Shayxontohur tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi
1.41K subscribers
8.06K photos
954 videos
10 files
2.45K links
Shayxontohur tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi

Manzil: Shayxontohur tumani, Markaz-14, 17-A-uy
Download Telegram
💫 Shayxontohur tumani “Jar” sport majmuasida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida targ’ibot tadbiri o’tkazildi.

Ma’ruzalarda hozirgi vaqtda ko’z o’ngimizda dunyoning turli joylarida ro’y berayotgan iqtisodiy va ijtimoiy axborot-kommunikatsiya manzarasidagi chuqur o’zgarishlar, turli mafkuralar tortishuvi keskin tus olayotgan bir vaziyatda, barchamizga ayonki jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish har qachongidan ko’ra muhim ahamiyat kasb etayotganligi e’tirof etildi.

🎗️ Tadbir keskin fikr almashish asosida davom etdi. Qayd etildiki, aholi, yoshlar ongida ham ona Vatanimizga bo’lgan muhabbatimiz, qadimiy boy tariximizga, ota-bobolarimiz kabi o’z dinimizga sadoqat tuyg’ularini yanada shakllantirishga e’tibor qaratish zarur.

📝 Tadbir yakunida ishtirokchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.

Тelegram | Facebook | Instagram |Twitter | YouTube
ҲАР КУНЛИК МОТИВАЦИЯНГИЗ УЧУН~

🍃 Орзуингизни амалга ошириш учун қўлингизда барча имкониятлар мавжуд !!!

🍃 Нимани кутаяпсиз ?

🍃 Умрингиз кутиш билан ўтиб кетмасин.

🍃 Ўрнингиздан туринг, ҳаракат қилинг, ишонинг албатта эришасиз.

🍃 Ҳеч қачон, бошқалардан бирор нарсани умид қилманг !

🍃 Ҳеч қачон, бошқалардан бирор нарсани берилишини кутманг !

🍃 Фақат ўзингиз ҳаракат қилинг !

🍃 Дангасалик қилманг !

🍃 Серҳаракат бўлинг !

Ва энг асосийси табассум қилинг ! Биз билан мақсадлар янада яқин.

🖋 Shayxontohur tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi Matbuot xizmati.

🌐 Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing: ➡️ https://t.me/ShayxontohurtumaniXTB
#Sahovatli homiydan eksklyuziv sovg’a.                                                           🔷 Shayxontohur tumani Maktabgacha  va maktab ta’limi bo’limi tasarrufidagi 186-maktabda shu ta’lim dargohining sobiq bitiruvchisi, O'zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar Universiteti
rektori, professor Sherzodxon Qudratxo’ja tomonidan o’quvchilar o'rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, ular uchun zamonaviy va qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida maktab kutubxonasiga zamonaviy yumshoq o’rindiqlar sovg’a qilindi. Endi yosh kitobxonlarimiz bo'sh vaqtlarida zamonaviy kutubxonamizdagi jahon hamda o'zbek adabiyotlarini zavq bilan mutolaa qilishlari mumkin.Shu o’rinda homiyimiz Sherzodxon Tojiddinxon o’g’li Qudratxo’jaga maktabning barcha o’quvchilari nomidan minnatdorchilik bildirib qolamiz.                                                        
🖋 Shayxontohur tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi Matbuot xizmati.

➡️ https://t.me/ShayxontohurtumaniXTB
#Xalqaro_hamkorlik
#MELQO

⚡️Ilk bor O‘zbekistonning barcha hududlarida 2023-yil 9-oktabr kunidan boshlab “MELQO” xalqaro vositasi asosida sifatini baholashning birinchi bosqichi Shayxonotoxur tumani 140-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida xam boshlandi.

Tasodifiy tanlash usuli yordamida respublika bo‘yicha 100 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti tanlab olindi, baholash va ma’lumotlarni to‘plash sertifikatlangan mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi. Ikkinchi bosqich 2024-yilda boshlanadi, bunda 250 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti tanlab olinadi.

MELQO xalqaro vositasi butun dunyoda erta yoshdagi bolalarni parvarish qilish va ta’lim sifatini o‘lchash uchun ishlatiladi.

Ushbu tadqiqot bolalarning qanchalik yaxshi rivojlanganligi va bolalarning ta’lim muhitining sifati haqida ma’lumot beradi.

🖋 Shayxontohur tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi Matbuot xizmati.

➡️ https://t.me/ShayxontohurtumaniXTB
#natijalar_gapirsin

Xalqaro Robototexnika musobaqasi 🥳

🏆 Singapur davlatida bo'lib o'tgan Xalqaro Robototexnika musobaqasi "First Global Challenge 2023" da  Shayxontohur tumani "Barkamol avlod" bolalar maktabi "Robototexnika" to'garak a'zosi Mirahmedov Abdulaziz O'zbekiston robototexnika terma jamoasi a'zolari orasida ishtirok etib 190 ta davlatni orasida  3-o'rinni egalladi.

🏆Shayxontohur tumani "Barkamol avlod" bolalar maktabi jamoasi Abdulazizni tabriklab kelajakda yutuqlari bardavom bo'lishini tilab qoladi.

💐Shu o'rinda ko'p yillardan beri samarali ijod qilib, o'quvchilarni yaxshi natijalar bilan faxirli o'rinkar olib kelayotgan "Robototexnika" to'garak rahbari Abduqaxxorov Komoliddinni ham yutuqlari bilan tabriklaymiz!

🖋 Shayxontohur tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi Matbuot xizmati.

➡️ https://t.me/ShayxontohurtumaniXTB
💫 Shayxontohur tumani 102-sonli umumta’lim maktabida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida targ’ibot tadbiri o’tkazildi.

Ma’ruzalarda hozirgi vaqtda ko’z o’ngimizda dunyoning turli joylarida ro’y berayotgan iqtisodiy va ijtimoiy axborot-kommunikatsiya manzarasidagi chuqur o’zgarishlar, turli mafkuralar tortishuvi keskin tus olayotgan bir vaziyatda, barchamizga ayonki jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish har qachongidan ko’ra muhim ahamiyat kasb etayotganligi e’tirof etildi.

🎗️ Tadbir keskin fikr almashish asosida davom etdi. Qayd etildiki, aholi, yoshlar ongida ham ona Vatanimizga bo’lgan muhabbatimiz, qadimiy boy tariximizga, ota-bobolarimiz kabi o’z dinimizga sadoqat tuyg’ularini yanada shakllantirishga e’tibor qaratish zarur.

📝 Tadbir yakunida ishtirokchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.

Тelegram | Facebook | Instagram |Twitter | YouTube
Президент Шавкат Мирзиёев Тошкент шаҳрида Шайхонтоҳур туманида қурилган янги подстанция билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с новой подстанцией, построенной в Шайхантахурском районе города Ташкента.

#Mirziyoyev #tanishuv #infratuzilma #energetika

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter