Shayxontohur tuman hokimligi Matbuot xizmati
10.6K subscribers
25.1K photos
3.03K videos
6 files
7.57K links
murojaatlar va korupsiya xolatlari aniqlanganda xabar berish uchun murojaatlar dushanbi-juma kunlari soat 10.00dan 17.00gacha qabul qilinadi https://t.me/shayxontohur_matbuot_xizmati
Download Telegram
Forwarded from TOSHKENT SHAHAR KADASTR
#Kadastr #Butunjahon_yer_kuni #onlayn_viktorina
DIQQAT, E’LON!

🌏 22-aprel - “Butunjahon yer kuni” munosabati bilan joriy yilning 18-aprel kuni soat 15:00 da Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasining telegram platformasi orqali “Bizning yer, bizning kelajak” shiori ostida onlayn viktorina o‘tkaziladi.

🎁 Savollarga eng ko‘p to‘g‘ri javob bergan ishtirokchilar boshqarma tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadilar.

💻 Marhamat, Siz ham ushbu onlayn viktorinada faol qatnashib, o‘z bilimlaringizni sinovdan o‘tkazing. Barchaga omad yor bo‘lsin!

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from TOSHKENT SHAHAR KADASTR
#Kadastr #muhim_sana #Yer_kuni #tabrik
22-APREL – BUTUNJAHON YER KUNI

🌏 Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Toshkent shahar boshqarmalari jamoasi barcha yurtdoshlarimizni "22-aprel - Butunjahon Yer kuni" bayrami bilan samimiy qutlaydi.

🇺🇿 Aziz vatandoshlar!

🌳 Tabiatga ozor bermaslik, ekologik muvozanatni asrash, jonivorlarga ziyon yetkazmaslik, yashash manzilimizni pokiza tutish – bu har birimiz uddalay oladigan oddiy, shu bilan birga umumiy zamin manfaati uchun g‘oyat muhim bo‘lgan vazifalardir. Bu bizning nafaqat o‘zimiz uchun, balki kelgusi avlodlar uchun ham qiladigan eng katta xizmatimiz bo‘ladi.

🌎 Keling, atrof-muhitga e’tiborli bo‘lish, Yerdan to‘g‘ri hamda oqilona foydalanish, saxovatli zaminimizga ziyon yetkazmay, uni salbiy ta’sirlardan muhofaza qilishda har birimiz namuna bo‘laylik!

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from TOSHKENT SHAHAR KADASTR
#Kadastr #Dolzarb_40_kunlik #oav_biz_haqimizda #yer_nazorati
O‘ZBOSHIMCHALIK BILAN QURILGAN UY VA IMORATLAR AYOVSIZ BUZILADI

- Hujjati yo‘q uylarga kadastr hujjatlarini qilib berish boshlanishi haqidagi xabarlar tarqalganidan keyin ayrim “uddaburonlar” tezkorlik bilan imorat qurib olib, “bu uyni 5-10 yil oldin qurganman deb iddao qilsam hujjatlashtirib olaman” deb o‘ylashi natijasida hududlarda yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab, qurilish qilayotganlar ham uchramoqda.

🏢 Bu haqida Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi boshligʻi B.Tashxodjayev ma’lum qildi.

👉 Uyim buzilmasin desangiz ushbu maqolani albatta o‘qing!!! 👈

⚠️ Eslatib o‘tamiz, yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olganlik, u yerga noqonuniy qurilmani amalga oshirganlik uchun qonunchilikda Ma’muriy javobgarlikdan, Jinoiy javobgarlikkacha choralar belgilangan.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from TOSHKENT SHAHAR KADASTR
#Kadastr #yer_nazorati #Shayxontohur
NAZORAT TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA

🏢 Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi Shayxontohur tumani bo‘limi inspektorlari Shayxontohur MFY hududida o‘tkazilgan yer nazorati tadbirlarida Labzak mavzesi 21-uy 65-xonadon egasi tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallangan 100 kv.m yer maydonida noqonuniy qurilma qurilganligini aniqlaydilar.

Mazkur holat yuzasidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, ogohlantirish xati berilganiga qaramay holat fuqaro tomonidan ixtiyoriy ravishda bartaraf etilmaydi.

📝 Shundan so‘ng tuman kadastr bo‘limi mazkur o‘zboshimchalik bilan egallangan yer maydonidagi noqonuniy qurilmani bartaraf etib, yerni davlat zaxirasiga qaytarish yuzasidan sud organlariga da’vo arizasi kiritadi.

Natijada bugungi kunda o‘zboshimchalik bilan egallangan yer maydoni sudning hal qiluv qarori bilan davlat zaxirasiga qaytarildi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from TOSHKENT SHAHAR KADASTR
#Kadastr #yer_nazorati #Shayxontohur #dron
SHAYXONTOHUR TUMANIDAGI YER QONUNBUZILISH HOLATLARI DRONLAR ORQALI ANIQLANMOQDA

🏢 Kadastr agentligining Toshkent shahar boshqarmasi inspektorlari tomonidan hududlarda kuchaytirilgan tartibda yer nazorati tadbirlari davom ettirilmoqda.

Shayxontohur tumanida oʻtkazilgan navbatdagi yer nazorati tadbirlarida dronlardan foydalanildi.

📝 Bugun tumanning “Oqlon”, “Samarqand Darvoza”, "Katta Oqtepa" hamda Olim Xo‘jayev MFYlarida zamonaviy texnologiyalar yordamida fuqarolar tomonidan o‘zboshimchalik bilan yer maydonlarini egallab olib, noqonuniy qurilish qilingan holatlarni aniqlash ishlari tashkil etildi.

◻️ Tafsilotlar haqida batafsil maʼlumot beriladi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from TOSHKENT SHAHAR KADASTR
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

HAR BIR QARICH YERNING HISOBI BOR!

⭐️Kadastr agentligining Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan yer nazorati tadbirlari kuchaytirilgan tartibda olib borilmoqda.

Jumladan, boshqarmaning Shayxontohur tumani bo‘limi inspektorlari mas'ullar bilan birgalikda zamonaviy texnologiyalar, kosmik suratlar va dronlar yordamida yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olishga oid holatlar, noqonuniy qurilmalarni aniqlash, ularni bartaraf qilish ishlarini davom ettirmoqda.

🕐 O‘rganish natijalari mazkur videoreportajda.

🫥 Hurmatli poytaxtimiz fuqarolari va tadbirkorlari!

🔴 Siz yerga oid qonunchilik talablariga qat’iy rioya qilish orqali o‘zingizni turli asabbuzarlik, ovoragarchilik, ortiqcha xarajat, ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikdan asraysiz.

⚠️ Unutmang, har bir qarich yerning hisobi bor. Nazorati ham shunga yarasha kuchli boʻladi.

#Kadastr #yer_nazorati #Shayxontohur

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from TOSHKENT SHAHAR KADASTR
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

SHAYXONTOHUR TUMANIDA YANA BIR HOLAT BARTARAF ETILDI

⭐️Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasining Shayxontohur tumani bo‘limi inspektorlari “Jangoh” MFY hududida o‘tkazilgan yer nazorati tadbirlarida o‘zboshimchalik bilan egallangan 91 kv.m yer maydonida noqonuniy qurilma qurilganligini aniqlaydilar.

📃 Holat yuzasidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, ogohlantirish xati berilganiga qaramay holat fuqaro tomonidan ixtiyoriy ravishda bartaraf etilmaydi.

⚖️ Shundan so‘ng tuman kadastr bo‘limi mazkur o‘zboshimchalik bilan egallangan yer maydonidagi noqonuniy qurilmani bartaraf etib, yerni davlat zaxirasiga qaytarish yuzasidan sudga da’vo arizasi kiritadi.

Natijada bugungi kunda noqonuniy qurilma sudning hal qiluv qarori asosida majburiy ijro byurosi tomonidan bartaraf etilib, o‘zboshimchalik bilan egallangan yer maydoni davlat zaxirasiga qaytarilishi ta’minlandi.

#Kadastr #yer_nazorati #Shayxontohur

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from TOSHKENT SHAHAR KADASTR
#Kadastr #bizning_manzillar #Shayxontohur
BIZNING MANZILLAR: SHAYXONTOHUR TUMANI FILIALI

⭐️ Kadastr agentligi va🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalarining Shayxontohur tumani filiali

Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish kunlari:
dushanbadan-jumagacha, soat 9:00 dan 18:00 gacha.

◾️ Manzil:
Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 14a uy.

📍 Lokatsiya.

📞 Murojaat uchun telefon:
(+99871) 241-14-38.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from TOSHKENT SHAHAR KADASTR
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

HUQUQNI E’TIROF ETISH ASOSLARI

🌏 O'zbekiston Respublikasining 05.08.2024 yildagi “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi 937-sonli Qonunda nazarda tutilgan tartib-taomillar infografika ko'rinishida.

#Kadastr #infografika #huquqiy_savodxonlik

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM