SAMARKANDNEWS.UZ
2K subscribers
39.4K photos
5.43K videos
109 files
14.8K links
Мурожаат йўллаш учун махсус бот манзилимиз: @samarkandnewsbot. Мурожаатда исм-фамилия тўлиқ кўрсатилиши лозим. Қўшимча маълумот учун телефон рақам киритилиши зарур. Ҳеч бир мурожаат эътибордан четда қолмайди.
Download Telegram
📸 Kuchli yomg‘ir yog‘ishi natijasida Samarqand shahri ko‘chalarida ham mayda chuqurchalar paydo bo‘ldi. Ayni kunlarda ularni ta’mirlash ishlari olib borilyapti.

@SAMARKANDNEWS_UZ
Kanalga aʼzo boʻling!
❗️Jamoat transportini boshqarishning yagona intellektual tizimi joriy etiladi.

“Jamoat transportini moliyalashtirish tizimini takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-139-son, 25.03.2024 y.) qabul qilindi

🔰Qarorga ko'ra, tashuvchilar bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish, yo'lkira haqi bo'yicha tushumlarni jamlash uchun joylardagi transport boshqarmalarida yuridik shaxs tashkil etmasdan ochilgan maxsus jamg'armalar Iqtisodiyot va moliya vazirligining hududiy boshqarmalari tizimiga o'tkaziladi.

📁 Joylarda iqtisodiyot va moliya boshqarmalari huzurida davlat muassasasi shaklida “Maxsus jamg'armalar mablag'larini boshqarish, yo'nalishlar ishini tahlil qilish va pul tushumlari monitoringi guruhlari” tashkil etiladi.

🗓 2024 yil 1 iyungacha:

🔹 jamoat transportida yo'lkira haqini to'lashda elektron to'lov tizimidan foydalanishni rag'batlantiruvchi tariflar joriy etilishi ta'minlanadi;

🔹 Toshkent shahrida muntazam avtobus yo'nalishlarida yo'lovchilar hisobini yuritish, haydovchilar ishini va pul tushumlarini nazorat qilish, avtobuslar texnik holatini monitoring qilish, ajratilgan yo'laklarda yo'l harakati qoidalari buzilishini qayd etish bo'yicha jamoat transportini boshqarishning yagona intellektual tizimi joriy etiladi.

@SAMARKANDNEWS_UZ
Kanalga aʼzo boʻling!
Ertadan maktab oʻquvchilariga dars boshlanadi

Umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari uchun bahorgi taʼtil 21-mart kunidan boshlangan edi. Bugun taʼtilning oxirgi kuni.

Oʻquv yilining toʻrtinchi chorak darslari 28-mart kunidan boshlanadi.

@SAMARKANDNEWS_UZ
Kanalga aʼzo boʻling!
#Bilasizmi?
Roʻzani buzadigan amallar

* Qazo - necha kun roʻzasi buzilgan boʻlsa, Ramazondan keyin oʻshancha kun roʻza tutiladi.

* Kafforat - bitta qul ozod etish. Unga qodir boʻlmasa, Ramazondan keyin biron kun qoldirmay, muttasil 60 kun roʻza tutish (oldin tutgan kunlari hisoblanmaydi). Agar zaiflik va notavonlik sababidan bunga qodir boʻlmasa, 60 miskin (kambagʻal)ning 1 kunlik taomini berib toʻydirish yoki 1 miskinni 60 kun boqish.

* Makruh - qilish shubhali boʻlgan amal.
***
❗️Eslatib oʻtamiz: bugun Samarqandda iftorlik vaqti soat 18:56 da.

Payariq, Oqdaryo, Ishtixon va Past Dargʻom tumanlarida belgilangan vaqtga +2/+3 daqiqa, Kattaqoʻrgʻon shahri, Narpay, Qoʻshrabot, Paxtachi, Nurobod va Kattaqoʻrgʻon tumanlarida +4/+5 daqiqa qoʻshiladi.
Samarqand shahridagi Chorsu sanʼat galereyasida Xalqaro teatr kuni va rangtasvir ustasi Davron Safoyev xotirasiga bagʻishlab “Otam haqida suhbat” deb nomlangan koʻrgazma boʻlib oʻtdi.

Viloyat hokimligi, madaniya boshqarmasi, Oʻzbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi viloyat boʻlimi hamkorligida tashkil etilgan koʻrgazmada rassomlar, tasviriy sanʼat ixlosmandlari, jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Koʻrgazmada Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi, musavvir Davron Safoyevning ijodiy xazinasidan tanlangan  asarlar, shuningdek, uning izdoshi Bahrom Safoyevning yetmishga yaqin asarlari namoyish etildi. Ular orasida “Buvam ertaklari”, “Togʻ qizi”, “Gulsanam”, “Buyuk Temur” kabi sanʼat asarlari kishida yaxshi taassurot qoldiradi.

Mazkur koʻrgazma joriy yilning may oyigacha davom etadi.

@SAMARKANDNEWS_UZ
Kanalga aʼzo boʻling!
RAMAZONNING XOSIYATLARI

Batafsil: http://www.samarkandnews.uz/post/11184

@SAMARKANDNEWS_UZ
Kanalga aʼzo boʻling!

Samarkandnews.uz | Telegram | Facebook
📍Занжабилли чойнинг фойдаси бисёр

🏷 У нафақат метаболизмни яхшилайди, балки организмни тозалайди. Шамоллаш билан курашади, овқат ҳазм қилишни яхшилайди ва ошқозон фаолиятини енгиллаштиради.

Рецепт:
▪️Янги занжабил илдизини олинг, ҳар литр сув учун 4-5 см. занжабил тўғри келади.
▪️Занжабилни майдалаб, қайноқ сувга солинг.
▪️10 дақиқа қайнатиб олинг.
▪️Совутинг, сузинг, таъбга кўра асал, долчин, лимон қўшиш мумкин.
Соғлом ҳаёт

@SAMARKANDNEWS_UZ
Kanalga aʼzo boʻling!
Ramazon tuhfasi

Imom Nasoiy sahih isnod bilan Ibn Abbos raziyallohu anhudan rivoyat qilishlaricha, janobi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday degan ekan:

“Birov birov nomidan namoz oʻqiy olmaydi. Birov birov nomidan roʻza tuta olmaydi”.

@SAMARKANDNEWS_UZ
Kanalga aʼzo boʻling!
Ob-havo
Bugun, 28-mart kuni Samarqandda havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. Gʻarbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi, bu kuchayish ayrim tumanlarda sekundiga 22-25 metrgacha tezlashishi mumkin. Kechasi 10-15, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.

@SAMARKANDNEWS_UZ
Kanalga aʼzo boʻling!
📍Бармоқлардаги саломатлик нуқталари

▪️ Жимжилоқ бармоқ - ингичка ичакнинг иши учун жавобгардир, бу патологиялар кўпинча соч тўкилишини қўзғатади.

▪️ Номсиз бармоқ - бу бармоқнинг массажи қон айланишини рағбатлантиради, у бутун танада энергия фаоллашишига олиб келади.

▪️ Ўрта бармоқ. Бу бармоқни массаж қилиш қон айланиши ва органларга қон оқимини фаоллаштиради. Ўрта бармоққа таъсир этиш кўнгил айниши ва бош айланишини енгиллаштиради, уйқусизликда ёрдам беради.

▪️ Бош бармоқ. Аритмия ва кўкрак қафасида босим ҳисси пайда бўлганда бош бармоқни интенсив массаж қилиш фойдалидир. Ўпка билан боғлиқ муаммолар талоқ ва ошқозоннинг ишига салбий таъсир қилади ва бу ерда бош бармоқларнинг массажи ҳам ёрдамга келади.

▪️ Кўрсаткич бармоқ. У йўғон ичакнинг меридианига боғланган, бу бармоққа таъсир қилиш бутун ошқозон-ичак трактининг ишини нормаллаштиради.
Соғлом ҳаёт

@SAMARKANDNEWS_UZ
Kanalga aʼzo boʻling!