SAMARKANDNEWS.UZ
1.99K subscribers
39.4K photos
5.43K videos
109 files
14.8K links
Мурожаат йўллаш учун махсус бот манзилимиз: @samarkandnewsbot. Мурожаатда исм-фамилия тўлиқ кўрсатилиши лозим. Қўшимча маълумот учун телефон рақам киритилиши зарур. Ҳеч бир мурожаат эътибордан четда қолмайди.
Download Telegram
#DXX_kubogi_2024

SAMARQANDDA "DXX KUBOGI"GA START BERILDI

🥇 Viloyatimizda 16-30 yoshli yigit-qizlar o‘rtasida sportning mini-futbol va futbol turi bo‘yicha o'tkaziladigan "DXX  kubogi" bu gal Ishtixon tumanida start oldi.

🏆 Tumandagi markaziy stadionda tantanali ravishda o'tkazilayotgan ochilish marosimida mahallalardan kelgan sportchi-yoshlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi sadolari ostida maydonga chiqishdi.

💥 Ochilish marosimida viloyat hokimi Erkinjon Turdimov, DXX Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i A.Axmedov, O'zbekiston Respublikasi Futbol federatsiyasi birinchi vitse prezidenti Ravshan Ermatov hamda tuman sektor rahbarlari ishtirok etishdi.

💥 Unda so'zga chiqqanlar samarqandlik yoshlarning sport sohasida erishayotgan yutuqlarini yana bir bor e'tirof etishib, barcha qatnashchilarga bellashuvlarda omad va muvaffaqiyatlar tilashdi.

@SAMARKANDNEWS_UZ
Kanalga aʼzo boʻling!
Samarqand shahridan o‘tgan Siyob kanali hududi bo‘ylab daraxt ko‘chatlarini ekish ishlari davom etmoqda.

@SAMARKANDNEWS_UZ
Kanalga aʼzo boʻling!
NAFS BALOSI BOSH KO‘TARGANDA...

Batafsil: http://www.samarkandnews.uz/post/11211

@SAMARKANDNEWS_UZ
Kanalga aʼzo boʻling!

Samarkandnews.uz | Telegram | Facebook
«PARIJ-2024» O‘YINLARIDA O‘ZBEKISTONLIK 3 NAFAR FUTBOL HAKAMI ISHTIROK ETADI

Batafsil: http://www.samarkandnews.uz/post/11223

@SAMARKANDNEWS_UZ
Kanalga aʼzo boʻling!

Samarkandnews.uz | Telegram | Facebook
BEKTEMIR MELIQO‘ZIYEV NYU-YORKDA KAMARINI HIMOYA QILADI

Batafsil: http://www.samarkandnews.uz/post/11224

@SAMARKANDNEWS_UZ
Kanalga aʼzo boʻling!

Samarkandnews.uz | Telegram | Facebook
Munosabat: Piyodalar yo‘li tartibga olindi

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahridagi 55-umumiy o‘rta ta’lim maktabiga olib boruvchi piyodalar yo‘lining ta’mirtalab holda ekani haqida xabar tarqatdi.

Mazkur holat yuzasidan shuni ma’lum qilamizki, xabarda aytilgan muammo mas’ullar tomonidan tezda nazoratga olinib, ta’mirlab qo‘yildi.

Eslatib o‘tamiz, Samarqand shahri kuchalarida kuchli yomg‘ir yog‘ishi natijasida hosil bo‘lgan chuqurlarni ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

@SAMARKANDNEWS_UZ
Kanalga aʼzo boʻling!
#Bilasizmi?
“Zamzam” - ilohiy quduq

“Zamzam” qudugʻi yer sathidan taxminan 13 metr pastda joylashgan.

Qizigʻi shundaki, undan soniyasiga 8000 litr tezlikda suv tortib olinganida uning sathi deyarli 50 metr pastga tushib ketadi. Suv olish toʻxtatilganida esa 11 daqiqadan soʻng, u yana eski sathiga qaytib oladi.

Aniqroq hisob-kitob qiladigan boʻlsak, quduqdan daqiqasiga 480 000, soatiga 28 800 000, sutkasiga 691 200 000 litr suv olinadi.

Endi Ismoil alayhissalom davrlaridan beri qancha suv chiqqanini tasavvur qilib koʻring. Qancha suv olinmasin, u yana 11 daqiqada oʻzini tiklab oladi.

Olimlar fikriga koʻra, “Zamzam” toʻxtamay suv chiqarsa yer yuzi suv ostida qolishi mumkin ekan.

Holbuki “Zamzam” soʻzining oʻzi ham Hojar onamiz aytgan “zimom” soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, toʻxtash degan maʼnoni anglatadi.
***
❗️Eslatib oʻtamiz: bugun Samarqandda iftorlik vaqti soat 19:04 da.

Payariq, Oqdaryo, Ishtixon va Past Dargʻom tumanlarida belgilangan vaqtga +2/+3 daqiqa, Kattaqoʻrgʻon shahri, Narpay, Qoʻshrabot, Paxtachi, Nurobod va Kattaqoʻrgʻon tumanlarida +4/+5 daqiqa qoʻshiladi.

@SAMARKANDNEWS_UZ
Kanalga aʼzo boʻling!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Samarqand tumanidagi “Ohalik-Oqbo‘yro-Mironqul” turistik-rekreatsion zonasi hududida "Jurnalistlar bog‘i" tashkil etildi. Unda tuman hokimligi, ommaviy axborot vasitalari vakillari faol ishtirok etdi.

@SAMARKANDNEWS_UZ
Kanalga aʼzo boʻling!
⚽️ ФИФА рейтинги: Ўзбекистон миллий терма жамоаси 2 поғонага кўтарилди

Ўтган йилнинг апрель ойи билан солиштирганда жамоа 74-ўриндан 64 ўринга кўтарилган.

Марказий Осиё:

1. Ўзбекистон (64)
2. Тожикистон (99)
3. Қирғизистон (100)
4. Қозоғистон (103)
5. Туркманистон (143)

Топ-5:

1. Аргентина
2. Франция
3. Бельгия
4. Англия
5. Бразилия

@SAMARKANDNEWS_UZ
Kanalga aʼzo boʻling!
Ramazon tuhfasi

Roʻzador unutib biror narsani yeb-ichsa, roʻzasi buzilmaydi, balki Allohning mehmoni boʻladi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: “Roʻzadorligini unutib yegan yoki ichgan odam, roʻzasini yetkazsin. Chunki uni Alloh yedirib, ichirgandir” (Imom Muslim rivoyati).

Ammo roʻzani qasddan ochish gunoh hisoblanadi.

@SAMARKANDNEWS_UZ
Kanalga aʼzo boʻling!
Ob-havo
Bugun, 5-aprel kuni Samarqandda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 7-12, kunduzi 18-23 daraja iliq bo‘ladi.

@SAMARKANDNEWS_UZ
Kanalga aʼzo boʻling!
📍Совуқ сув ва асал мўъжизалар яратади

🍯️ Асал организм фаолиятини яхшилайди, уни ёшартиради ва озишга ёрдам берадиган фойдали маҳсулот ҳисобланади.

🤔 Асалли сув организмга қандай фойда келтириши мумкин?

🔻Герпесга қарши курашда ёрдам беради.
🔻Қабзият билан фаол курашади.
🔻Ўт пуфаги ва жигар фаолиятини нормаллаштиради.
🔻Нафас олиш йўллари фаолияти билан боғлиқ сурункали касалликларнинг кечишини осонлаштиради.
🔻Зарарли микроорганизмлар билан курашади.
🔻Ошқозон-ичак тракти фаолиятини яхшилайди.
🔻Паразитларга қарши курашади.

️ Даволаш ва профилактика мақсадида асалли сувни эрталаб оч қоринга ичиш керак. Бир стакан асалли сувни бир қултумда ичиш керак. Бу жуда муҳим.
Соғлом ҳаёт

@SAMARKANDNEWS_UZ
Kanalga aʼzo boʻling!