SAMARKANDNEWS.UZ
2K subscribers
39.4K photos
5.43K videos
109 files
14.8K links
Мурожаат йўллаш учун махсус бот манзилимиз: @samarkandnewsbot. Мурожаатда исм-фамилия тўлиқ кўрсатилиши лозим. Қўшимча маълумот учун телефон рақам киритилиши зарур. Ҳеч бир мурожаат эътибордан четда қолмайди.
Download Telegram
#Rahbar_va_yoshlar
#DXX

Past Darg'omlik yoshlar bugun juda faol bo'lishdi. Bildirilgan taklif va murojaatlarning aksariyati joyida hal qilindi, yechimi vaqt talab qiladiganlari bo'yicha mutasaddi rahbarlarga tegishli ko'rsatmalar berildi.

"Rahbar va yoshlar" uchrashuvi so'ngida murojaat yo'llashda faol bo'lgan bir qator yoshlarga rahbarlar tomonidan kitoblar jamlanmasi sovg'a qilindi.

@SAMARKANDNEWS_UZ
Kanalga aʼzo boʻling!
📸 Kuchli yomg‘ir yog‘ishi natijasida Samarqand shahri ko‘chalarida ham mayda chuqurchalar paydo bo‘ldi. Ayni kunlarda ularni ta’mirlash ishlari olib borilyapti.

@SAMARKANDNEWS_UZ
Kanalga aʼzo boʻling!
❗️Jamoat transportini boshqarishning yagona intellektual tizimi joriy etiladi.

“Jamoat transportini moliyalashtirish tizimini takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-139-son, 25.03.2024 y.) qabul qilindi

🔰Qarorga ko'ra, tashuvchilar bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish, yo'lkira haqi bo'yicha tushumlarni jamlash uchun joylardagi transport boshqarmalarida yuridik shaxs tashkil etmasdan ochilgan maxsus jamg'armalar Iqtisodiyot va moliya vazirligining hududiy boshqarmalari tizimiga o'tkaziladi.

📁 Joylarda iqtisodiyot va moliya boshqarmalari huzurida davlat muassasasi shaklida “Maxsus jamg'armalar mablag'larini boshqarish, yo'nalishlar ishini tahlil qilish va pul tushumlari monitoringi guruhlari” tashkil etiladi.

🗓 2024 yil 1 iyungacha:

🔹 jamoat transportida yo'lkira haqini to'lashda elektron to'lov tizimidan foydalanishni rag'batlantiruvchi tariflar joriy etilishi ta'minlanadi;

🔹 Toshkent shahrida muntazam avtobus yo'nalishlarida yo'lovchilar hisobini yuritish, haydovchilar ishini va pul tushumlarini nazorat qilish, avtobuslar texnik holatini monitoring qilish, ajratilgan yo'laklarda yo'l harakati qoidalari buzilishini qayd etish bo'yicha jamoat transportini boshqarishning yagona intellektual tizimi joriy etiladi.

@SAMARKANDNEWS_UZ
Kanalga aʼzo boʻling!
Ertadan maktab oʻquvchilariga dars boshlanadi

Umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari uchun bahorgi taʼtil 21-mart kunidan boshlangan edi. Bugun taʼtilning oxirgi kuni.

Oʻquv yilining toʻrtinchi chorak darslari 28-mart kunidan boshlanadi.

@SAMARKANDNEWS_UZ
Kanalga aʼzo boʻling!
#Bilasizmi?
Roʻzani buzadigan amallar

* Qazo - necha kun roʻzasi buzilgan boʻlsa, Ramazondan keyin oʻshancha kun roʻza tutiladi.

* Kafforat - bitta qul ozod etish. Unga qodir boʻlmasa, Ramazondan keyin biron kun qoldirmay, muttasil 60 kun roʻza tutish (oldin tutgan kunlari hisoblanmaydi). Agar zaiflik va notavonlik sababidan bunga qodir boʻlmasa, 60 miskin (kambagʻal)ning 1 kunlik taomini berib toʻydirish yoki 1 miskinni 60 kun boqish.

* Makruh - qilish shubhali boʻlgan amal.
***
❗️Eslatib oʻtamiz: bugun Samarqandda iftorlik vaqti soat 18:56 da.

Payariq, Oqdaryo, Ishtixon va Past Dargʻom tumanlarida belgilangan vaqtga +2/+3 daqiqa, Kattaqoʻrgʻon shahri, Narpay, Qoʻshrabot, Paxtachi, Nurobod va Kattaqoʻrgʻon tumanlarida +4/+5 daqiqa qoʻshiladi.
Samarqand shahridagi Chorsu sanʼat galereyasida Xalqaro teatr kuni va rangtasvir ustasi Davron Safoyev xotirasiga bagʻishlab “Otam haqida suhbat” deb nomlangan koʻrgazma boʻlib oʻtdi.

Viloyat hokimligi, madaniya boshqarmasi, Oʻzbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi viloyat boʻlimi hamkorligida tashkil etilgan koʻrgazmada rassomlar, tasviriy sanʼat ixlosmandlari, jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Koʻrgazmada Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi, musavvir Davron Safoyevning ijodiy xazinasidan tanlangan  asarlar, shuningdek, uning izdoshi Bahrom Safoyevning yetmishga yaqin asarlari namoyish etildi. Ular orasida “Buvam ertaklari”, “Togʻ qizi”, “Gulsanam”, “Buyuk Temur” kabi sanʼat asarlari kishida yaxshi taassurot qoldiradi.

Mazkur koʻrgazma joriy yilning may oyigacha davom etadi.

@SAMARKANDNEWS_UZ
Kanalga aʼzo boʻling!
RAMAZONNING XOSIYATLARI

Batafsil: http://www.samarkandnews.uz/post/11184

@SAMARKANDNEWS_UZ
Kanalga aʼzo boʻling!

Samarkandnews.uz | Telegram | Facebook