Shayxontohur tuman hokimligi Matbuot xizmati
10.9K subscribers
24.4K photos
2.97K videos
6 files
7.35K links
murojaatlar va korupsiya xolatlari aniqlanganda xabar berish uchun murojaatlar dushanbi-juma kunlari soat 10.00dan 17.00gacha qabul qilinadi https://t.me/shayxontohur_matbuot_xizmati
Download Telegram
#tabrik

💐Yurtimizda uyg‘onish, yasharish, yangilanish ayyomi – Navro‘zi olam nafasi kezib yuribdi.

🌈Navro‘z bayrami tabiat uyg‘onishi, hayot tantanasi va bahoriy ko‘rkamlikni ifodalaydi. Shu faslda tabiat o‘zgarishlarga uyg‘un bo‘lib, hayotimiz ham o‘zgarib, yangilanib bormoqda.

🏡Qurilayotgan yangi-yangi uy-joylar, ta’lim, tibbiyot va madaniyat maskanlari, zamonaviy korxonalar, obod mahallalar tumanimiz chiroyiga chiroy qo‘shmoqda.

🌺Tumanimizning bu chiroyini saqlab turish, uning zamonaviy va jozibador qiyofasini yaratish, kelajak avlodga ozod va obod maskan holida yetkazish barchamizning sharafli va mas’uliyatli vazifamizdir.

🤗Fursatdan foydalanib, Siz aziz shayxontohurliklarni ushbu ulug‘ ayyom bilan tabriklayman.

💫Navro‘z har biringizning oilangizga tinchlik-xotirjamlik, bitmas-tuganmas kuch-quvvat va farovonlik olib kelsin. Xonadoningizdan fayzu baraka arimasin. Sog‘lik-omonlik siz va yaqinlaringizni hech qachon tark etmasin.

🎉Navro‘zi olam barchamizga muborak bo‘lsin!

Shayxontohur tumani hokimi B.Zaxidov

Тelegram 💬Facebook 📸 Instagram  Twitter  📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tabrik

🎉22-mart – “Mahalla tizimi xodimlari kuni”

📢Hurmatli mahalla tizimi xodimlari va faollari!

Sizlarni Mahalla tizimi xodimlari kuni bilan hokimligimiz tomonidan tabriklab, barchangizga yuksak hurmatimizni va samimiy tilaklarimizni bildirib qolaman.

🌈Ushbu bayram yasharish va yangilanish, mehr-oqibat ayyomi – Navro‘z tantanalari davom etayotgan mana shunday shukuhli kunda o‘tkazilayotganida o‘ziga xos ramziy ma’no bor.

🤗Sizlarni bugungi qutlug‘ bayram bilan yana bir bor muborakbod etar ekanmiz, barchangizga mustahkam sog‘liq, xonadonlaringizga fayzu baraka, mas’uliyatli va serqirra faoliyatingizda yangi yutuq va omadlar tilab qolaman.

🗣Xalq ishonchini oqlash, unga munosib bo‘lish – dunyodagi eng ulug‘ baxtdir. Shunday baxt, shunday sharaf hammangizga nasib etsin!

🎁Bayram muborak, aziz mahalla jonkuyarlari!

Shayxontohur tumani hokimi B.Zaxidov

Тelegram 💬Facebook 📸 Instagram  Twitter  📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from TOSHKENT SHAHAR KADASTR
#Kadastr #muhim_sana #Yer_kuni #tabrik
22-APREL – BUTUNJAHON YER KUNI

🌏 Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Toshkent shahar boshqarmalari jamoasi barcha yurtdoshlarimizni "22-aprel - Butunjahon Yer kuni" bayrami bilan samimiy qutlaydi.

🇺🇿 Aziz vatandoshlar!

🌳 Tabiatga ozor bermaslik, ekologik muvozanatni asrash, jonivorlarga ziyon yetkazmaslik, yashash manzilimizni pokiza tutish – bu har birimiz uddalay oladigan oddiy, shu bilan birga umumiy zamin manfaati uchun g‘oyat muhim bo‘lgan vazifalardir. Bu bizning nafaqat o‘zimiz uchun, balki kelgusi avlodlar uchun ham qiladigan eng katta xizmatimiz bo‘ladi.

🌎 Keling, atrof-muhitga e’tiborli bo‘lish, Yerdan to‘g‘ri hamda oqilona foydalanish, saxovatli zaminimizga ziyon yetkazmay, uni salbiy ta’sirlardan muhofaza qilishda har birimiz namuna bo‘laylik!

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#tabrik

Hurmatli ustozlar, aziz o‘quvchilar!


Sizlarni bugungi shodiyona — “Bilimlar kuni” bilan samimiy tabriklayman.

💎Davlatimiz rahbari mamlakatimiz mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan o'tkazilgan bayram o'tkazilgan tantanada yo'llagan tabrigida Yangi O‘zbekistonni barpo etishda avvalo sifatli ta’lim tizimini yo‘lga qo‘yishni birinchi navbatdagi vazifa ekanligini ta’kidlab o‘tganligi bejiz emas albatta.

📌Boyisi prizidentimiz tabiri bilan aytganda yoshlar uchun hamma eshiklarni ochadigan kalit – faqat va faqat ta’lim va tarbiyadir”. Bu so‘zlar esa Siz aziz ustozlarga katta mas’uliyat yuklaydi va ishonch bag‘ishlaydi

🎆Bugun maktab ostonasiga ilk bor qadam qo‘yayotgan jajji bolajonlarimizni, 11-sinfga o'tib katta hayotga uchurma bo'lish bo'sag'asida turgan o‘g‘il-qizlarimiz, ularning ota-onalari hamda ustozlarni bugungi quvonchli kun bilan qizg‘in tabriklayman.

💫Boshlanayotgan o'quv yili hamma uchun muborak bo'lsin!

Hurmat bilan Shayxontohur tumani hokimi Botir Zaxidov

Тelegram 💬Facebook 📸 Instagram  Twitter  📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM