Shayxontohur tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi
1.45K subscribers
9.71K photos
1.16K videos
10 files
2.96K links
Shayxontohur tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi

Manzil: Shayxontohur tumani, Markaz-14, 17-A-uy
Download Telegram
Forwarded from Zamin Foundation
Samarqandga tashrif chog‘ida Ziroat Mirziyoyeva 61-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internat o‘quvchilari holidan xabar oldi va ular erishayotgan yutuqlarni samimiy qo‘llab-quvvatladi.

Bolalar ijodining namunalari — ajib va ta’sirli rasmlar, charm va toshga tushirilgan suratlar, naqshinkor keramik bezaklar ko‘rgazmasi mehmonlarni qoyil qoldirdi.

Shuningdek, "Zamin" fondi Vasiylik kengashi a’zolari maktab o‘qituvchilari bilan muloqot qilib, ularni o‘tgan O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan tabrikladi hamda bolalar namunali ta’lim olishi va rivojlanishini ta’minlashga bor kuch-g‘ayratini qaratayotganlari uchun ularga minnatdorlik bildirdi.

В ходе визита в Самарканд Зироат Мирзиёева навестила учащихся специализированной школы-интернат №61 и выразила им свою искреннюю поддержку.

Особое восхищение гостей вызвала выставка детских работ — забавные, трогательные картины, рисунки на коже и камне, замысловатые керамические узоры.

Также члены Попечительского совета фонда Zamin пообщались с преподавателями школы, поздравив их с недавно прошедшим Днём учителей и наставников, поблагодарив за то, что они делают всё возможное, чтобы обеспечить детям лучшее образование и развитие.

Zamin | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from Daryo | Rasmiy kanal
O‘zbekistonda endi maktab va bog‘cha atrofida tezlik maxsus moslamalar yordamida nazorat qilinadi

Avtomobillarga tezligini soatiga 30 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etiladi.

Batafsil — http://dy.uz/DN09U

📱Yangilangan mobil ilova 👉 iOS | Android
💫 Shayxontohur tumanida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida targ’ibot tadbiri o’tkazildi.

Ma’ruzalarda hozirgi vaqtda ko’z o’ngimizda dunyoning turli joylarida ro’y berayotgan iqtisodiy va ijtimoiy axborot-kommunikatsiya manzarasidagi chuqur o’zgarishlar, turli mafkuralar tortishuvi keskin tus olayotgan bir vaziyatda, barchamizga ayonki jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish har qachongidan ko’ra muhim ahamiyat kasb etayotganligi e’tirof etildi.

🎗️ Tadbir keskin fikr almashish asosida davom etdi. Qayd etildiki, aholi, yoshlar ongida ham ona Vatanimizga bo’lgan muhabbatimiz, qadimiy boy tariximizga, ota-bobolarimiz kabi o’z dinimizga sadoqat tuyg’ularini yanada shakllantirishga e’tibor qaratish zarur.

📝 Tadbir yakunida ishtirokchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.

Тelegram | Facebook | Instagram |Twitter | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Shayxontohur tumanidagi 10-sonli umumta’lim maktabida “Parlamentda mening o‘rnim” loyihasi doirasida "O‘zbekiston - 2030 strategiyasi" Farmoniga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

📌 Davra suhbatida O‘zLiDeP Toshkent shahar Kengashi rahbarlari G.To‘xtasinova, U.Ishanxodjayev hamda Xalq deputatlari Shayxontohur tuman Kengashi deputatlari O.Ashirov, A.Abdurazakovlar ishtirok etishdi.

🔖 Davra suhbatida "O‘zbekiston-2030" strategiyasini amalga oshirishda aholi tashabbuskorligi muhim ekanligi ta’kidlandi. Yig‘ilganlarga strategiyaning asosiy maqsadlari to‘g‘risida tushuncha berildi.

🎗️ Savol-javob tarzida o‘tgan davra suhbatida bitiruvchi sinf o‘quvchilari bilan jonli muloqot olib borildi.

🎬 Batafsil reportajda

Тelegram | Facebook | Instagram |Twitter | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Анонс

🗓"Ҳафта ичида" дастурининг навбатдаги сони

🖥 Бугун, 6 октябрь куни соат 21:00да "UzReport TV" телеканалида томоша қилишингиз мумкин.

ИИВ ЖХД ЙҲХХ Ахборот хизмати

👉 @YHXX_UZ
Toshkent shahrida IT sohasi bilimdonlari uchun o'quv xakatoni o'tkaziladi

Joriy yilning 10-12-noyabr kunlari Toshkentda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, xorijdagi vatandoshlar va xalqaro gumanitar hamkorlik bo‘yicha Federal agentligi “Vektor 4.0” (Rossotrudnichestvo) hamda Qozon federal universiteti tashabbusi bilan yurtimiz maktab o‘quvchilari uchun o‘quv xakatoni o‘tkaziladi.

Tadbirdan ko‘zlangan maqsad maktab o‘quvchilari va abituriyentlarga telekommunikatsiya sohasida kelajak kasbini tanlashiga yordam berish hamda o‘quvchi-yoshlarning axborot kommunikatsiya sohasiga qiziqishini yanada orttirishdan iborat.

Ushbu jarayonning tashkil qilinishi iqtidorli yoshlar uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.

Fuqarolar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga telegram orqali javob olishi mumkin.

Tadbirga ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://lomonosov-msu.ru/rus/event/8214/

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📣📣eMaktab.uz telegram-bot orqali to‘lov amalga oshirish imkoni mavjud!

Foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida “eMaktab”ga obuna bo‘lish uchun telegram orqali to‘lovni amalga oshirish imkoniyati ishlab chiqildi.

Telegram orqali to‘lovni amalga oshirish uchun sizga quyidagilar kerak bo‘ladi:

👉eMaktab.uz telegram-botini qidiruvda topish yoki botga Aloqalar bo‘limi orqali o‘tish.

So‘ngra:

1️⃣ “Ishga tushirish” buyrug‘ini bosamiz.

2️⃣ O‘zimiz uchun qulay tilni tanlaymiz.

3️⃣ Menyuda “Obunaga to‘lash” bandini tanlaymiz.

4️⃣“Profilga kirish”ni tanlab, o‘zimizning login va kalit so‘zimizni kiritamiz.

5️⃣ Bot siz to‘lamoqchi bo‘lgan obuna turini (agar siz ota-ona yiki o‘quvchi bo‘lsangiz) tanlashni taklif qiladi.

6️⃣
click.uz to‘lov turini tanlaymiz.

7️⃣ Agar telefonda click ilovasi o‘rnatilgan bo‘lsa, u holda bot foydalanuvchini ilovaga o‘tkazadi. Shundan keyin to‘lov tasdiqlanadi. Agar telefonda click ilovasi o‘rnatilmagan bo‘lsa, bot sizni click saytiga olib boradi. U yerda click bilan bog‘liq telefon raqamini yoki karta maʼlumotlarini kiritish orqali ko‘rsatilgan to‘lovni amalga oshirish mumkin.

❗️To‘lov tasdiqlangandan so‘ng botga to‘lov muvaffaqiyatli amalga oshirilganligi haqida bildirishnoma yuboriladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
💫 Shayxontohur tumani 82-sonli umumta’lim maktabida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida targ’ibot tadbiri o’tkazildi.

Ma’ruzalarda hozirgi vaqtda ko’z o’ngimizda dunyoning turli joylarida ro’y berayotgan iqtisodiy va ijtimoiy axborot-kommunikatsiya manzarasidagi chuqur o’zgarishlar, turli mafkuralar tortishuvi keskin tus olayotgan bir vaziyatda, barchamizga ayonki jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish har qachongidan ko’ra muhim ahamiyat kasb etayotganligi e’tirof etildi.

🎗️ Tadbir keskin fikr almashish asosida davom etdi. Qayd etildiki, aholi, yoshlar ongida ham ona Vatanimizga bo’lgan muhabbatimiz, qadimiy boy tariximizga, ota-bobolarimiz kabi o’z dinimizga sadoqat tuyg’ularini yanada shakllantirishga e’tibor qaratish zarur.

📝 Tadbir yakunida ishtirokchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.

Тelegram | Facebook | Instagram |Twitter | YouTube