️Secretius
3.8K subscribers
685 photos
422 videos
150 files
1.93K links
🔐Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.

🌐IT sohasidagi yangiliklar, dasturlash, xavfsizlik haqidagi kerakli media.

Obuna boʻling va bilimingizni oshirib boring
😉👉 bio.link/Secretius

📞 @SecretiusBot
Download Telegram
​​Klaviatura va sichqonchani qanday qulflash kerak

Klaviaturani tozalashda yoki bolalarga multfilm qoʻyib berganda klaviatura va sichqonchani bosmasligi uchun uni vaqtincha qulflash kerak.

BlueLife KeyFreeze - klaviatura va sichqonchani blokirovka qilish dasturi.

Dasturni oʻrnatish shart emas, taskbardagi ikonkani sichqoncha oʻng tugmasini bilan bossak quyidagi oyna chiqadi(post tagidagi rasmda). Keraklisini tanlash kifoya.

Blokdan chiqarish uchun esa: Ctrl + Alt + F

Yuklab olish📥

#dastur #kompyuter

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
​​StayFree - bu o'z-o'zini nazorat qilish, samaradorlikni oshirish va telefonga qaramlikdan qochish uchun dastur.
U sizga smartfon bilan qancha vaqt sarflayotganingizni ko'rsatadi va uni cheklashga yordam beradi

Yuklab olish 📥

#dastur #foydali

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Forwarded from DeeCT.ru - News | Новости | Yangiliklar. (DeeCT.Ru - Поддержка - Support - Qoʻllab Quvvatlash.)
☪️ Ramazon oyi barchaga muborak boʻlsin!

☺️ Muqaddas oyda hammaga sihat-salomatlik, maʼnaviy yuksalish va faqat xushxabarlarga to’la bo’lishini tilab qolamiz. Xonadoningiz fayzli, qalbingiz saxovatli boʻlsin.

Hurmat bilan, DEECT.RU jamoasi



☪️ Поздравляем с благословенным месяцем Рамадан!

☺️ Желаем, чтобы священный месяц принес вам крепкое здоровье, духовный рост и лишь добрые вести. Пусть будет благословенен ваш дом, а сердце щедрым и добрым.

С уважением команда DEECT.RU
Kimda shunaqa?

#kayfiyat #mem

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Redmagic 7 Pro Transparent Edition

Smartfon orqa tomondan telefonning ichki qismlarini ko'rsatadigan shaffof korpusga ega.
📱Displey: FHD+, 6,8 dyum, 120 Hz va 16 Mp displey ostidagi kamera
📷Kamera: 64 megapikselli asosiy, 8 megapikselli ultra keng va 2 megapikselli makro
💾ROM: 1 TB UFS 3.1
💽RAM: 18 Gb LPDDR5
⚙️Chip: Snapdragon 8 Gen 1
🔋Batareya: 135 Vt tez zaryadlash, 5000 mA/soat
(15 daqiqada toʻliq quvvatlanadi)
🔰Boshqa: Telefonda ikki karnay va ICE sovutish tizimi, Android 12 OS, va RedMagic 5.0 UI

Eng asosiysi⬇️
💵Narxi: ¥7,499 (~$1,181).

#redmagic

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
​​🗺️Siz yashash joyingizni oʻzgartirmoqchisiz yoki shunchaki boshqa shaxar/davlatlardagi "yashash narxi"ga qiziqasizmi?

Demak bu sayt siz uchun⬇️

Numbeo - kerakli shaharda yoki mamlakatda yashash uchun oʻrtacha qancha pul ketishi, jinoyatchilik darajasi, mahsulot va xizmatlar narxini koʻrsatuvchi servis.

Pastda Turkiyada yashash qanchaga tushishi koʻrsatilgan.(mana bu havolada toʻliq maʼlumot bor).

#sayt

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Raqamli moda

Bu "soat" GPS, yurak urish tezligi, masofani hisoblash, SMS, bildirishnomalar va ijtimoiy tarmoqlaringizga kirish kabi klassik gadjet xususiyatlarini taqdim etadi. Shu bilan birga, u kiyimning rangi va dizayniga moslashadi.

#soat

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
​​Internet sekinligidan yoki koʻp trafik ketishidan qiynalyapsizmi?

Qidiruv uchun eng yaxshi va eng yengil ilovalar:

Google Go - byudjet smartfonlar(yoki Android Go Edition) va sekin internet uchun yaratilgan kichkina brauzer. 40% kamroq trafik sarflaydi, kam joy egallaydi.

DuckDuckGo - TOR tarmogʻida ishlatiluvchi qidiruv tizimi. Maxfiylikda mashhur brauzer.

Mint Browser - Xiaomi tomonidan ishlab chiqilgan kichik hajmli(Google Go'ga oʻxshagan) brauzer.

Via Browser - roʻyxatdagi eng kichik va eng funksional brauzer.

💬Roʻyxatni tayyorlashda brauzerning kichik hajmi, oʻzimning tajribam, foydalanuvchilar sharxi, yuklab olish soni va nechta yulduzga ega ekanligi hisobga olingan.

#ilova #brauzer

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Telefoningizni quvvatlantirish uchun quyosh panellari o'rnatilgan shahar bog'idagi skameyka.

#innovatsiya

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
🗣️​​Ilon Mask: "Tesla 2023-yilda Optimus odamsimon robotlarining birinchi versiyasini ishlab chiqarishni boshlashi mumkin".

🤖Optimus odamlar qilishni xohlamaydigan yoki juda xavfli bo'lgan vazifalarni bajarishi kerak.

📂Loyiha 2021-yilda taqdim etilgan edi. Uning balandligi taxminan 1,77 metr va og‘irligi 60 kg atrofida.

#mask

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
​​Smartfonni kompyuter uchun veb-kamera qilish

Camo - smartfonni kompyuter uchun veb-kamera sifatida ishlatishga yordam beruvchi ilova.
Ishlatish uchun siz smartfonga va kompyuterga ilovani yuklab olib, oʻrnatishingiz va USB kabel orqali ulab, ishga tushirishngiz mumkin.

Yuklab olish 📥
🔹iOS uchun
🔹Android uchun
🔹MacOS uchun
🔹Windows uchun

#ilova #kamera

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Qaysi smartfonlar eng ko'p radiatsiya chiqaradi?

#reyting

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
​​Biror servis, sayt sizda ishlamayaptimi yoki rostdan ham ishdan chiqqanmi(yoki Twitterday bloklanganmi)?

Bilish uchun quyidagi xizmat yordam beradi.

GlobalCheck - kerakli xizmatni hozirgi vaqtdagi holati, mamlakatda bloklanganligi yoki provayderda cheklov bor-yoʻqligini tekshiruvchi sayt.

Tegishli maqola:
Ilovalar/xizmatlar/saytlar nega ishlamay qoladi?

#sayt #cheklov

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
​​Smartfonda nima tez-tez buziladi

SIM-karta uyasi
Ko'pincha buzilishlar noto'g'ri o'rnatilgan SIM-karta tufayli yuzaga keladi. Yaxshiyamki, muammo juda oddiy hal qilinadi - siz shunchaki yangi SIM-karta uyasini sotib olib oʻzingiz oʻrnatishing mumkin.

Yorug'lik sensori
Yorug'lik sensori bilan birga koʻpincha yaqinlik sensori ham buziladi, shu sababli telefonda gaplashayotganda smartfon displeyi o'chmaydi. Uni almashtirish juda qiyin, lekin uni himoya qilish juda mumkin: smartfoningiz uchun yuqori sifatli oyna(steklo) va yon tomonlari qalin gʻilof ishlating.

Quvvatlash porti
Ulagich boʻshashganday boʻladi, keyin mikrofonda shovqinlar, birdaniga uzilib qolish va oxirida umuman ishlamay qolishi koʻp yuz beradi.
Almashtirish qimmatga tushmaydi. Bundan saqlanish oddiy: simsiz zaryadlashdan tez-tez foydalaning(boʻlsa) va kabel ulanganda smartfondan foydalanmang.

Ekrani
Ko'pincha muammo sababi zavod nuqsonlari. Bunday holda, siz faqat xizmat ko'rsatish markaziga/mutaxassisga murojaat qilishingiz kerak.

Bundan saqlanish uchun:
• Telefoningizni ekrani yuqoriga qaragan holda quyoshda qoldirmang.
• Suv tushmasligiga harakat qiling.
• Agar telefon qizib ketsa, uni biroz vaqt ishlatmang.
• Ekrangq kuchli bosimdan saqlaning. Masalan, o'yinlar paytida.

Shu kabi postlar #maslahat va #smartfon tegida. Bizni qoʻllab-quvvatlash uchun doʻstlaringizga kanalimizni tavsiya qiling.

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Rasm hajmini sifatini yoʻqotmasdan kichraytirish, turli ilovalarga mos ravishda kesish, kattalashtirish yoki sifatini oshirish

Resizing -
Sifatni yoʻqotmasdan rasmga ishlov beruvchi onlayn xizmat. U orqali kerakli kattalikdagi rasm qismini kesishingiz, kichik oʻlchamdagi rasmni kattalashtirishingiz yoki sifatini birmuncha oshirishingiz mumkin.

Eng qulay tarafi siz roʻyxatdan oʻtmaysiz, ortiqcha ilova oʻrnatmaysiz.

Chrome brauzeri uchun kengaytma ham bor.

🔹Sayt: Resizing.app

Tegishli postlar:
https://t.me/Secretius/4721
https://t.me/Secretius/5019
https://t.me/Secretius/5073
https://t.me/Secretius/5086
https://t.me/Secretius/5114

#sayt #rasm

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
​​Foydali 5 ta klaviatura kombinatsiyasi

1. Alt + Backspace. Ctrl+Zni akasi, lekin faqat matnlarda ishlaydi. Agar siz tasodifan matnning bir qismini o'chirib tashlagan bo'lsangiz, unda bu kombinatsiya hamma narsani o'z joyiga qaytarishga yordam beradi.

2. Ctrl+Shift+N. Ish stolida yangi jild yaratadi. Google Chrome brauzerida inkognito rejimida yangi tab ochadi.

3 Alt+Tab. Barcha ochiq oynalar o'rtasida tezda almashishga yordam beradi.

4. Shift+Delete. Axlat qutisini chetlab o'tgan fayllarni o'chiradi. Ushbu funktsiyadan ehtiyot bo'ling, ma'lumotlarni qaytarish juda oson bo'lmaydi.

5.Win+L. Ekran qulfi.

Tegishli postlar:
https://t.me/Secretius/5146

#lifehack #windows

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
​​🗣️"Men uning bor imkoniyatini ochaman" - Ilon Mask Twitter aksiyalarining hammasini katta narxda sotib olmoqchi

🚗Tesla bosh direktori Ilon Mask Twitter direktorlar kengashiga taklif bilan chiqdi: u 100% aktsiyalarni har birini 54,20 dollarga sotib olmoqchi. Bitim summasi taxminan 43 milliard dollarni tashkil qilishi kerak.

⚠️Mask bundan avval maʼlum miqdordagi aksiyani sotib olib, Twitter direktorlar kengashiga kirgan, shundan soʻng Mask hohlagan tvitlarni tahrirlash funksiyasi qoʻshilgan edi.

🤔Endi esa bizni erka milliarderimiz Twitterni sotib olmoqchi...

💬 Sizning fikringiz qanday?

Ilon Mask haqidagi post va katta maqolalar mana shu teglar ostida 👉 #mask #ilon

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Forwarded from 🎬 Movioteka
🎥Nomi: Moon Knight
🔰Sifati: 720p
🔢Yili: 2022
🔊Tili: Oʻzbek, ingliz
📑Subtitr: Oʻzbek, ingliz va rus
🌐Davlati: AQSh
❇️Janri: Action, advanture, drama, horror, fantastic
👤 Rejissyor: Justin Benson, Muhammed Diab
👥Rollarda: Oscar Isaac, Ethan Hawke, May Calamawy, F. Murray Abraham

🎞️ Serial treyleri

📢Serial haqida: Stiven Grant - oddiygina esdaliklar doʻkoni sotuvchisi, lekin uning bir muammosi bor: ertalab uni avtobus urib ketganday uygʻonadi. Buning sababi Mark Spektor va Misr Oy xudosi Xonshu avatari uning tanasidaligi. Avatarning vazifasi yovuzlikka qarshi kurashish...

Jadval:
1-qism: 30-mart✔️
2-qism: 6-aprel✔️
3-qism: 13-aprel✔️
4-qism: 20-aprel
5-qism: 27-aprel
6-qism: 20-may

🌟Reyting: IMDB: 7.7
Kinopoisk: 8.0
@Movies_Drop: 8.5
Kompyuteringiz operatsion tizimi qanday?
Anonymous Poll
85%
Windows
3%
MacOS
2%
Linux
1%
Chrome OS
6%
Android
2%
Boshqa(kommentda yozing)
​​Fayllarda virus borligini tekshirish

Kundalik hayotda turli xil dasturlar va fayllardan tez-tez foydalanib turamiz. Lekin ularning qanchalik ishonchli ekanligini tekshirib turamizmi?

Virustotal - fayllardan virus qidiruvchi sayt. Shubhali dastur yoki faylni yuklang va tekshiring. Kompyuter brauzerlari uchun kengaytmalari ham bor: Google Chrome va Mozilla Firefox.

Telegramda ham tekshiruvchi botlar bor:
@DrWebBot - mashxur antivirusning telegram boti, 20mbgacha boʻlgan fayllarni tekshira oladi.

@MalScanBot - 20mb limit.

@VS_Robot - bir nechta antivirus bazalaridan tekshiruvchi bot. 100mb limit.

@VirusYabBot - 300mb limit. Havolani ham tekshirish mumkin

@VirusTotalAV_bot - 70ta antivirus bazasiga ega telegram bot. 320mb limit.

#sayt #virus #bot #xavfsizlik

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
​​Nega kartalarni telefon korpusi orqasida (gʻilof ostida) saqlamaslik kerak?

Ko'p odamlar o'zlarining bank karta yoki shunga oʻxshash kartalarini smartfon korpusi ostida saqlashga odatlangan.

Telefon kartalarni magnitsizlantiradigan radiochastota nurlanishini chiqaradi. 2-3 oydan keyin karta yaxshi ishlamasligi yoki buzilishi mumkin.

Kartalarni qayerda saqlash kerak?
Hozirgacha eng yaxshi variant hamyon.

💬Shunday doʻst yoki tanishlaringizga yuboring😁

#maslahat

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.