Shohruxbek Notes
55 subscribers
51 photos
9 videos
6 files
19 links
Hech kimga adovatm yo'q 😊

Oʻsish vaqtida fikrlar oʻzgarishi mumkin. Vaqt va sanaga eʼtibor bering
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Offline yashashni ko'paytiring!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yugurish haqida ko'p gapirishadi — lekin odatda noto'g'ri narsalar haqida gapirishadi. Kaloriya, metabolizm, endorfin. Bularning hammasi to'g'ri, bularning hammasi haqiqiy, lekin bular yugurishning eng sayoz qatlami. Haqiqiy narsa ancha chuqurroqda.

Birinchi marta chiqqaningda miya darhol qarshilik ko'rsatadi. Bu hissiyot emas — bu sof biologiya. Amigdala xavf signali yuboradi, prefrontal korteks esa uni mantiqiy oqlashga urinadi: "Bugun charchoq bor, ertaga yaxshiroq bo'ladi, bir kun o'tkazib yuborsang ham hech narsa bo'lmaydi." Va bu ovoz juda ishonchli eshitiladi — chunki u ichkaridan keladi, chunki u sening tilida gapiradi.

Ko'pchilik aynan shu nuqtada to'xtaydi. Va to'xtash o'sha daqiqada noto'g'ri ko'rinmaydi — aksincha, aqlli qaror kabi tuyuladi. Lekin shu "aqlli qaror" kundan kunga takrorlanadi, va bir kuni qaraysan — yillar o'tib ketibdi, lekin sen hali ham o'sha birinchi qadamni qo'ymagan bo'lasan.

Jordan Peterson "12 Rules for Life" kitobida shunday yozadi: agar siz dunyoni o'zgartirishni, insoniyatga foydangiz tegishini xohlasangiz — buni avval yashab turgan xonamizni tozalashdan boshlang. Bu fikr dastlab juda oddiy ko'rinadi. Lekin mag'zini chaqsang, ichida katta haqiqat bor: tartib tashqaridan emas, ichkaridan boshlanadi. Yugurish ham aynan shu — miyaga kundan kunga yangi ma'lumot yoziladi: "Men qiyinlashganda ham davom eta olaman." Bu ma'lumot faqat sport bilan qolmaydi, u hayotning har bir soatida ishlaydi.

Bek Olimjon bir maqolasida yozgan edi: "Bir ishni amalga oshirib bo'lmaydi degan odam, o'sha ishni qilayotgan odamga xalaqit bermasligi kerak." Yugurishni boshlaganingda ham xuddi shunday bo'ladi — ichingdagi ovoz to'sqinlik qiladi, bahona to'qiydi, ertagaga suradi. O'sha ovozga quloq solmaslik — bu irodaning birinchi mashqi.

Lekin meni eng ko'p hayron qoldirgan narsa yugurish paytidagi sukunat. Telefon yo'q, bildirishnomalar yo'q, "bir daqiqa" yo'q. Faqat yo'l, oyoq va nafas. Aynan shu bo'shliqda — kun davomida hech qachon eshitilmaydigan narsalar eshitiladi. O'z fikrlaring — tuzatilmagan, boshqalarga ko'rsatish uchun tayyorlanmagan, shunchaki sen.

Bugungi dunyo bu bo'shliqdan qo'rqadi. Har bir jimlik darhol to'ldiriladi — musiqa, podcast, scroll. Chunki jimlikda o'zingni ko'rasan, va ko'pincha u yerda yoqmaydigan narsalar bor. Lekin ko'rmaslik ularni yo'q qilmaydi, faqat yashiradi. Yugurish — bu majburiy ko'zgu. Qochib bo'lmaydi.

Bir kuni — aniq qachon bo'lganini bilmayman — yugurish og'riq bo'lib qolmadi. Ya'ni og'riq yo'qolmadi, lekin u endi to'siq emas, balki yo'lga aylandi. Nafas qiyinlashsa, bilaman: to'g'ri yo'ldaman. Oyoq og'risa, bilaman: yana biroz bor. Bu sezgi hayotda ham paydo bo'ladi — qiyin narsalar signalga aylanadi, qo'rquvga emas.

Warren Buffet "Rejali ahmoq odam rejasi yo'q dono odamni yenga oladi" degan. Yugurishga chiqqanda ham reja bor: har kuni, bir xil vaqt, bir xil yo'l. Oddiy reja. Lekin bu oddiy reja miyaga tartib o'rgatadi — va tartib o'rgangan miya katta va murakkab narsalarni ham tizimga solib chiqadi.

Ingliz tilini o'rganish uchun 900–1100 soat kerak ekan. Yugurish odatiga o'rganish uchun esa shunchalar kerak emas — faqat ertaga emas, bugun chiqish kerak. Va ertaga yana. Tinchlik yugurmasdan topilmaydi — u yugurganingda, ichida, o'sha og'riqning narigi tomonida paydo bo'ladi.
@Shohrux_Notes
🔥3💯2❤‍🔥1
Rizqimiz yozilgan — har qanday holatda ham o‘zimizga bitilganidan ortig‘iga ham, kamiga ham ega bo‘la olmaymiz. Ammo uning barakasi — bizning tanlovimizga bog‘liq. Halol yo‘l, shukr va duo rizqni yanada fayzli qiladi.

Shunday ekan, nega shoshilamiz?
Har bir qarorni fikr yuritib qiling.
Axir hali tirik ekansiz — demak, rizqingiz bor.

@Shohrux_Notes
Jamoada mendan tashqari yana 2 ta rasmiy xodim bor, ikkalasi ham uylangan. Oxirgi payt kuzatib qarasam, ularning hayoti ancha muvozanatli ko‘rinadi: uyqu rejimi joyida, kun tartibi stabil, ish va shaxsiy hayot orasida balans bor. Menda esa hozircha buning aksi — uyqu rejimi ham ideal emas, kunlar ba’zan tartibsiz ketadi, miyani to‘liq “offline” qilish qiyin.

Shu holatni biroz analiz qilib ko‘rdim. Menimcha, farq ko‘proq yosh yoki xarakterda emas, hayot tizimida.

Uylangan odamning hayotida tabiiy ravishda struktura paydo bo‘ladi. Chunki uning qarorlari faqat o‘ziga bog‘liq bo‘lmaydi. Uy, oila, mas’uliyat insonni asta-sekin rejimga majbur qiladi:

- vaqtida uxlash,
- vaqtida turish,
- kunni oldindan rejalash,
- energiyani tejab ishlatish.

Natijada hayot tashqaridan ancha balansli ko‘rinadi.

Menda esa hozir erkinlik ko‘proq. Ish, yugurish, o‘z ustimda ishlash, maqsadlar — hammasi parallel ketmoqda. Bunday davrda odamning ichki energiyasi yuqori bo‘ladi, lekin tizim hali to‘liq shakllanmagan bo‘ladi. Ayniqsa digital yo‘nalishdagi ishlarda miya doim aktiv yuradi. Tana charchasa ham bosh ishlashda davom etadi.

Yana bir narsani tushundim: tartib ko‘p hollarda motivatsiyadan emas, majburiyatdan paydo bo‘lar ekan. Inson yolg‘iz yashaganda ko‘p narsani kayfiyat bilan boshqaradi. Mas’uliyat oshgani sari esa tizim shakllanadi.

Lekin bu gaplar “uylanish kerak ekan” degan xulosa emas. Har bir davrning o‘ziga yarasha kuchli tomoni bor. Hozirgi bosqichda menga aynan erkinlik kerak deb o‘ylayman:

- ko‘proq harakat qilish,
- o‘zimni izlash,
- tajriba qilish,
- yiqilib ko‘rish,
- o‘sish.

Chunki hozirgi erkin davr keyingi stabil hayot uchun fundament ham bo‘lishi mumkin.

Shunchaki bitta narsani tushundim: uzoq muddatda insonni motivatsiya emas, tizim ushlab turadi. Men esa hozir asta-sekin o‘zimning sistemamni qurish jarayonidaman.


P.S. O‘zimni ko‘p ayblardim: “Nega menda hammasi boshqalarnikidek tartibli emas?” deb. Keyin tushundim — hamma gap ayni qaysi hayot bosqichida ekanligimizda ekan. Hozirgi holatim men tanlagan erkinlikka mos. Demak, o‘zimni sindirish emas, shu davrni to‘g‘ri yashab, maza qilib harakat qilish kerak. Natija esa vaqt bilan keladi.
👍3🤔1
Rostini aytsam, cho‘chiyapman. Hali 21 km yugurmaganman, ustiga-ustak yangi hudud, yangi atmosfera. Lekin qochib emas, yengib o‘tib o‘siladi. Mayli, bir amallaymiz. O‘ldirmagan narsa — kuchli qiladi.


@Shohrux_Notes
🔥2❤‍🔥1
Shohruxbek Notes
Rostini aytsam, cho‘chiyapman. Hali 21 km yugurmaganman, ustiga-ustak yangi hudud, yangi atmosfera. Lekin qochib emas, yengib o‘tib o‘siladi. Mayli, bir amallaymiz. O‘ldirmagan narsa — kuchli qiladi. @Shohrux_Notes
Inshaalloh zaminga ultraga tayyormiz😁.

Chegaralar faqat miyyada. Odam qildimi qilsa boʻladi.
Birinchi marta 28km oʻzim uchun yahshi natija.

Oramizda yuguruvchilar boʻlsa strava linki : https://strava.app.link/RNu7DMOsk3b
🔥1
Farzandingning 8–13 yoshdagi davrini boy bersang, ertaga yoningda farzanding emas, xonadoshing qoladi. Bu oyna hozir ochiq.


Bu davrda farzand bilan yetarlicha vaqt o'tkazilmasa, keyinchalik o'smirlik davrida (14–18 yosh) u ota-onadan ko'ra do'stlari, internet yoki boshqa ta'sirlarga ko'proq suyanishi mumkin, keyin u bilan do'st bo'lish ko'proq vaqt, sabr va mehnat talab qilinadi.

S: High Agency | Bek Olimjon
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bu safar bo'lmasa keyingi safar..
👍1
Men paradoksman.

Tashqaridan qarasang — oddiy odam. Ichimga kirsang — shovqin.

Menda doim ikkita odam yashaydi. Bittasi hammasini buzib tashlab, yo‘qolib ketishni xohlaydi. Ikkinchisi esa imperiya qurmoqchi. Eng qizig‘i — ikkalasi ham men.

Men tinch hayot uchun yaralmagandekman. Comfort zone meni sekin o‘ldiradi. Bosim, risk, katta maqsad — g‘alati bo‘lsa ham, meni tirik his qildiradigan narsalar shu.

Meni ko‘pchilik tushunmaydi. Chunki men ko‘pincha aytganimdan ko‘ra ko‘prog‘ini o‘ylayman, ko‘rsatganimdan ko‘ra ko‘prog‘ini his qilaman.

Ba’zida hammadan uzoqlashaman. Yo odamlarni yoqtirmaganimdan emas — shunchaki ichimdagi ovozlar tashqaridagi shovqindan balandroq bo‘ladi.

Menda g‘alati ochlik bor. Bu pulga ham, obro‘ga ham, natijaga ham bog‘liq emas. Bu — hozirgi mendan kattaroq narsaga aylanish istagi.

Ichimda doim bir hissiyot bor — go‘yo men hali boshlamagandekman. Hali ko‘rganlarim — prolog, xolos.
🙉2
Tinglashni o‘rganing.

Bu oddiydek ko‘rinadi, lekin ko‘pchilik uddalay olmaydi.

Sotuvda tinglashni bilsangiz — odamga mahsulot emas, yechim sotasiz.

Xarizmada tinglashni bilsangiz — odamlar siz bilan gaplashgisi keladi.

Muzokarada tinglashni bilsangiz — gapirilmagan narsani ham ushlaysiz.

Munosabatlarda tinglashni bilsangiz — tushunishni o‘rganasiz.

Ko‘pchilik javob berish uchun eshitadi.
Kamchilik esa tushunish uchun tinglaydi.
1👍1💯1
Oxirgi paytlar o'zimni comfort zonaga tushib qolganimni sezdim.

Balki daromadim avvalgidan ham kamroq bo'lar. Lekin hozir bu men uchun eng muhim narsa emas.

Muhimi — shaxs sifatida o'sish.

Xohlasam faqat PPC reklama bilan shug'ullanib, shu sohada 10/10 mutaxassis bo'lishim mumkin edi. Lekin bugun reklamani yaxshi bilishning o'zi yetarli emasligini tushundim.

Meeting o'tkazish, mijoz bilan muloqot qilish, to'g'ri savollar berish, biznesni tushunish, strategik fikrlash va networking (va boshqalar) ham xuddi reklamaning o'zi kabi menga muhim.

Shuning uchun men uchun o'z sohamda 10/10 bo'lib, qolgan ko'nikmalarda kuchsiz bo'lishdan ko'ra, o'z sohamda 8/10 bo'lib, unga yaqin ko'nikmalarda ham 8/10 bo'lish muhimroq.

Bugun esa shu qarorimning to'g'ri ekanini yana bir bor his qildim.

Yangi loyiha bo'yicha meeting o'tkazdim.

2,5 yillik tajribam bor. Lekin menga berilgan ba'zi savollarga javob bera olmadim. Ayrim vaziyatlarni esa umuman amaliyotda ko'rmagan ekanman.

Ochig'i, noqulay bo'ldi.

Lekin aynan shu noqulaylikni qidirayotgan edim.

Bugun bilmagan narsamni ertaga o'rganaman.

Har bir bilmagan savol — o'rganishim kerak bo'lgan mavzu.

Bir necha yildan keyin orqaga qarab, aynan bugungi qarorim meni eng ko'p o'stirgan qarorlardan biri bo'lganini ayta olishni xohlayman. Balki ayta olmasman, bunisini vaqt ko'rsatadi

P.S: 06.07.2026
🔥3
Abdurazzoq | Hiking
Funfact: Charxtov cho'qqisiga 2026-yili chiqqan birinchi hikerlar bizni jamoa bo'libdi.
Shu Hikingni ko'rib Aziz Aka Rahimov, Abdurazzoq aka, Shohrux aka va boshqalarni ko'rib bular bilan birga hiking qilgim kelgandi.

Yugurishga chiqqandim, tasodifni qarangki jamoadagi Abdulbosid aka bilan tanishib qoldim, 5 kmdan oshiqroq birga yugurdik. Maroqli suhbat bo'ldi.
Tinch ong, sog'lom tan va sevgiga to'la uy — bularni sotib olib bo'lmaydi. Ularni faqat qozonish mumkin.


Boy bo'lgach, siz hali ham o'sha odamsiz — baxtli bo'lsangiz baxtli, notinch bo'lsangiz notinch qolaverasiz. Pul faqat pul muammolarini hal qiladi, boshqa hech narsani emas.