pulni cho'ntakdan olib dadam qo'llariga berganman. Keyin qo'llariga olib bu pulni men oldim mana, endi senga beraman, ehtiyot qilib yaxshilikka ishlatgin deb qaytib bergandilar.
Soham(dasturchilik) bo'yicha birinchi topgan pulim
2022-yil Toshkentda bir IT kompaniyaga amaliyotchi bo'lib ishga kirdim. 3 oylik tekin amaliyotgan keyin 3-oktyabrdan rasmiy ishchi bo'lib ishga kirdim. O'shanda oyligim 4 mln so'm edi. Shu oktyabr oyligimni olib uyga qaytdim. Dollarda edi, 100 dollarini 50/50 qilib dadam va onamga bergandim. Oz bo'lsa ham ko'p ornida ko'rasiz, sohamda topgan birinchi pulim deb. Rosa duo qilishgan edi, o'zim ham juda hursand bo'lganman.
Alhamdulillah hozir hammasi yana ham yaxshi. O'zim chetelda o'qishda bo'lsam ham ishdan chiqarib yuborishmadi, ishlab turibman.
Hamma narsaning birinchisi esda qolarli bo'ladi, yaxshisi bo'lsa ham yomoni bo'lsa ham. Jarayondan zavqlanish kerak!
SIZ BIRINCHI PULINGIZNI QACHON VA QANDAY TOPGANSIZ?

👍4⚡1
XAZNA TOP!
Xazna eng kerakli ishlardan biriga qo'l uribdi yoki urgan ekan(avvaldan bor yoki endi paydo bo'libdi)
Telefon nomerga SMS kelmaydigan holatlarda ishlatish uchun pul o'tkazishdagi tasdiqlash kodini emailga ham jo'natsa bo'lar ekan.
Hozir foydalanib ko'rdim.
Sinab ko'ringlar.
Ilovaga kirish->"Ko'proq"->"Sozlamalar"->"Xavfsizlik"->"Elektron pochtadan foydalaning"
Endi men har doim do'stimga SMS ni aytvor deb so'ramaydigan bo'ldim.
Nomerimni do'stimga tashab kelgan edim, SMS kelsa aytib turasan deb.

👍4❤2
Jamshidxon akaning Shveytsariya haqida olgan vodeosini hozirgina ko'rib tugatdim.
Kelsang, sayohatni manashunday joyga qilsangda.
https://youtu.be/gzemKWG0jpg?si=860Gyrwg0iRSbGZ9

YouTube
Dunyodagi Eng Ideal Davlat — Shveytsariya | Jamshidxon Ziyoxonov
Ushbu video quyidagi do‘stlarimizsiz imkonsiz bo‘lar edi:
✈️ Aviasales.uz 👉 https://www.aviasales.uz
🏢 Proweb 👉 https://proweb.uz/uz/it-test?utm_source=subyektiv&utm_medium=cpm&utm_campaign=youtube
📲 Oson ESim 👉 https://cutt.ly/kr47MHOZ
🔥 UPG – Upgrade qilish…

❤4👍3
Financial literacy.
Mening fikrimda, ko‘p voyaga yetgan o‘zbeklarning moliyaviy bilimi juda achinarli ahvolda. Moliyaviy bilimdonlik (inglizchasiga financial literacy) bu pulni to‘g‘ri taqsimlash, xarajatlarni to‘g‘ri rejalashtirish va aqlli sarmoyalar qilish. Bu borada ularni ayblamasa ham bo‘ladi. Universitetlar bu mavzuda og‘iz ochmaydi, maktablarni gapirmasa ham bo‘ladi. Bu nafaqat O‘zbekiston ta’lim tizimida, balki butun dunyoda kuzatiladigan holat.
Ota-onangiz yetarlicha moliyaviy bilim bermagan bo‘lsa, oddiy o‘zbekning yiqilib turtinib qiyin yo‘lda shu bilimlarni olishdan boshqa yo‘li yo‘q. Shu postni o‘qiyotgan bo‘lsangiz, keling hech bo‘lmasa quyidagi o‘zim o‘rgangan fundamental moliyaviy maslahatlarni berib ketay:
— Don’t use the money you don’t have. Qarz olishdan oldin 10 marta o‘ylang. Kimdan/qayerdan bo‘lishidan qat’i nazar. Men uchun qarz olish kelajakni sotish bilan bir xil. Axir qarzni kelajakdagi mehnatingiz bilan to‘laysiz. Bu esa sizning kelajagingizni va potensialingizni cheklaydi.
— Lose your ego when it comes to money. Meni pulim yo‘q deyishdan uyalmang. Yoshingiz 15-20 orasida bo‘lsa katta ehtimol bilan sizda pul yo‘q va bu tabiiy holat. Atrofingizdagi va ijtimoiy tarmoqlardagi bosimlarga taslim bo‘lmang. Agar do‘stlaringiz siz bilan perashka yegani uyalsa, ular sizning do‘stlaringiz emas.
— Saving your future. Hozir tushunib yetmasingiz mumkin lekin pul topishdan ko‘ra uni saqlab qolish qiyinroq. Har safar 10 ming so‘m chekkaga olib qo‘yganingizda siz moliyaviy mustaqillikka bir qadam yaqinlashasiz. Har safar biror xarajat qilish kerak bo‘lsa, 3 marta o‘ylab ko‘ring, shu narsa sizga rostdan ham kerakmi.
Bu bilimlar boshlanishi — aysbergning ustidan parcha. Chuqurroq moliyaviy bilimlar olmoqchi bo‘lsangiz quyidagi kitoblarni maslahat beraman:
1. The Simple Path to Wealth
2. The Psychology of Money
3. Your Money Or Your Life
4. Rich Dad, Poor Dad
5. The Richest Man in Babylon
Manba: @vovopapcom

💯11🔥3⚡2👏1
Asosiy imkoniyatlar:
Tabni o‘ng tugma bilan bosib
New split view with current tab ni tanlanadi yoki tabni oynaning chap/o‘ng chetiga sudrab qo‘yiladi.Bo‘sh tomonda boshqa tabni tanlanadi yoki yangi URL kiritiladi.
O‘rtadagi chiziqni surib, ikkala oynaning hajmini o‘zgartiriladi.
O‘ng tugma → “Exit split view”.
@SirojiddinIsmoil
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥6
Shu yilning 5-7—dekabr sanalarida o'tkazilayotgan Yandex Cup xalqaro dasturchilar chempionatining finalida Frontend va Backend yo'nalishlarida chempionlikni qo'lga kiritgan Akobir Abduganiev(Backend) va Nazarbek Baltabaev(Frontend)larni chin dildan tabriklayman.
In Shaa Alloh har yili bunday chempionliklar barchaga nasib qilsin.
Rostan havasim kelgani uchun buyerga ham yozgim keldi:)
P.s. Faqat shaxmatda yoki boksda emas shunaqa dasturchilar chempionatida ham natijalar qilamiz😅

1🎉3🏆1
Bu haqida o'zim jarimaga tushgan paytim yozaman dedim keyin fikrimdan qaytgandim.
Lekin bugun o'zimda va men gaplashgan odamlardagi vaziyat haqida yozmoqchiman.
Biz 11-dekabr kuni bir manzilga borish uchun Parijda metroga chiqishga qaror qildik. 3 kishi Apple Pay orqali €1,25ga 1 martalik chipta oldik(chiptaga reduced(kamaytirilgan)) deb yozilgan edi. Biz buni talabalar uchun chegirmali narx deb o'yladik. Metroda manashu chipta bilan kirib oldik va 3 ta bekatdan so'ng biz poyezd almashtirishga o'tayotgan paytimizda metro xizmatchilari har bir odamni chiptasini tekshirayotgan ekan. Biznikini tekshirdida buyerga yur sen to'g'ri chipta olmagansan bu uchun €50 to'laysan deb turib oldi. Hech qanday gapni tushunmadi. Biz buni bilmaganmiz, buyerda biz 1-marta bo'lib turibmiz deyishimizga qaramasdan, bu seni muammoying to'lashing shart dedi.
Hullas to'ladik jami €150(deyarli 2 mln 100 ming so'm).
4-sherigimizni omadi kelgani unda apple pay yo'q bo'lgani uchun kioskdan €2,5 to'lab olgan edi va u jarima to'lamadi 😂
Shunaqa qilib jarimani to'lab kelgan joyimizga qaytdik.
Men o'qishga qaytganimdan kegin Ispaniyalik, Ukrainalik, Turkiyalik sheriklarda ham har xil shaharlarda har xil jarimalarga tushganlarini aytishdi. Birida huddi bizdek noto'g'ri chipta sotib olgan, birida muddati o'tgan chipta bilan avtobusga chiqqan birida esa olgan chiptasini aktiv qilmagan.
Bizning shaharda ya'ni Koshitsa(Kosice) shahrida chiptasiz yoki muddati o'tgan chipta bilan jamoat transportida yursangiz agar tekshirib qolsa €60 jarima to'lashi kerak bo'ladi agar siz 96 soat ichida to'lasangiz undan o'tib ketsa €80 ga aylanadi.
So'mda tushintirsam 7 ming 600 so'mlik chiptani olmaganingiz uchun kamida deyarli 850 ming so'm jarima to'laysiz.
Bu voqealardan keyin biz har bir boradigan shaharimizdagi jamoat transportidan foydalanishda ehtiyotkor bo'lishni o'rgandim. Bu ham bir tajriba bo'ldi(€50 lik tajriba😂)
Shu payt Toshkentdagi jarimalar esga tushib ketdi. Toshkentda jarimalar juda ham arzon ayniqsa avtobusdan tushayotganda pul to'lamasa juda ham kam jarima to'laydi(oxirgi eslaganim 33 ming so'm atrofida eda).
Shuning uchun maslahatim har qanday shaharga borishdan avval shunaqa nozik joylariga ahamiyat berib qo'ying.
@SirojiddinIsmoil
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💯7❤3🕊1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yevropada meni hayron qoldirgan yana bir narsa bu har qayerda qaytim pulini muammosiz berilishi.
O'zbekistonda juda ko'p duch kelamiz. "Zdachi yo'q", "mayda pulimiz qolmagan edi" kabi gaplar qulog'imizga chalingan bo'lishi mumkin.
Buni men yevropaning bir nechta davlatida ko'rdim. Ommaviy transportlarga chipta harid qilishda, savdo shahobchalaridan mahsulot sotib olganda qaytib uchun albatta bo'ladi va avtomatik ishlaydi.
Yuqoridagi videoda ko'rsatilganidek sotuvchi narxni oldidagi qurilmaga yozdi. Men g'azna oldiga borib pul kiritdim va ortiqcha pulni shu onda tushirib berdi(tanga).
Balki bizda pul qadrsizlanishi koeffitsienti yuqoridagiligidadir.

⚡1👍1🤩1
O'zbekistondagi ko'pchilik yoshlar taniydigan Bek Olimjon aka bilan bugun Ispaniyaning Alicante shahrida ko'rishib qoldik.
To'g'risi kutmagan edim.
Distiplina joy, vaqt tanlamaydi. Bek aka ham yugurishga chiqqan ekanlar.
P.s. shunday vaziyatlar uchun har ehtimolga qarshi savolingiz yoki so'raydigan narsalaringiz bo'lsa doimo tayyor turish kerak ekan. Masalan men salom alikdan boshqa gap gaplasha olmadim.
Batafsil ijtimoiy tarmoq linklarini qoldiraman.
Telegram: https://t.me/DrBekOlimjon
Inglizcha postlar uchun Substack: https://substack.com/@bekolimjon
Rasmga tushishga yo'q demaganingiz uchun rahmat.

🔥1
Boshlash uchun eng ideal vaqt hozir, demak biz aynan yangi yilni kutishimiz ham kerak emas ekan. Shunday bo'lsa ham inson o'zini o'tgan 12 oy uchun sarhisob qiladigan kuni bu 31-dekabr, albatta.
Hammaga kirib kelayotgan yangi yil muborak bo'lsin.
Inson chin dildan niyat qilib Allohdan so'rasa albatta nasib etadi. Bu yo'lda sendan harakat ham kerak bo'ladi.
Men ich ichimdan hohlagan orzuimga bu yil erishdim. Juda Slovakiyada grant yutdim, ko'plab davlatlarga sayohat qildim, boshqa millat, boshqa din vakillari bilan gaplashdim. Juda ko'p tajribalar, do'stlar, ustozlar orttirdim. Buning ortida anchagina sabr, mehnat va eng avvalo ota-onamning duolari turibdi. 2024-yilda ham bir orzuim amalga oshgan edi. Birinchi marta Turkiyaga borgan edim. Bu hisni hech nima bilan tasvirlab berib bo'lmas edi. Ishonolmayotgan edim.
Hammasi uchun Alhamdulillah. Yetkazganiga shukr.
Oldinda butun boshli 12 oy turibdi. Alloh yaxshi niyatlarimiz, maqsadlarimizga yetkazsin, In Shaa Alloh.
🇮🇹 Milan, Italy
31.12.2025

1🔥4